Authors

  • Sh.I. Valiyeva
  • K.Q. G'ofurova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126059

Keywords:

Nur Vardona Baykand Tavois Gavkushon Degrezi Zargaron Komangaron Saqmatin gidrooykonim etnatoponim farsang rabot.

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati toponimlarini kelib chiqish tarixi, qaysi guruhlarga kirishi mazmun mohiyati yoritib beriladi. . Nazariy jihatlari tahlil qilinadi.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

220

BUXORO VILOYATI TOPONIMLARINI O'RGANISHNING BA’ZI ILMIY-AMALIY

JIHATLARI

Valiyeva Sh.I. G'ofurova K.Q.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti ,O’zbekiston

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro viloyati toponimlarini kelib chiqish tarixi, qaysi

guruhlarga kirishi mazmun mohiyati yoritib beriladi. . Nazariy jihatlari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

Nur, Vardona, Baykand, Tavois, Gavkushon, Degrezi, Zargaron, Komangaron,

Saqmatin, gidrooykonim, etnatoponim, farsang, rabot.


Ta’limning barcha bo'g'inlarida Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi, ular asosida

darsliklarning va o'quv qo'llanmalarining yangi avlodi yaratildi va yaratilmoqda, yangi pedagogik
texnalogiyalar, jaxonda erishilgan yutuqlardan foydalanishning eng qulay yo'llarini ochib beradigan
axborot texnalogiyalari vujudga keldi. Yangi zamon kishisining ilm o'rganishi, ta’lim va tarbiya
olishi uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Jumladan, davlatimizning olib
borayotgan dono siyosati tufayli geografik joy nomlariga bo’lgan munosabat ham tubdan o’zgardi ,
ularga milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizning tarkibiy qismi sifatida qaraladigan bo’ldi.
1996- yilning 31-mayida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston
Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik
obyektlarning nomlarini tartibga solish to’g’risida” qabul qilgan qarori, 1996-yil 30-avgustda
O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik
obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal etish tartibi
to’g’risida”gi Qonuni boshqa hujjatlar ushbu masalani davlat siyosati darajasiga olib chiqdi.
Keyingi yillarda geografiya fanining tarkibiy qismi bo’lgan toponimika soxasi taraqqiy etib qator
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Joy nomlarini o’rganish, ularni milliylikda saqlab qolish,
yangi nomlarni ilmiy tahlil asosida uning tarixini o’rganish, baxolash bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biridir. Geografiya joy nomlari -turli davrlarda, turli sabablarga ko’ra paydo bo’ladi.
Ularning paydo bo’lishiga tabiiy geografik xamda iqtisodiy -ijtimoiy voqea hodisalar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Toponimlarni o’rganish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shunday ekan,
qadimiy qo’lyozmalar, tarixiy memorial asarlar, vaqf hujjatlari o’z navbatida muhim toponimik
manba hisoblanadi. Shunday tarixiy manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida
keltirilgan joy nomlariga to’xtalib o’tsak. Buxoroning Narshax qishlog’idan bo’lgan Abu Bakr
Muxammad ibn Jafar an Narshaxiy 943-944- yillarda “Buxoro tarixi” asarini arab tilida yozadi.
Keyinchalik ushbu asar Quvalik Abu Nasr Axmad ibn Muxammad ibn Nasr al-Qubaviy tomonidan
fors tiliga tarjima qilingan. Narshaxiyning ushbu asarida Buxoro va unga yaqin hududlar, asosan
Buxoro Qorako’l voxalarining tarixi, tabiati, geografiyasi, hududda istiqomat qiluvchi aholining
turmush tarzi, madaniyati, aholi punktlarining joylashuvi, turli geografik obyekt nomlari va ularning
lug’aviy manolari keltirilgan. Asarda Buxoro va unga yaqin xududlardagi ko’plab aholi
manzilgohlari to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan bo’lib, ulardan ayrimlarining toponomik izohini
ham keltirilgan. Ulardan Nur – (Nurota) , Vardona- (Qo’rg’on Vardonze), Boykand- (Poykand),
Tavois, Iskajkat, Sharg’, Zandana, Afshina, Barkad, Romtin-(Romitan),Varaxsha, Tarovcha, Taroz,
Saqmatin, Farob kabi oykonimlarni quyidagicha toponimini izohlagan.“ Nur katta joy. Unda
masjidi jome bor; U ko’pgina rabotlarga ega. Buxoro va boshqa joylarning odamlari xar yili ziyorat


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

221

uchun u yerga boradilar. Buxoro axolisi bu ishda ko’p mubolag’a qiladilar; Nur ziyoratiga borgan
kishi xaj qilgan kishining fazilatiga ega bo’ladi. Bu Nurnj boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb
ataydilar. ” “ Vardona. Bu katta bir qishloq bo’lib , katta va mustahkam xisorga ega. U qadim
vaqtlardan podshoxlarning turarjoylari bo’lgan, (lekin) xozirda unda podshox o’tiradigan qarorgox
yo’q. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har xaftada bir kun bozor bo’lib savdogarlar
ko’p kelgan. ” Baykand . Buni shaxarlar jumlasidan deb xisoblaydilar. Baykand aholisi hammasi
savdogar bo’lgan. Ular Xitoy bilan va dengiz (orqali boriladigan) mamlakatlar bilan savdo qilganlar
va juda boy bo’lganlar.Tavois. Bu Buxoro viloyatlaridan bo’lib, (asl) nomi Arquddir. Unda boy va
zebu ziynatni sevuvchi kishilar yashaganlar. Zebu ziynatga berilganligidan har bir kishi ziynat
uchin uyida bitta yoki ikkita tovus saqlagan. Arablar (bu yerga kelishdan)ilgari tovusni ko’rmagan
ekanlar, bu yerda ko’p tovuslarni ko’rib, u qishloqni “ Zot ut- tavois” - “Tovuslar egasi” deb
ataganlar, uning asl nomi esa unitilgan; undan keyinroq “zot” so’zini tashlab Tavois deb qo’ya
qolganlar. Tavois Samarqandga boriladigan katta yo’l ustida bo’lib, undan Buxorogacha yetti
farsangdir. Asarda bundan tashqari Buxoro va uning atrofidagi suv obyektlari to’g’risidagi
qimimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan (Zarafshonga tabiiy geografik tarif) Zarafshon
daryosiga ham shunday tarif bergan. “ Samarqand tomonida bir katta daryo borki, uni “ Rudi
Mosaf” - “ Mosaf daryosi” deb ataydilar. Bu daryoga ko’p suv yig’ilgan, u bir talay yerlarni yuvib-
o’pirib, ko’p loyqalarni surib kelgan va, natijada, bu botqoqliklar to’lib qolgan. Suv ko’p oqib
kelaverdi, loyqalarni to Bitik va Farabgacha surib keltira berdi. So’ng suv (toshib kelishi) to’xtadi,
Buxoro o’rnashgan joy (asta-sekin) to’lib tekis yerga aylandi va, shunday qilib, u katta daryo So’g’d
va bu (loyqalar bilan) to’lgan mavze Buxoro bo’linib qoldi. Shu o’rinda Buxoro va uning atrof
yerlaridagi gidrologik obyektlarni nomlarini ham keltirib o’tgan. Jumladan: Karmina, Shopurkom,
Xarqonat ul- Ulyo, Xarqonrud, Ovxatfar, Somjan, Baykonrud, Farovzi, Faroviz is- Suflo, Komi
Daymus, Arvon, Kayfur, Rudi Zar kabi toponimlariga ham tarif berib o’tgan. Bundan tashqari
Buxoro toponomiyasi H. Hasanov, P.G’ulomov, S.Qorayev, N.Uluqov, M.Mirakmalov,
Z.Do’simov, X. To’rayev kabi olimlarning asarlarida ham keng yoritilgan. Jumladan, Halim
To’rayevning “Buxoro toponimikasi” asarida Buxoro viloyatidagi tumanlar toponimlari ko’rsatib
o’tilgan. Hamda hududda tarqalgan . Ameriy, Ahmad Donish, Bahouddin Naqshband, Imom
Qozixon, Mirzo Usmon singari allomalarni ismlari qo’yilgan nomlar ya’ni antrotoponimlar ham
o’rganilgan. Aholining kasbiy mashg’ulotini aks ettiruvchi toponimlardan Gavkushon, Degrezi,
Zargaron,

Komangaron,

Morkush,

Suzangaron,

Charmgaron

kabilarni

keltirganlar.

Etnotoponimlardan Arobon, Qipchoq, Janafar, Chandir, Mang’it, Aleli, Yobu, Qovchun kabilar
bayon etilgan. Fitotonimlardan Gulobod, Bodomzor, Chorguli, O’rikzor, Yakkatut, Dovcha
shuningdek zootoponimlardan Qoraqulonchi, Laylakxona singari joy nomlari ko’rsatilgan.
Shuningdek Orooykonimlardan Chuqursoy, Qoratepa, Tag’ori, Tallisarob, gidrooykonimlardan esa
Qosimariq, Ko’lchovdir, Obshoxsuv, Tarnovud singari nomlar tadqiq qilingan.

Quyida keltirilgan ayrim joy nomlarini toponomik izohlaymiz. Ya’ni: Gavkushon- tarixiy

nom. Aholining kasbi-koriga nisbat berib paydo bo’lgan toponim. Ma’nosi “ mol so’yuvchilar”
ya’ni “qassoblar” degan ma’noni ko’rsatadi. Degrezi- “qozon quyuvchi, qozon yasovchi” ma’nosini
bildiradi. Aholi shu kasb bilan shug’ullanganligi haqida ma’no kasb etadi. Zargaron- Zargarlar
yashagan ko’cha. Bir necha tarixiy obidalar shu ko’chada joylashganligi haqida ma’no bildiradi.

Komangaron- “kamon yasovchilar” yoki “kamon otuvchilar” ma’nosini anglatadi.

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari tarixiy davrlardagi joy nomlarini kelib chiqishiga va tarixiy joy
nomlarining

etimologiyasi,

geografik

joylashuvi,

hududdagi

zootoponim,

fitotoponim,


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

222

antrotoponim, etnatoponimlarning shakllanishiga katta hissa qo’shgan. Ushbu asar hudud
toponimiyasini o’rganishga doir eng qadimgi toponimik ta’bir joiz bo’lsa zarur geografik
manbalardan biridir. Joy nomlarini tarixiy kelib chiqishini o’rganish milliy qadryatlarimizni qayta
tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Ulug’ ajdodlarimizga bo’lgan milliy g’ururni yanada
yuksalishiga , ularni joy nomlarini tanlashdagi yuksak bilimga ega ekanligi bilan kelajak avlodga
ilmiy meros bo’lib xizmat qiladi. Joy nomlarini kelib chiqish tarixini o’rganish orqali milliy
qadryatlarimiz , xalqimizning tarixi naqadar boy ekanligi bilan e’tirof e’tiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Bakr Muxammad Narshaxiy. Buxoro tarixi/ Fors tilidan A. Rasulev tarjimasi. Ma’sul

muxarrir A.O’rinboyev. Meros seriyasi.-Toshkent: Kamalak 1991

2. Maxmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk . 3jildlik. 3-jild. 1963
3. Naimov S. Buxoro viloyati joy nomlarining qisqacha izohli lu-ati- 1997.62-b.
4. Raxmatullayev Sh. O’zbek tilining etimologik lug’ati (turkiy so’zlar) -T. ‘’Universitet” 2000.

599-b.

5. To’rayev H. Buxoro toponimikasi / To’rayev.H.- Buxoro: ‘’Sadriddin Salim Buxoriy”. Durdona,

2021.-276-bet

References

Abu Bakr Muxammad Narshaxiy. Buxoro tarixi/ Fors tilidan A. Rasulev tarjimasi. Ma’sul

muxarrir A.O’rinboyev. Meros seriyasi.-Toshkent: Kamalak 1991

Maxmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk . 3jildlik. 3-jild. 1963

Naimov S. Buxoro viloyati joy nomlarining qisqacha izohli lu-ati- 1997.62-b.

Raxmatullayev Sh. O’zbek tilining etimologik lug’ati (turkiy so’zlar) -T. ‘’Universitet” 2000.

-b.

To’rayev H. Buxoro toponimikasi / To’rayev.H.- Buxoro: ‘’Sadriddin Salim Buxoriy”. Durdona,

-276-bet