Authors

  • Davronxoʻja Juraxujayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126096

Keywords:

Plickers texnologiyasi raqamli baholash geografiya darsi formatif baholash interaktiv o‘qitish QR-karta ta’lim innovatsiyasi real vaqt rejimi o‘quvchi faolligi pedagogik texnologiyalar.

Abstract

Maqolada zamonaviy baholash vositasi sifatida Plickers texnologiyasining geografiya darslarida qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu texnologiyaning texnik soddaligi, real vaqt rejimida natijalarni olish imkoniyati, analitik funksiyalari va o‘quvchilarda qiziqishni oshiruvchi xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, texnologiyadan foydalanishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan metodik tavsiyalar keltirilib, o‘qituvchining texnologik savodxonligi va didaktik yondashuviga urg‘u berilgan. Plickers vositasidan foydalanish ta’lim jarayonini interaktiv, samarali va diagnostik jihatdan boy qiladi, bu esa dars sifati va o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

261

GEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY BAHOLASH VOSITASI SIFATIDA

PLICKERS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Juraxujayev Davronxoʻja Daverxoʻja ogʻli

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Geografiya kafedrasi oʻqituvchisi

E-mail:

ddjuraxujayev@mail.ru

; ORCID: 0000-0003-4418-3702;

Annotatsiya.

Maqolada zamonaviy baholash vositasi sifatida Plickers texnologiyasining

geografiya darslarida qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu texnologiyaning texnik soddaligi,
real vaqt rejimida natijalarni olish imkoniyati, analitik funksiyalari va o‘quvchilarda qiziqishni
oshiruvchi xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, texnologiyadan foydalanishda e’tibor berilishi
lozim bo‘lgan metodik tavsiyalar keltirilib, o‘qituvchining texnologik savodxonligi va didaktik
yondashuviga urg‘u berilgan. Plickers vositasidan foydalanish ta’lim jarayonini interaktiv,
samarali va diagnostik jihatdan boy qiladi, bu esa dars sifati va o‘quvchilarning faolligini
oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Plickers texnologiyasi, raqamli baholash, geografiya darsi, formatif baholash,

interaktiv o‘qitish, QR-karta, ta’lim innovatsiyasi, real vaqt rejimi, o‘quvchi faolligi, pedagogik
texnologiyalar.


XXI asrda ta’lim tizimida yuz berayotgan tub islohotlar o‘qitishning an’anaviy shakllaridan

zamonaviy, interaktiv va raqamli yondashuvlarga o‘tishni talab qilmoqda. Bu, eng avvalo,
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangicha asosda tashkil etishni, bilimlarni
egallash jarayonini faollashtirishni hamda baholash tizimini takomillashtirishni zaruratga
aylantirmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilimini aniqlash va nazorat qilishda an’anaviy test va
yozma ishlardan tashqari, zamonaviy raqamli baholash texnologiyalaridan foydalanish ta’lim
sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda xalqaro ta’lim tajribasida keng qo‘llanilayotgan raqamli baholash

vositalaridan biri bu – Plickers texnologiyasi bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim darajasini real vaqt
rejimida aniqlash imkonini beradi. Mazkur texnologiya o‘zining oddiy, lekin interaktiv va samarali
tuzilmasi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarga raqamli qurilmalarsiz, faqat maxsus QR-kartalar
yordamida baholashda ishtirok etish imkonini beradigan ushbu tizim, ayniqsa, raqamli
infratuzilmasi cheklangan maktablarda katta afzalliklarga ega [3, 8].

Plickers texnologiyasi (inglizcha “paper clickers” - “qog‘oz klikerlar” so‘zidan olingan) – bu

real vaqt rejimida tezkor va vizual formatda formatif baholashni amalga oshirish imkonini beruvchi
raqamli vositadir [7]. Ushbu texnologiya 2013-yilda amerikalik ta’lim innovatori Nolan Amy
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘qituvchilarga zamonaviy texnik vositalar bilan yetarli
darajada ta’minlanmagan sharoitda ham interaktiv baholashni tashkil qilish imkonini yaratgan [4].
Plickers tizimi o‘zining soddaligi, qulayligi va universal qo‘llanilish xususiyati bilan boshqa
baholash vositalaridan ajralib turadi.

Plickers texnologiyasining ishlash tamoyili quyidagicha: o‘qituvchi o‘z mobil qurilmasiga

(telefon yoki planshet) maxsus ilovani o‘rnatadi va o‘quvchilar uchun alohida QR-kodli
kartochkalar tayyorlaydi. Har bir kartochkada A, B, C va D harflari turlicha yo‘nalishlarda
joylashtirilgan bo‘lib, o‘quvchi o‘z javobini tanlash uchun kartochkani shu harf yuqoriga qaragan
holda ko‘taradi. O‘qituvchi esa mobil kamera orqali bu javoblarni skanerlab, bir necha soniya


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

262

ichida barcha natijalarni real vaqt rejimida ko‘ra oladi [5]. Bu esa dars vaqtida o‘quvchilarning
bilimini tezkor, xolis va statistik tahlil asosida baholash imkonini beradi.

Plickers texnologiyasining asosiy afzalliklarini quyidagi jihatlar orqali tahlil qilish mumkin

[1]:

Texnik jihatdan soddaligi -

ushbu tizim o‘quvchilar tomonidan qo‘shimcha

qurilmalarsiz - faqatgina qog‘ozdagi kartochkalar orqali foydalaniladi. Bu esa, ayniqsa, raqamli
texnologiyalar cheklangan maktablar uchun juda qulay yechimdir.

Tezkorlik va aniqlik -

natijalar real vaqt rejimida olinadi, ya’ni dars jarayonining

o‘zida o‘qituvchi sinfning umumiy bilim darajasi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu esa
baholashning aniqligini ta’minlaydi.

Ko‘p sonli o‘quvchilarni bir vaqtda baholash imkoni -

Plickers orqali bir necha

soniya ichida butun sinfning javoblarini skanerlab olish mumkin. Bu ommaviy baholashni
yengillashtiradi va o‘qituvchining vaqtini tejaydi.

Tahliliy imkoniyatlar -

ilova yordamida har bir o‘quvchining individual javobi

avtomatik tarzda saqlanadi va vizual grafik ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu esa o‘qituvchiga
baholash natijalarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.

O‘quvchilarda qiziqishni oshiradi -

baholash jarayoni “o‘yin” shaklida o‘tadi va bu

o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtiradi. Ayniqsa, musobaqadorlik unsurlarini kiritish
orqali o‘quvchilarda o‘z bilimini ko‘rsatish istagi kuchayadi.

Pedagogik yondashuvga mosligi -

Plickers texnologiyasi formatif (jarayonli)

baholash tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu o‘quvchilarning bilimlarini muntazam nazorat qilish,
ularga tezkor fikr-mulohaza (feedback) berish va kamchiliklarini aniqlab, tuzatishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Plickers texnologiyasi nafaqat baholashda, balki o‘quv jarayonining boshqa

bosqichlarida – bilimlarni faollashtirish, yangi mavzuni aniqlash, mustahkamlash va refleksiya
bosqichlarida ham keng qo‘llanishi mumkin.

Geografiya fani umumiy o‘rta ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni

tushunishga, makoniy tafakkurni shakllantirishga, xarita bilan ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan fan sifatida alohida o‘rin egallaydi. Bu fan o‘quvchilardan nafaqat
faktlarni yod olish, balki ularni tahlil qilish, taqqoslash, sabablilik bog‘liqliklarini aniqlash kabi
murakkab kognitiv amallarni bajarishni talab qiladi [2, 6]. Shu bois geografiya darslarida bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini baholash uchun zamonaviy,
interaktiv texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi.

Plickers texnologiyasi geografiya darslarida quyidagi yo‘nalishlarda samarali qo‘llanishi

mumkin:

Bilimlarni faollashtirish va diagnostika bosqichida

Yangi mavzuga o‘tishdan oldin o‘quvchilarning mavjud bilimlarini aniqlash muhim

hisoblanadi. Masalan, “O‘zbekiston relyefi” mavzusini boshlashdan oldin o‘quvchilarga
“Oʻzbekiston hududidagi eng baland togʻlar qaysi?”, “Qaysi tog‘ tizmasi O‘zbekistonning janubiy
qismida joylashgan?” va boshqa shu kabi savollar berish orqali mavjud bilimlar aniqlash mumkin.
Plickers bu bosqichda darsni jonlantiradi, o‘quvchilarni faollashtiradi va o‘qituvchiga real statistik
ma’lumot beradi.

Yangi mavzuni o‘zlashtirishda

Geografiya darslari ko‘pincha tushunchalar, statistik ko‘rsatkichlar, xaritalar bilan bog‘liq

bo‘lgan savollarni o‘z ichiga oladi. Plickers yordamida xarita asosida tuzilgan savollarga (masalan:


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

263

“Quyidagi shaharlarning qaysi biri Amudaryo yaqinida joylashgan?”) tezkor javoblar olib,
o‘quvchilarning mavzuni qanday tushunganligini aniqlash mumkin.

Xarita va grafiklar bilan ishlash ko‘nikmalarini baholashda

Geografiyada xarita va diagrammalar asosiy vositalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarga

grafik yoki xarita asosida savollar berilib, ularga mos Plickers kartochkalari yordamida javoblar
yig‘iladi. Bu yondashuv ayniqsa “Iqlim o‘zgarishlari”, “Aholining joylashuvi”, “Resurslar
taqsimoti” kabi mavzularda samarali hisoblanadi.

Mustahkamlash va refleksiya bosqichida

Mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarning yodda saqlagan asosiy tushunchalarini aniqlash

hamda ularning mavzu bo‘yicha o‘z fikrini umumlashtirish ko‘nikmasini baholashda Plickers
yordamida mini-testlar, to‘g‘ri-notog‘ri bayonotlar (true/false), sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash
kabi topshiriqlar tuzish mumkin.

O‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlashda

Plickers texnologiyasi orqali har bir o‘quvchining javobi tizimda alohida qayd etiladi. Bu esa

o‘qituvchiga o‘quvchilarning individual rivojlanish darajasini monitoring qilish, ularning kuchli va
zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Natijalarga tayanib, differensial yondashuv asosida
qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilishi mumkin.

Qiziqarli, interaktiv muhit yaratishda

Geografiya darslarida Plickers texnologiyasidan foydalanish orqali o‘quvchilar dars

jarayonida faol ishtirok etishadi. Bu texnologiyaning gamifikatsiyalashgan (o‘yin elementlariga
ega) xususiyati darsda sog‘lom raqobat muhitini yaratadi, bu esa o‘quvchilarning darsga boʻlgan
qiziqishini (ayniqsa quyi sinf oʻquvchilarida) sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Geografiya darslarida Plickers texnologiyasidan samarali foydalanish o‘qituvchidan muayyan

tayyorgarlik, didaktik yondashuv va texnologik savodxonlikni talab etadi. Ushbu vositani o‘quv
jarayoniga muvaffaqiyatli joriy etish uchun bir qator amaliy-metodik tavsiyalarga eʼtibor qaratish
lozim.

Birinchidan

,

dars

mazmuniga

mos

savollarni

puxta

rejalashtirish:

Plickers texnologiyasi asosida tuziladigan savollar mavzuning asosiy g‘oyalarini qamrab olishi,
bilim, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish kabi kognitiv darajalarni aks ettirishi lozim. Har bir savol
aniqlik, lo‘ndalik va aniq formulalangan javob variantlariga ega bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan

,

Plickers kartalarini oldindan tarqatish va tushuntirish: o‘quvchilarga kartalar qanday ishlashini, har
bir burilish ma’nosi qanday javobga to‘g‘ri kelishini darsdan oldin yoki ilk mashg‘ulotlarda amaliy
ko‘rsatib berish muhimdir. Bu bosqich texnologiyadan foydalanishda uzilishlar oldini oladi.

Uchunchidan

,

o‘quvchilarning

qatnashishini

nazorat

qilish:

Plickers dasturi real vaqt rejimida o‘qituvchiga har bir o‘quvchining javobini ko‘rsatadi. Ushbu
imkoniyatdan foydalangan holda, dars davomida faollik darajasini kuzatish va har bir o‘quvchining
ishtirokini tahlil qilish mumkin.

Toʻrtinchidan

, darsning turli bosqichlarida foydalanish: Plickers

vositasidan faqat yakuniy baholashda emas, balki darsning kirish (diagnostika), o‘zlashtirish
(formatif), mustahkamlash (refleksiya) bosqichlarida ham foydalanish tavsiya etiladi. Bu orqali
baholash jarayoni izchil va uzviy amalga oshiriladi.

Beshinchidan

, statistik tahlil asosida

differensial yondashuv: dars yakunida Plickers orqali to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, bilim
darajasiga qarab o‘quvchilarga individual yoki guruhli yondashuvlar ishlab chiqish mumkin. Bu o‘z
navbatida o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oltinchidan

, qishloq maktablarida

soddalashtirilgan usulda joriy etish: axborot texnologiyalari yetarli bo‘lmagan hududlarda Plickers
texnologiyasidan foydalanishda minimal vositalar – 1 dona mobil telefon va oldindan tayyorlangan


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

264

kartalar yordamida darsga tatbiq qilish mumkin. Bu holatda texnologiya imkon qadar
moslashuvchan va soddalashtirilgan bo‘lishi kerak.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Plickers texnologiyasi zamonaviy baholash vositasi

sifatida geografiya darslarida o‘quvchilarning bilim darajasini tezkor va samarali aniqlashga,
o‘qituvchiga esa aniq, statistik va shaffof ma’lumotlar asosida darsni tahlil qilishga imkon yaratadi.
Bu texnologiya o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, ularni raqamli vositalar orqali jalb etadi
va ta’lim jarayonini interaktivlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Demirkan Ö., Gürişik A., Özlem A. Teachers’ opinions about “Plickers” one of the

online assessment tools //Educational research and practice. – 2017. – Т. 23. – С. 56-68.

2.

Juraxujayev D.D. Geografiya fanlarini oʻqitishning ayrim masalalari // Kognitiv va

neyropedagogik tadqiqotlarning ta’lim amaliyotiga tatbig‘i mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. – Samarqand viloyati PYMOʻMM, 2024. – 659 b.

3.

Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.

(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.

4.

Kent D. Plickers and the pedagogical practicality of fast formative assessment //Teaching

English with Technology. – 2019. – Т. 19. – №. 3. – С. 90-104.

5.

Plickers: как учитель создал приложение для выставления оценок и проверки тестов

[Elektron resurs] – URL:

https://hightech.fm/2020/02/14/plickers

6.

Raximova Nodira Xurram qizi. “Oliy o‘quv yurtlari talabalarini raqamli texnologiyalar

yordamida baholashning usul va vositalari”. Zenodo, October 29, 2023.

7.

Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо

‘llanma //Samarqand: SamDU nashriyoti. – 2023. – Т. 84.

8.

Shana Z. A., Abd Al Baki S. Using plickers in formative assessment to augment student

learning //International Journal of Mobile and Blended Learning (IJMBL). – 2020. – Т. 12. – №. 2.
– С. 57-76.

9.

Chou P. N. Using Plickers to support Student Learning in Rural Schools: a

comprehensive analysis //Sage Open. – 2022. – Т. 12. – №. 3. – С. 21582440221116109.

References

Demirkan Ö., Gürişik A., Özlem A. Teachers’ opinions about “Plickers” one of the

online assessment tools //Educational research and practice. – 2017. – Т. 23. – С. 56-68.

Juraxujayev D.D. Geografiya fanlarini oʻqitishning ayrim masalalari // Kognitiv va

neyropedagogik tadqiqotlarning ta’lim amaliyotiga tatbig‘i mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiyasi materiallari. – Samarqand viloyati PYMOʻMM, 2024. – 659 b.

Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.

(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mappingbased study. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.

Kent D. Plickers and the pedagogical practicality of fast formative assessment //Teaching

English with Technology. – 2019. – Т. 19. – №. 3. – С. 90-104.

Plickers: как учитель создал приложение для выставления оценок и проверки тестов

[Elektron resurs] – URL: https://hightech.fm/2020/02/14/plickers

Raximova Nodira Xurram qizi. “Oliy o‘quv yurtlari talabalarini raqamli texnologiyalar

yordamida baholashning usul va vositalari”. Zenodo, October 29, 2023.

Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо

‘llanma //Samarqand: SamDU nashriyoti. – 2023. – Т. 84.

Shana Z. A., Abd Al Baki S. Using plickers in formative assessment to augment student

learning //International Journal of Mobile and Blended Learning (IJMBL). – 2020. – Т. 12. – №. 2.

– С. 57-76.

Chou P. N. Using Plickers to support Student Learning in Rural Schools: a

comprehensive analysis //Sage Open. – 2022. – Т. 12. – №. 3. – С. 21582440221116109.