Authors

  • Nargiza Hamroqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.131538

Keywords:

Sloviya Viktoriya oyjamol nafis vestochka dukkak miqdor ko’rsatkich sifat ko’rsatkich sho’rlanish.

Abstract

Ushbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi. Dukkak uzunligi, dukkak eni va og’irligi, har bir tupdagi o’rtacha dukkak soni.

background image


Avgust, 2025-Yil

7

SHO’RLANGAN TUPROQQA MOSLASHGAN SOYA NAVLARI DUKKAGINING

MIQDOR VA SIFAT KO’RSATKICHLARI

Hamroqulova Nargiza Komil qizi

Biologiya fanlari falsafa doktori PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16758681

Annotatsiya. Ushbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik

ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi.

Dukkak uzunligi, dukkak eni va og’irligi, har bir tupdagi o’rtacha dukkak soni.
Kalit so’zlar: Sloviya, Viktoriya, oyjamol, nafis, vestochka, dukkak, miqdor ko’rsatkich, sifat

ko’rsatkich, sho’rlanish.


Soya glycena maxim dukkakdoshlar (fabaceae) oilasiga mansub o’simlik bo’lib, dukkak

hosil qiladigan o’simliklar qatoriga kiradi. Dukkagining shakli, uzunligi, eni va og’irligi har bir
o’simlikning naviga va yashash sharoitiga bog’liq.

Tajriba uchun olingan navlardagi hosildorlik bir -biridan tubdan farq qiladi. Umuman

olganda soya navlari yetilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi va pishib yetilishi uchun ham ketadigan kun
farq qiladi. Quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.

1-jadval

Turi

Erta

O’rta

Kech

O’rtacha kun

90-100

110-120

130-140

Harorat

1800-2000

2600-2800

3000-3200


Soya doni tarkibidagi oqsil bilan boshqa o’simlik turlaridan farq qiladi va ajralib turadi.
Bundan tashqari tugunak bakteriyalar ham simbioz holatda ildiz bilan yashaydi va o’rtacha

har gektarda 150-250 kg gacha azot to’playdi. Tugunak bakteriya hosil qilishi va azot
samaradorligini oshirish uchun bitta yerdan takror va takror foydalanish tavsiya etiladi. Shunda soya
o’simligi shu yerga moslashadi va tugunaklarni hosil qiladi. Soya donidan tashqari hatto poxolida
ham oqsilni ko’rish mumkin. Quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.

2-jadval

Oqsil

Yog’

Karbon suv

Soya doni

38-52%

22-25%

20%

Soya poxoli

4-5%

5%

---


Soya navlari asosan sho’rlanmagan hududlarda o’sishga moslashgan o’simliklardir.
Bizning Buxoro sharoitimizda esa sho’rlangan tuproqlar asosiy qismni egallaydi.
Sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan soya navlari tarkibida ham oqsil moddalari ko’p

miqdorda uchraydi. Oqsil moddalarining ko’p yoki kamligi dukkakka bog’liq. Tajriba uchun
olingan navlarning dukkaklari xususiyatlarini ko’rib.

Tajriba uchun sloviya (Rossiya), oyjamol, vestochka (Rossiya), viktoriya (Serbiya), nafis

navlari olingan.



background image


Avgust, 2025-Yil

8

3-jadval

Navlar

1ta

jo’yakdagi

o’simlik soni

1 ta tupdagi

dukkaklar soni

1-terimdagi bitta

tupdagi dukkaklar

umumiy

og’irligi(o’rtacha)

2-terimdagi bitta

tupdagi dukkaklar

umumiy

og’irligi(o’rtacha)

Sloviya

25

120

65gr

60 gr

Oyjamol

24

90

42 gr

46 gr

Vestochka

24

108

53 gr

50 gr

Viktoriya

20

98

46 gr

25 gr

Nafis

14

40

18 gr

----

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki tajriba uchun olingan soya navlaridagi dukkak

xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.Eng past ko’rsatkich mahalliy navlarimizdan bo’lgan Nafisda
kuzatildi.Nafis navida dukkakning hosil bo’lish miqdori juda kam va og’irligi past.Bundan
ma’lumki bu nav sho’r tuproqda o’sishga kam moslashgan.Bu navdan faqat birinchi terimda hosil
olindi. O’simlik o’sishda davom etsa ham dukkak hosil qilmadi hosil bo’lgan dukkaklari ham
pishmay to’kilib ketdi.Ekilgan urug’lardan ham o’rtacha 40-50 foizi unib chiqdi xolos.

Tajriba uchun ekilgan nafis navidan unib chiqqan shu bir jo’yakdagi ma’lum sondagi

o’simlik ham oxirigacha o’sib meva bermadi.Boshqa turlarimizga nisbatan sho’rga va
qurg’oqchilikka juda chidamsiz xususiyatlarga ega.Dukkaklarining hosil bo’lishida juda ko’p suv
talab qildi.Shunga qaramasdan dukkaklari juda kichkina va yengil.Hatto rangi ham boshqa tajriba
uchun olingan turlardan farq qildi ya’ni boshqa navlarniki och rangda bo’lsa,nafis navida to’qroq
rangga ega bo’ldi.Bu nav orasida zamburug’ga chalingan dukkaklarni ham uchratish mumkin
edi.Bu dukkaklarning zamburug’i dukkakning ko’proq ustki tarafini zararlagan lekin shunday
holatda ham butunlay zararlanib chirib ketmagan.Soya donlari kichrayib vazni kamaygan. Lekin
genetic nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak zamburug’ning gifalari juda mayda holatda don
ichkarisigacha kirib borib, keyingi avlodlarida o’zini namoyon qilishi mumkin. Shuning uchun ham
nafis navining o’suvchanligi va chidamliligi kam bo’lish ehtimoli yanada oshadi.

Eng yuqori ko’rsatkich esa xorijiy navlarimizdan bo’lgan sloviya va vestochkada kuzatildi.
Bu navlardagi dukkakning hosil bo’lishi va og’irligi boshqa navlarga nisbatan yuqori bo’lib

bu nav sho’rlikka moslashgan navlar qatoriga kiradi. Tajriba uchun olingan navlar ichidagi oyjamol
navi o’zgacha xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Mahalliy navlarga mansub bu nav sekinlik
bilan rivojlanishi dukkaklarining ham kechroq hosil bo’lishi va kechroq yetilishi bilan farq qiladi.
Birinchi terimda yig’ib olingan oyjamol navlari dukkagining og’irligi ikkinchi terimda yig’ib
olingan dukkak og’irligidan kam.

Bu xususiyatidan oyjamol navi dukkagining miqdor va sifat ko’rsatkichlari sekin

rivojlanishini ko’rishimiz mumkin.

Endi bitta dukkak bo’yicha navlar kesimidagi ko’rsatkichlarni ko’rib chiqamiz.

4-jadval

Navlar

Dukkak uzunligi

Dukkak eni

Dukkak og’irligi

1000 ta don

og’irligi

Sloviya

4.5-5 sm

0.8 sm

0.5 gr

175 gr


background image


Avgust, 2025-Yil

9

Oyjamol

4 sm

0.9-1 sm

0.5 gr

147 gr

Vestochka

3.5-4 sm

0.6 sm

0.4 gr

120 gr

Viktoriya

3-4sm

0.5 sm

0.4 gr

115 gr

Nafis

3 sm

0.7 sm

0.3 gr

98 gr

Bu jadvalda ham eng yuqori ko’rsatkich Sloviya (Rossiya) ga tegishli bo’lib, dukkakning

miqdor va sifat ko’rsatkichlari Buxoro viloyatining sho’rlangan tuproq sharoitida o’stirilganda
kuzatilgan. Sloviya, Vestochka navlarini xorijning moslashuvchan navlari deb olishimiz mumkin.

Chunki ular o’rtacha sho’rlangan sharoitda ham o’sib hosil bergan.
Past ko’rsatkich nafis navida kuzatilgan bo’lib, uning dukkagi xususiyatlari tajriba uchun

olingan soya navlariga nisbatan minimal ko’rsatkichga ega. Soya navlari dukkagining miqdor va
sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lishi faqat tuproqning tuzlari miqdoriga emas, balki
zararkunandalarga qarshi himoyalanishiga ham bog’liq bo’ladi. Boshqa o’simliklar singari soyada
ham zararkunandalardan qirilish, o’smay qolish, hosildorlikning pasayishi kabi fiziologik jarayonlar
kuzatiladi.

Soya o’simligida quyidagi kasalliklar uchraydi. Fuzarioz, fitoftoroz, cherish, qora cherish,

rizoktonioz, poya chirishi dukkakning dog’lanishi, askoxitoz, septorioz. Bu kasalliklar ham ma’lum
darajada dukkakning shakllanishi va o’sib rivojlanishiga ta’sir qiladi. Soyaning yana bir muhim
xususiyati shundaki sho’rlangan tuproqlarda o’sishga moslashgan soya navlarining bu kasalliklarga
chidamliligi ham sho’rga moslashmagan navlarga nisbatan yuqori bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E
Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.

2.

X.N. Atabayeva, J.B. Xudayqulov O'simlikshunoslik. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 408
bet.

References

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.

X.N. Atabayeva, J.B. Xudayqulov O'simlikshunoslik. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 408 bet.