ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
536
ART PEDAGOGIKA ORQALI O‘QUVCHI YOSHLARGA TA’LIM BERISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
T.Saparbaev
Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika kafedrası Professor v.v.b.
Ulbolsın Paxratdinova
Ajiniyoz nomidagi NDPI doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16419759
Annotatsiya. Maqolada art-pedagogika tushunchasining mohiyati va uning maktab
o‘quvchilarini estetik tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan. Xorijiy davlatlar, xususan, Finlandiya
ta’lim tizimi tajribasi tahlil qilinib, uning O‘zbekiston ta’lim tizimiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, art-pedagogika maktab yoshidagi bolalarning ijodkorlik salohiyati, estetik
didi, madaniy ongini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
Kalit so‘zlar: Art-pedagogika, estetik tarbiya, Finlandiya ta’limi, korreksion ta’lim, art-
terapiya, estetik idrok, badiiy did, go‘zallikni his qilish, psixologik rivojlanish, shaxsiy
rivojlanish.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida islohatlar davom etmoqda. Davlatimiz rahbari
tomonidan sifatli ta’lim berish masalasini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha vazifalar belgilab
berildi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida ham yangi ta’lim muassasalarini barpo etish,
ta’lim sifatini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan [1]. Davlatimizda ta’lim berish
Finlandiya davlatining ta’lim tizimiga o‘xshab ketadi. Ayniqsa korreksion ta’limning mavjudligi
ta’lim sifatini yanada oshiradi. Korreksion ta’lim nima? Ushbu ta’limning vazifasi shundan
iboratki, o‘quvchi o‘zlashtirishga qiynalayotgan fan ustida o‘qituvchi tomonidan erinmasdan
qayta o‘qitiladi. Korreksion ta’lim kichik guruhlar tashkil etiladi yoki individual tarzda amalga
oshiriladi. Shu bilan birga Finlandiya ta’limida quyidagilar bepul amalga oshiriladi:
-
Tushlik;
-
Ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
-
Bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport agar eng yaqin maktab 2
kilometrdan uzoq bo‘lsa;
-
O‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet noutbooklar
[2].
Xorijiy davlatlar ta’lim tizimidan andoza olish orqali ta’lim sohasida olg‘a siljishlar
kuzatilmoqda. Ayniqsa, maktablarda o‘quvchilarni baholash tizimi ham bir qancha
takomillashtirildi. Ya’ni, oldin o‘quvchini dars o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab, “2”, “3”,
“4”, “5” baholari bilan baholansa, keyinchalik “1”, “2”, “3” ya’ni uch ballik tizimda
baholanadigan bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib esa, maktablarda baholash tizimi besh ballik baholash
usuliga o‘tkazildi.
Maktab o‘quvchilarini baholashdan maqsad nima? Ularni go‘zallikga tarbiyalash, aqliy
rivojlanishini o‘rganish hisoblanadi. Bolaning aqliy rivojlanishi uning fizikaviy rivojlanish jihati
bilan bog‘liq. Go‘zallikga tarbiyalashda esa o‘qituvchi tomonidan bir qator ishlar amalga
oshiriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
537
Maktab o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda Art pedagogika tushunchasi yaqin yillarda
ilmga kirib keldi. Shu o‘rinda artpedagogika tushunchasi nimani anglatadi? – degan savolga
maqolamizda javob izlaymiz.
Art pedagogika – pedagogika va san’atning birlashuviga asoslangan san’at orqali insonni
tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadigan pedagogika fanining bir tarmog‘i [3].
San’atni ta’lim amaliyotiga integratsiya qilish nafaqat badiiy mahoratni rivojlantirish
vositasi, balki har tomonlama rivojlanish va umrbod ta’lim olish uchun kuchli vositadir [4].
Qadimgi yunon faylasufi Platon inson tarbiyasidagi kamchiliklarni san’at tuzatadi –
deydi.
Aristotel: “San’at insonga ahloqiy va estetik ta’sir ko‘rsatadi va uning ijobiy his-
tuyg‘ularining shakllanishiga sababchi bo‘ladi” – deydi [5].
P.P.Blonskiy, .S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalar “San’at – bu insonni
tarbiyalash, rivojlantirish va o‘qitishda samarali omil”, deya tariff berishadi. V.A. Suxomlinskiy
“Tarbiya to‘g‘risida”gi kitobida” … har hil yo‘llar bilan ruhning sezgirligini rivojlantirish,
vijdonni uyg‘otish, ma’naviyatni qo‘llab-quvvatlash kerak”, deydi. “Bunday tarbiya vositalari
orasida, birinchi o‘rinda go‘zallik bilan tarbiya berish turadi. Aynan go‘zallikni his qilish,
odamning his tuyg‘ularini shu qadar yaxshilaydiki, u so‘zni qabul qila boshlaydi, demak, u
tarbiyali bo‘la boshlaydi” – degan edi [6].
Jon Dyuining “San’at tajriba sifatida” deb nomlangan asosiy asari san’atning tajribaviy
va o‘zgartiruvchi xususiyatiga urg‘u beradi. Dyuining ta’kidlashicha: san’at shunchaki mahsulot
emas, balki ijodkor, tomoshabin va kontekst o‘rtasida o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan tajribadir.
Ushbu istiqbol san’atni yaratish va boshdan kechirish harakati yakuniy san’at asari kabi
qadrlanadigan jarayonga yo‘naltirilgan badiiy ta’limning muhimligini ta’kidlaydi [7].
Yo‘qoridagi olimlarning fikridan kelib chiqib: “Art pedagogika – kishilik jamiyatining
rivojlanishida san’at orqali u yoki bu tarzda o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil insonlar etib
tarbiyalashga hissa qo‘shuvchi fan tarmog‘i” – degan ta’rifni bildirishni o‘rinli deb topdik.
Art-pedagogika maktab o‘quvchilariga san’atni tushinishni va uni qanday yaratishni
o‘rgatib qolmasdan, san’atni yaratish jarayonini qalban his qila oladigan va qadirlaydigan chuqur
falsafiy tushinchani o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalish o‘quvchilarni o‘zlarining ijodiy faoliyati
bilan mas’ulyatli shug‘illanishga, estetik ifodaning turli shakillarini tushinish va o‘zlashtirishga,
san’atning madaniy va tarixiy jihatlariga hurmatni rivojlantirishga chaqiradi.
Art-pedagogikaning asosiy mazmuni ta’lim muasasalari ta’lim va tarbiya mobaynida
badiiy jarayonning turli ifodalari, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning san’at vositalari asosida
rivojlanishida, o‘quvchilarda badiiy did, ma’naviy ahloq va amaliy bilim va ko‘nikmalarni
egallashda o‘z aksini topadi. Art-pedagogikasi – bu nazariya va amaliyotning rivojlanishini
ta’minlaydigan ilimning ikki yo‘nalishi (san’at va pedagogika) uyg’unlashuvi. Bu usul
o‘quvchilarda bilim olish jarayonida ma’lumotlarni oddiy va tez usullar bilan o‘rganish va badiiy
rivojlanishni o‘rgatadi. Estetik tarbiya esa insonning his-tuyg‘ularini shakllantirishda muhim
o‘rin egallaydi. Masalan, musiqa tinglash yoki ijodiy mashg‘ulotlar stressni kamaytirib, insonni
ruhiy holatini muvozanatga keltiradi. Klassik musiqalar (Motsart, Bax) tinglash asosida diqqat va
mantiqiy tafakkurini rivojlantirishiga qaratilgan usullar ham mavjud bo‘lib, bu “Motsart effekti”
deb ham ataladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
538
Estetik tarbiya asosida inson atrofdagi olamni o‘zgacha ko‘rish, yangicha yondashuvlar
topish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Teatr, rasm chizish, raqs yoki haykaltaroshlik kabi san’at turlari
insonni jamoa bilan ishlashga, o‘z fikrini estetik yo‘sinda ifodalashga o‘rgatadi.
Art-pedagogikasi - pedagogikaning mustaqil yo‘nalishi hisoblanib, u san’at vositasida
insonning estetik tarbiyasi va rivojlanishi me’yorlarini o‘rganadi. Art-pedagogikasi umumiy
pedagogika bilan yagona bir maqsadga ega. Art-pedagogikaning o‘ziga xos jihatlari shuki
rivojlanuvchi va tarbiyaviy potensiyali bor bo‘lgan badiiy jarayon manbalari bilan ish olib
boradi.
U estetik talim-tarbiyaning o‘rnini bosmaydi, aksincha ularni to‘liqdiradi va o‘qitish va
tarbiya jarayoniga yangi bo‘lgan o‘zgacha yo‘nalishni olib kiradi.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, art-pedagogikasi asosida maktab o‘quvchilarini
estetik didini shakillantirishni quyidagi indikatorlarga tayangan holda amalga oshirish mumkin:
-
ijodkorlik, o‘ziga bo‘lgan talabchanlik;
-
o‘quvchilarni san’at sirlaridan xabardor etish;
-
san’atni idirok etish jarayonida nafislikni his qila bilishni shakllantirish;
-
o‘quvchilarda noziklik, nafosatka intilish, go‘zallikni sevish va uni qadirlay bilishni
o‘rgatish;
-
ijtimoiy-siyosiy bilimdonlik;
-
insonlar bilan muloqot madaniyatiga ega boʻlish
-
doimiy o‘z ustida ishlash va izlanuvchan bo‘lish;
-
o‘quvchilarni san’at ustalari va ular yaratgan ijod asarlariga bo‘lgan ko‘z qarashni
shakillantirish;
-
yangilanishlarga ochiq;
-
o‘z ustida doimiy ish olib borish, kamchiliklarga tanqidiy munosabat bildirish;
-
respublik va jahon tajribasidan, san’at vositalarining yangiliklaridan boxabar bo‘lish;
-
kreativlik, kommunikativ, javobgarlik;
-
san’atni qalban qilish, tashkilotchilik, maqsad sari olg’a boradigan, irodalilik,
mehnatsevarlik, qiziquvchanlik, sahna madaniyatiga bo‘ysinish, mas’ulyatlilik, ijodiy
qobiliyatga ega bo‘lish va boshqalardan iborat.
Shu o‘rinda art pedagogika bilan art terapiyaning bir-biridan farqini ajratib olish zarur.
Art terapiya asosan ruhiy yengillik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladi. Art terapiya –
san’at va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiya
yo‘nalishlaridan biridir [8]. Ushbu atama rassom Adrian Xill tomonidan 1938-yili sanatoriyada
sil kasalliklarini davolash jarayonida foydalanilgan. Z.Freyd va K.Yunginglarning psixoanalitik
qarashlarida ham uchrashadi. Art terapiyaning bir nechta turlari mavjud:
-
Art terapiya tasviriy san’at
-
Biblioterapiya (ertak terapiyasi)
-
Musiqa
-
Drama
-
Raqs
-
Qo‘g‘irchoq
-
Qum
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
539
-
Haykal
-
Foto terapiya
-
O‘yin terapiya va boshqalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Art terapiya asosan ruhiyatni sog‘lomlashtirish, ruhiy yengillik bag‘ishlash maqsadida
qo‘llanilishi bilan birga, tortinchoq, uyatchan va juda erka bolajonlarning ichki olamini
o‘rganishda ham foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganda, art pedagogika maktablarda o‘quvchilarning estetik jihatdan
shakllanishiga, vatanparvar, go‘zallik shaydosi bo‘lib o‘sishiga xizmat qiladi. Yosh avlodnig
bilimini yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi tavsiyalarni bildirib o‘tishni o‘rinli deb
hisobladik:
Birinchidan,
ustozlar art pedagogika orqali estetik tarbiyalashda o‘zlarining bilim va
malakalarini oshirish;
Ikkinchidan,
o‘quvchilar uchun sinfdan tashqari mustaqil darslarni tashkil etish;
Uchunchidan,
o‘quvchilar uchun muzeylarga, tarixiy joylarga sayohatlar tashkil etish,
yoshlarning estetik jihatdan shakllanishiga katta hissa qo‘shadi.
Rezyume:
Maqolada yosh avlodni estetik tarbiyalashda san’atning ahamiyati va fan
o’qituvchilarining pedagogic mahorati haqqida fikir bildirilgan.
Резюме:
В статье рассматривается важность искусства в эстетическом воспитании
молодого поколения и педагогическое мастерство учителя-предметника.
Resume:
The article examines the importance of art in the aesthetic education of the
younger generation and the pedagogical skills of a subject teacher.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasi
2.
“O‘quvchi
va
o‘qituvchi
orzusi:
Finlandiya
ta’lim
tizimi”
https://kun.uz/news/2018/03/13/ukuvci-va-ukituvci-orzusi-finlandia-talim-tizimi
3.
4.
Kamolova I.A., “Art –Pedagogika tushunchasi va uning o‘rganilishi”., INTER
EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 29929024 (online 2024, №5 (1). Ilmiy-nazariy
va metodik jurnal betlar-287-291.
5.
Taranova, E.V Moral education of older preschoolers by menas of art pedagogy:
author.dis.cand.ped.Sciences: - Stavropol, 2003. – 17 p.
6.
Haqqulov T.R., Tarbiyaviy ishlarda Artpedagogikadan foydalanishning nazarit asoslari.,
Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-amaliy jurnali (2023-yil №2)., betlar – 276-279.
7.
Dewey, J. (1934). Art as EXPERIENCE. Perigee Books.
8.
Art terapiya nima
9.
Kayumova D.P., “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish vositasi
sifatida” // Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini rivojlantirish amaliyot va xorijiy tajriba.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024-yil 23-24-may., betlar 411-413.
