Authors

  • Nesibeli Turganova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58017

Abstract

Mazkur maqolada har bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi. Maqolada pedagoglarning kasbiy mahoratlari, samarali dars o’tish usullari tasvirlangan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

603

PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA

Turganova Nesibeli Dosbergenovna

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14531623

Annotatsiya. Mazkur maqolada har bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan

pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi. Maqolada pedagoglarning
kasbiy mahoratlari, samarali dars o’tish usullari tasvirlangan.

Kalit so’zlar: mahorat, ta’lim, madaniyat, aql, bilim, texnika, qobiliyat, psixologiya,

talant.

THE CONCEPT OF PEDAGOGICAL SKILLS

Abstract. This article discusses pedagogical skills and their components, which are

considered extremely necessary for every teacher. The article describes the professional skills of
teachers and effective teaching methods.

Keywords: skills, education, culture, intelligence, knowledge, technique, ability,

psychology, talent.

ПОНЯТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА

Аннотация. В данной статье говорится о педагогическом мастерстве и его

составляющих, которые считаются крайне необходимыми для каждого учителя. В
статье описаны профессиональные навыки педагогов и эффективные методы обучения.

Ключевые слова: умение, образование, культура, ум, знание, техника, способности,

психология, талант.

Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti shu

jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog’liqdir.
So’nggi o’n yillar orasida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasbga o’rgatish, ularning aqliy va
ma’naviy kamol topishlarini tashkil etishda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. «Ta’lim to’g’risida»gi
qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni
qayta ishlab chiqildi. Bu omil ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon
bo’lishini taqozo etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va
tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi,
ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa, ta’limni tashkil etishda pedagogik mahoratning
tarkibiy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. [1] Mazkur o’zgarishlarning bir qismi
mavjud didaktik yondashuvlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi
ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo
bo’ladi. Shu o’rinda ilg’or pedagogik mahorat fanining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi
alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur Haqiqatdan ham,
mustaqillik yillarida ta’lim sohasida o’qitishni o’qituvchining yuksak pedagogik mahorati asosida
tashkil etish hozirgi jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqmoqda. O’zbekistonda ham ushbu
muammoga oid izlanishlar, tadqiqotlar olib borilayotgani sir emas, biroq bu jarayonning yahlit
metodikasi, tizimi haligacha ishlab chiqilgan emas. Shu sababli ham bu holatni tuzatish uchun
jiddiy e’tibor qaratish zarurligi dolzarb pedagogik muammo sifatida e’tirof etilmoqda.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini muammoli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

604

yondashuvlar asosida tashkil etish omillari, yo’llari, pedagogik shart-sharoitlari ko’rsatib berildi.
Tadqiqot ishida ilgari surilgan nazariy qarashlar pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini
mazmunan boyitadi, ushbu jarayonni takomillashtiradi hamda ta’lim-tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan pedagogik mahorat fanini o’qitish
ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi adabiyotlar, qo’llanmalar hamda uslubiy ishlanmalarni
yaratishda foydalanish mumkin.

“Pedagogik ensiklopediya"da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O 'z kasbining mohir ustasi

bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi
tahlil eta oladigan, .tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. [2]

Ushbu ta’rifhing mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi

mazmunini shunday izohlash mumkin:

1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi.
2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan

kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o ‘zaro bir-biri bilan bog'liq bo‘lgan asosiy

komponentlardan iborat:

1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik

qobiliyatga ega bo'lish.

4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash]
«Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobili yatlami o'qituvchilarda shakllantirish,

ijodkorlikni tarbiyalash, mahoral ko'nikma va malakalami egallashlari uchun, pedagogik texnika,
pedago gik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g ‘risida m a’lu motlar berib boradi.
[3] Bu maqsad bolajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali
amalga oshiriladi:

1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto dologik asoslari bilan

qurollantiriladilar.

2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik ham korlik (muloqot),

pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachili] mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq
madaniyati, tarbiya texno logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘ri
sidagi bilimlar tizimini egallaydilar.

3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O 'rt Osiyo

mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogil mahorat sirlarini mustaqil
egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj v havasni rivojlantirib boradilar.

4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar

to'g'risidagi m a’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o'qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik
mahoratini shakllantiradi.

5. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar

asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam
o'zlashtiradilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

605

6. 0 ‘qituvchilar o 'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka

oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.

7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o'qituvchilar uzluksiz

m a’lumotlami o'rganib boradilar.

8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida

o 'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.

Pedagogik mahorat - о ‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi,

mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyi'ligi, ijodkorligi, qobiliyati va
hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo ‘lib, о 'qituvchilarning ta ’lim-tarbiyaviy faoliyatida
yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doim iy takomillashtirib borish imkoniyatini ta
’minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik
tayyorgarlikka ega bo'lgan, о 'quvchilarni о 'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo
‘llarini izlab topish uchun, am aliy faoliyat olib boradigan har bir о ‘qituvchining kasbiy faoliyatida
namoyon bo 'ladi.

O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda

olib boriladi:

1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.
3) 0 ‘qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi.
4) 0 ‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. Yana

ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy
sifatlarining yig‘indisi bo'lib, 0‘qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillami,
pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim

Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida

mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga
ega bo'lishi;

b) ta’lim oluvchilaming yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga

olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi; v) ta’lim jarayonini
demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;

g) o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy

pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo'lishi;

d) fanlami o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng

foydalanishni bilishi;

e) jamoani «ko‘ra bilish», o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot

faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini
anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish
hamda ularga muvaffaqivatli ta’sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;

j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi

va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi.[4]

0 ‘qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit qizlardagi qobiliyat va

iste’dodning barcha qirralarini ishga solish majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “jamoada


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

606

40 qobiliyatsiz о'qituvchi оrniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o ‘qituvi bo'lgani ma’qul”ligi haqida
gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyat kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinlig
alohida uqtiradi.

O'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to'g'i sidagi muammolar yevropa

olimlari Ya. A. Komenskiy, Djon Lokk, < Pestalotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilaming
asarlarida о ifodasini topgan.

Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. . Komenskiy o'qituvchining eng muhim

xususiyatlari qatoriga bolalar sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilai
kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.

Yan Amos Komenskiy o'z davrida o'qituvchilarning bola dunyoq rashini rivojlaniirishdagi

roliga yuqori baho berib, o'qituvchilik «у yuzidagi har qanda}' kasbdan ko'ra yuqoriroq turadigan
juda faxrli kasl ekanligini ta’kidlaydi. Muallifhing fikricha, o'qituvchi o'z burchlari chuqur anglay
olishi hamda o'z qadr-qimmatini to'la baholay bilis zarur. [5]

Ya.A Komenskiy o'qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning sha sida quyidagi fazilatlar

namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqligini ta’ki laydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o'z ishini
sevuvchi, o'qu chilarga rnehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga hccvas uyg‘tuvchi, о
'quvchilarni о ‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e ’tiqodni shakllantiruvchi.

I.G.Pestalotssi o'qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq

ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va
vazifalariga to‘xta!ib o‘tadi.

A. Disterverg о‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho beri b, u o‘z faoliyatini chuqur

bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilami qalbdan yoqlirishi natijasida yuzaga
keladi deb uqtiradi. 0 ‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini
mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini
takidlab o tgan.

Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab

chiqqan. Ular orasiga mo‘tadillik, gavratshijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlami kiritib,
0‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.

KLD.Ushinskiy o'qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shun day deydi: “Hali

yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o 'ttiz yok qirqta o'quvchining ongini butun dars
davomida mashg'ul qilib turiSi uchun о ‘qituvchi о ‘z so ‘zlari va bergan masalalari to ‘g ‘risida
ко ‘p bosi qotirishi. serdiqqat bo'lishi kerak. Marta shu sababdan bilimi bo'lga har bir kishi о
'qituvchi bo ‘lishga layoqatli bo ‘lavermaydi. Jamiyat tome nidan hamma vaqt ham yetarlicha ta
'rif qilinmaydigan bu vazifani insc bilan ado qilmoq uchun zo ‘r matonat va mahorat talab
qilinadi”. K.D.Ushmskiynmg ta’kidlashicha, o'qituvchi qalbining bolalargj nisbatan mehrini
bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimninj tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko'rsatadigan
ma’naviy oyinasi ijtimor qimmatga ega bo'lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga e+kazishd;
namoyon bo'ladi. Pedagogik faoiiyatning у ana bir muhim tarkibiy qism o'qituvchining xapakteri
va his-tuyg'ularida, uning o'quvchilar bilan mu loqotga kirishish usulida namoyon bo'luvchi
pedagogik-psixologil takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo'llashdir. Uning fikricha psixo logik takt
(odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g'oyatdi keng qo'llaniladigan faoliyat turi, shuning
uchun ushbu taktlarg: ega bo'lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyati


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

607

ning o'zi ham bo'lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi. «Aqlli, fikran boy, bag'ri keng insonchalik
hech narsa yoshlarn qiziqtirmaydi, o'zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql - aq bilan
tarbiyalanadi, vijdon - vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik - bevosita vatan uchun xizmat qilish
bilan..., - deb ta’kidlagan ed mashhur rus pedagogi V.D.Suxomlmskiy. - O'qituvchi o'zining butui
borlig 4, kundalik hayoti, та ’naviy madaniyati bilan hamkasblari v< о 'quvchilarga о ‘так bo 'ladi
va ularni о ‘z ortidan ergashtiradi».[6]

Ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogik mahorat

fanining vazifalari doirasi kengayib bormoқda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika
yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo’yilgandir.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga keng ko’lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar oqimi
kirib kelmoqda. Pedagogik mahorat faniga oid axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni
tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o’quvchiga yetkazib
berishini yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Demak, bo’lajak o’qituvchini professional faoliyatga tayyorlashda pedagogik mahorat fanini
nnovasion ta’lim texnologiyalar yordamida o’zlashtirishning o’rni beqiyosligi hamda
o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik
mahorat komponentlarini pedagogik texnologiyalar asosida tatbiq etish mazkur muammoni ijobiy
hal etishning pedagogik kafolatidir. Ishlab chiqarish sohalarining barkamol shaxs va malakali
mutaxassis bilan ta’minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashning eng muhim omilidir. Malakali kadrlarni tayyorlash jarayoniga
nisbatan muammoli yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashga olib keladi. Shu
bois so’nggi yillar mobaynida ta’lim tizimida pedagogik mahorat komponentlaridan samarali
foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e’tibor berib kelinmoqda.[7] Ta’lim
muassasalarining faoliyat jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir qator
shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim tosg'risida”gi qonuni. //Barkamol avlod -
0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Т.: Sharq, 1997, 20-29 betlar

2.

Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - ishkent, TDPU, 2003,-
174 b.

3.

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni ihkil etish va
boshqarish nazariyasi va amaliyoti. //Ped. fanlari dokt. ilmiy r. uchun diss. - Т.: 2007.- 305
b.

4.

Бизяева A.A. Рефлексивные процессы в сознании и деятельности ителя //Дисс. канд.
психол. наук.- С.- Пб.,- 1993.- 190 с.

5.

Биков А.К. Теория и практика развития педагогического мастерва преподавателей
высшей военной школы //Д69. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy
nomidagi TDPU 2005 - 149 b.

6.

Suxomlinskiy V.D. Bolalarga jonim fido. - Т.: O'qituvchi, 1984. - 254 b.

7.

Tarbiyaviy ish metodikasi. //Pedagogika institutlari uchun o'qn\ qo'llanma (L. I. Ruvinskiy
tahriri ostida). - Т.: O'qituvchi, 1991. - 376 b.