Authors

  • Nasibaxon Nabiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136076

Keywords:

boshlang'ich sinf o'qituvchi kasbiy kompetentlik ta'lim pedagogika ta'lim sifatini oshirish.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligining muammolari va ta'limni tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. O'qituvchining malakasi, bilim darajasi va pedagogik uslublari ta'lim jarayonida qanday rol o'ynashi ko'rsatilib, ta'lim sifatini oshirish uchun zaruriy choralar taklif etiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

57

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPITENTLIGINING

MUAMMOLI TA’LIMNI TASHKIL ETISHDAGI AHAMIYATI

Nabiyeva Nasibaxon Nuraliyevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.17069558

Anontatsiya.

Ushbu

maqolada

boshlang'ich

sinf

o'qituvchisining

kasbiy

kompetentligining muammolari va ta'limni tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

O'qituvchining malakasi, bilim darajasi va pedagogik uslublari ta'lim jarayonida qanday

rol o'ynashi ko'rsatilib, ta'lim sifatini oshirish uchun zaruriy choralar taklif etiladi.

Kalit so’z

lar:

boshlang'ich sinf, o'qituvchi, kasbiy kompetentlik, ta'lim, pedagogika,

ta'lim sifatini oshirish.

Аннотация.

В данной статье анализируются проблемы профессиональной

компетентности учителей начальных классов и их значение в организации образования.

Рассматривается роль квалификации учителей, уровня знаний и педагогических

методов в образовательном процессе, предлагаются необходимые меры для повышения
качества образования.

Ключевые слова:

начальная школа

,

учитель

,

профессиональная компетентность

,

образование

,

педагогика

,

повышение качества образования

.

Annotation.

This article analyzes the issues related to the professional competencies of

primary school teachers and their significance in organizing education. It highlights the role of
teachers' qualifications, knowledge levels, and pedagogical methods in the educational process,
proposing necessary measures to improve the quality of education.

Keywords:

primary school, teacher, professional competence, education, pedagogy,

improving education quality.


Bugungi ta'lim tizimi o'zgaruvchan va rivojlanayotgan dunyoga moslashish jarayonida

yangi metodlarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta'limni samarali tashkil etish va o'quvchilarda
haqiqiy bilimni shakllantirish, ularni hayotga tayyorlash muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-

sentyabrdagi ‘‘Ta’lim tizimiga boshqaruvining yangi

tamoyillarini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida’’gi PQ

-3931-

son qarori, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-

apreldagi ‘‘O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini

2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi Farmoni, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017-yil fevraldagi PF-4947-

son ‘‘O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’’gi Farmoni asosida ko‘p sonli
o‘qituvchilar jamoalari oldiga har tomonlama bilimli, dunyoqarashi keng raqobatbardosh,

Vatan ravnaqi uchun hormay-

tolmay xizmat qila oladigan, buyuk Vatan yo‘lida o‘z jonini

ayamaydigan yoshlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli talabni qo‘ydi.[1]

Bunga erishish uchun o‘quvchilarni uzluksiz ta’lim bosqichlarida turli sohalar bo‘yicha

egallagan bilimlarini kundalik hayotda amaliy qo‘llashga o‘rgatish orqali ularda ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish kerak bo‘ladi. Ushbu talablar avvalo boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida
to‘la mujassam bo‘lishi lozim. Bu o‘qituvchida kasbiy kompotentlikni shakllantirish vazifasini
o‘rtaga qo‘yadi. Komponent yondashuv oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash nuqtai nazaridan

yangi pedagigik voqeilik sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

58

Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni

didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy elementi ‘‘bilim

-

ko‘nikma

-

malaka’’ni oltita birlik

-

‘‘bilim

-

ko‘nikma

-malaka-amaliy faoliyat tajribasi-kompetensiya-

kompetentlik’’ tarzida tahlil qilish talab etiladi.[2]

Shu nuqtai nazardan, muammoli ta'lim metodlari (problem-based learning, PBL)

o'quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va mustaqil ishlash kabi muhim
ko'nikmalarini rivojlantirishda alohida o'rin tutadi. Bu metod maktab ta'limini nafaqat ilmiy
jihatdan, balki shaxsiy va ijtimoiy jihatdan ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tezisda
muammoli ta'lim metodlarining mohiyati, afzalliklari va maktab ta'limiga qo'shayotgan hissasi
ko'rib chiqiladi.

I. Muammoli ta'lim metodlari: 1. Tushuncha va mohiyati: Muammoli ta'lim metodlari

o'quvchilarga aniq va real hayotdagi muammolarni hal qilishni o'rgatadi. Bu usulda o'quvchilar
amaliyotda qanday bilim va ko'nikmalarni qo'llashlarini o'rganadilar. Bunday yondashuvda
o'quvchi faqat o'zi uchun bilim olish bilan cheklanmay, balki jamoaviy ishda muvaffaqiyatga
erishish, muammoning turli tomonlarini ko'rib chiqish va eng yaxshi yechimni topishga harakat
qiladi. O'qituvchi o'quvchilarga muammo taqdim etadi va ularni yechishga yordam beradi, ammo
ularga to'g'ridanto'g'ri yechimni bermaydi.[1]

2. Muammoli ta'limning asosiy xususiyatlari: o Muammolarni tanlash va taqdim etish:
O'quvchilarga murakkab, hayotiy va haqiqiy muammolarni taqdim etish. Bular

o'quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko'nikmalarni ham oshirish imkonini beradi.
o Jamoaviy ishlash: O'quvchilar guruhlarda ishlashadi, bir-birlarining fikrlarini tinglashadi, o'z
nuqtai nazarlarini ifodalashadi va jamoaviy qarorlar qabul qilishadi. o Mustaqil va faol o'qish:

O'quvchilar o'zlari mustaqil ravishda mavzuni o'rganib, yechimlarni topish uchun kerakli

ma'lumotlarni izlashadi. o Refleksiya: O'quvchilar o'z faoliyatlarini va o'rganish jarayonini tahlil
qilib, o'zlarini va guruhni rivojlantirish uchun qanday strategiyalarni qo'llashlari mumkinligini
aniqlashadi.[2]

II. Muammoli ta'lim metodlarining maktab ta'limini rivojlantirishdagi ahamiyati: 1.
Tanqidiy fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish: Muammoli ta'lim

o'quvchilarni faqat faktlarni yodlash bilan cheklanmasdan, ularni tahlil qilish, baholash va
tanqidiy fikr yuritishga undaydi. O'quvchilar mavjud muammolarni yechish jarayonida turli
nuqtai nazarlarni o'rganadilar va har bir qarorni puxta o'ylab ko'radilar. Bu esa ularning fikrlash
qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.[5]

2. Mustaqil o'rganish va o'zini rivojlantirish: Muammoli ta'lim metodlari o'quvchilarda

mustaqil o'qish va o'zini rivojlantirish mahoratini shakllantiradi. O'quvchi o'z bilimi va
ko'nikmalarini amaliyotda qo'llash, yechim izlashda o'z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega
bo'ladi. Bu esa uning bilimini faqat passiv ravishda olishdan ko'ra, faol va tajribaga asoslangan
tarzda egallashga olib keladi. [5]

3. Jamoaviy ishlash va kommunikatsiya ko'nikmalarini oshirish: Muammoli ta'limda

o'quvchilar guruhlar shaklida ishlashadi, bu esa ularning jamoada samarali ishlash, fikrlarni
birlashtirish, konstruktiv munozara olib borish va o'zaro hurmatni o'rnatish kabi ko'nikmalarini
rivojlantiradi. O'quvchilar bir-birlari bilan o'zaro fikr almashish, yangi g'oyalar va yechimlarni
topishda hamkorlik qilishadi.[5]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

59

4. Motivatsiyani oshirish: O'quvchilar uchun muammo bilan ishlash, ularga nafaqat yangi

bilimlarni o'zlashtirish imkonini beradi, balki o'quv jarayoniga bo'lgan qiziqishlarini ham
oshiradi. Muammoni hal qilishda o'quvchilarning kreativligi va ijodiy yondashuvi
rag'batlantiriladi, bu esa ularning motivatsiyasini yanada kuchaytiradi.

III. Muammoli ta'lim metodlarining afzalliklari: 1. O'quvchilarda chuqur bilim hosil

qilish: Muammoli ta'lim usulida o'quvchi mavzu bo'yicha faqat nazariy bilimni emas, balki
amaliy bilimlarni ham egallaydi. O'quvchi muammoni hal qilishda bilimlarini real vaziyatga
qo'llaydi, bu esa uning bilimiga chuqur tushuncha beradi. 2. Kreativlik va innovatsion
yondashuvni rivojlantirish: Muammoli ta'lim o'quvchilarni yangicha fikrlashga, innovatsion
yondashuvlar topishga va muammolarni original tarzda yechishga undaydi. Bunday yondashuv
o'quvchilarni oddiy yechimlardan ko'ra, kompleks va zamonaviy yechimlar izlashga majbur
qiladi. 3. Kognitiv va ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish: Muammoli ta'lim metodlari
o'quvchilarni nafaqat bilim bilan, balki ijtimoiy ko'nikmalar bilan ham ta'minlaydi. Bu
ko'nikmalarni rivojlantirish o'quvchilarning kelajakdagi ijtimoiy va kasbiy muvaffaqiyatlariga
katta ta'sir ko'rsatadi.

IV. Muammoli ta'lim metodlarini maktab ta'lim tizimiga integratsiya qilish: 1.

Innovatsion ta'lim metodlarining ahamiyati: Maktab ta'limida innovatsion metodlarni, xususan,
muammoli ta'limni qo'llash o'quvchilarning zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishini
ta'minlaydi. Bu metod maktab tizimining yangilanishiga va global ta'lim standartlariga
moslashishiga yordam beradi.

2. Muammoli ta'lim metodlarini amaliyotga tatbiq etish: Muammoli ta'limni maktablarda

keng miqyosda tatbiq etish, o'quvchilarga amaliy mashqlar, laboratoriya ishlar va real hayotdagi
muammolarni yechish imkoniyatlarini beradi. Bu usul o'quvchilarning tajriba orqali o'rganishiga
imkon yaratadi, bu esa ularda amaliy ko'nikmalarni rivojlantiradi.[4]

Muammoli ta'lim metodlari maktab ta'limini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega.
Ushbu metod o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, kreativ yondashuv, jamoaviy ish va

mustaqil o'rganish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, u o'quvchilarga haqiqiy hayotdagi
muammolarni hal qilishda yordam beradi va kelajakda muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat yuritish
uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantiradi.

Maktab ta'limining samaradorligini oshirish va o'quvchilarning imkoniyatlarini

kengaytirish uchun muammoli ta'lim metodlarini keng qo'llash zarur. N.V.Kuzimina,

A.K.Markova, E.F.Zeer, V.A.Slastenin, T.F.Loshkova o‘qituvchining ‘‘kasbiy kompetentlik’’
haqida ko‘plab ishlarni amalga oshirganlar, B.A.Nazarova o‘zining ilmiy ishida D.Dyui,

U.Uoller, M.Mid, K.Yung, P.Sorokin, F.Znanetskiylarning falsafasida kasbiy kompetentlik

tushunchasiga shunday ta’rif berganliklarini ta’kidlaydi:‘‘Bu muhitga o‘rganish vositasi,
chunki kasb odamni unga to‘g‘rilaydi, odamning qiziqishlarini jamlaydi’’. A.P.Akimova kasbiy
kompetentliknishunday ta’riflaydi:‘‘O‘z faoliyatida kerak bo‘lgan yangiliklarning, bilimlarning
qobiliyatlarning yig‘indisi va atrof

-

muhit bilan o‘zaro to‘g‘ri kelishi’’.

A.K.Markova o‘qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi deb aytadi,

qachonki pedagogik faoliyatni, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajaga oshirsa,

yoshlarni o‘qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa bo‘ladi. Kompetentlik o‘qituvchi
o‘zining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini o‘z mehnatida qo‘llashni bilishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetenligini shakllantirish muammosini o‘rganish

ishiga bir qator ilmiy ishlar bag‘ishlangan. Biroq bu muammoning turli jihatlari va aspektlariga
olimlarning qiziqishlari kamaymayapti, bu esa uzluksiz ta’lim tizimining modernizatsiyalash

va rivojlantirishning hozirgi zamon bosqichida alohida ahamiyatga egaligidan va uning
dolzarbligidan guvohlik beradi. R.X.Tugeshev kompetensiya tushunchasini kasbiy mahorat
degan tushuncha bilan bir xil ekanligini qayd etsa, E.F.Zeer esa kasbiy kompetensiya va kasbiy

qobiliyat oliy darajadagi kasbiy mahoratni ta’minlaydi, degan fikrni olg‘a suradi.[3]

Ko‘pchilik olimlar kasbiy kompetensiya tarkibida umumlashgan shaxsiy sifatlarni har

qanday oliy ta’lim muassasini tamomlaganlari uchun o‘ta muhim ekanlgini qayd etadilar.

Ijtimoiykompetentlik

–ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga

egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.Maxsuskompetentlik–

kasbiy-

pedagogik faoliyatini tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal

qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu

kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ

kompetentlik ko‘zga tashlanadi.

Shaxsiy kompetentlik

–izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib

borish kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.Texnologik kompetentlik–

kasbiy-pedagogik

BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita,

texnika va texnalogiyalardan foydalanish.

Ekstremal kompetentlik

favqulotda vaziyatlar(tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan

chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish

malakasiga egalik.[5]

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu kompetensiyalarni amalga oshirishda quyidagi

xususiyatlarni ham o‘zida namoyon qilishi lozim:

1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi

zarur.

2.Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur

egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan

-

texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi.

3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan

-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har

daqiqasidan unumli foydalanishi zarur.

4.O‘qituvchi yaxshi kompotentli o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga

qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim.

5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot

va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.

6.O‘qituvchi pedagogik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik

kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning

tajribasi, mahoratibilanoshadi.

7.O‘qituvchi pedagogik kompetentligiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak,

chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.

8.Zamon talablaridan kelib chiqib innovatsion g‘oyalar bilan qurollangan bo‘lishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

Ayni shu kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun o‘qituvchidan doimiy

tarzda o‘z ustida ishlash o‘zini

-

o‘zi tahlil qilish va rivojlantirish talab etiladi.

Bunday qobiliyatlarning shakllanganligi o‘qituvchining o‘zini

-

o‘zi nazorat qilishida, o‘z

qadr-

qimmatinibilishida va pedagogik individual rivojlanish xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 29-

apreldagi ‘‘O‘zbekiston

Respublikasi ta’lim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida’’gi Farmoni

2.

M.X. To‘xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.:
O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y.

-400 bet.

3.

O‘.J. To‘ldoshev. Umumiy pedagogika. –

T.: “Fan va texnologiya”, 2017 y.

- 376 bet.

4.

R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –

T.: 2013 y. -279 bet.

5.

B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -

T.: «Sano

-

standart» nashriyoti, 2017 yil.

-416 bet.

6.

Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti.

T.:

“Fan va texnologiya”. 2019 y.

-296 bet.

7.

A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. –

T.:

Iqtisodmoliya, 2011 y. -420 bet.

8.

G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. O‘quv
qo‘llanma.

-

T.: “Noshir” 2011 y.

-140 bet.

9.

M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O‘quv
qo‘llanma. O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

-

T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011y.

-128 bet.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ‘‘O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi Farmoni

M.X. To‘xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.: O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.

O‘.J. To‘ldoshev. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2017 y. - 376 bet.

R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2013 y. -279 bet.

B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: “Fan va texnologiya”. 2019 y. -296 bet.

A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Iqtisodmoliya, 2011 y. -420 bet.

G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Noshir” 2011 y. -140 bet.

M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O‘quv qo‘llanma. O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011y. -128 bet.