Authors

  • Shermo‘min Yarmatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126282

Keywords:

matn o‘qib tushunish zamonaviy yondashuv kompetensiyaviy yondashuv kontekstli yondashuv integrativ yondashuv kognitiv yondashuv nutqiy kompetensiya nutqiy faoliyat og‘zaki nutq yozma nutq.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib, uni tushunish savodxonligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi zamonaviy yondashuvlar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mavzu bo‘yicha pedagog va metodist olimlarning fikrlari tahlil qilinib, ularga subyektiv munosabat bildirilgan.

background image


Iyul, 2025-Yil

71

BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QUVСHILАRDA MATNNI TUSHUNISH SAVODXONLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Yarmatov Shermo‘min

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining mustaqil Izlanuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16261551

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib, uni

tushunish savodxonligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi zamonaviy yondashuvlar haqida fikr
yuritilgan. Shuningdek, mavzu bo‘yicha pedagog va metodist olimlarning fikrlari tahlil qilinib,
ularga subyektiv munosabat bildirilgan.

Kalit so‘zlar: matn, o‘qib tushunish, zamonaviy yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv,

kontekstli yondashuv, integrativ yondashuv, kognitiv yondashuv, nutqiy kompetensiya, nutqiy
faoliyat, og‘zaki nutq, yozma nutq.

MODERN APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF TEXT COMPREHENSION

LITERACY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article reflects on modern approaches that affect the development of literacy

in reading and understanding the text of Primary School students. Opinions of educators and
Methodist scholars on the topic were also analyzed and subjectively treated.

Keywords: text, reading comprehension, modern approach, competency approach,

contextual approach, integrative approach, cognitive approach, speech competence, speech
activity, oral speech, written speech.

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ГРАМОТНОСТИ ПОНИМАНИЯ

ТЕКСТА У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются современные подходы, влияющие на

развитие у младших школьников грамотности чтения и понимания текста. Также были
проанализированы мнения педагогов и ученых-методистов по теме и дана субъективная
реакция на них.

Ключевые слова: текст, понимание прочитанного, современный подход,

компетентностный подход, контекстный подход, интегративный подход, когнитивный
подход, речевая компетентность, речевая деятельность, устная речь, письменная речь.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-maydagi “2022-2026-yillarda maktab

ta’limini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”[1]gi PF-134-sonli farmoniga ilova qilingan
Milliy dasturda “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini
“Elektron kutubxona” tizimiga ulash; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini davriy bosma nashrlar
bilan ta’minlash chora-tadbirlari belgilangan. Ushbu dasturda belgilangan chora-tadbirlarning
amalga oshirilishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy va axborot matnlarini o‘qib,
tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

N.B.Fayzullayeva o‘zining “Matnning o‘qib tushunish ko‘nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni

o‘stirish”[3] nomli maqolasida pedagog olima G.A.Asilovaning o‘quvchilarning o‘qib tushunishi
haqidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: “O‘qib tushunish - nutqiy faoliyatning turlaridan biri sifatida
murakkab psixofiziologik jarayon bo‘lib, faqat muayyan lingvistik poydevor, ya’ni fonetik va
leksik-grammatik bilimlar asosida amalga oshiriladi.


background image


Iyul, 2025-Yil

72

O‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu jarayonning 2 tomoni, ya’ni yozma xabarni

qabul qilishga tayyorlaydigan o‘qish texnikasini hamda axborotni sodir bo‘lgan nutqiy faoliyat
mahsuli sifatida anglashni inobatga olish zarur. Buning muhim sharti esa tizimli va maqsadga
qaratilgan maxsus mashqlarni bajarishdir. O‘qishni nazorat qilish obyekti matnning til materiali
emas, uning mazmunini tushunishdir. Nutqiy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liq
ta’limning maqsadga muvofiqligi va samarasi haqidagi metodik qoida o‘qish ko‘nikmalarini
rivojlantirish boshqa nutqiy ko‘nikmalar, avvalambor gapirish ko‘nikmalari bilan parallel tarzda
rivojlantirilishini taqozo etadi”. O‘quvchilarning badiiy va axborot matnlarini o‘qib tushunishi
nafaqat ularning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarining rivojlanishiga, balki psixofiziologik
xususiyatlari va atrof-muhitga, jamiyatdagi voqea-hodisalarga mantiqiy jihatdan tahliliy
munosabatda bo‘lishiga zamin yaratadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinining matnni o‘qib, uni tushunish savodxonligi

rivojlantirishda bir qancha zamonaviy yondashuvlarga tayanish o‘rinlidir.

Olima D.N.Yuldasheva “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv

asosida)”darsligining O‘zbek (ona tili) tili ta’limining umumiy asoslari deb nomlangan 2-
bo‘limining Ona tili ta’limida zamonaviy yondashuvlar qismida “Bugungi kunda ona tili ta’limida
uch xil yondashuv (bixevioristik yondashuv, integrativ yondashuv hamda kompetensiyaviy
yondashuv)dan foydalanilmoqda. Mazkur yondashuvlar mohiyatan bir-birini to‘ldirib boradi va
o‘qituvchi dars davomida ulardan vaziyat talab qilgan holatni inobatga olib foydalanmog‘i zarur.

1.Bixevioristik yondashuv.
2.Integrativ yondashuv.
3. Kompetensiyaviy yondashuv”[7]. Bu yondashuvlar ona tili ta’limi bilan birgalikda

boshlang‘ich ta’lim o‘qish savodxonligini mazmuni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shunisi ahamiyatliki, mazkur yondashuvlar mutanosiblikda rivojlantirib borilishi
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma monologik nutqini, informativ, aksiologik bilimlarini amaliy
ifodalashini mustahkamlaydi.

M.Urazova “…kontekstli yondashuv umuman o'quv jarayonini tashkil etish xususiyatlarini

va maxsus fanlarni o'qitish metodikasini belgilaydi”[6].

N.A.Goncharova o‘zining “Лoгический пoдхoд к фoрмирoванию филoлoгическoй

кoмпетенции студентoв магистратуры педагoгических вузoв” mavzusidagi dissertatsiyasi
avtoreferatida mantiqiy yondashuvning afzalligiga to‘xalib, T.Sh.Shixnabiyevaning quyidagi fikrini
keltiradi: “…aniq semantika va xulosa chiqarish qoidalarining mavjudligi, bilimlarni formulalar
to'plami shaklida taqdim etish”[4].

Tadqiqotchi N.Axmedovaning “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning

kasbiy

tayyorgarligini

takomillashtirish”

mavzusidagi tadqiqot ishida ““Pedagogika”

ensiklopediyasida “Integrativ yondashuv” tushunchasi quyidagicha talqin qilingan: Integrativ
yondashuv

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda boshqariluvchi obyektga bir

necha yondashuvlar(vaziyatli, tizimli, innovatsion va h.k.)ni birgalikda qo‘llashni anglatuvchi
tushuncha. Mazkur atama umumlashtirilgan yondashuvlarni ifodalaydi”[2], deya ta’kidlagan.

“Kognitiv yondashuv - deganda fikrlash, eslash, tilni o‘rganish va ishlatishni o‘z ichiga

olgan aqliy faoliyat tushuniladi. O‘qish nutqiy faoliyatida kognitiv yondashuvni qo‘llaganimizda,
biz ma’lumot va tushunchalarni aniqlashtirishga e’tibor qaratamiz.


background image


Iyul, 2025-Yil

73

Dastlab, kognitiv yondashuv jarayoni 1950-yillarda psixologiyada o‘rganilgan. Keyinchalik

psixolingvistlar Jerom Bruner va Devid Ausubellar tomonidan tilni o‘rganishda og‘zaki ta’lim
jarayoniga tatbiq qilingan va ongli fikrlashga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Shunday qilib, tilni
bosqichma-bosqich o‘rganish va o‘qitishning kognitiv yondashuvi ishlab chiqilgan”[5]. Yuqorida
berilgan yondashuvlar tahlili boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matnni o‘qib, uni tushunish
savodxonligi rivojlantirishdagi mantiqiy va kreativ fikrlashini o‘stirishga asos bo‘ladi.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, matnni shunchaki o‘qish uning mazmunini,

g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyatini ochib bermaydi. Matnni o‘qib, uni tushunishda zamonaviy
yondashuvlar, so‘zlar silsilasi, ularning to‘g‘ri birikishi strukturasi, fikriy izchillik tushunish
funksiyasini amalga oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining “2022-2026-yillаrdа хаlq tа’limini rivojlаntirish
bo‘yichа milliy dаsturni tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi Fаrmoni. PF-134-sonli. 2022-yil 11-mаy.

2.

Aхmеdova N.M. Intеgrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
tayyorgarligini takomillashtirish. Pеd.fan.fals.dok…diss… Toshkеnt, 2020. -268 b.

3.

Fayzullayeva N.B. Matnning o‘qib tushunish ko‘nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o‘stirish//
"Science and Education" Scientific Journal.2023, may. -1009-1011 b.

4.

Гoнчарoва Н.А. Лoгический пoдхoд к фoрмирoванию филoлoгическoй кoмпетенции
студентoв магистратуры педагoгических вузoв (на материале нациoнальных вариантoв
английскoгo языка)/ Автoреферат диссертации на сoискание ученoй степени дoктoра
педагoгических наук. Ярoславль -2011. C 6.

5.

Ro‘zmеtova

D.A.

Talabalarga

ingliz

tili

potеnsial

lеksikasini

o‘rgatish.

Pеd.fan.fals.dok.diss… Chirchiq-2022. -189 b

6.

Urazova

M.B.

Sovershenstvovanie

texnologii

podgotovki

buduhego

pedagoga

professionalnogo obrazovaniya k proektirovochnoy deyatelnosti. Dissertatsiya na soiskanie
uchenoy stepenikandidata pedagogicheskix nauk. Tashkent-2015. – s 42.

7.

Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
[Matn] : darslik G‘ .Buxoro: OOO "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. -
191 b

References

O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining “2022-2026-yillаrdа хаlq tа’limini rivojlаntirish bo‘yichа milliy dаsturni tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi Fаrmoni. PF-134-sonli. 2022-yil 11-mаy.

Aхmеdova N.M. Intеgrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Pеd.fan.fals.dok…diss… Toshkеnt, 2020. -268 b.

Fayzullayeva N.B. Matnning o‘qib tushunish ko‘nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o‘stirish// "Science and Education" Scientific Journal.2023, may. -1009-1011 b.

Гoнчарoва Н.А. Лoгический пoдхoд к фoрмирoванию филoлoгическoй кoмпетенции студентoв магистратуры педагoгических вузoв (на материале нациoнальных вариантoв английскoгo языка)/ Автoреферат диссертации на сoискание ученoй степени дoктoра педагoгических наук. Ярoславль -2011. C 6.

Ro‘zmеtova D.A. Talabalarga ingliz tili potеnsial lеksikasini o‘rgatish. Pеd.fan.fals.dok.diss… Chirchiq-2022. -189 b

Urazova M.B. Sovershenstvovanie texnologii podgotovki buduhego pedagoga professionalnogo obrazovaniya k proektirovochnoy deyatelnosti. Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepenikandidata pedagogicheskix nauk. Tashkent-2015. – s 42.

Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida) [Matn] : darslik G‘ .Buxoro: OOO "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 191 b