“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
239
TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI VA MUHOFAZA QILISH CHORA-
TADBIRLARI (JIZZAX VILOYATI MISOLIDA)
Xoldorova Gulbahor Mixliboyevna,
Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti
e-mail:xoldorovaguli@gmail.com
Mirzaalimov Doniyor Dilshod o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi
Аннотация.
В данной статье на научной основе сопоставлены и проанализированы
географические аспекты динамики плодородия почв, факторы, влияющие на плодородие
почв Джизакской области, разработаны предложения и рекомендации по дальнейшему
развитию, а также проведен агрохимический анализ почв Достликского и Форишского
районов. . Эта территория является экономически и экологически значимой, и разработаны
мероприятия по повышению плодородия почв и их охране в будущем.
Ключевые
слова:
лекарственные
растения,
устойчивое
использование,
биоразнообразие, охрана природы, фармацевтическая промышленность, традиционная
медицина, экосистемы.
Abstract.
In this article, geographical aspects of soil fertility
dynamics, factors affecting soil
fertility of Jizzakh region were compared and analyzed on a scientific basis, proposals and
recommendations for future development were developed, and soils of Dostlik and Forish districts
were agrochemically analyzed. . This area is economically and ecologically significant, and
measures have been developed to increase soil fertility and protect it in the future.
Keywords: medicinal plants, sustainable use, biodiversity, nature conservation,
pharmaceutical industry, traditional medicine, ecosystems.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tuproq unumdorlik dinamikasini geografik jihatlari, Jizzax
viloyati tuproqlar unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni ilmiy asosda qiyosiy-tahlil qilinib,
istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan, hamda Do’stlik va Forish
tumanlari tuproqlari agrokimyoviy tahlil qilingan. Ushbu soha iqtisodiy va ekologik jihatdan
ahamiyatli bo‘lib, kelajakda tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish chora-tadbirlar ishlab
chiqilgan..
Kalit so'zlar: dorivor o‘simliklar, barqaror foydalanish, bioxilma-xillik, tabiatni muhofaza
qilish, farmatsevtika sanoati, an’anaviy tibbiyot, ekotizimlar.
Kirish.
Tuproqning unumdorligini va ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko‘p jihatdan unga
ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar
majmusiga bog‘liq.
Dunyo aholisining tez sur’atlarda ortib borishi tabiiy resurslar, ayniqsa, yer-tuproq
resurslaridan intensiv foydalanishi va buning oqibatida, tuproqlarning unumdorlik darajasinining
pasayishi, sho‘rlanishi yerlarning degradatsiyasi, tuproqning meliorativ holatininining buzilishi,
bioxilma-xillikning kamayishi kabi salbiy ekologik jarayonlarni yuzaga keltirmoqda. Bu
muammolarga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning 2030-yilgacha barqaror
rivojlanish bo‘yicha dasturida “Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
240
oqilona foydalanish, yerlarning degradatsiyasini to‘xtatish va biologik xilma-xillikning kamayishini
oldini olish”
4
vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar, ayniqsa, “ekologik mo‘rt” bo‘lgan arid
iqlimli hududlarda landshaftlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishini tahlil etish, baholash,
prognoz qilish va kutiladigan salbiy tabiiy jarayonlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlarni taqozo
etadi.
Respublikamizda hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, bioxilma-
xillikni saqlash, yerlarning melirotiv holatini yaxshilash, ularning sho‘rlanishi va cho‘llanishiga
qarshi kurashish, landshaftlarning barqarorligini saqlash bo‘yicha qator islohotlar amalga
oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. “2030-yilgacha bo‘lgan davrda
O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”da “atrof muhitni
muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash”
2
yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu
borada, jumladan, Jizzax viloyati hududidagi tuproqlarni unumdorligini oshirish, ularning dinamik
darajasini aniqlash va prognozlash, mazkur hududlarda atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik
vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Konsitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq tabiiy obyektlarni, jumladan yer,
umumxalq boyligi hisoblanib ular davlat muhofasida turadi. Shu boisdan ham yerdan va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, tuproqni muhofaza qilish, meliorativ holatini yaxshilash muhim
o‘rin tutadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Jizzax viloyati turoqlarining turlari va ularning
xususiyatlarini aniqlash, unumdorlikning o‘zgarishi sabablarini ko‘rib chiqish, tuproq sho‘rlanishini
baholash, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari hamda tuproq dinamikasini o‘rganish
va uni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berishdan iborat.Yuqoridagi maqsadlardan kelib
chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
- Jizzax viloyati tuproqlari meliorativ holati bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borish va
ularni hozirgi holati o‘rganish;
- Jizzax viloyatida tarqalgan tuproqlar turlarini aniqlab tuproqlarning turli omillar ta’sirida
o‘zgarishi dinamikasini qayd etish;
- sho‘rlangan tuproqlarni hozirgi meliorativ holatini o‘rganish;
- tuproqning unumdorlik elementlarini tahlil qilish va unumdorligini oshirish yo‘llarini ishlab
chiqish.
Materiallar va tadqiqot usullari.
Ishda rasmiy ekologik, statistik hisobotlar, ilmiy tadqiqotlar
va tuproq unumdorlig bo'yicha adabiy manbalar ma'lumotlaridan foydalaniladi. Asosiy tadqiqot
usuli Jizzax viloyati tuproqlarining holati toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni tahliliy koʻrib chiqish
hamda bu maʼlumotlarni tuproq unumdorligini oshirish va tuproqlarni muhofaza qilish sohasidagi
xalqaro tajriba bilan taqqoslashdan iborat.
Bu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, kundan-
kunga respublikamiz hududida tuproqlarining unumdorlik darajasi pasayib bormoqda. . [2] Bu esa
atrofdagi landshaftlarning qaysidir darajada o‘zgarishiga va qishloq xo‘jaligida ekin ekiladigan
maydonlarning qisqarishiga sabab bo‘ladi. Hududdagi o‘zgarishlarni tahlil qilish, oldini olish chora-
4
Повестки дня в области устойчивого развития на период до 2030 года // Электронный доступ:
/undp/ org/content/ uzbekistan.ru
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 30 октябрдаги ПФ-5863-сон “2030 йилгача бўлган даврда
Ўзбекистон Республикасининг Атроф муҳитни муҳофаза қилиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги
Фармони
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
241
tadbirlarini ishlab chiqish va ularga yetarlicha baho berish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Chunki sug‘oriladigan yerlar inson uchun kerakli mahsulot beradigan ekin maydonlari va yaylovlar
juda kamayib bormoqda. Jizzax viloyati tuproqlarining tabiiy xususiyatlari va unumdorligini saqlab
qolish orqali qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini bir necha barobar oshirish mumkin. [7]
Tadqiqot natijalari va muhokamasi.
Jizzax viloyatining hududi Sirdaryo va Zarafshon
daryolari vodiylari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi va janubi-sharqidagi
baland tog‘lar sistemasidan shimol va shimoli-g‘arb tomondagi juda keng tekislik-cho‘llar zonasiga
tutashib ketadi. Viloyat hududi yaxlit tabiiy-geografik okrugni tashkil etmaganligi, Qizilqum,
Mirzacho‘l va Zarafshon tabiiy-geografik okruglarining ma’lum qismini o‘z ichiga olganligi,
shuningdek, cho‘l va tog‘lar oralig‘ida joylashganligi uning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
[1].
Jizzax viloyati hududida tarqalgan tuproqlar o‘zining joylashgan geografik o‘rni, iqlimi,
relyefi, antropogen jihatidan o‘zlashtirilganligi, tuproq hosil qiluvchi jinslarning har xilligi, o‘simlik
qoplami kabi xususiyatlarga ko‘ra bir nechta mintaqaga bo‘linadi Jizzax viloyati hududining asosiy
qismida sug‘orma bo‘z-o‘tloqi tuproqlari bilan qoplangan. [4]. Bunday tuproqlarda esa namlikning
bug‘lanishi natijasida qatlamlarda turli miqdorda tuzlar to‘planib borayapti.
Jizzax viloyati hududidagi turli geomorfologik, litologik, gidrogeologik va iqlim
sharoitlarining o‘zaro ta’siri hududda tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining turli yo‘nalishlarini sodir
etilgan bo‘lib. [9], “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy-tadqiqot davlat institutining tuproqlar
klassifikatsiyasiga ko‘ra, viloyat hududining tekisik qismi uchun och tusli bo‘z tuproqlar
mintaqasidagi quyidagi: och tusli bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, tuproqlari
xarakterli tuproqlardan sanalib, asosiy maydonlarda o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi qisman o‘tloqi
tuproqlari keng rivojlangan. [8] Mazkur tuman tuproqlari uchun bo‘z tuproqlar mintaqasiga
xarakterli bo‘lgan xususiyatlar sho‘rlanish, gumus va ozuqa elementlarining kamligi, eroziya
jarayonlari va boshqalar xosdir. Jumladan, tuman tuproqlari uchun o‘rtacha, yengil va og‘ir qumoqli
mexanik tarkib ba’zi xo‘jaliklarda loy, qumloq va qum harakterlidir.
1-rasm Jizzax viloyati tuproq kartasi
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
242
“Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida
,
Jizzax viloyatida mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ichki imkoniyatlarni keng
jalb etgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, istiqbolli
loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadlari va turmush darajasini
yanada yaxshilash hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida, Jizzax viloyatida 2022-
2026-yillarda 60 000 gektardan ortiq yer maydonlari o‘zlashtiriladi va qayta foydalanishga kiritilib,
ushbu maydonlarga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va dorivor ekinlar joylashtiriladi hamda
bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi. Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga
kiritish mazkur yerlarda yer osti suvlarining holati bo‘yicha Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasining tegishli xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 489 262 gektarni tashkil
etadi. Umumiy ekin maydoni esa 603 420 gektar.Yuqorida keltirilgan qarorga asosan viloyat
hududida yanada ekin maydonlari kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Jadvalda tog‘li rayonlarimizda
ham kattagina qo‘shimcha sug‘orish yerlari mo‘ljallanganini ko‘rishimiz mumkin, misol uchun:
Baxmal tumani 1086 gektar, Zomin 692 gektar, Forish tumanida 421 gektar.[3, 8] Yer osti
suvlarini jadal ekspluatatsiya qilinishi, suv tortib olishni ortib borishi bilan, pezometrik bosim
kamayib borishi sodir bo`ladi va bu gilli-qumli jinslarda tuz maydonini strukturasini o`zgarishiga
olib keladi, tortib olinayotgan suv qatlami asosiy suvli qatlamdan yuqorida joylashadi. Natijada gilli
jinslarni zichlanishi kuzatiladi va yer yuzasi deformatsiya beradi. Jizzax viloyati tuproqlarini
unumdorlik elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi juda past ko‘rsatgichlarga ega bo‘lib, tuproq
tarkibida fosfor kam, ya’ni 16-30 mg/kg, kaliy esa juda kam 0-100 mg/kg ni, gumus miqdori esa
0.81-1.20 % ni tashkil etadi.( 1-jadvalga qarang)
1-jadval
Tuproq unumdorligini aniqlovchi elementlarning o‘rtacha miqdori
Ranglar
bo‘yicha
taqsimlanishi
Ta’minlanganlik darajasi
Tuproq tarkibidagi
miqdori
mg/kg.
Gumus
miqdori
%
Fosfor
Kaliy
1
Juda kam
0-15
0-100
0-0,80
2
Kam
16-30
101-200
0.81-1.20
3
O‘rtacha
31-45
201-300
1.21-1.60
4
Yuqori
46-60
301-400
1.61-2.00
5
Juda yuqori
60<
400<
2.00<
Jizzax viloyati hududida fosfor miqdorini o‘rtacha miqdori 24925 ga 83.3 % bo‘lib-juda
kam, 4346 ga da esa 14.5% -kam, 648ga 2.2% - o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra bugungi kunga kelib tekshirilgan tuproqlarda umumiy kaliy miqdori 1,06-2,77% oralig‘ida
o‘zgarib turadi. Jizzax viloyati hududida gumus miqdorini o‘rtacha miqdori 11092 ga 37.1 %
bo‘lib-juda kam, 14215 ga da esa 47.5 %-kam, 2799 ga 9.4% - o‘rtacha, 1413 ga 4.7%- yuqori va
414 ga 1.3%- juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra, qumli
tuproqlar – 1401,4 gektar (0,49%) ni, qumoqli tuproqlar – 14489,3 gektar (5,02%) ni, yengil
qumoqli tuproqlar 75936,8 gektar (26.32%) ni, o‘rta qumoqli tuproqlar – 174139,7 gektar (60,35%)
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
243
ni, og‘ir qumoqli tuproqlar 21668,0 gektar(7,51%)ni va loyli tuproqlar– 916,6 gektar (0,32%) ni
tashkil etdi. (2-rasmga qarang).
2-rasm. Jizzax viloyati tuproqlarining mexanik tarkibi.
Viloyat tuproqlarining 87,67%i yaxshi tuproqlar hisoblanib, sho‘r yuvishda yaxshi natija
beradi. [3] Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va
oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, ularni sifat va miqdorini aniqlash, bozor
iqtisodiyoti sharoitida yerlarning me’yoriy bahosini belgilash kabi masalalarni yechishni taqozo
etadi.
Xulosa va tavsiyalar.
Jizzax viloyatining iqlim va tuproq sharoiti qurg‘oqchil bo‘lib,
unumdorlikni oshirish uchun kompleks agrotexnik, meliorativ va ekologik chora-tadbirlarni
qo‘llash zarur. Jizzax viloyatidagi tuproqlarni muhofaza qilish va ularning unumdorligini saqlash
uchun quyidagi ekologik va agronomik choralarga amal qilish lozim. [10,11] Tuproqning tabiiy
resurs sifatida o‘zini-o‘zi yangilash qobiliyati cheklangan bo‘lib, uni muhofaza qilish ekologik
muvozanatni saqlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Tuproqlarni
muhofaza qilish va ularning unumdorligini saqlash maqsadida tuproq unumdorligini oshirish
bo‘yicha qo‘shimcha choralar tasdiqlandi.Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi yerlari
unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasi tomonidan “Tuproqni
muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”2023-yil 15-avgustda qonunlar qabul
qilindi. Bu esa Senat tomonidan 2023-yil 24-noyabrda ma’qullandi.
Bu qonunlardan ham tuproqlarni muhofaza qilish va ularning unumdorligini saqlash yurtimiz
iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun ahamiyatli ekanligini bilishimiz mumkin.
Tuproqlarning sho‘rlanishiga sug‘orish jarayoni balki tuproq meliorativ holatini to’g’ri yo’lga
qo’ymaslik orqali ham ortib bormoqda. . [6] Buning oddiy misoli tariqasida drenaj zovur
suvlaridan foydalanish tufayli, sho’rlanishning ortishiga sababchi bo’lmoqda. Bunday xato va
kamchiliklarni oldini olish uchun hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida tomchilatib
sug‘orish texnologiyalari asosida sug’orish ishlarini amalga oshirish yo’lga qo’yilmoqda.
Аgrokimyoviy tadbirlarga mutaxassislarning xulosa va tavsiyalariga, toʼgʼri rioya qilinmasdan
kimyoviy vositalar va mineral oʼgʼitlarni pala-partish ishlatish, yerlarning unumdorligining
pasayishiga, tuproq tarkibida zaharli kimyoviy qoldiqlar, (pestitsidlar,nitratlar va h.k) atrof-
muhitning ifloslanishiga va aholini sogʼligiga jiddiy zararlar keltirib chiqarishi mumkin. Viloyatda
joylashgan turli tuproqlarning bonitirovka ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, ekin maydonlarini
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
244
samarali boshqarish uchun turli agrotexnik tadbirlar va meliorativ ishlarni o‘tkazish zarur. Bu
tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyatini kuchaytiradi.
Sho‘rlanish darajasini monitoring qilish,tuzlarni yuvish va tahlil qilish:Tuproqning sho‘rlanish
darajasi oshishi tuproq unumdorligini pasaytirishi mumkin, shu sababli bu holatni muntazam
kuzatish va kerak bo‘lganda sho‘rni yuvish muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Холдорова Г. Мирзачўл табиий ўлкаси ландшафтларининг ўзгаришида шамолнинг
аҳамияти, Экология хабарномаси 2021 №2(233)
2,
Abdunazarov, U., & Sabitova, N. (2020). Morphological features of buried Soils of loess
formations of the prytashkent region of Uzbekistan.
Архив Научных Публикаций JSPI
.
3. Kholdorova, G. M. (2020). Changes In Natural Geographical Processes In The Mirzachul Region
Under The Influence of The Sardoba Reservoir.
European Journal of Molecular & Clinical
Medicine
,
7
(3), 3136-3147.
4.
Tursunоv H. va bosh/ Ekоlоgiya аsоslаri vа tаbiаtni muhоfаzа qilish. “Fan va texnologiyalar” T.
2018. 215 b
5. Хакимов, К. М., Эрматова, Н. Н., & Холдорова, Г. M. принципы b основные положения
номинации географических объектов.
6.Xoldorova G., Usmanov, M. (2020). Мирзачўл табиий географик райони ҳудудининг тупроқ
қоплами мониторинг тизимини ташкил этишнинг амалий жиҳатлари.
Архив Научных
Публикаций JSPI
, 1-7.
7.
Xoldorova, G. (2021). Проблемы мониторинга окрижающей среды мирзачуля. Журнал
Педагогики
и
психологии
в
современном
образовании,
(1).
извлечено
от
https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1455
8.Холдорова Г., Эсонов С.Э. М Сангзор хавзаси геосистемаларида тупрокларининг
мелиоратив холатини картага туширишда тизимли тахлилдан фой даланиш “Journal of
Natural Sciences” №2 2021 y.
9.O.Ruzikulova, N. Sabitova G. Kholdorova The role of GIS texnology in determining irrigateci
geosistems
E3S
Web
of
Conferences
227,03004(2021)
GI
2021
ttps://do.org/10.1051/e3sconf/202122703004. 257 б
10.
Mixliboyevna, X. G. (2024). Jizzax viloyati agroiqlimiy resurslarining xo’jalikdagi ahamiyati.
"
russian" инновационные подходы в современной науке
,
1
(1).
11. Холдорова, Г. М., & Раимқулова, Ф. Ф. (2022). Жиззах вилояти табиий ресурслари ва
улардан оқилона фойдаланиш муаммолари. Журнал естественных наук, 1(1 (6)), 270-276.
