Authors

  • Turgʻunali Majitov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126097

Keywords:

ekologik tarbiya tabiiy fanlar ekologik savodxonlik CLIL STEAM ekologik ong xalqaro tajriba.

Abstract

Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari va samarali metodlari tahlil qilinadi. Xalqaro va milliy tajribalar asosida ekologik ong, madaniyat va mas’uliyatni shakllantirishning innovatsion yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

265

TABIIY FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI

RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YONDASHUVLARI

Majitov Turgʻunali Anvar oʻgʻli

Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi

turgunalimajidov@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani

rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari va samarali metodlari tahlil qilinadi.
Xalqaro va milliy tajribalar asosida ekologik ong, madaniyat va mas’uliyatni shakllantirishning
innovatsion yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar
berilgan

.

Kalit so‘zlar:

ekologik tarbiya, tabiiy fanlar, ekologik savodxonlik, CLIL, STEAM, ekologik

ong, xalqaro tajriba.


XXI asrda ekologik muammolar insoniyatning barqaror rivojlanishiga jiddiy tahdid solmoqda.

Bu kabi muammolar esa o‘quvchilarda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirishni ta’lim
tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan 2025-
yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishini ta’kitlash lozim.
Prezidentimiz o‘z nutqlarida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim
o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini aytib kelajakda atrof-muhitni asrash,
tabiiy resusrlardan oqilona foydalanish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash,
ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi
masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligini ta’kidladi.

Albatta, bu kabi loyihalarning

amalga oshishi uchun yosh avlodni tabiat bilan bog‘liq kerakli bilimlar bilan qurollantirish kerak.

Dunyo miqyosida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy fanlarni chuqur o‘qitish

orqali ekologik tarbiyani rivojlantirish o‘quvchilarda ekologik ong, mas’uliyat va barqaror turmush
tarziga intilish shakllanishiga xizmat qiladi [11,298 b]. Shu sababli ekologik tarbiyani ta’lim
tizimiga integratsiya qilish zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ajralmas qismiga aylangan.

Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda ekologik tarbiya tabiiy fanlar (biologiya,

kimyo, fizika, geografiya) bilan chambarchas bog‘langan holda o‘qitilmoqda. Masalan, Finlandiya,
Kanada, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda ekologik ta’lim dasturlari maxsus ishlab
chiqilgan bo‘lib, ularda interfaol metodlar, amaliy loyihalar va ekologik eksperimentlar asosiy o‘rin
tutadi [9,336 b.].

O‘zbekiston Respublikasida ham ekologik ta’limning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish konsepsiyasi”
(2022) asosida umumta’lim maktablarida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maxsus
o‘quv dasturlari joriy etilmoqda. Shu bilan birga, STEM, CLIL va loyiha asosida o‘qitish kabi
zamonaviy pedagogik metodlarni ekologik tarbiyaga tatbiq qilish bo‘yicha qator tadqiqotlar olib
borilmoqda [6,180 b].

Ekologik tarbiya nafaqat bilish, balki ongli faoliyat, hayotiy tajriba, ijtimoiy amaliyot,

insonning tug‘ulib o‘sgan joyiga moslashishi va axloqiy qadriyatlarga tayangan holda shakllanadi.
Tabiiy fanlar orqali o‘quvchilar atrof-muhitdagi tabiiy jarayonlar, biologik xilma-xillik, iqlim


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

266

o‘zgarishi, ekologik muvozanat kabi tushunchalarni chuqurroq anglaydi. Ta’lim muassasalarida
ekologik ta’lim va tarbiyani samarali tashkil etish uchun pedagogik jarayonda quyidagi
tamoyillarga amal qilish lozim.

Birinchidan,

ekologik tarbiya uzluksiz bo‘lishi, ya’ni boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda

bir-birini to‘ldiruvchi tarzda olib borilishi zarur;

Ikkinchidan,

ekologik muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra kompleks bo‘lib, ularni tushunishda

biologiya, geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot va hatto san’at fanlarining integratsiyasi talab
qilinadi. Masalan, STEAM yondashuvi ekologik mavzularni ilm-fan va kreativ fikrlash orqali
birlashtirish imkonini beradi;

Uchinchidan,

ekologik bilimlar faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy faoliyat orqali ham

egallanishi kerak. Bu borada dala mashg‘ulotlari, ekologik kuzatuvlar, tabiatni muhofaza qilish
tadbirlari va eksperimentlar muhim ahamiyatga ega.

To‘rtinchidan,

tabiatga estetik va axloqiy munosabatni shakllantirish orqali o‘quvchilarni

tabiatni sevishga va uni qadrlashga undash mumkin. Bu o‘rinda san’at, adabiyot va madaniy meros
elementlari bilan uyg‘un yondashuv muhim sanaladi.

Beshinchidan,

o‘quvchi ekologik faoliyatda bevosita ishtirok etgan taqdirdagina unda ongli

ekologik qarash shakllanadi. Shuning uchun loyihalash, guruhli ish, muammoli vaziyatlar asosida
o‘qitish orqali ularning faolligi oshiriladi.

Oltinchidan,

o‘quvchilarga nafaqat global ekologik muammolar balki o‘z hududidagi

ekologik muammolar (havo sifati, chiqindilar, suv tanqisligi) ham tushuntirilishi kerak. Bu
yondashuv ularning shaxsiy javobgarlik hissini kuchaytiradi.

Tabiiy fanlar biologiya, geografiya, kimyo, fizika kabi fanlar – o‘quvchilarda ekologik ong

va mas’uliyatni shakllantirishda muhim vosita sanaladi. Ushbu fanlar orqali tabiatda sodir
bo‘ladigan hodisalar, ekotizimlar, resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasi haqida
bilim beriladi. Ekologik tarbiyani rivojlantirishda

faol o‘qitish metodlari

— “muammoli ta’lim”,

“aqliy hujum”, “rolga kirish o‘yinlari”, “guruhli muhokama”, “debat” usullari orqali o‘quvchilar
ekologik muammolarni tahlil qiladi, sabab-oqibat aloqalarini aniqlaydi va o‘z nuqtai nazarini
ifodalaydi. Masalan: ekologik kuzatuvlar,

“Ekofaoliyat kuni”,

sahnalashtirilgan chiqishlar

o‘quvchilarda

shaxsiy ekologik pozitsiyani

shakllantirishga xizmat qiladi.

Innovatsion

texnologiyalardan CLIL, STEAM, loyiha asosida o‘qitish ham samarali hisobladi. CLIL
(

Content and Language Integrated Learning

)

– mazmun va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitish

texnologiyasi. Masalan, ekologik mavzudagi darslar ingliz tilida o‘tiladi. Bu yondashuv asosida
ekologik bilimlarni xalqaro terminologiyada o‘rganishga, fanlararo integratsiya va o‘quvchilarning
kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

STEAM

– ekologik muammolarga texnologik va ijodiy yechim topishga yo‘naltirilgan

yondashuv. Misol uchun: “Yashil uy” modelini yaratish, suvni tejovchi qurilma dizayni, atrof-muhit
monitoringi uchun IT loyihalar.

Loyiha asosida o‘qitish (

Project-Based Learning

)

o‘quvchilarning ekologik muammoga yechim topishga qaratilgan mustaqil va jamoaviy faoliyatidir.
Bu yondashuvlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, ijodiy yondashuv va
ijtimoiy mas’uliyat kabi kompetensiyalarini shakllantiradi.

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, dala amaliyoti mashg‘ulotlarida ishtirok etgan

o‘quvchilarning 80% dan ortig‘i ekologik masalalarga befarq bo‘lmaydi. Ekologik ta’lim bo‘yicha
dunyo miqyosida ko‘plab ilg‘or tajribalar shakllangan.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

267

BMT, YUNESCO, UNEP kabi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan

ESD (Education for

Sustainable Development)

modeli bugungi kunda xalqaro standart sifatida qabul qilinmoqda. U

o‘quvchilarni faqat bilim bilan emas, balki qadriyat, harakat va hayotiy qarorlar bilan o‘qitishni
nazarda tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ekologik tarbiya va ta’limni
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

U

mumta’lim fanlari o‘quv dasturlarida ekologik

mazmunli kompetensiyalar alohida bandlarda ko‘zda tutilgan. Masalan, geografiya va biologiya
darslarida “Ekotizimlar”, “Chiqindilarni boshqarish”, “Suv resurslari muhofazasi” kabi mavzular
keng yoritiladi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun ekologik savodxonlik
bo‘yicha maxsus seminar-treninglar

o‘tkazilmoqda. Ba’zi maktablarda “Yashil maktab” tajribalari

yo‘lga qo‘yilgan: bu maktablarda o‘quvchilar chiqindilarni saralash, daraxt ekish, energiya tejash,
suv resurslarini tejash bo‘yicha amaliy faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro tajriba va milliy amaliyotni tahlil qilgan holda, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha

ekologik tarbiyani takomillashtirish maqsadga muvofiq. Ekologik ta’limning institutsional
asoslarini kuchaytirish

orqali ekologik tarbiya barcha o‘quv fanlariga chuqur integratsiya qilinishi

zarur. CLIL va STEAM texnologiyalarini ekologik ta’limga faol joriy etish, bu yondashuvlar
fanlararo aloqalarni mustahkamlab, real hayotiy muammolar yechimiga yo‘naltiradi.
O‘quvchilarning ekologik faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar, startaplar, tanlovlar, ko‘rik-
tadbirlar orqali ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, hududiy xususiyatlarni hisobga
olgan holda

har bir hududdagi ekologik muammolar asosida o‘quv faoliyatini yo‘lga qo‘yish,

o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ekologik kompetensiyalar bo‘yicha doimiy malaka oshirish
tizimi joriy etilishi kerak.

Maqolada yozish jarayonida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy fanlar ekologik

tarbiyaning asosiy vositasidir, chunki ular o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ilmiy asoslangan va
axloqiy munosabatni shakllantiradi. Zamonaviy pedagogik metodlar asosida o‘qitish ekologik
savodxonlikni oshirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro tajriba O‘zbekiston uchun
muhim metodik asos bo‘la oladi va ekologik ta’lim tizimlari ta’lim va tarbiyani hayot bilan bog‘lab
olib borishga asoslanadi.

Shunga ko‘ra, quyidagi

tavsiyalar

ni ilgari surish mumkin:

Ekologik tarbiyani umumta’lim fanlariga chuqur integratsiya qilish;

Mahalliy ekologik muammolar asosida ta’lim tashkil etish

har bir hududdagi real

ekologik muammolarni o‘quvchilarga tahlil qildirish ularni hayotga yaqinlashtirish va ekologik
muammolarni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishga o‘rgatish.

O‘qituvchilarning ekologik kompetensiyasini oshirish

ekologik ta’lim bo‘yicha

o‘qituvchilar uchun muntazam ravishda metodik seminar-treninglar, malaka oshirish kurslarini
yo‘lga qo‘yish

O‘quvchi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash

ekologik startaplar, tanlovlar, amaliy

loyihalarga grant ajratish orqali yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishga yordam
berilishi kerak.

Shunday qilib, tabiiy fanlarni o‘qitishda ekologik tarbiyani rivojlantirish bu nafaqat

zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishi, balki global ekologik muammolarni hal qilishga hissa
qo‘shuvchi ijtimoiy strategiyadir. Ilm-fanga asoslangan, innovatsion metodlarga tayangan va
xalqaro tajribadan ilhomlangan ekologik ta’lim orqaligina biz barqaror kelajak sari harakat qila
olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

268

1.

Ashurova M.A. (2017). Ekologik tarbiya nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 216

b.

2.

Avliyoqulov N.X., Mamadaliyeva Z.N. (2019). Umumta’lim maktablarida ekologik

madaniyatni shakllantirish texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 248 b.

3.

Hungerford H., Volk T. (2020). Environmental Education and Sustainable

Development: Theory into Practice. – New York: Routledge, 296 p.

4.

Kondratyev K.Ya. (2021). Global'nye izmeneniya klimata i obrazovanie. – Sankt-

Peterburg: Nauka, 304 s.

5.

Mirzayeva D.R. (2021). Ekologik ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. –

Toshkent: Fan va taraqqiyot.

6.

Musurmonova O. (2021). Umumta’lim maktablarida ekologik savodxonlikni

shakllantirish yo‘nalishlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 180 b.

7.

Nikolaeva V.A. (2019). Ekologicheskoe obrazovanie shkolnikov: teoriya i praktika. –

Moskva: Prosvesheniye, 304 s.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2023). Ekologik madaniyatni oshirish

bo‘yicha milliy strategiya. – Qaror №250.

9.

Palmer J.A. (2018). Environmental Education in the 21st Century: Theory, Practice,

Progress and Promise. – London: Routledge, 336 p.

10.

Salimova D.R. (2020). O‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish metodikasi. –

Toshkent: Yangi asr avlodi, 208 b.

11.

Sterling S. (2019). Sustainability Education: Perspectives and Practice Across Higher

Education. – London: Routledge, 298 p.

12.

UNESCO (2020). Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives.

– Paris: UNESCO Publishing.

References

Ashurova M.A. (2017). Ekologik tarbiya nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 216

b.

Avliyoqulov N.X., Mamadaliyeva Z.N. (2019). Umumta’lim maktablarida ekologik

madaniyatni shakllantirish texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 248 b.

Hungerford H., Volk T. (2020). Environmental Education and Sustainable

Development: Theory into Practice. – New York: Routledge, 296 p.

Kondratyev K.Ya. (2021). Global'nye izmeneniya klimata i obrazovanie. – SanktPeterburg: Nauka, 304 s.

Mirzayeva D.R. (2021). Ekologik ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. –

Toshkent: Fan va taraqqiyot.

Musurmonova O. (2021). Umumta’lim maktablarida ekologik savodxonlikni

shakllantirish yo‘nalishlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 180 b.

Nikolaeva V.A. (2019). Ekologicheskoe obrazovanie shkolnikov: teoriya i praktika. –

Moskva: Prosvesheniye, 304 s.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2023). Ekologik madaniyatni oshirish

bo‘yicha milliy strategiya. – Qaror №250.

Palmer J.A. (2018). Environmental Education in the 21st Century: Theory, Practice,

Progress and Promise. – London: Routledge, 336 p.

Salimova D.R. (2020). O‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish metodikasi. –

Toshkent: Yangi asr avlodi, 208 b.

Sterling S. (2019). Sustainability Education: Perspectives and Practice Across Higher

Education. – London: Routledge, 298 p.

UNESCO (2020). Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives.

– Paris: UNESCO Publishing.