ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
SOYA NAVLARINING BUXORO SHAROITIDAGI O’SISH KO’RSATKICHLARI
Hamroqulova Nargiza Komil qizi
b.f.f.d., PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16759975
Annotatsiya. Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro
solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin
yaratadi. Bu maqolada soyaning qisqacha tavsifi, o’sish sharoitlari va aynan Buxoro sharoitida
tanlangan soya navlari o’sishidagi dastlabki feneologik ko’rsatkichlar o’rin olgan.
Kalit so’zlar: Sloviya, Viktoriya, oyjamol, nafis, vestochka, maysa davri, o’rtacha
uzunlik, burglar soni, sho’rlanish.
GROWTH INDICATORS OF SOYBEAN VARIETIES IN BUKHARA CONDITIONS
Abstract. Knowing and comparing the preliminary results of any experiment creates the
basis for the selection of varieties that are best adapted to the studied environment. In this
article, a brief botanical description of soybeans, growing conditions and the growth of selected
soybean varieties in the conditions of Bukhara is presented. initial phenological indicators have
taken place.
Key words: Slavia, Victoria, large, elegant, vest, grass season, average length, number of
burgs, salinity.
Soya dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga Glycena hispida maxsim – turiga mansub bir
yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’suvchan, baquvvat va sershox, poyasining uzunligi 80-150
sm gacha, xashaki navlariniki 2 metrgacha yetadi. Ildizi o’k ildiz yaxshi rivojlangan, tuproqqa
1,5-2 metrgacha kirib boradi, lekin ildizini asosi tuproqning xaydalma qatlamida rivojlanadi.
O’simlik unib chiqqandan 10-12 kun o’tgach asosiy ildizida dastlabka tuganak
bakteriyalar paydo bo’la boshlaydi. Barglari murakkab uch qo’shaloq. Soya pishib yetilganda
barglari sargayib to’kila boshlaydi. Guli mayda oq yoki binafsha rangda barg kultig’ida shingil
bo’lib (3-5 tadan gul) birikadi. Soya ko’proq o’zidan changlanadi, dukaklari turli shakl va
rangda, unda 1 tadan 4 tagacha don bo’ladi. Soyaning poya, barg, dukkaklari dag’al, qalin tuklar
bilan qoplangan. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki agarda poyada tuklar siyrak bo’lsa, kasallik va
zararkunandalarga nisbatan chidamsiz bo’ladi. Tuklar o’simlik uchun himoya vazifasini ham
bajaradi.
Soya issiqsevar o’simlik, urug’ yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va
pishishi uchun zarur shart-sharoitlardan biri bu xaroratdir.
Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800-
2000
0
C, o’rtapishar navlar uchun 2600-2800
0
C va kechpishar navlar uchun 3000-3200
0
C harorat
kerak. Urug’ining unib chiqishi uchun minimal xarorat 8
0
C, 12-14
0
C da urug’lar bir tekis,
qiyg’os unib chiqadi. Soyaning issiqqa bo’lgan talabi, unib chiqqandan pishish fazasi
boshlanguncha oshib boradi. Masalan, ekilgandan unib chiqqungacha bo’lgan davrga qaraganda
gullash davrida xaroratni ko’proq talab qiladi yoki gullashdan ko’ra meva xosil qilish fazasida
issiqlik ko’proq kerakdir. Faqatgina pishish fazasida xaroratni nisbatan kamroq talab qiladi.
Uning transpiratsiya koeffitsenti yetishtiriladigan sharoitga qarab 400 dan 600 gacha
o’zgarib turadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
Don-dukkakli ekinlar ichida birgina soya, namga nisbatan yuqori bo’lgan hollarda ham
o’sa oladi. Lekin butun vegetatsiya davomida suvni bir xil ko’p talab qilavermaydi. Olimlarning
fikricha suvga bo’lgan talabi urug’ning bo’rtish, unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan 130-
160% suv ko’p talab qiladi yoki shuncha suvni o’ziga singdirib oladi. Vegetatsiyaning
boshlang’ich fazalarida unib chiqish, birinchi uch qo’shaloq barg chiqarish va g’ujlanish vaqtida
soya suvni kamroq talab qiladi. Gullash boshlanishi bilan suvga bo’lgan talabi keskin ortadi.
Gullash, dukkak xosil bo’lish, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun vegetatsiya davrida
sarf bo’ladigan suvning 60-70% foydalaniladi. Shuning uchun gullash va dukkak xosil qilish
davrida o’simlikning suvga bo’lgan talabi qondirilmasa, hosil keskin kamayadi.
Soya hozirgi kundagi asosiy masala - oqsil tanqisligini hal etishda eng muhim
manbalardan biri hisoblanadi. Soya oqsili o’zining kimyoviy tarkibi jihatidan hayvon oqsiliga
o’xshash bo’lgani uchun ham barcha rivojlangan mamlakatlarda soya yetishtirishga juda katta
e’tibor berilmoqda. Yaponiyada sholi va sabzavot ekinlaridan keyin soya bilan band bo’lgan
yerlar o’z kattaligi jihatidan uchinchi o’rinni egallaydi. Yaponiya chet ellardan ham ko’p
miqdorda soya sotib olmoqda. Keltirilgan donlar turli maqsadlar uchun foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda ipak qurti tutishda soya donidagi oqsildan foydalanilmoqda. Yapon
mutaxassislari tomonidan tayyorlangan sun’iy oziqning 67 foizi soya oqsili, 2 foizi soya yog’i,
limon kislotasi, B guruh vitaminlari va boshqa turli qo’shimchalardan iborat. Yaponiyada bir
yilda besh marta ipak qurti boqiladi va bunda soyadan tayyorlangan sun’iy oziq katta rol
o’ynaydi. Soya donidan, shuningdek sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi.
O‘zbekistonda oxirgi yillarda soya yetishtirishga ancha jiddiy qaralmoqda.
Mamlakatimizda soya ekin maydonini kengaytirish mahalliy iqlim-sharoitimizga mos
yuqori hosilli navlarni yaratish va yetishtirish texnologiyasini yanada takomillashtirish bo’yicha
maxsus qarorlar qabul qilingan. Soya bir yillik o’tsimon o’simliklar avlodi bo’lib, dukkaklilar
Fabaceae oilasiga mansubdir. Soya 90-150% vazniga nisbatan suv bo’lsa, unib chiqadi. Murtak
ildizi avval rivojlanadi. Ildizi ancha o’sganda yon ildizlar rivojlanadi. Ildizning o’sishi don
shakllanish davrigacha kuzatiladi. Ildizning rivojlanishi tuproqning fizik holati harorati, namligi
va oziqa elementlarining mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Maysa bosqichi. Soya o’simligining
davstlabki rivojlanish bosqichi havo harorati, tuproq namligi va harorati hamda nav
xususiyatlariga bog’liq holda 15-25 kun va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Nihollar
(maysalar) unib chiqqandan keyin 3-4 kun o’tgach qarama-qarshi joylashgan urug’palla barglar
shakllanadi. Maysalar unib chiqqandan so’ng 10-12 kunbo’lganida birinchi barg hosil bo’ladi,
keyingi har 3-5 kunda bittadan barg hosil bo’ladi. Bir barg to’la shakllanishi uchun 10-12 kun
zarur bo’ladi.
O’simlikda 3-6 barg hosil bo’lguncha yoki gullaguncha urug’palla barglar saqlanib
turadi, keyinchalik ular to’kilib ketadi. Havo harorati yuqori bo’lganda barglar tez to’kiladi.
Namlik yuqori va harorat past bo’lgan davrda urug’ palla barglar uzoq saqlanadi.
Shuningdek, kechpishar soya navlarida urug’ palla barglari ertapishar navlariga qaraganda
uzoq muddat saqlanib turadi.
Soya o’simligida 3-5 ta barglar hosil bo’lganidan keyingina poyada jadal o’sish
boshlanadi, chunki bu davrgacha ildiz tizimi ancha rivojlangan bo’ladi. Yon shoxlar barg
qo’ltiqlarida, hatto urug’palla barg yonidan ham hosil bo’ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
112
Poyalari ingichka soya navlarida yon shoxlar juda pastdan, poyalari baquvvat, kechpishar
navlarida esa 15-25 sm yuqoridan o’sib chiqadi. Yon shoxlar maysalar unib chiqqanidan 17-25
kundan keyin paydo bo’la boshlaydi. Yon shoxlar iqlim sharoitlari va ekish muddatlari hamda
nav xususiyatlariga qarab 30-50 kun davomida hosil bo’ladi.
Laboratoriya sharoitida o’sish va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish va bir-biriga
solishtirish uchun soya navlari tanlab olindi. Ular oyjamol, sloviya (Rossiya), Viktoriya
(Serbiya), vestochka (Rossiya) va nafis navlari. Bu navlarning Buxoro vohasi sho’rlangan
tuproqlar sharoitida o’sish va rivojlanishini o’rganish dastlab xona haroratida laboratoriya
sharoitida olib borildi. Aprel oyining o’rtalarida ekilgan soya urug’lari 7-15 kun ichida unib
chiqdi. (1-jadval)
Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki eng tez bo’rtib chiqqan nav oyjamol bo’lsa eng kech
ungani nafis navi. Ungan soya navlari bir xil namlikda va bir xil quyosh nuri tushadigan joyda
o’stirildi. Ungandan 1-2 kun o’tgandan so’ng urug’pallabarglari yozila boshladi va bo’y uzunligi
quyidagicha holatda bo’ldi.
T/n
Tanlangan soya navlari
Unib chiqish muddati (kun hisobida)
1
Oyjamol
8
2
Sloviya (Rossiya)
9
3
Viktoriya (Serbiya)
12
4
Vestochka (Rossiya)
13
5
Nafis
15
T/n
Tanlangan soya navlari
Ungandan keying dastlabki
uzunlik (sm hisobida)
1
Oyjamol
4
2
Sloviya (Rossiya)
5
3
Viktoriya (Serbiya)
2
4
Vestochka (Rossiya)
2
5
Nafis
1
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
113
1-rasm
Yuqoridagi rasmda unib chiqqan soya ning ko’rinishi tasvirlangan. Vaqt o’tgan sayin
o’sishda davom etayotgan tanlangan soya navlarining uzunliklari uch kun o’tgandan keyin
quyidagicha holatni egalladi.
Bundan ko’rinib turibdiki eng tez o’sib rivojlanayotgan nav bu sloviya (Rossiya) bo’lib,
sekin o’sayotgan nav nafis hisoblanadi. Tanlangan soya navlarining laboratoriya sharoitida
dastlabki o’sish ko’rsatkichlaridan umumiy xulosa qiladigan bo’lsak Buxoro vohasi tuprog’ida
laboratoriya sharoitida o’sishga nisbatan moslashgan tanlangan navlarimizdan bu sloviya va
oyjamol navlaridir.
Xulosa
Soya o’simligida quyidagi kasalliklar uchraydi. Fuzarioz, fitoftoroz, cherish, qora
cherish, rizoktonioz, poya chirishi dukkakning dog’lanishi, askoxitoz, septorioz. Bu kasalliklar
ham ma’lum darajada dukkakning shakllanishi va o’sib rivojlanishiga ta’sir qiladi. Soyaning
yana bir muhim xususiyati shundaki sho’rlangan tuproqlarda o’sishga moslashgan soya
navlarining bu kasalliklarga chidamliligi ham sho’rga moslashmagan navlarga nisbatan yuqori
bo’ladi. Tanlangan navlardan eng moslashgani Sloviya bo’lsa, nisbatan kam moslashgani esa
nafis navidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
HAMROQULOVA N. Соя уруғларига экишдан олдинги ишлов бериш технологияси
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 8. – №. 8.
2.
Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E
Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.
3.
Хамрокулова Н., Мустафаева М. И. БИОИНДИКАТОРНОСТЬ-ИЗУЧЕНИЯ
СТЕПЕНИ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОД ПРИ ПОМОЩИ АЛЬГОФЛОРЫ БИОПРУДОВ
//Национальная ассоциация ученых. – 2016. – №. 4-1 (20). – С. 102-103.
4.
Хамрокулова.Н.К. ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ИНТРОДУЦИРОВАННЫХ
КОРНЕВЫХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ БУХАРСКОГО ОАЗИСА //Academy.
– 2021. – №. 1 (64). – С. 26-28.
5.
Хамроева Н. К. К. Преимущества возможностей “smart education” в обучении
биологии //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 50-52.
6.
HAMROQULOVA N. MICROBIOLOGICAL ACTIVITY OF SOIL. REPRODUCTIVE
ACTIVITY AND IMPORTANCE OF TUBERCLE BACILLI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 21. – №. 21.
T/n
Tanlangan soya navlari
Bir
haftalik
soya
navlari
uzunlik
ko’rsatkichlari (sm hisobida)
1
Oyjamol
14
2
Sloviya (Rossiya)
16
3
Viktoriya (Serbiya)
3
4
Vestochka (Rossiya)
4
5
Nafis
3
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
114
7.
Hamroqulova N. K. Q. Suvo’tlarning uchrashi va ularni taqqoslash //Science and
Education. – 2022. – Т. 3. – №. 6. – С. 139-143.
8.
Khushnudovna K. B., Isroilovna R. N. INFLUENSE OF EXTERNAL
9.
ENVIRONMENTAL FACTORS ON PLANTS //Galaxy International
10.
Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 4. – С. 702-704.
11.
Дустова М. Т., Хужаниёзова Б. Х., Умедов А. М. BIOXILMA-XILLIKNI
12.
SAQLASHNING AMALIY YO’LLARI //Журнал Технических исследований. –2020. –
Т. 3. – №. 3.
13.
Sh, A. S., Kulmamatova, D. E., Babaev, S. K., Alloberganova, Z. B.,
14.
Hodzhaniyozova, B. H., & Allanazarov, S. B. (2021). Quantity of Pigments in Leaves of
Old Local Wheat Varieties of Uzbekistan under Irrigated
15.
Conditions.
Annals of the Romanian Society for Cell Biology
, 3249-3253.
16.
Дустова М. Т., Хужаниёзова Б. Х., Умедов А. М. INSONING TABIATGA TA’SIRI
NATIJASIDA EKALOGIYANING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI //Журнал
Технических исследований. – 2020. – Т. 5.Baboev S. K.,
17.
Хужаниёзова Б. X. КУЗГИ БУГДОЙ УНИБ ЧИКИШИГА МУХИТНИНГ ТУРЛИ
ШУРЛАНИШ ДАРАЖАЛАРИНИ ТАЬСИРИ //Academic research in educational
sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 1090-1093.
18.
Khushnudovna K. B., Fatulloyevna K. L. ТHE EFFECT OF DIFFERENT
19.
ENVIRONMENTAL SALT LEVELS ON AUTUMN WHEAT GROWTH //European
International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2022. – Т.
2. – №. 04. – С. 39-43.
20.
Usmonova G. I., Xo’Janiyozova B. X., Ochilova G. A. TUPROQNING BIOLOGIK
FAOLLIGIDA
MIKROORGANIZMLAR
ROLI
AZOTOBAKTERNING
XUSUSIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 6. –
С. 139-143.
21.
Dustova M. T., Togayeva M. B., Khojaniyazova B. H. Promotion of the use and planting
of medicinal plants among the public.
22.
Xo’janiyozova B., Shukurova S., Ruziyeva N. TUPROQNING BIOLOGIK FAOLLIGINI
OSHIRISHDA
BIOSTIMULTATORLAR
VA
MIKROORGANIZMLARNING
XUSUSIYATLARI //Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar. –
2022. – Т. 1. – №. 25. – С. 99-103.
