2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
4
BOSHLANǴICH SINF DARSLARINI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA
TASHKIL ETISH
Yusupova Gulshiraxan Zinatdinovna
Qoraqolpoǵiston Respublikasi pedagogik mahorat markazi
“Maktabgacha, boshlanǵich va maxsus tálim metodikalari” kafedrasi dotsenti., (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.17052009
Annotatsiya. Maqola boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini
oshirish yoʻllariga bagʻishlangan. Unda yangi avlod darsliklarining yaratilishi,
oʻquvchilarda kreativ, kritik va kollovarativ qobilyatlarining shakillanishida
oʻqituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish zarurati,
1-sinf “Informatika” darsligi yuzasidan namunaviy dars ishlanma yoritib berilgan.
Kalt sózlar: Boshlangʻich sinf, yangi avlod darsliklari, oʻqituvchi, kasbiy mahorat,
pedagogik texnologiyalari, sifatli ta’lim, informatika.
Аннотация. Статья посвящена путям повышения профессионального
мастерства учителей начальных классов. В ней освещается создание учебников нового
поколения, необходимость эффективного использования учителями современных
педагогических
технологий
в
формировании
креативных,
критических
и
колловариативных способностей учащихся, типовая разработка урока по учебнику
"Информатика" для 1-го класса.
Ключевые слова: Начальная школа, учебники нового поколения, учитель,
профессиональные навыки, педагогические технологии, качественное образование,
информатика.
Abstract. The article is dedicated to ways to improve the professional skills of primary
school teachers. It covers the creation of a new generation of textbooks, the need for teachers
to effectively use modern pedagogical technologies in the formation of students' creative,
critical, and collaborative abilities, and the typical lesson design for the 1st-grade
"Informatics" textbook.
Keywords: Primary school, new generation textbooks, teacher, professional skills,
pedagogical technologies, quality education, computer science.
Jahon hamjamiyatida chiddat bilan integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda
taraqqiyotning asosiy omillari sifatida jamiyat a’zolarining kreativ, tanqidiy va kollovarativ faollik
darajasi e’tirof etilib, хalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030
yilgacha belgilangan хalqaro ta’lim konsepsiyasida “bilimning mustahkam poydevoriga ega bólish
va kreativ fikrlashni rivojlantirish, hamkorlik qobiliyatlari va qiziqishlarini kuchaytirish”
1
dolzarb
vazifa sifatida qayd etilgan. Bu, óz navbatida boshlanǵich ta’lim óqituvchilarining pedagogik
mahorati zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bólmoqda. Mazkur muammo ustida ishlash orqali
oʻqituvchilarga yangi bilimlar va amaliy koʻnikmalar singdirilishi, natijada bolalarga sifatli
ta’lim berish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi maqsad qilingan.
1
Incheon declaration/Education 2030: Towards incluzive and equitable quality education and lifelong learning for all
(Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea). 6p. 26 P.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
5
Bu óz navbatida katta yangiliklardan ilǵor xorijiy davlatlar tálim tajribalar asosida
yaratilgan hozirgi vazirlikning 280-sonli buyrug‘i bilan o‘quv dasturi takomillashtirilgan holda
2023-o‘quv yilidan 1-4-sinflarga yangi darsliklari joriy qilindi [2]. Jamiyatimizda raxamli
texnologiyalar bong urayotgan davrda yangi darsliklar shakl va mazmun jihatidan butunlay
o‘zgargan. Bu borada o‘qituvchilarimiz XX asr metodikasidan voz kechib, XXI asr
metodikalaridan samarali foydalanishni talab qiladi.
Xop, ushbu darsliklar quruq ma’lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o‘qish-yozishni
o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Ular orqali o‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur
bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi. Shu borada tákidlash joyizki, mamlakatimizda
tálim yeti ta (o‘zbek, qoraqolpoq, rus, qozoq, turkman, tojik va qirgiz) tillarda olib boriladi. Yangi
ovlad darsliklari esa 2023- o‘qish yilidan o‘zbek va rus tilida olib boriladigan boshlangʻich
sinflarda joriy qilindi. Qolgan besh ta tilda olib boriladigan 1-3 sinlarda milliy dastur asosida
yaratilgan darsliklardan, 4-sinflarda esa, 2017-yilgi kompetentsiyaga asoslangan dastur asosida
yaratilgan darsliklardan tálim olayapti. Yangi óquv yilidan darsliklar qolgan beshta tidagi
maktablarga 2025-26-o‘qish yilida kelishi kutilmoqda. Bu mamlakatimizning tálim tizimidagi
tafabutni ko‘rsatadi.
Boshlangʻich ta’lim maktab ta’limining asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, bolalarning
oʻquv faoliyatiga kirib borishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishi va ijtimoiy
rivojlanishi uchun muhim rol oʻynaydi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi esa bu jarayonning
asosiy ishtirokchisi va boshqaruvchisidir. Ular bir tomondan, oʻquv materiallarini tushunarli
tarzda yetkazish bilan birga, oʻquvchilarning psixologik, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga
ham e’tibor berishlari lozim. Shuning uchun boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy
mahorati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar bilan tanishligi har doim
dolzarb mavzu boʻlib keladi.
Ushbu tafabutni yengillashtirishda pedagogik markazimizga kelgan yangi darsliklardan
dars bermaydigan boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining 1-sinf “Informatika” darsligidan bittda dars
ishlanmani tavsiya etmoqchimiz/
Fan: Informatika
Sinf:
1.
Mavzu:
Biz nimalarni eshitamiz?
Maqsad:
➢
O‘quvchilar tovushlar va ovozlarni quloqlar orqali eshitishlarini, eshitish orqali axborotga
ega bo‘lishlarini bilib oladilar;
➢
Narsalarning to‘plamlarini ajratish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Dars turi:
Yangi bilim beruvchi dars.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar:
"Suhbat," Yakka va juftlikda ishlash metodlari,
"Ortiqchasini top," "Ovozlarni o‘xshatish" amaliy mashg‘ulotlari.
Darsni jihozlash:
darslik, kompyuter, videoproyektor, quloqchin, fanidaskop, qo‘l
telefoni, quloq rasmi va qo‘ng‘iroqcha, it va jo‘janing rasmlari, qo‘l soati, telefon.
Darsning borishi.
I Tashkil etish.
(2 daqiqa.) O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashib, ularning darsga
ishtirokini tekshiradi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
6
II O‘tilgan dars yuzasidan refleksiya o‘tkazish.
(10 daqiqa) Har bir bolani suhbatga jalb
qiladi.
III Yangi mavzu bayoni
. (13 daqiqa).
O‘qituvchi
: Bolalarni doira shaklida o‘tqazib, - Bolalar ertalab uyqudan turib uydan
maktabgacha bo‘lgan masofada qanday ovoz va tovushlarni eshitganingizni yoningizda o‘tirgan
do‘stingizning qulog‘iga aytasiz. Bolalar eshitgan tovush va ovozlarni bir-birining qulog‘iga ayta
boshlaydilar. O‘qituvchi bolalarni to‘xtatib, bir-birining qulog‘iga nima deb aytganini so‘raydi.
Bolalar o‘rtoqlarining aytgan so‘zlarini aytib beradilar. O‘qituvchi ularning harakatiga
qarab rag‘batlantiradi.
So‘ng o‘qituvchi slaydlar yordamida tovushlar va ovozlar nimalardan chiqishini aytib
tushuntiradi. Ayrim eshitish asboblari haqida so‘zlab beradi.
IV Mustahkamlash
. (18 min.)
Topshiriq 1
. O‘qituvchi o‘quvchilarning quloqchinlarini mahkam taqib olishlarini aytadi.
So‘ng audioni qo‘yib, bolalarga quyidagi savollarni beradi.
- Ovozni eshitdingizmi?
- Ovozni eshitish uchun nima yordam berishi mumkin?
Rasm 1.
- Sekin ovozni eshitishda ovozni kuchaytiradiganidan foydalanamiz.
- Qattiq ovozlardan quloqlarimizni berkitib olamiz.
2-topshiriq.
1. Rasmdagi mavjudotlar qanday ovoz chiqaradi?
2. Qaysi birining ovozi eng past chiqadi?
3. Qaysi birining ovozi baland chiqadi?
Rasm 2
3-topshiriq.
Quyidagi rasmdagi qaysi buyum ortiqcha?
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
7
Rasm 3
O‘qituvchi:
- Bolalar mana bu maqolning ma’nosini kim tushuntirib beradi? - deb
so‘raydi.
Yuz marta ko‘rgandan,
Bir marta eshitgan yaxshi.
Bolalar o‘z fikrlarini aytadilar.
So‘ng o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V Darsni yakunlash
. (2 daqiqa)
Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, uzluksiz ta’lim, psixologik
va pedagogik bilimlarni chuqurlashtirish, amaliy tajriba almashinish, oʻz-oʻzini rivojlantirish
kabi muhim yoʻnalishlar
Foydalangan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
2019-yil 29-aprel.
2.
Abdullaeva M. "Boshlangʻich ta’limda innovatsion texnologiyalar." – Toshkent: "Ilm
Ziyo", 2021
3.
Yusupova G. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativ faollikni shakllantiruvchi
metodlar", – Toshkent: "Tafakkur qanoti", 2021.
4.
F. M. Zakirova. “Informatika va axborot texnologiyalari” 1-sinf, – Toshkent: "Novda",
2021.
5.
www.uzedu.uz – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti
6.
onlinedu.uz – Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasi.
