“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
213
ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR MONITORINGI (O‘RTA ZAFARSHON HAVZASI
MISOLIDA)
Xurramova Nazira Xurram qizi SamDU doktoranti
Annotatsiya.
So‘ngi yillarda tabiatga antropogen ta’sir kuchayishi natijasida hududlarda
turli geoekologik muammolar vujudga kelmoqda. Ushbu muammolarni oldini olish va yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun barcha hududlarda monitoring tizimini
olib borish zarur. Ushbu maqolada biz bu tizimini amalga oshirish zarurati va bosqichlari haqida
qisqacha bayon etdik.
Kalit so‘zlar
: landshaft monitoringi, ekologik monitoring,bioekologik monitoring,geoekologik
monitoring,beosfera monitoring.
Atrof-muhit monitoringi g‘oyasi va “monitoring” atamasi 1971-yil BMT ning Stakgolmda
bo‘lib o‘tgan atrof-muhit bo‘yicha xalqaro anjumanida vujudga kelgan.
“Monitoring” so‘zi lotincha so‘zdan oningan bo‘lib “ogohlantirmoq”, “kuzatmoq”, “nazorat
qilmoq” degan ma’nolarni bildiradi.1973-yil Kanadalik professor R.Menn birinchi bo‘lib
monitoring konsepsiyasini bayon etdi. R.Menn o‘zining tayyorlagan dasturi bo‘yicha ma’lum
maqsadda vaqt va makonda atrof-muhit elementlarining bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz
kuzatish tizimini “monitoring” deb atashni taklif qildi.
I.P.Gerasimov,Yu.Izraellarning fikricha “monitoring atrof-muhit holatidagi antropogen
o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashning global tizimidir”. [5;6;7-7 b.]
A.Xojmatovning fikricha “monitoring atrof-muhit holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash,
boshqarish va bashoratlash” tizimidir. Ekologik monitoringning maqsadi turli tabiiy va antropogen
ekotizimlarning o‘zgarishini kuzatish, nazorat qilish, baholash va ular natijasida aniq chora-tadbirlar
ishlab chiqishning nazariy asoslarini yaratishdir. [7;7 b.]
Bizning fikrimizcha “monitoring biror bir hududda atrof-muhit holatini yaxshilash maqsadida
olib boriladigan kuzatish, nazorat qilish, tahlil qilish va boshqarish, baholash tizimidir.
I.P.Gerasimov
monitoring
tizimini
3
qismga
bo‘lgan.Bioekologik
monitoring
(sanitar),geoekologik monitoring (geotizimli),biosferali (global) monitoring.
Bioekologik monitoring (BEM) — atrof-muhitning holati va u bilan bog‘liq inson va jonli
tabiatni kuzatish va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatdir. BEMning birinchi
bosqichi — atrof-muhitning ekologik holatini baholash va ifloslanish darajasini aniqlash. Bu
bosqichning asosiy vazifasi, ifloslanishning inson salomatligiga ta’sirini aniqlash va monitoring
qilishdir.
Ekologik monitoringning ikkinchi bosqichi I. P. Geraimov bo‘yicha Geoekologik, geotizimli
yoki tabiiy-xo‘jalik monitoringi bo‘lishi lozim. Geoekologik monitoring (GEM) mazmuni tabiat
majmualarining o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish hamda ularni tabiiy-texnik tizimlarga qayta
o‘zgarishini kuzatishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu monitoring turlari alohida tushunchalar emas,
faqat ular bir-biri bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi,va taqazo etadi. Maqsadi atrof-muhit holatini
yaxshilashga qaratilgan. BEM GEM siz katta natijaga erisha olmaydi, ya’ni ma’lumotlarni tahlil
qilish, bashorotli axborotlarni tayyorlashning iloji bo‘lmaydi. [7; 44-48-b].
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
214
Biosferali monitoring (BEM) I.N. Gerasimov bo‘yicha atrof-muhit monitoringining uchinchi
bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda biosfera alohida dududlar bo‘yicha emas, balki kuzatish,
nazorat qilish va bashoratlash ishlari global holda amalga oshiriladi. [7;49-50-b]
Biz tadqiqot ishimizda o‘simlik, hayvonot olami, inson va uning hayot kechadigan muhiti,
suv,atmosfera havosi,tuproq va boshq. komponent va elementlarni holatini o‘rganamiz.
Tadqiqotimiz davomida tirik organizmlar va atrof-muhit (ekotizm, landshaft) ni asrash va ularni bir
butun yagona tizim sifatida qaraymiz.Bu quyidagicha amailga oshiriladi.
Atmosfera havosi monitoringi bu – havoning ifloslanish darajasi va manbalarini muntazam
kuzatish, aniqlangan ifloslantiruvchi moddalarni o‘lchash va ularning ekologik xavfini baholash
orqali amalga oshiriladigan kompleks ilmiy-texnik tadbirlar tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi: aholi salomatligi va tabiiy ekotizimlarga xavf tug‘diruvchi
havodagi zararli moddalar kontsentratsiyasini aniqlash; atrof-muhitga antropogen ta’sirni
kamaytirish choralarini ishlab chiqish; sanoat, transport va boshqa manbalardan keladigan
ifloslantiruvchi omillarni nazorat qilishdir.
Tuproq monitoringining asosiy vazifalari: Tuproq qoplamining antropogen va tabiiy
o‘zgarishlarini vaqt va makonda o‘rganish; Tuproq xossalari va ularning tabiiy unumdorligi
o‘zgarishini aniqlash va baholash; Tuproqlarning pestitsidlar, og‘ir metallar va boshqa zararli
moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilish; Tuproq tarkibi, xossalari va qoplamasi tuzilmasidagi
o‘zgarishlarni aniqlash va prognoz qilish.
Ekologik monitoringni suv obyektlarida olib borish. Sathiy suvlarning sifatini kuzatish va
nazorat qilish ishlari tashkil etishning birinchi bosqichi – nazorat nuqtalarining joylashishini
tanlashdir.Suv sifatini nazorat qilish nuqtasi – bu suv yoki suv oqimining o‘zida, suv sifatiga oid
ma'lumotlar olish uchun kompleks ishlar amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.Nazorat nuqtalari,
birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan va sanoat, maishiy va qishloq
xo‘jaligi chiqindilari bilan sezilarli darajada ifloslangan suv omborlari va suv oqimlarida tashkil
etiladi. Suv omborlari yoki suv oqimlarida yoki ularning ifloslanmagan qismlarida fon kuzatuvlari
uchun nuqtalar yaratiladi.
O‘simlik qoplamini va hayvonot dunyosini monitoring qilish odatda test-poligonlar va asosiy
maydonlardagi struktura belgilari bo‘yicha kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Ularning soni, joylashuvi
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
215
va o‘lchamlari texnogen buzilishlarning darajasi va turiga, landshaft va turlar xilma-xilligiga,
shuningdek, monitoringning aniq vazifalariga bog‘liq.
Monitoring tizimini tashkil etish
Monitoring
bosqichlari
Natijalar
Xulosalar
1-bosqich.Tayyorlov
bosqichi
Ilmiy faoliyat
a) Monitoring ob’ektini tanlash;
b) monitoring turini tanlash;
d) materiallar to‘plash.(fon
materiallari,adabiyotlar va tegishli tashkilotlar)
2-bosqich.
Tadqiqotlar bosqichi.
Tashkiliy faoliyat
a)Monitoring olib boriladigan nuqtalarni tanlash;
b) yo‘nalish bo‘yicha ekspedetsitalar tashkil etish;
d) landshaft monitoringini amalga oshirish
maqsadida landshaftlarni tur,sinflarga ajratib
olish;
e) landshaft xaritalarini tuzish;
3-bosqich. Yakuniy
tahlil qilish bosqichi.
Ilmiy faoliyat
natijasida
ma’lumotlarga
ishlov berish
a) atrof tabiiy muhitning sifatini aniqlash;
b) tabiiy komplekslardagi o‘zgarishlarni aniqlash
va baholash;
d) atrof tabiiy muhit holatidan kelib chiqib, tabiiy
muhitni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab
chiqish;
e) turli muddatli prognozlar ishlab chiqish.
Xulosa. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar doimiy va uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu
munosabatlarning salbiy ta’sirini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun tabiatni
himoya qilish, ekologik ongni oshirish va barqaror iqtisodiy modelni joriy etish zarur. Tabiatning
o‘ziga xos qonuniyatlariga rioya qilish va unga ehtiyotkorona yondashish insoniyatning kelajagi
uchun juda muhimdir. Shu sababli, atrof-muhit monitoringi tizimlarini yanada rivojlantirish va
samarali ishlashini ta’minlash zarur.Chunki ekologik monitoring ma’lumotlari tahliliga tayangan
holda ekologik muammolar bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida
1999-2005 yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish harakati dasturini tadbiq etish masalalari
to‘g‘risida»gi qarori.10.08.2000.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida
atrof-muhit monitoringi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» gi qarori.3.04.2002.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining
barqaror rivojlanish bo‘yicha Milliy komissiyasi to‘g‘risida»gi qarori. 12.11.1997.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yerdan foydalanish
samaradorligini orttirish tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori. 29.11.1994.
5.
Герасимов И.П. Экологические проблемы в прош настоящей и будущей
географии мира. -М.: Наука, 1985.
6.
Израэль Ю.А. Экология и контроль состояния природной среды. -М.:
Гидрометеоиздат,
1984.
