Authors

  • Nesibeli Turganova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.132565

Keywords:

Texnologiya ta’lim tarbiya pedagogik texnologiya zamonaviy o’qitish interaktiv texnologiya audiovizual vositalar.

Abstract

Jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy o’qitish (pedagogik) texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligi bayon etilgan. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI

Turganova Nesibeli Dosbergenovna

Qoraqalpoq davlat universiteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16789788

Annotaciya.

Jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning

dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining
rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy o’qitish (pedagogik) texnologiyalarga yangicha
yondashuv zarurligi bayon etilgan. Ta’lim

-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon

talablari darajasi

ga ko’tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlat

siyosatining ustivor yo’nalishiga aylandi.

Kalt so’zlar:

Texnologiya, ta’lim, tarbiya, pedagogik texnologiya, zamonaviy o’qitish,

interaktiv texnologiya, audiovizual vositalar.

РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация.

Констатируется формирование новых общественных отношений в

нашем обществе, интеграция образования в мировую систему образования, развитие
процессов демократизации и развития, необходимость нового подхода к современным
обучающим (педагогическим) технологиям в образовательном процессе. Коренное
реформирование системы образования, поднятие ее на уровень современных требований,
воспитание компетентного поколения будущего стало приоритетным направлением
государственной политики.

Ключевые слова:

Технологии, образование, воспитание, педагогические

технологии, современное обучение, интерактивные технологии, аудиовизуальные
средства.

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

Resume.

The formation of new social relations in our society, the integration of

education into the world education system, the development of democratization and development
processes, the need for a new approach to modern teaching (pedagogical) technologies in the
educational process is stated. Fundamentally reforming the education system, raising it to the
level of modern requirements, and educating a competent generation for the future has become a
priority direction of state policy.

Key words:

Technology, education, upbringing, pedagogical technology, modern

teaching, interactive technology, audiovisual tools.

«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga –

XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini

paydo bo‘lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o‘q
otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo‘ldi. Bunday murakkab

va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab
chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda

xom ashyo,

materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo‘llari va
usullarining murakkab jarayonlarini o‘zaro bog‘liq, ketma

-ket va aniq bajariladigan harakat,

operatsiyalarga bo‘lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va
ommaviy ishlab chiqarishga asos bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

134

Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi.

Uni egallash

uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o‘rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning
fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko‘paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy

tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. [1]

«Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu

qonuniy hodisadir. Chunki kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, ommaviy

o‘qitishni taqozo etdi. Yuqorida zikr etilganlar ta’lim asoschisi Ya.A.Komenskiyning ilmiy

merosini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining

beqiyos va yuqori talablariga javob beradigan pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi ham
shu qonuniyatga bo‘ysunadi. Pedagogik texnologiya, ta’lim tizimidagi mustaqil fan sifatida
o‘quv jarayonning barcha elementlarini –

o‘quv grafigini va o‘quv rejasini tuzish, 44 o‘qitish va

uning natijalarini baholashni -

o‘z ichiga oladi Oliy ta’lim muassasining o‘quv jarayoni o‘quv

materialini to‘la o‘zlashtirish tamoyillariga tayanishi lozim. Ya’ni fanning, o‘quv dasturiga
muvofiq, o‘quv materiali barcha talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi shartdir.[2]

“Ta’lim texnologiyalar”ining rivojlanish bosqichlari Ta’lim texnologiyalarini mazmuni

o‘zgarishini shartli ravishda davrlarga ajratish. Ta’lim texnologiyalarini rivojlanish tarixining
ma’lum bosqichlariga uzviy bog‘liq. 1946

-yilda AQShning Indiana shtatidagi universitetga

audiovizual ta’lim kiritilgan (muallif L.K.Larson). 1954

-

yilda dasturli o‘qitish rejasi asoslab

berilgan (muallif

professor B.F. Skinner). 1961-

yil Janubiy Kaliforniya universitetida o‘qitish

texnologiyasi bo‘limi ochilgan (bo‘lim rahbari –

D.D.Finn). 1968-yil LOGO dasturlashtirish tili

ishlab chiqilgan va ta’lim muassasasida tatbiq etilgan (AQShdagi Massachusets texnologik

instituti, rahbar

S.Peypert). 1976-

yil birinchi shaxsiy kompyuter “Apple” yaratildi (mualliflar

S. Jobs, S.Uoznik). 1991-

yil. Displeyli sinflarda o‘quv maqsadlari uchun maxsus dasturiy

vositalardan foydalanilgan. 1990-

yil. Ta’limda interaktiv texnologiyalar qo‘llanilgan. Ta’lim

tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQShda
ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini
ta’minlash uchun muayyan shart

-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan

davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya 30

-

yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik

texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda
yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv
mashg‘ulotlarini aniq 46 va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar
yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib
kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali qurollar
yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi е

takchi

omillardir deya baholandi.[3]

Boshqacha aytganda, “ta’limda texnologiya –

bu audiovizual vositalar” (Persival F.,

Ellihgton H. A handbook of Educational Technology, London: Kogon page Ltd, 1984, p. 12). Bu

ta’rifda “ta’limda texnologiya” dan ko‘proq “ta’lim texnologiyasi”ga urg‘u beriladi, chunki u
o‘zida o‘quv jarayonini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan va 52 moslashtirilgan vositalar
(televideniye, til o‘rgatish laboratoriyasi)ni hamda ularni amalda qo‘llash metodikasini
birlashtiradi. Zamonaviy ta’lim texnologiyasi tarkibiga qattiq (hardware) va yumshoq (software)
vositalardan tashqari yana “sezilmagan” (intangible) aspektlar kiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

135

Ularga bilimlarning turli tarmoqlari, masalan, psixologiya, sotsiologiya, kasbiy

menejment va tizimli tahlilga oid g‘oya va tajribalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunda
bilimlar va o‘qitish tizimini optimal o‘zlashtirish metodikasini ishlab chiqish uchun texnikaning

optika, reprografiya, akustika va mikroelektronika tarmoqlaridan foydalaniladi. Yuqorida qayd
etilgan aspektlarda qattiq (proyektorlar, magnitofonlar, televizorlar, mikrokompyuterlar) va
yumshoq vositalar (slaydlar, depozitivlar, magnitofonlar, videoyozuvlar, kompyuter dasturlari)ga
qarama-

qarshi o‘laroq, boshqa “tegishli vositalar” (inderware) ham ta’riflanadi. Ushbu

yondashuvni asoslab (uni ko‘p aspektli yondashuv deb atash mumkin), D.Finn quyidagi fikrni
bayon etadi: “Faqat sodda odamlargina texnologiyani apparaturalar va o‘quv materiallarining
shunchaki majmuyidan iborat, deb tushunishi mumkin. Ammo texnologiya juda keng ma’noga

ega. Texnologiya bu

o‘quv jarayonini tashkil etish usullari, materiallar, odamlar, muassasalar,

“inson mashina” tipidagi modellar va tizimlar haqidagi fikrlar timsoli. [4]

Texnologiya

muammoning iqtisodiy imkoniyatlarini tekshirish. Bundan tashqari,

texnologiya fan, san’at va insoniy qadriyatlarning o‘zaro ta’siriga ham daxldor”. U yana
“Pedagogik vositalar, kommunikatsiya va texnologiyalar ensiklopediyasi”da (London, 1978)
shunday so‘zlarni yozadi: pedagogik texnologiya iborasi “o‘qitish vositalari” atamasiga sinonim
emas. Pedagogik texnologiya fanlararo birikish (konglomerat) hisoblanadi. U ta’limning deyarli
barcha aspektlari, ya’ni qisqa o‘qitish kursidan tortib, to milliy ta’lim tizimining keng qamrovli
vazifalari bilan uzviy bog‘liq”. Muallif pedagogik texnologiya haqida juda ko‘p fikr

-mulohazalar

bildirilgan bo‘lsada, lekin Pedagogik texnologiya atamasining ma’nosiga juda kam e’tibor
berilganini, uning chuqur tahlil etilmaganini alohida ta’kidlab o‘tadi.

“Texnologiya” tushunchasining ikki jihati mavjud: nazariy va amaliy. Birinchisida

materiallarni qayta o‘zgartirish jarayonlarining ilmiy tavsifi, ikkinchisida muayyan amallarni
joriy etish usul va malakalari majmuyi qarab o‘tiladi. Nazariy texnologiyaning asosiy

muammosi, -

deb ta’kidlaydi A.D. Bondarenko,

-

“inson

-

tabiat” tizimini rivojlantirish bilan

bog‘liq. Uning mazmuni shundan iboratki, yaqin istiqbolda (50

-100 yillarda) insoniyat

sivilizatsiyasining eng maqbul tarzda rivojlanish strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim”.

[5]

AQSh 1971 yil

“Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh

Assotsiatsiyasi”. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari
ish olib bormoqda. AQShda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational

Technology), 1971 yilda esa

“Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliya 1967

yil -

Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash tuzilgan. 1964 yildan boshlab “Pedagogik

texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” (Educational Technology progratted tearning)

jurnalini, 1971 yilda

“Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshlandi. Yaponiya

-

Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug‘ullanadi. 1967 yilda
“Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat
universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik
texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida
tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umum yapon
Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan ham
shug‘ullanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

136

Italiya

1971 yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil etildi va

“Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriya

-

1973 yili o‘qitish texnologiyasi

Davlat Markazi tashkil etildi. [6] Pedagogik texnologiya, o‘quv materialining to‘la o‘zlashtirish
kafolatini beradi, ya’ni har bir talaba o‘quv fani dasturini kamida 80% ni o‘zlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Og‘aev S. Yangi pedagogik texnologiya

-

hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2001,

№3, 69

-71 b. 37.

2.

Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar.

T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2011. –

275 b.

3.

Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar -T: Moliya nashr., 2003

4.

Zamirovna A. N., Bahodirovna Z. R. KIMYO FANIDAN “OQSILLAR” MAVZUSINI

O‘QITISHDA

ILG’OR

PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNING

ROLI

//PEDAGOGS jurnali.

2022.

Т

. 22.

№. 2. –

С

. 49-51.

5.

Nargiza A. DEVELOPMENT OF AN IMPROVED TWO-STAGE TECHNOLOGY FOR

FIXING MOVING SOILS AND SANDS WITH THE USE OF A MECHANO-
CHEMICAL DISPERSER //Universum:

технические

науки

.

2022.

№. 11

-8 (104).

С

. 26-29.

6.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari –

T.: 2006.

260 b.


References

Og‘aev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2001, №3, 69-71 b. 37.

Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2011. – 275 b.

Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar -T: Moliya nashr., 2003

Zamirovna A. N., Bahodirovna Z. R. KIMYO FANIDAN “OQSILLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22. – №. 2. – С. 49-51.

Nargiza A. DEVELOPMENT OF AN IMPROVED TWO-STAGE TECHNOLOGY FOR FIXING MOVING SOILS AND SANDS WITH THE USE OF A MECHANO-CHEMICAL DISPERSER //Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 26-29.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006. – 260 b.