RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
216
SURXONDARYO VILOYATI AHOLISINING TASHQI MIGRATSIYAGA TA’SIR
ETUVCHI OMILLAR
Xursanov Sadriddin Mo‘min o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisi tashqi migratsiyasi shuningdek
viloyat aholisining tashqi migratsiyasiga tasir etuvchi omillar tahlil etilgan. So‘ngi yillarda
Surxondaryo viloyati aholisi ham tashqi migratsiyada xususan mehnat migratsiyasida faol bo‘lgan
hududlar toifasiga kiradi va o‘z navbatida tashqi mehnat migratsiyasida viloyat aholisining
geografiyasi kengayib bormqda. Mustaqillikning dastlabki yillarda O‘zbekistonning boshqa
hududlari singari viloyat aholisi ham asosan Rossiya Fedratsiyasi va qisman Qozog‘istonga
mehnat qilish uchun borishgan bo‘lsa bugungi kunda yangi yo‘nalishlar ochildi va bu davom
etmoqda. Bunga esa qator omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi ushbu maqolada yuqoridagi omillarni
batafsil tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
migratsiya, migrant, tashqi migratsiya, mehnat migrantlari, xalqaro
migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya, omillar.
Surxondaryo viloyati hududida aholi juda qadimidan istiqomat qilib kelgan va madaniyati
juda barvaqt taraqqiy etgan hududlardan bo‘lishiga qaramasdan, hududning demografiyasi yaxshi
o‘rganilmagan. Viloyatning demografiyasini faqtagina dotsentlar I.Safarov (1970-y.) va M.Erdanov
(1994-y.) viloyat aholisi va aholi manzilgohlariga oid tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lsa
A.Sattorov tomonidan (2009) Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining rivojlanishi
joylashuvi xususiyatlariga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilgan xolos[5.28. b].
Surxondaryo viloyati demografik salohiyati bo‘yicha mamlakatimizda yettinchi o‘rinda
turadi. Surxondaryo viloyati aholisining o‘sish sur’ati so‘nggi yillarda, Qashqadaryo viloyati bilan
birgalikda, mamlakatimizda eng yuqori. 1989-yilda, ya’ni so‘nggi marta o‘tkazilgan aholi ro‘yxati
malumotlari bo‘yicha, u 1253,8 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2014-yilda bu raqamlar nisbati
1,7 martaga ko‘payib 2131,5 ming kishiga 2024-yilda esa 2928 ming kishiga yetgan. Garchi
demografik rivojlanish sur’ati so‘nggi yillarda biroz pasaygan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich bo‘yicha
respublikamizda eng yuqori hisoblanadi. Viloyat aholisi bunday yuqori suratlarda o‘sishining
sababi aholining katta qismi qishloqlarda yashashligi bo‘lsa boshqa tomondan viloyat aholisining
milliy tarkibida mahalliy millat vakillari o‘zbek va tojiklar ko‘pchillikni tashkil etishligidir.
Ma’lumki mahalliy millat vakillarida tug‘ulish jarayoni boshqa millat vakillariga nisbatan ancha
yuqori hisoblanadi[5.72-74. b.]. Statistik malumotlarga ko‘ra 2023-yilda viloyatda har ming kishiga
nisbatan tug‘ilish ko‘rsatkichi 27,4 kishini tashkil etgan va viloyat aholisi o‘rtacha 2,5 foizga
ko‘paygan. Malumot o‘rnida aytib o‘tish joizki mamlakat bo‘yicha ushbu raqamlar o‘rtacha mos
ravishda 26,4 va 2,2 kishiga teng hisoblanadi. Hududda bunday yuqori darajadagi tug‘ilish va tabiiy
o‘sish mehnat resurslari sonining ortishiga ta’sir etadi[1-jadvalga qarang].
1-jadval
Surxondaryo viloyatida aholining bazi ko‘rsatkichlar bo‘yicha dinamikasi
kishi hisobida
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
217
Yillar
Mehnat
resurslari soni
Iqtisodiy faol
aholi soni
Iqtisodiyotda
bandlar soni
Bandlik
darajasi
% hisobida
Ishsizlar
soni
1
2010
1174100
832700
784400
62,5
48300
2
2015
1379200
984500
930800
64,3
53700
3
2020
1452200
1108300
985500
63,9
122800
4
2023
1486100
1091800
1011200
63,8
80600
Manba: O‘zbekiston statistika agentligi
Izoh: Jadval muallif tomonidan tuzildi.
Surxondaryo viloyati aholisi tabiiy harakatining natijasida viloyatda bugungi kunda
aholining mexanik harakati ham ancha yuqori ko‘rsatkichlarga ega hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida
2023-yilda viloyatdan ko‘chib ketganlar 13556 kishini va viloyatga kelganlar soni esa 9997 kishini
natijada migratsiya saldosi -3559 kishini tashkil etadi. Surxondaryo viloyati ham mamlakatimizning
boshqa hududlari singari asosan ortqcha ishchi kuchi mavjudligi evaziga xorij mamlakatlarga
boradigan mehnat migrantlarini yuboruvchi donor hududlar toifasiga kiradi.
Surxondaryo viloyatida aholining mexanik harakatiga bir qancha omillar tasir etadi
bularning ichida viloyatning joylashgan o‘rni va viloyat aholisining shakllanishi hamda hududda
tarixda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarni ham kiritish mumkin. Shundan kelib chiqib viloyatda
aholi migratsiyasini shakllanishini 2 ta yirik davrga bo‘lish o‘rinli birinchisi mamlaktimizning
mustaqillikka erishguncha bo‘lgan davr bo‘lsa ikkinchisi mustaqillikdan keyingi davrni o‘z ichiga
oladi [2. 92. b.]. Mamlakatimiz mustaqillika erishguncha bo‘lgan davrda mamlakatimizning boshqa
hududlari qatori Surxondaryo viloyatiga ham Sobiq ittifoqning boshqa yurtlaridan bu hududlar
uchun begona bo‘lgan tili, dini boshqa bo‘lgan millatlar ko‘chib kelishgan. Sobiq ittifoqdan
ko‘chirib keltirilgan rusiyzabon xalqlar viloyatning asosan shahar joylariga joylashtirilgan. Bugungi
kunda ham viloyatda 20 mingdan oshiq ruslar yashaydi ularning asosiy qismi ham viloyat markazi
va boshqa katta shaharlarga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillika erishgan ilk davrda birinchi
bo‘lib hududni o‘sha rusiyzaban xalqlar ko‘chib keta boshladi. Demak mamlakatimizda bugungi
kunda migratsiya jarayonlariga tarixiy davrlarda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarning ham o‘z o‘rni
bor. Bugungi kunda mamlakatimiz jumladan Surxondaryo viloyati aholisining ham katta qismi
Rossiya va Qozog‘istonga mehnat migranti bo‘lib ketishayotganligini sabablaridan biri bu til bilish
omili hamdir malumki Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrlarda ushbu hudud aholisi tarkibida
rusiyzabon aholi soni ham ko‘p bo‘lgan undan tashqari mahalliy millat vakillari ham rus tilini
yaxshi o‘rganishgan va bu bugungi kunda ham o‘z tasirini o‘tkazib kelmoqda.
Surxondaryo viloyati siyosiy geografik jihatdan 3 ta qo‘shni mamlakatga ega bunday yana
Toshkent viloyatini ham ko‘rish mumkin. Siyosiy qo‘shnilar soni ko‘p bo‘lgan hudud aholisining
milliy tarkibi boy bo‘lishiga o‘z tasirini ko‘rsatadi. Respublikamizda aholisi milliy tarkibi eng boy
bo‘lgan hududlar ham aynan ushbu ikki viloyat hisoblanadi. Hudud aholisining milliy tarkibidagi
xilma-xillik ham viloyat aholisining tashqi migratsiyada faol bo‘lishiga turtki bo‘ladi.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
218
1-chizma. Surxondaryo viloyati aholisining tashqi migratsiyadagi ishtirokiga tasir
etuvchi omillar.
Chizma muallif tomonidan tuzildi
Viloyat aholisining milliy tarkibida o‘zbeklar salmog‘i yuqori bo‘lib, ular 84,2, ikkinchi ko‘p
soni millat tojiklar hisoblanadi va ular ulushi viloyat jami aholisining 12,4, foizni tashkil etadi.
Ushbu millat vakillarining hududiy joylashuviga IGO‘ning siyosiy qo‘shnichilik holati katta ta’sir
ko‘rsatgan. Jumladan, tojiklar asosan viloyatning Tojikiston bilan chegaradosh Sariosiyo, Uzun,
Denov tumanlarida hamda qadim davrlardan buyon muqim o‘rnashgan[5. 37. b.]. Bundan tashqari
viloyatda ko‘p soni afg‘onlar va turkmanlarni ham uchratish mumkin. Viloyat hududida
yashaydigan tojiklar, turkmanlar, afg‘onlar va rus diasporalari tub millatlar sitiqomat qiladigan
mamlakatlari bilan aloqalari qarindoshlarnikiga ziyorat qilish yoki ushbu davlatga ko‘chib o‘tish
kabi ko‘rnishlarda migratsiya jarayonida qatnashishadi.
Tashqi migratsiyaga tasir etuvchi omillardan eng ananaviy hisoblangan omil bu iqtisodiy omil
hisoblanadi bu omilni o‘rni O‘zbekiston jumladan tadqiqot obekti hisoblangan Surxondaryo viloyati
uchun ayniqsa yanda yuqor hisoblanadi[1. 119. b.]. Ma’lumki viloyat mamlakatimizda
urbanizatsiya darajasi eng past bo‘lgan hududlarda biri hisoblanadi shunday ekan viloyat
aholisining 63,9% to‘plangan qishloq aholi punktlarida ayniqsa ishsizlik darajasi yuqori hisoblanib
ortqicha hisoblangan iqtisodiy faol aholing bir qismi xorij mamlakatlarga ish izlab mavsumiy yoki
doimiy migratsion harakatlarni amalga oshirmoqdalar.
Surxondaryo viloyati mamlakatimizda tabiiy geografik o‘rni ham o‘ziga xos bo‘lgan hudud
hisoblanadi viloyat mamlakatimizning eng chekka janubiy subtropik iqlim ega bo‘lgan qismida
joylashgan. Viloyat hududi va unga yondosh joylashgan tog‘lar va daryolar qadimdan bu hududda
bir nechta millat vakillarini o‘z atrofida jamlagan keyinchalik O‘rta Osiyoda 1924-yilda davlat
chegaralari o‘tkazilgan va bu chegaralar miliy chegaralarga unchalik ham mos emas edi natijada bir
hududda bir nechta qardosh xalqlar shakllandi va bugungi kunda ushbu xalqlarning ham viloyat
tashqi migratsiyasida o‘z o‘rni bor.
Surxondaryo viloyati aholisining tashqi migratsiyadagi ishtirokiga tasir etuvchi omillardan
yana biri bu ijtimoiy-ekologik omil hisoblanadi. So‘ngi yillarda ijtimoiy omillardan xorijda talim
olish olish uchun ketayotgan yoshlarimiz ancha ko‘paygan va ularning soni oshib bormoqda o‘z
navbatida talim olish uchun ketgan yoshlarning barchasi qaytib kelishmayabdi ularning bir qismi
xorij davlatda qolib mehnat faolyatini amalga oshirmoqda.
Malumki 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabat
ancha jiddiylashgan va buning natijasida ekologik omil deb ataluvchi hodisa deyarli har qanday
ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga o‘z tasrini o‘tkazib kelmoqda. Ekologik omil ayniqsa iqlim sharoiti
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
219
og‘ir bo‘lgan mamlakatlarda migratsiya jarayoniga sezilarli tasir etmoqda. Surxondaryo viloyatida
aholining mexanik harakatiga antropogen ko‘rinishdagi ekologik omil yani qo‘shni Tojikiston
respublikasida joylashgan Tursunzoda aluminiy zavodidan chiqayotgan turli zarali moddalar
shamol orqali viloyatning ayniqsa Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlariga jiddiy salbiy tasir
etmoqda. Bu hududda qishloq xo‘jalik ekinlariga va chorva mollariga salbiy tasir kuchayib ushbu
hududlarda aholining turli kasalliklarga chalinishi ham boshqa hududlardan yuqori hisoblanadi
bunday murakkab ekologik sharoit ham hudud aholisining tashqi migratsiyaga moyilligini
kuchaytiruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni keltirish joizki, bugungi globallashuv jarayonida migratsiya
jarayoni xususan tashqi migratsiya jarayoni jahon mamlakatlari o‘rtasida xalqaro
hamkorlikning bir ko‘rinishi misolida jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Tashqi migratsiyaning
ikki turi majvud bo‘lib bu ko‘chib ketuvchilar-emmigratsiya va ko‘chib keluvchilar esa-
immigratsiya. Shunday ekan emmigratsiyaga tasir etuvchi omillar va immigratsiyaga tasir etuvchi
omillar bir-biridan farq qiladi. Tadqiqot hududimiz hisoblangan Surxondaryo viloyatida asosan
emmigratsiya jarayoni ustun bo‘lib unga tasir etuvchi omillarnini tadqiq etish fikrimizcha
ahamiyatga molik hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.
Forecast of the network and composition of
cities in Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,
2023.
2. Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of
natural
landscapes
of
Jizakh
region.
ASIAN
JOURNAL
OF
MULTIDIMENSIONAL
RESEARCH
,
10
(4), 212-217.
3. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида
туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.
Science and Education
,
2
(3), 429-
435.
4. Imomova.N.А. O‘zbekistondа ishchi kuchi migrаtsiyasi shаkillаnishining o‘zigа xos
xududiy xususiyatlаri vа muommolаri. ilmiy axborotnoma iqtisodiyot 2020-yil, 2-son.
5. MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholi
soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
6. Tojiyeva Z.N., Xursanov S.M., Pardayev N.S., Migratsiya jarayoni turlarining tasnifi.
O‘zbekiston geografiya jamiyati axboroti 66-jild, 2024-yil.
7.
Tojiyeva.Z va Omonova.K. Mehnat migratsiyasini tadqiq etishning hududiy masalalari.
“milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent. 2024.
8. Zulkhumor Tojiyeva, Kamola Omanova, Nodirbek Pardayev, Nizomiddin Jaloliddinov,
Bekzod Musayev and Sadriddin Khursanov. Regional Characteristics in the Dynamics and Location
of the Rural Population of the Republic of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 491, 04004 (2024).
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449104004
9. Xursanov.S. Janubiy hududlar aholisi etnodemografik tarkibi va geografiyasi (Surxondaryo
viloyati misolida)” Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. Toshkent-
2022. 88 b.
