Iyul, 2025-Yil
92
SUV HAVZALARIDA CHOʻMILISH QOIDALARI
F.Sabirbayev
Shumanay tumani FVB P va NB boshlig‘i, mayor.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16692110
Annotatsiya.
Bu maqolada suv havzalarida chomilish va uning qoidalari haqida sóz etilgan.
Kalit sózlar:
suv, qoida, chómilish, mavsum, hodisa.
ПРАВИЛА КУПАНИЯ В ВОДОЕМАХ
Аннотация.
В данной статье рассматривается плавание в водоёмах и его правила.
Ключевые слова:
вода, правила, плавание, сезон, мероприятие.
SWIMMING RULES IN WATER BODIES
Abstract.
This article discusses swimming in water bodies and its rules.
Keywords:
water, rule, swimming, season, event.
Choʻmilish kishiga gʻayrat va shijoat baxsh etadi yoz mavsumi kelgach, kunning issiq
harorati kishining choʻmilishga boʻlgan ehtiyojini oshiradi.
Shu sababli nafaqat kichik yoshdagilar, balki yoshi katta kishilarni ham suzish havzalarida
uchratamiz. Choʻmilish masalasida doimo hushyor boʻlish choʻkish bilan bogʻliq mudhish
holatlarning oldini oladi.
Ayni damda choʻkish bilan bogʻliq favqulodda holatlarning oldini olish borasida nimalarga
eʼtibor berish kerakligi, shuningdek, bu borada foydali boʻlgan ayrim maslahatlarga toʻxtalsak.
Demak, bolalar yoki birinchi marotaba suvga tushgan katta yoshdagilarni suzishga oʻrgatish
joyi 60-90 santimetrgacha chuqurlikda boʻlishi kerak.
Bunday chuqurlikda odam suvdan choʻchimaydi, chunki oyogʻi tayanch nuqtaga ega boʻladi.
Ochiq suv havzalarida suzishga oʻrganishda, albatta, suvning chuqurligi bilan birga, oqim
tezligini ham eʼtiborga olish lozim. Oqim tezligi daqiqasiga 10-metrdan oshmasligi zarur.
Yoz oylarida farzandlarimizni suzishga oʻrgatish vaqtini toʻgʻri tanlash kerak.
Ayrim ota-onalar kunning issiq paytidagina (soat 13:00-15:00) suzishga oʻrgatishga yoki
choʻmilishga ruxsat berishadi.
Aslida esa ertalab soat 10:00 dan 12:00 gacha va kechqurun soat 17:00 dan 19:00 gacha
quyoshning ultrabinafsha nurlari koʻp boʻladi va ana shu soatlarda choʻmilish juda foydali.
Choʻmilish muddati 5 daqiqadan 25-30 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Unda bolaning yoshi, suzishga tayyorgarligi, suvning haroratiga eʼtibor berib, suzish
muddati asta-sekin oshirib boriladi.
Yoz paytlari katta yoshdagi bolalar suv harorati +18 boʻlganda, kechik yoshlardagilar +20
+28 dan kam boʻlmaganda ochiq suv havzalarida choʻmilishlari mumkin.
Agar suvning harorati +16 dan past boʻlsa, choʻmilmaslik kerak. Suvga tushishdan oldin
bosh, koʻkrakni qoʻllab, soʻng shoʻngʻib olish darkor.
Iyul, 2025-Yil
93
Taʼkidlash joizki, ayni yoz mavsumida choʻkish bilan bogʻliq mudhish hodisalar uchrab
turadi. Bunday fojeaga asosan ota-onalar, kattalar tomonidan nazorat boʻshashtirilgani, mahalla,
maktab, kollej, akademik litsey va boshqa xizmat xodimlarining yoshlar orasida tushuntirish ishlari
qoniqarsiz olib borilayotgani, shuningdek, bolalarning suza olmasliklari ham sabab boʻladi.
Shuni eslatib oʻtish zarurki, faqat qutqaruv xizmati boʻlgan joylardagina choʻmilishga ruxsat
etiladi. Shunda baxtsiz hodisa yuz bersa, yaʼni biror bir odam choʻksa, qutqaruv xizmati tezda
yordamga keladi. Choʻmilish joyini cheklaydigan, koʻpirib oqayotgan suvga shoʻngʻish mumkin
emas.
Choʻkish nafas yoʻllarining suv va boshqa suyuqliklar bilan toʻlib qolishi oqibatida yuzaga
keladigan holatdir.
Agar, nihoyatdan charchagan, suvda uzoq vaqt qolib ketgan yoki qorni och boʻlsa,
shuningdek, spirtli ichimlik isteʼmol qilingan, chanqoq, kasallik sizni bezovta qilayotgan vaqtlarda
choʻmilmaganingiz maʼqul.
Choʻkayotgan odamni suvdan olib chiqish ham katta mahorat talab etadi. Bunda bir necha
qutqarish usullari mavjud. Ulardan biri – choʻkayotgan kishiga orqa tomonidan suzib yaqinlashish,
sochi va qoʻltigʻi ostidan ushlab, yuzini tepaga qaratib, oʻzingizni ushlab olishga yoʻl qoʻymagan
holda qirgʻoqqa qarab suzish kerak. Harakat usullaridan biri jabrlanuvchining changak quchogʻidan
ushlab olishdir.
Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish esa jabrlanuvchining ahvoliga bogʻliq. Agar u hushida
boʻlib, yurak faoliyati va nafas olishi saqlangan boʻlsa, uning boshini pastga eggan holda quruq qiya
joyga yotqizish va shundan keyin yechintirib hoʻl yoki quruq sochiq bilan artish kerak. Imkoniyati
bilan unga issiq ichimlik (choy, qahva, yoshi kattalarga 1-2 osh qoshiq spirtli ichimlik ham berish
mumkin) ichirib, issiq koʻrpa bilan oʻrash va dam oldirish talab qilinadi.
Agar jabrlanuvchining mustaqil nafas olishi yoʻqolib, yurak faoliyati saqlanib qolsa, uning
nafas yoʻllari tozalanib, iloji boricha tezroq sunʼiy nafas oldirishga kirishiladi. Vaqtida va malakali
koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordam jabrlanuvchining hayotini asrab qoladi.
Aytib oʻtish kerak, ayrim insonlar suv havzalariga spirtli ichimliklar ichib kelishadi.
Iyul, 2025-Yil
94
Maʼlumki, spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish natijasida inson tanasini
boshqara olmay qoladi. Xulosa qiladigan boʻlsak, mast holatda choʻmilishning oqibati esa
oʻzingizga maʼlum.
Ekspertiza xulosalari va tahlillariga qaraganda, suvda choʻkish kabi baxtsizlik yuz berishiga
sabab, avvalo, taʼqiqlangan joylarda choʻmilish, suzishni bilmaslik yoki spirtli ichimlik isteʼmol
qilish tufaylidir.
Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, choʻmilish borasida hushyor boʻlish kishi salomatligi va
xavfsizligining garovidir. Shunday ekan, yurtimizda mavjud choʻmilish havzalaridan
foydalanganda hushyor boʻlish, bu borada maʼlum qoidalarga amal qilish hamda farzandlarimizning
taqiqlangan joylarda choʻmilmasligini nazorat qilish orqali ularning xavfsizligini taʼminlash har
birimizning burchimizdir.
