RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
274
GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Xujaqulov Suhrob Sharob o‘g‘li
1
, Sabirov Og‘abek Narmamat o‘g‘li
2
1
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti
2
O‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti talabasi
og‘abeksobirov0066@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak geografiya
o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir
metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Geografiya fani uchun xos bo‘lgan raqamli resurslar,
geoinformatsion texnologiyalar va zamonaviy dars dizayni asosida pedagogik loyihalash usullari
yoritilgan. Mazkur yondashuvlar orqali kelajak pedagoglarining raqamli kompetensiyalarini
rivojlantirish, innovatsion darslarni loyihalash va interaktiv metodlarni qo‘llash amaliy jihatdan
asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar:
Geografiya ta’limi, raqamli muhit, (GAT), interaktiv metodlar, metodika.
Kirish:
Zamonaviy ta’lim tizimi rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar bilan chambarchas
bog‘liq. Ayniqsa, geografiya kabi vizual va fazoviy tafakkurni talab qiladigan fanlar uchun raqamli
vositalarning roli nihoyatda muhim. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli
muhitdagi loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biridir.
Ushbu maqolada ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalaniladigan metodik yondashuvlar
tahlil qilinadi.
Asosiy qisim.
Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan raqamli transformatsiya
pedagogik jarayonlarning mazmuni, shakli va usullarini tubdan o‘zgartirmoqda. Xususan, raqamli
ta’lim muhitining jadal rivojlanishi natijasida o‘qituvchilardan nafaqat zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini bilish, balki ularni o‘quv va kasbiy faoliyatda samarali qo‘llay
olish malakasi ham talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, pedagogik ta’lim
yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish,
ularning ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil etish va baholash kabi kasbiy faoliyatlariga
tayyorgarlik darajasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, geografiya fanining o‘ziga xos xususiyatlari – fazoviy tafakkur, xarita bilan ishlash,
tabiiy va ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish – zamonaviy raqamli vositalar
yordamida o‘quvchilarga ancha samarali yetkazilishi mumkin. Bunda, bo‘lajak geografiya
o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini raqamli muhitda loyihalash ko‘nikmalarini
shakllantirish ularning professional tayyorgarligi sifatini belgilovchi muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Shu bois, ushbu ishda raqamli ta’lim muhitida geografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan
talabalarni zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar asosida o‘quv hamda kasbiy faoliyatini
samarali loyihalashga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirish masalalari
o‘rganiladi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
275
Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, u nafaqat bo‘lajak pedagoglarni raqamli
muhitga tayyorlashni, balki ularning mustaqil ta’lim olish, axborot izlash, tahlil qilish va
innovatsion dars metodlarini ishlab chiqish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Google Earth — bu Yer sharining sun’iy yo‘ldosh (sputnik) orqali olingan suratlari asosida
dunyoni 3D (uch o‘lchamli) shaklda ko‘rsatadigan bepul dasturdir. U orqali har kim dunyoning
istalgan joyini ko‘rishi, aylanishi va o‘rganishi mumkin.
Asosiy funksiyalari: Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali dunyoni ko‘rish, 3D shaharlar va tabiiy
obyektlarni ko‘rsatish, Tarixiy suratlar orqali hududlarning o‘zgarishini solishtirish, Masofa va
maydon o‘lchash Joy belgilash va yo‘nalish chizish
Brauzer (veb), mobil va kompyuter versiyalari mavjud,Qayerda ishlatiladi?
Ta’lim va o‘quv jarayonlarida; Sayohat va joylarni o‘rganishda, Tarixiy va ekologik
o‘zgarishlarni tahlil qilishda.
Hududlarni rejalashtirishda oddiy foydalanuvchilar uchun.
Kartografiya va GIS (Geoinformatsion tizimlar)
Mavzular:
Joylashuvni aniqlash va o‘lchash, Xaritani o‘qish, koordinatalar, masshtabni
aniqlash mumkin bo‘ladi.
Google Earth bu mavzuda real koordinatalar, masofa va balandliklarni o‘lchash vositalari
orqali amaliyotda ishlash imkonini beradi.
Tabiiy geografiya fanining barchasida qo‘llash mumkin. (Umumiy yer bilimi, Materik va
okeanlar,O‘rta Osiyo, O‘zbekiston tabiiy geografiyasi)
Mavzular: Yerning tuzilishi – tog‘lar, vodiylar, vulqonlar, tektonik plitalar., Geologik
jarayonlar – yer silkinishlari, eroziya, daryolar shakllanishi. Iqlim zonalari – turli iqlim turlari va
ularning joylashuvi, Suv manbalari – daryolar, ko‘llar, okeanlar va ularning taqsimoti.
Iqtisodiy geografiya Mavzular: sanoat markazlari va ularning joylashuvi, transport va aloqa
tizimlari, qishloq xo‘jaligi hududlari, turizm geografiyasi, Talabalar sanoat va transport
infratuzilmasini xaritada tahlil qilib, ularning iqtisodiy ahamiyatini ko‘rishadi.
Aholi geografiyasi Mavzular: Aholining joylashuvi va zichligi, shaharlar geografiyasi,
migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari. Google Earth yordamida yirik shaharlarning o‘sishi,
migratsiya yo‘nalishlari va aholi zichligini tahlil qilish mumkin.
ArcGIS — bu Esri kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan geografik axborot tizimi (GAT)
dasturidir. U yordamida turli geografik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, xaritalar yaratish va
vizual ko‘rsatish mumkin.
Bu dastur asosan shaharsozlik, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, favqulodda vaziyatlar, va boshqa
sohalarda ishlatiladi, chunki u katta hajmdagi joylashuvga oid ma’lumotlar bilan ishlashga
mo‘ljallangan.
Asosiy funksiyalari: Aniq va professional xaritalar yaratish, Geografik tahlil qilish (masalan,
suv oqimi, aholi zichligi, yer foydalanishi), Ma’lumot qatlamlari bilan ishlash Joylashuv asosida
hisobotlar tuzish Onlayn va oflayn ishlash imkoniyati (ArcGIS Online va ArcGIS Pro) Qayerda
ishlatiladi?
Shahar va hududlarni rejalashtirish Ekologik monitoring va tadqiqotlarda Aholi statistikasi va
tahlil, Transport va infratuzilma loyihalarida, Favqulodda vaziyatlar boshqaruvida.
ArcGIS — bu juda kuchli geoinformatsion tizim (GIT) bo‘lib, geografiyani o‘rganishda
chuqur tahliliy yondashuvni ta’minlaydi. Talabalarga ArcGIS yordamida nafaqat xaritalar yaratish,
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
276
balki muayyan geografik hodisalarni tahlil qilish, qarorlar qabul qilish, statistik ma’lumotlar asosida
loyihalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
ArcGIS’ni geografiya fanidagi asosiy mavzularda talabalar bilan ishlashda juda samarali
qo‘llash mumkin. Quyida mavzular bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatlari keltirilgan
— bu dars rejalashtirishda yoki amaliy topshiriqlar tuzishda yordam beradi, Iqlim o‘zgarishiga
ta’sir qiluvchi omillarni vizual tahlil qilish, Havo va suv ifloslanish zonalarini xaritada belgilash,
Relyef xaritalari yaratish – SRTM (balandlik ma’lumotlari) orqali 3D model tuzish, Daryo
havzalarini aniqlash – gidrologik tahlil (Watershed analysis), Spatial analysis – masofa, yo‘l, zona
o‘lchovlari, Cho‘llanish va o‘rmonlarning kamayishini tahlil qilish, Interpolation – masalan, yog‘in
miqdorining hududiy farqlari, Sanoat va ishlab chiqarish zonalarini xaritada ko‘rsatish, Qishloq
xo‘jaligi yerlari tahlili, Aholi zichligi xaritalari tuzish (choropleth maps), Urbanizatsiyani tahlil
qilish.
Viktorina – bu nima? Viktorina — bu o‘quvchilarning bilim darajasini sinash uchun qiziqarli
va interaktiv savol-javob shaklidagi topshiriq. Savollar turlicha bo‘lishi mumkin: tanlovli,
to‘g‘ri/yolg‘on, moslashtirish va boshqalar.
Maqsadi: bilimni mustahkamlash, qiziqish uyg‘otish Masalan: "Qaysi materikda eng ko‘p
davlat bor?"
A) Afrika B) Yevropa C) Osiyo D) Janubiy Amerika
Test – bu nima?
Test — bu o‘quvchilarning dars mavzusi bo‘yicha aniq va tizimli tarzda bilimini baholash
uchun mo‘ljallangan topshiriq turi. Odatda har bir savolga 1 yoki bir nechta to‘g‘ri javob bo‘ladi.
Maqsadi: o‘rgatilgan mavzuni tushunish darajasini aniqlash Masalan: "Yerning sun’iy
yo‘ldoshlari qaysi maqsadda ishlatiladi?"
A) Suvni tozalash B) Internet ta’minoti C) Iqlimni boshqarish D) Geografik zatuvlar To‘g‘ri
javob: B va D
Xarita topshirig‘i – bu nima?
Xarita topshirig‘i — bu o‘quvchilarning geografik joylashuv, xaritada o‘qish va tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriq turi. Bu topshiriqlar xaritada aniqlash, belgilash,
solishtirish, masofa o‘lchash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Maqsadi: amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish Masalan: Xaritada 3 ta tog‘ masini belgilang
Aholisi eng zich bo‘lgan davlatlarni rang bilan ajrating
Google Earth yoki ArcGIS’dan foydalangan holda viloyatingizda yirik daryolarni belgilang.
Xulosa
Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilari uchun raqamli darslarni loyihalash ko‘nikmalarini
shakllantirish ularning kelajakdagi kasbiy tayyorgarligida hal qiluvchi omillardan biridir.
Zamonaviy Google Earth texnologiyalar, interaktiv platformalar va ArcGIS dan foydalanish orqali
ta’lim sifatini oshirish mumkin. Ushbu metodik yondashuvlar orqali raqamli ta’lim muhitida
mustaqil, kreativ va innovatsion o‘qituvchilar yetishtirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
UNESCO. (2018). ICT Competency Framework for Teachers.
2.
Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological Pedagogical Content Knowledge
(TPACK).
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
277
3.
Қурбонов, А. (2022). Raqamli pedagogika: nazariy va amaliy asoslar. Toshkent:
TDPU.
4.
Xayrullayeva, N. (2021). Raqamli ta’lim texnologiyalari asoslari. Samarqand:
SamDU.
5.
Esanov, D. (2023). “Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini GIT vositalari asosida
tayyorlash”. Pedagogika va psixologiya, №2(45), 33–38.
6.
Anderson, L., & Krathwohl, D. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and
Assessing.
7.
www.nationalgeographic.org/education
8.
