Sentabr, 2025-Yil
16
MUAMMOLI TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPITENTLIGI
Nabiyeva Nasibaxon Nuraliyevna
https://doi.org/10.5281/zenodo.17069216
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muammoli ta’limni tashkil etishda boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi muhokama qilinadi. O‘qituvchining pedagogik, metodik,
kommunikativ va ijodiy ko‘nikmalari ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda
yordam beradi. Maqola o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va zamonaviy pedagogik
yondashuvlarni o‘rganish zarurligini ta'kidlaydi.
Kalit so’zlar:
muammoli ta'lim, boshlang‘ich sinf, o‘qituvchi kompetentligi, pedagogik
ko‘nikmalar, ijodkorlik, kommunikativ qobiliyatlar.
Аннотация.
В
данной
статье
рассматривается
профессиональная
компетентность учителей начальных классов в организации проблемного обучения.
Педагогические, методические, коммуникативные и творческие навыки учителя
играют важную роль в образовательном процессе, способствуя развитию у учеников
независимого мышления и навыков решения проблем. Статья подчеркивает
необходимость для учителей заниматься саморазвитием и изучением современных
педагогических подходов.
Ключевые слова:
проблемное обучение, начальная школа, компетентность учителя,
педагогические навыки, креативность, коммуникативные способности
Annotation.
This article discusses the professional competence of primary school teachers
in
organizing
problem-based learning.
The teacher's
pedagogical, methodological,
communicative, and creative skills play a crucial role in the educational process, aiding in the
development of students' independent thinking and problem-solving abilities. The article
emphasizes the necessity for teachers to engage in self-development and to explore modern
pedagogical approaches.
Keywords:
problem-based learning, primary school, teacher competence, pedagogical
skills, creativity, communicative abilities.
Yurtimizda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligi doimiy
o‘zgarib borayotgan sharoitda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda, oliy ta’lim muassasasida
ularning metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini, didaktik asoslarini ishlab chiqish,
pedagogik shartsharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik
darajalari, shakl, metod, vositalari, modeli, o‘qitish sifatining samaradorligini oshirish,
shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida
metodik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’limga qo'yiladigan zamonaviy talablar boshlang‘ich ta’limda
boshlang‘ich sinf o’qituvchisining kasbiy faoliyatidagi o'zgarishlarni belgilaydi. Ta'lim jarayonini
tashkil etishda moslashuvchanlikni ta'minlash; bolalarning ehtiyojlari, qiziqishlari va istaklarini
hisobga olish; maktabgacha yoshdagi bolalarning
Sentabr, 2025-Yil
17
Boshlang‘ich ta’limdaning asosiy ta'lim dasturini o'zlashtirishlari va ularni muvaffaqiyatli
ijtimoiylashtirishlari uchun oilalar bilan o'zaro hamkorlikni o'rnatish boshlang‘ich sinf o’qituvchisi
faoliyatining zaruriy qismiga aylanadi. Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o’qituvchisi kasbiy
kompetentligini shakllantirish ko'pqirrali pedagogik kompetentsiyalarga ega bo'lishi taqozo qiladi.
Jumladan, optimal tarzda pedagogik faoliyatni qurish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
uchun ularda tizimlilik, tuzilmaviylik, ko‘pvazifalilik, sinergetik (yunoncha "hamkorlik, qo'shma
harakat", "o'zaro ta'sir") va perseptiv qobiliyatlar muntazam shakllangan bo‘lishi lozim [1].
Boshlang‘ich sinf o’qituvchisining kompetentligi - bu uning axborot oqimini osongina
boshqarish qobiliyati, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi va tarbiyaviy faoliyatga o'ta olish
va jamiyat ehtiyojlariga qarab o'zining pedagogik faoliyatini qayta qurish qobiliyatidir [2].
Kasbiy kompetentlik - bu nazariy va amaliy kasbiy bilimlarni o'z ichiga olgan ko'pqirrali
pedagogik kompetentsiyalarning murakkab yangi shakli hisoblanib, u doimo o'zaro bog'liqlik va
uyg'unlikda bo'ladi[5]. Ya’ni kompetentlik pedagogik faoliyatni optimal faollashtirish va sintez
qilishda, shuningdek, kasbiy bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan yangilash va takomillashtirish
zarurati orqali o'zini namoyon qiladi.
Kasbiy kompetensiya pedagogik muammo sifatida o‘rganilgan tadqiqotlarda asosan,
o‘qituvchining xususiyatlari tahlil qilingan.
V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma,
malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va
egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lish;
- kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; - faoliyat
mezoni (sifat o‘lchovi), qo‘llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o‘z ichiga olgan standartlarni
loyihalash tuzilmasi;
- ish beruvchi talablariga ko‘ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini
beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish;
- insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini
beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko‘nikmalarning integrallashgan birlashuvi[2, 72].
Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy kompetentlikni
faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, masala va muammolarni mustaqil hal etishga,
shu bilan birga o‘z faoliyati natijalari, ya’ni mos ko‘nikmalar, texnik usullarni baholay olishga
tayyorligi va qobiliyati sifatida tushunadi.
O.V. Xovovning fikriga ko‘ra, kasbiy kompetentlik - bu nafaqat malaka, ya’ni faoliyat
tajribasi, ko‘nikma va bilimlar sifatida kasbiy malaka haqidagi, balki kasbiy faoliyatda
mustaqillikni ta’minlovchi ijtimoiy-kommunikativ va individual qobiliyatlar haqidagi
tasavvurlardan iborat[5, 454-455].
Yu.G. Tatur va V.Ye. Medvedevlar bo‘lajak mutaxassisning kompetentligini kasbiy va
ijtimoiy sohada muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat yuritish uchun o‘z imkoniyatini (bilim, ko‘nikma,
tajriba, shaxsiy sifatlar va boshqalar) amaliyotda namoyon qilishga intilish va qobiliyat sifatida,
kompetensiyani esa, bo‘lajak mutaxassisning ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yurita olish
uchun o‘zining butun imkoniyatlari (bilim, malaka, tajriba va shaxsiy sifatlar) ni qo‘llash va uning
natijasiga ongli ravishda mas’uliyatini anglashga tayyorligi sifatida ta’riflagan.
Sentabr, 2025-Yil
18
G.A. Larionovaning fikriga ko‘ra, tayyorlik tuzilmasiga amaliy bilimlar majmuasi va
shaxsning faoliyatga kirishini ta’minlovchi xususiyatlari kiradi. Mehnatga tayyorgarlik esa ikkita,
ya’ni operasional (bilim va ko‘nikmalar) va shaxsiy (ko‘rsatma, mehnatga yo‘naltirilganlik, kasbiy
motiv xususiyatlari, odat va munosabatlar tizimi, emotsional va irodaviy funksiyalar, shaxsning
kasbiy ahamiyatli sifatlari) komponentlardan iborat murakkab tizim hisoblanadi [3, 171].
Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya’ni faoliyatning qaysi usulini egallashi,
nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash - kompetentli yondoshuv deyiladi. Oliy
ta’lim muassasasi bitiruvchilarini tayyorlash sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan
biri - kasbiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy sharoitlari
quyidagilardan iborat:
1) tashkiliy-boshqaruvchanlilik (o‘quv reja, o‘quv jarayoni grafigi, dars jadvalini tuzish,
kompetentlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini moddiy-texnik
ta’minlash);
2) o‘quv-uslubiy (mashg‘ulotlar mazmunini tanlash, turli kurslarning integrasiyasi,
yetakchi g‘oyalarni ajratish);
3) texnologik (nazorat-baholash, o‘qitishning faol shakllarini tashkil etish, kompetentlikka
kiruvchi bilimlar guruhlarini aniqlash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash);
4) psixologik-pedagogik (talabalarning rivojlanish tashxisini amalga oshirish, o‘qitishga
motivatsiyani rag‘batlantirish, kompetentlikning mezonini aniqlash, talabalarni hamkorlikda
ishlashga yo‘llash).
Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi tuzilmasi uning pedagogik ko‘nikmalari
orqali, ko‘nikmalar (nazariy bilimlarga asoslangan va pedagogik masalalarni yechishga
yo‘naltirilgan bilimlar) esa, bosqichma-bosqich rivojlanuvchi harakatlar majmuasi orqali
aniqlanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi muammoli ta’limni tashkil etishda
muhim ahamiyatga ega. Bu kompetentliklar o‘qituvchining nafaqat pedagogik bilimlari, balki
psixologik, metodik va kommunikativ ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladi. Quyida boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi uchun muammoli ta’limni amalga oshirishda zarur bo‘lgan asosiy
kompetentliklar keltirilgan:
1. Pedagogik bilimlar: O‘qituvchi ta’lim jarayonining nazariy asoslarini, ta’lim
metodologiyasini, yosh psixologiyasini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar muammoli vaziyatlarni
yaratishda va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlashda yordam beradi.
2. Metodik ko‘nikmalar: Muammoli ta’lim metodlarini, dars rejasini tuzish va dars
jarayonini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Bu o‘qituvchiga muammoli
vazifalarni samarali tarzda ishlab chiqish imkonini beradi.
3. Kommunikativ qobiliyatlar: O‘qituvchi o‘quvchilar bilan samarali muloqot qila olish,
ularning fikrlarini tinglash va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu
muammoli ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fikr almashishini rag'batlantiradi.
4. Ijodkorlik: O‘qituvchi ijodiy yondashuv orqali muammoli vaziyatlarni yaratishi va
o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishi zarur.
Sentabr, 2025-Yil
19
5. Tahlil va baholash ko‘nikmalari: O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyatini tahlil qilish va
baholash orqali ularning rivojlanishini kuzatishi va zarur hollarda yordam berishi kerak.
6. O‘z-o‘zini rivojlantirish: O‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini
yangilab borishi, yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni o‘rganishi lozim.
Muammoli ta’limni tashkil etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ushbu kompetentliklarni
amalga oshirish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularni
muammolarni hal qilishga tayyorlashga yordam beradi. Bu esa umumiy ta'lim sifatini oshirishda
muhim rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Байденко В.И. Выявление состава компетенций выпускников вузов как необходимый
этап проектирования ГОСВПО нового поколения. - М. - 2006. - 72 с.
2.
Ларионова Г. А. Компетенции в профессиональной подготовке студентов вузов:
знания, действия, деятельность, самоопределение: монография. - Челябинск. - 2004. -
171 с.
3.
Махмудов А.Х. Таълим тизимида компетентлик асосида ёндашувнинг дидактик
жихатлари // «Укитувчиларнинг касбий махоратини оширишда инновация
технологияларининг
ахамияти»
мавзусидаги
Республика
илмий-амалий
конференцияси материаллари. - Тошкент. - 2012. 44-47 бетлар.
4.
Ховов О.В. Компетентность профессиональная // Энциклопедия профессионального
образования: В 3-х т. - М.:АПО. - 1998.-Т.1. -С.454- 455.
5.
Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING
STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION.
Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.
6.
Khaitboevich, B. B. (2020). Some features of protection of students from the threat of
harmful information in the educational process. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences, 8(10), 69-72.
7.
Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY
OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In
Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания
общества (pp. 394-396).
