Authors

  • K.M. Xakimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126084

Keywords:

geografiya geografik qonuniyat kompetentsiya toponimika toponim toponimiya toponimik ma’lumot

Abstract

Maqolada talabalarning geografiya fanlaridan amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirishda toponimik ma’lumotlar foydalanishning muhimligi aniq misollar yordamida tahlil qilingan. Geografiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida toponimik ma’lumotlardan fanning deyarli barcha mavzularida foydalanish mumkinligi va ko‘pincha geografik nomlar etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otishi hamda joy nomlari bilan qiziqish darsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishi va qiziqarli bo‘lishini ta’minlashi anketa so‘rovlar yordamida tahlil qilingan. Bundan tashqari, geografiya ta’limida joy nomlarini o‘rganish talabalarda kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyatni takomillashtirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi, og’zaki nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi, hamda va tafakkur doirasining kengayishiga xizmat qilishi qisman o‘rganilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

245

II-SHU’BA.

GEOGRAFIK TA'LIM-TARBIYAGA YANGICHA YONDASHUV

TALABALAR AMALIY KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TOPONIMIK

MA’LUMOTLARNI AHAMIYATI HAQIDA.

Xakimov K.M

.

.

Jizzax davlat pedagogika universiteti geografiya fanlari nomzodi

Annotatsiya.

Maqolada talabalarning geografiya fanlaridan amaliy kompetentsiyalarini

rivojlantirishda toponimik ma’lumotlar foydalanishning muhimligi aniq misollar yordamida tahlil
qilingan. Geografiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida toponimik
ma’lumotlardan fanning deyarli barcha mavzularida foydalanish mumkinligi va ko‘pincha
geografik nomlar etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otishi hamda
joy nomlari bilan qiziqish darsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishi va qiziqarli bo‘lishini ta’minlashi
anketa so‘rovlar yordamida tahlil qilingan. Bundan tashqari, geografiya ta’limida joy nomlarini
o‘rganish talabalarda kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyatni takomillashtirishi,
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi, og’zaki nutqini o‘stirishga samarali ta’sir
ko‘rsatishi, hamda va tafakkur doirasining kengayishiga xizmat qilishi qisman o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

geografiya, geografik qonuniyat, kompetentsiya, toponimika, toponim,

toponimiya, toponimik ma’lumot

Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida bo’lganidek, ta’lim tizimida, jumladan

geografiya ta’limi sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlardan
ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan
foydalanib, ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, samaradorligini oshirish va pirovard natijada uni
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qildirishdan iborat.

Geografiya ta’limi samaradorligini oshirishda toponimik ma’lumotlar muhim o‘rin tutadi.

E’tiborli tomoni shuki, toponimik ma’lumotlardan geografiya darslarining deyarli barchasida
foydalansa bo‘ladi. Ko‘pincha joy nomlari haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish
uyg‘otadi va tez-tez ularni kelib chiqishi haqida so‘raydilar. Binobarin, joy nomlari bilan qiziqish
darsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi va uni qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, to‘qson foizdan ko‘proq talabalar aholi

punktlari nomining kelib chiqishi haqida ko‘proq bilishni istaydilar. Demak, toponimik ma’lumotlar
o‘quvchilarni bilish qobiliyatini rivojlanishiga va tafakkur doirasining kengayishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, joy nomlarini to‘g‘ri yozish savodxonlikning muhim tarkibiy qismi sanaladi,
nomlarni to‘g’ri talaffuz qilish esa nutq madaniyatini shakllantiradi. Geografik nomlarning
tarbiyaviy, ilmiy ahamiyati ham juda katta, nom kishilarda faxr, g‘urur tuyg‘usini shakllantiradi va
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi.

Mutaxassislarning yozishicha, toponimik ma’lumotlardan foydalanishni mahalliy geografik

obyektlarning nomlarini o‘rganishdan boshlanmoq ma’qul. Chunki ma’lumotlarni joyiga borib
to‘plash mumkin, eng muhimi ular ishonchli va aniq bo‘ladi. Shu bilan birga, geografik obyekt


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

246

nomi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, uning qaysi til mahsuli ekanligi va etimologiyasi haqida
ko‘proq ma’lumot to‘plash uchun toponimik adabiyotlar, lug‘atlar va qo‘shimcha ilmiy manbalarga
murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Geografik ma’lumotlarni hududiy bog‘lashda joy nomlari bog‘lovchi vosita vazifasini

bajaradi. Xususan, geografik qonuniyatlarni tushintirishda yoki biror geografik hodisa va voqeani
geografik obyektlarning nomi bilan bog‘lab izohlansa, ma’lumotlar yana ham ishonchli bo‘ladi.
Talaba geografik kartalarni yaxshi bilishi yoki alohida hududlar tabiatini o‘zaro taqqoslash,
kartaning asosiy unsuri bo‘lgan nomlarni ham yaxshi o‘zlashtirishi kerak. Xususan, xorijiy
mamlakatlarga tegishli bo‘lgan geografik nomlarni eslab qolish, talaffuz qilish va to‘g‘ri yozish
ancha murakkab masala.

Geografiya ta’limida bunday nomlarni eslab qolishi uchun, ularning ma’nosini tushuntirib

berish, nom bilan bog‘liq rivoyat va voqea-hodisalarni gapirib berish juda muhim hisoblanadi.
Masalan, Kanada davlati haqida ma’lumot berayotganda, mamlakat nomining kelib chiqishi
to‘g‘risida quyidagilarni gapirib bersa, o‘quvchilar darrov uni eslab qolishadi.

Nomshunos olimlarning yozishicha, kanada so‘zining paydo bo‘lishi mahalliy xalq bo‘lgan

indeyslar bilan bog‘liq. Frantsiya qiroli farmoni bilan, Jak Karte boshchiligidagi frantsuz
ekspeditsiyasi Xitoyga boradigan shimoliy yo‘lni ochish maqsadida g‘arbga qarab suzadi. 1535 yili
ekspeditsiya a’zolari oldindan tanish bo‘lgan Muqaddas Lavrentiya bo‘g‘oziga kiradi va shu nomli
daryo orqali yuqoriga qarab harakat qilishadi. J.Karte daryo sohilidagi irokez indeyslari manzilini
ko‘rib qoladi va ulardan mamlakatingiz qanday ataladi deb, so‘raydi.

Jak Karte gaplarini tushunmagan irokezlar o‘zlari tilida kanata - «qishloq» deb javob

berishadi. Sayohat davomida xuddi shu savol bir necha marta takrorlangan bo‘lsa ham, bitta kanata
javobini olishgan. Shundan so‘ng, J.Karte ishonch bilan kanata so‘zini nom sifatida kartaga
tushirgan. Keyincha, kanata so‘zining qo‘llash areali kengaygan va hozirda katta hududni qamrab
olgan Kanada davlatining nomiga aylangan.

Ma’lumki, mamlakat siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uning xaritasida aks etib

turadi. Mustaqillikdan keyin mamlakatimizdagi ko‘pgina joy nomlari ma’naviy jihatdan eskirdi.
Chunki sho‘rolar davrida hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilgan, milliy mentalitetimizga
mutlaqo yot bo‘lgan joy nomlari hayotimizdan keng o‘rin olgan edi. O‘zbekiston suveren davlatga
aylangandan keyin, uning xaritasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada mustaqillikni, milliy
qadriyatlarni ulug’lovchi joy nomlari paydo bo‘ldi, tarixiy nomlar qayta tiklandi, yurt tabiati,
xalqimiz tarixi va kasb-hunari, milliy an’analari hamda ma’naviyatimiz bilan bog‘liq nomlar soni
ko‘paydi.

Endilikda, qayta tiklangan tarixiy nomlarni saqlab qolish zarur, ular tarixiy obidalar, milliy

yodgorliklar kabi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuning uchun,
tarixiy nomlarni asrab-avaylash, muhofaza qilish, keyingi avlodlarga to‘la-to‘kis yetkazish hayotiy
zarurat, ijtimoiy burch ekanligini unitmaslik lozim.

Geografiya ta’limida joy nomlari yordamida hudud tabiiy sharoitini (er yuzasi, qazilma

boyliklari, iqlimi, gidrografiyasi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy hodisa va jarayonlari)
tushintirish mumkin. Chunki tabiiy-geografik omillar asosida shakllangan geografik nomlar barcha
mamlakatlar toponimiyasi tarkibida salmoqli o‘rin egallaydi. Masalan, Janubiy Amerika
materigining qazilma boyliklari haqida gapirganda, And so‘zini quyidagicha izohlasa bo‘ladi: And -
dunyodagi eng uzun (salkam 9000 km.) va eng baland (Akonkagua cho‘qqisi, 6960 m.) tog’
tarmoqlaridan biri.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

247

And tog’lari materikni butun uzunligi bo‘ylab cho‘zilgan. Mutaxassislarning yozishicha, ink

indeyslari tilida anta - «mis» degan ma’noni anglatadi. And tog’larida mis konlari ko‘p va mis
mintaqasi salkam 4 ming km masofaga cho‘zilganligi aniqlangan. Qadimda ink indeyslari mis
eritishgani ham tarixiy manbalardan ma’lum va bu And so‘zining etimologiyasini yana bir bor
tasdiqlaydi. Geografik nomlar yordamida asrlar davomida saqlanib kelayotgan ma’lumotlarni,
o‘tgan zamonda ro‘y bergan tarixiy voqea-hodisalar, kishilarning kasb-hunarlari, urf-odatlari, aholi
migratsiyasini aniqlash mumkin.

Joy nomlarini o‘rganadigan toponimika fanining majmuaviy xususiyatidan foydalanib

fanlararo aloqalarni yanada mustahkamlash mumkin. Masalan, geografiyani o‘qitishda ona tili, chet
el toponimlarini o‘rganishda chet tillari bilan bog’lanish yaxshi samara beradi. Ba’zi bir joy nomlari
ma’lum hududda sodir bo‘lgan tarixiy voqea-hodisalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Tarixchi ko‘proq
geografik nomning kelib chiqish tarixi, qaysi davrda paydo bo‘lganligi, tarixiy jarayonlar bilan
bog‘liqligi, o‘sha davr sharoiti, arxeologik va etnografik manbalari, mahalliy xalqning tarixi va
hokazolar bilan qiziqadi. Ularni o‘rganish geografiya va tarix fanlarining aloqasini
mustahkamlashga yordam beradi.

Ma’lumki, joy nomlarini to‘g‘ri izohlash ancha murakkab ish. Buning uchun taniqli

nomshunos olim H.Hasanov aytganidek, kamida «o‘zbek tilini puxta bilish va qo‘shni tillardan
xabardor bo‘lish kerak. Vatanimiz tarixini, qadimda o‘tgan qabilalarni, aholining xo‘jalik faoliyatini
va albatta, har bir joyning geografik xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. Ana shunday har
tamonlama ma’lumotlarni bir-biriga solishtirib, qo‘shib, joy nomining tarixini aniqlay olish
mumkin».

Shubha yo‘qki, geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri talabalarda geografik

dunyoqarash va geografik madaniyatni shakllantirishdan iborat. Geografik dunyoqarash bu - jahon
mamlakatlarida ro‘y berayotgan turli tabiiy, iqtisodiy, siyosiy voqea- hodisalarning manzilini aniq
tasavvur qilish bo‘lsa, geografik obyektlarning joylashgan o‘rni va ularning xususiyatlari haqida
aniq tasavvurga ega bo‘lish geografik madaniyatga kiradi.

Xulosa qilib aytganda, geografiya ta’limida joy nomlarini o‘rganish talabalarda kuzatish,

taqqoslash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyatni takomillashtiradi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantiradi, og’zaki nutqini o‘stirishga samarali ta’sir qiladi. Masalani yana bir muhim tomoni
shuki, geografiya darslarida toponimik ma’lumotlardan me’yorida foydalanish maqsadga muvofiq,
shunda ular geografiya fanini puxta o‘zlashtirishga va fanga bo‘lgan qiziqishni yanada ortishiga
xizmat qiladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Baymurodova S.E. Oliy ta’limda geografiyani masofaviy o ‘qitishning ilmiy-metodik

ta’minotini takomollashtirish. PhD dissertatsiyasi avtoreferati. -T.; 22 b.

2. Karaev S. Toponimika. -T.; 2006. -320 b.
3. Mirakmalov M.T. Geografiyada toponimika. -T.; 2012. -121 b.
4. Xakimov K.M. Toponimika. -T.: 2016. -368 b.
5. Xakimov K.M. Mirakmalov M.T. Toponimika. -T.: 2020. -355 b.
7. Hasanov H. Tanlangan asarlar. -T.: 2019. -335 b.
8. Караев С. Топонимия Узбекистана с топонимическим словарем. -T.: 2015. -500 стр.
9. Мурзаев Э.М. География в названиях. -M.: 1987. -182 стр.

References

Baymurodova S.E. Oliy ta’limda geografiyani masofaviy o ‘qitishning ilmiy-metodik

ta’minotini takomollashtirish. PhD dissertatsiyasi avtoreferati. -T.; 22 b.

Karaev S. Toponimika. -T.; 2006. -320 b.

Mirakmalov M.T. Geografiyada toponimika. -T.; 2012. -121 b.

Xakimov K.M. Toponimika. -T.: 2016. -368 b.

Xakimov K.M. Mirakmalov M.T. Toponimika. -T.: 2020. -355 b.

Hasanov H. Tanlangan asarlar. -T.: 2019. -335 b.

Караев С. Топонимия Узбекистана с топонимическим словарем. -T.: 2015. -500 стр.

Мурзаев Э.М. География в названиях. -M.: 1987. -182 стр.