239
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
MEKSIKADA VAKOLATLI IQTISODIY OPERATOR(VIO) DASTURINING
AHAMIYATI VA IMKONIYATLARI
Jumayev Asadbek Shukhrat o'g'li
JIDU, XIM fakulteti, Tashqi iqtisodiy faoliyat yo’nalishi magistranti.
+998-77-292-44-44.
jumayevasadbek3244@gmail.com
Ishmuradov Bahodir Sunnatovich
JIDU, Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi o`qituvchisi.
+9989-0-986-35-38.
ishmuradov@uwed.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15163852
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Meksikada vakolatli iqtisodiy operator (VIO) tizimining
ahamiyati, muammolari va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Meksika
xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan davlat sifatida bojxona nazoratini kuchaytirish va logistika
jarayonlarini soddalashtirish maqsadida VIO tizimini joriy qilgan. Maqolada VIO dasturining
amaliyotdagi holati, kichik va o‘rta korxonalar uchun mavjud to‘siqlar, byurokratik muammolar
yoritilgan. Muammoni hal qilish yo‘llari sifatida maqomini olish jarayonini raqamlashtirish,
imtiyozlar doirasini kengaytirish va xalqaro tan olish kelishuvlarini rivojlantirish taklif qilinadi.
Takliflar amalga oshirilganda, Meksikaning xalqaro savdodagi raqobatbardoshligi
oshishi, iqtisodiy samaradorlik ortishi va logistika tizimi yanada kuchayishi kutilmoqda.
Kalit so’zlar:
Vakolatli iqtisodiy operator, bojxona imtiyozlari, xalqaro savdo, logistika
tizimi, raqamlashtirish, Meksika, o‘zaro tan olish.
THE IMPORTANCE AND OPPORTUNITIES OF THE AUTHORIZED ECONOMIC
OPERATOR (AEO) PROGRAM IN MEXICO
Abstract.
This paper analyzes the significance, challenges, and improvement pathways of
the Authorized Economic Operator (AEO) program in Mexico. As a key participant in
international trade, Mexico has implemented the VIO framework to streamline customs
processes and enhance trade security. The article examines the current implementation of the
AEO program, identifies challenges for small and medium-sized enterprises (SMEs), and
outlines bureaucratic obstacles that hinder wider adoption. The study proposes digitalization of
the certification process, expansion of benefits, and enhancement of mutual recognition
agreements. If implemented, these measures are expected to improve Mexico’s competitiveness
in international trade, strengthen logistics networks, and increase economic efficiency.
Keywords:
Authorized economic operator, customs privileges, international trade,
logistics system, digitalization, Mexico, mutual recognition.
ЗНАЧЕНИЕ И ВОЗМОЖНОСТИ ПРОГРАММЫ УПОЛНОМОЧЕННОГО
ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОПЕРАТОРА (УЭО) В МЕКСИКЕ
240
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Аннотация
. В данной статье рассматривается значение, существующие
проблемы и пути совершенствования системы уполномоченных экономических
операторов (УЭО) в Мексике. Как одна из ключевых стран международной торговли,
Мексика внедрила данную систему с целью повышения эффективности таможенных
процедур и обеспечения безопасности. В статье анализируются текущие условия
реализации программы УЭО, выделяются барьеры для малого и среднего бизнеса, а
также бюрократические сложности. В качестве решений предлагаются цифровизация
процедур, расширение преференций и развитие соглашений о взаимном признании.
Реализация данных предложений предполагает повышение конкурентоспособности
Мексики в мировой торговле, улучшение логистики и увеличение экономической
эффективности.
Ключевые слова:
Уполномоченный экономический оператор, таможенные
льготы, международная торговля, логистическая система, цифровизация, Мексика,
взаимное признание.
Kirish
. Meksika xalqaro savdo jarayonida strategik pozitsiyaga ega bo‘lgan davlatlardan
biri bo‘lib, Shimoliy va Janubiy Amerika o‘rtasidagi asosiy tranzit va logistika markazi
hisoblanadi. Aholi sonining ko‘pligi, rivojlangan infratuzilma va AQSh bilan yaqin savdo
aloqalari tufayli Meksika global yetkazib berish zanjirlarida muhim o‘rin tutadi. Shu bois, savdo
xavfsizligi va tezkor bojxona rasmiylashtiruvi mamlakat iqtisodiy siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylangan
1
.
Vakolatli iqtisodiy operator (VIO) dasturi xalqaro savdo xavfsizligini ta’minlash va
bojxona nazoratini soddalashtirish maqsadida Jahon bojxona tashkiloti (WCO) tomonidan 2005-
yilda tavsiya etilgan
2
. Meksika bu dasturni 2011-yildan boshlab joriy qila boshlagan
3
. VIO
dasturining konsepsiyasi xalqaro miqyosda ishonchli korxonalarni aniqlash va ularga bojxona
sohasida soddalashtirilgan tartiblar berishga asoslangan bo‘lib, bu orqali global savdo zanjiri
xavfsizligi ta’minlanadi.
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar (masalan, Arvizu, 2017; González et al., 2019;
Castañeda, 2021) VIO maqomini olgan kompaniyalar eksport-import operatsiyalarida vaqt va
xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirganini ko‘rsatmoqda
4
.
1
UNCTAD, 2022,
Trade Facilitation and Customs Procedures in Mexico
2
WCO, 2023,
Authorized Economic Operator (AEO) Programmes
3
SAT Mexico, 2023,
Programa Operador Económico Autorizado
4
Journal of International Trade & Customs Studies
241
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Shu bilan birga, dasturga kirishda yuzaga kelayotgan byurokratik to‘siqlar, ariza
berishdagi murakkabliklar va kichik biznes uchun nomutanosib talablar kabi omillar tizimning
to‘liq samara berishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, VIO tizimining Meksika iqtisodiyotiga ta’siri hali
yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan. Xususan, kichik va o‘rta korxonalarni ushbu tizimga jalb
qilishdagi muammolar, texnologik va institutsional cheklovlar, shuningdek, xalqaro tan
olinuvchanlik darajasi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mazkur ilmiy maqolaning maqsadi — Meksikadagi VIO dasturining dolzarbligi,
samaradorlik darajasi, amaliy muammolari va takomillashtirish istiqbollarini tahlil qilishdan
iborat.
Maqolaning vazifalari quyidagilardan iborat:
VIO dasturining tarixiy rivojlanishini ko‘rsatish;
Meksikadagi VIO tizimining amaliy holatini baholash;
VIO maqomi olishdagi to‘siqlarni tahlil qilish;
Ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Xalqaro tajribani taqqoslash asosida takomillashtirish yo‘llarini belgilash.
Tadqiqot materiali sifatida Meksika bojxona xizmatining rasmiy hisobotlari, xalqaro
tashkilotlar (WCO, UNCTAD, WTO) tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlar, ilmiy
maqolalar va sohaning dolzarb holatini aks ettiruvchi manbalar asos bo‘ldi.
Shu sababli, mazkur maqola Meksikadagi VIO dasturining dolzarbligi, mavjud
muammolari va ushbu muammolarni hal qilish yo‘llarini tahlil qilishga qaratilgan.
VIO dasturining tarixiy rivojlanishi.
VIO (Authorized Economic Operator) dasturining
ildizlari 2005-yilga borib taqaladi. Ushbu yilda Jahon bojxona tashkiloti (World Customs
Organization – WCO) tomonidan SAFE Framework of Standards hujjati qabul qilingan bo‘lib,
bu global savdo zanjiri xavfsizligini ta’minlash va bojxona tartiblarini soddalashtirishga
qaratilgan edi
5
. VIO dasturi ushbu hujjatning asosiy elementlaridan biri sifatida shakllantirilgan.
Meksika ushbu tashabbusga ijobiy munosabat bildirgan va 2011-yildan boshlab o‘z
milliy VIO dasturini rasmiy ravishda ishga tushirgan. Mazkur dastur Meksika bojxona
xizmatining (Servicio de Administración Tributaria – SAT) doirasida amalga oshirilib, dastlab
yirik eksportyor va importyor kompaniyalarga yo‘naltirilgan edi
6
.
5
World Customs Organization (WCO). (2023).
Authorized Economic Operator (AEO) Programmes
. Retrieved
6
SAT Mexico. (2023).
Programa Operador Económico Autorizado (OEA)
242
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
7
2018–2023 yillar oralig‘ida Meksikada vakolatli iqtisodiy operator (VIO) maqomini
olgan kompaniyalar soni 150 tadan 390 tagacha oshgan. Bu o‘sish tendensiyasi VIO tizimining
mamlakat ichida tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatadi.
Bu davr ichida bir necha muhim omillar VIO dasturiga ishtirokchilar sonining ortishiga
ta’sir qilgan:
SAT tomonidan raqamlashtirish islohotlari (arizalarni onlayn topshirish, real vaqtli
monitoring);
Xalqaro tan olish kelishuvlari (MRA) sonining ortishi;
Bojxona soddalashtirish choralari va ishonchli korxonalarga imtiyozlar berilishi.
Shuningdek, 2020-yildan keyin COVID-19 pandemiyasi savdo zanjirlariga xavf
tug‘dirgani sababli ko‘plab kompaniyalar VIO maqomini olish orqali bojxona tartiblarida
barqarorlik va ustuvorlikka erishishni maqsad qilgan. Bu ham korxona sonining keskin o‘sishiga
sabab bo‘lgan.
8
7
SAT Mexico. (2023).
Estadísticas del Programa OEA
. Servicio de Administración Tributaria. Retrieved from:
243
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
VIO (Vakolatli iqtisodiy operator) dasturidan foydalanuvchi kompaniyalar tarkibini
sohaga qarab tahlil qilish orqali ushbu tizimning qaysi iqtisodiy tarmoqlarda kengroq joriy
etilayotgani aniqlanadi.
Ushbu taqsimot shuni ko‘rsatadiki, VIO dasturidan eng ko‘p foydalanayotganlar —
logistika va tashqi savdo bilan bog‘liq korxonalar. Chunki ular bojxona orqali uzluksiz harakat
qiluvchi tovarlar bilan ishlaydi va soddalashtirilgan tartiblar ularning operatsion samaradorligiga
bevosita ta’sir qiladi. VIO tizimining ishlab chiqarish sektorida qo‘llanilishi ham ortib
bormoqda, ayniqsa avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat kabi tarmoqlarda, bu esa
global yetkazib berish zanjirlariga ishonchli integratsiyani ta’minlaydi.
Shuningdek, bojxona brokerlari va servis firmalarining VIO tizimida ishtiroki ushbu
tizimning xizmatlar sektorida ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda Meksika hukumati VIO dasturining qamrovini kengaytirish, uni kichik
va o‘rta biznes subyektlariga moslashtirish, shuningdek xalqaro tan olinuvchanligini ta’minlash
maqsadida turli islohotlar o‘tkazgan
9
. VIO dasturining xalqaro savdodagi o‘rni, ayniqsa, AQSh,
Kanada va Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan o‘zaro tan olish bitimlari orqali mustahkamlangan. Bu
esa Meksikaga raqobatbardosh bojxona siyosati yuritishda muhim ustunlik bergan.
Meksikada VIO ta’riflari.
Tizim SAFE Framework of Standards (WCO) talablariga
to‘liq moslashtirilgan va ishtirokchi kompaniyalar uchun 5 xil toifadagi guvohnomalarni taklif
qiladi. Bu toifalar kompaniyaning faoliyat yo‘nalishi va tashqi savdodagi ishtirok shakliga qarab
belgilanadi.
1. VIO – Importyorlar va eksportyorlar uchun
Bu asosiy toifa bo‘lib, Meksika bojxonasining eng ko‘p beradigan guvohnomasi
hisoblanadi.
Kompaniyaning xavfsizlik siyosati, moliyaviy barqarorligi, bojxona qonunchiligiga rioya
qilganligi va ichki audit tizimi asosida baholanadi.
Imtiyozlar: bojxona rasmiylashtiruvida ustuvor xizmat, kamroq tekshiruv, tezlashtirilgan
tranzit, import/eksport rejimlarida soddalashtirishlar.
2. VIO – Bojxona vakillari (Agentes Aduanales) uchun
10
Bojxona brokerlari (yuridik yoki jismoniy shaxslar) ushbu toifaga murojaat qiladi.
Ular ishonchli vositachi sifatida bojxona nomidan hujjatlarni rasmiylashtirishda
qatnashadi.
8
SAT Mexico. (2023).
Distribución sectorial de las empresas con certificación OEA
. Servicio de Administración
Tributaria. Retrieved from:
9
UNCTAD. (2022).
Trade Facilitation and Customs Procedures in Mexico
. Retrieved from
10
https://www.gob.mx/cms/uploads/attachment/file/678716/Tercera_Etapa.pdf
244
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Imtiyozlar: avtomatlashtirilgan bojxona tizimidan foydalanish, ishonchli vositachi
maqomi, mijozlar uchun ustuvor xizmat.
3. VIO – Yuk tashuvchilar (Transportistas) uchun
Yuk tashuvchi kompaniyalar uchun mo‘ljallangan (yer, havo, dengiz transporti).
Xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratiladi: GPS kuzatuv, kirish-chiqish nazorati,
xodimlarni tekshirish.
Imtiyozlar: yuk tranzitida xavfsizlik tekshiruvlari qisqaradi, bojxona yo‘llarida tezroq
o‘tish imkoniyati.
4. VIO – Maxsus bojxona hududlari va ombor operatorlari uchun
“Recintos fiscalizados” deb ataluvchi maxsus ruxsatga ega ombor va bojxona hududlarini
boshqaruvchilar uchun.
Ular import va eksport tovarlari uchun vaqtincha saqlash, qayta ishlash yoki
rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Imtiyozlar: yuklar bojxona tekshiruviga kamroq duch keladi, bojxona nazorati
avtomatlash-tirilgan tizim orqali yuritiladi.
5. VIO – Xalqaro tan olingan (OEA Reconocido Internacionalmente) operatorlar uchun
Bu toifadagi kompaniyalar Meksikaning imzolagan MRA (Mutual Recognition
Agreements) doirasida boshqa davlatlarda ham VIO maqomida tan olinadi.
Hozirda Meksika quyidagi davlatlar bilan MRA imzolagan: AQSh (C-TPAT dasturi),
Kanada, Yaponiya, Kolumbiya, Koreya.
Bu maqom kompaniyaga xalqaro tranzitda, chet el bojxonasida ham soddalashtirilgan
tartiblar kafolatlaydi.
11
Meksikadagi VIO tizimining amaliy holati.
Meksikada VIO tizimi SAT (Servicio de
Administración Tributaria) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib 400 dan ortiq
kompaniya VIO maqomini olgan va dastur doirasida faoliyat yuritmoqda. VIO maqomi berilgan
korxonalar orasida eksportyorlar, importyorlar, logistika firmalari, bojxona brokerlari va ishlab
chiqaruvchilar mavjud.
Amaliyotda
ushbu
korxonalar
bojxona
rasmiylashtiruvining
soddalashtirilgan
tartiblaridan, xavfsizlik tekshiruvlarining kamaytirilgan hajmidan va tezlashtirilgan tranzit
jarayonlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. VIO maqomi kompaniyalar uchun vaqt va
xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Misol uchun, SAT hisobotlariga ko‘ra, VIO
maqomiga ega bo‘lgan kompaniyalarda bojxona yuk tekshiruvlari 30–40% kamroq hollarda
amalga oshiriladi.
11
SAT Mexico. (2023).
Lineamientos del Programa OEA
. Retrieved from:
245
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Biroq, tizimda haligacha bir qator cheklovlar mavjud. Kichik va o‘rta biznes uchun
talablarning yuqoriligi, ma’lumotlar topshirishdagi murakkablik, va baholash mezonlarining
sub’ektivligi ushbu segment uchun ishtirokni qiyinlashtirmoqda
12
. Shu bilan birga, ba’zi
kompaniyalar o‘z VIO maqomini yangilashda byurokratik kechikishlarga duch kelmoqdalar, bu
esa tizimning barqarorligini pasaytirishi mumkin.
Xalqaro hamkorlik masalasida esa Meksika AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa
Ittifoqi bilan o‘zaro tan olish bitimlarini imzolagan. Bu esa VIO maqomiga ega bo‘lgan Meksika
korxonalariga chet ellik bojxona organlari tomonidan ham ishonch bilan munosabatda bo‘lish
imkonini beradi.
VIO maqomini olishdagi asosiy to‘siqlar.
VIO maqomini olish jarayoni ko‘plab
korxonalar, ayniqsa kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun murakkab va resurs talab qiluvchi
hisoblanadi. Meksikada olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kompaniyalar bu tizimga
kirishda bir necha asosiy to‘siqlarga duch kelmoqda.
3-rasm. VIO maqomini olishdagi asosiy to’siqlar (Meksika misolida)
Byurokratik jarayonlar. Ariza topshirish, tekshirish, hujjat yig‘ish va baholash bosqichlari
uzoq vaqt talab qiladi va har bir bosqichda ortiqcha ma’muriy to‘siqlar mavjud
13
.
Yuqori xarjatlar. VIO maqomini olish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlash, xavfsizlik auditi
va boshqa texnik talablar ko‘plab kompaniyalar uchun moliyaviy jihatdan og‘irlik qiladi.
Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari ushbu xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Quyida
asosiy xarajat turlari keltirilgan:
12
rvizu, L. (2017).
Evaluación de obstáculos para PYMEs dentro del programa OEA
13
UNCTAD. (2022).
Cost of compliance in trade facilitation reforms
. Retrieved from:
246
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Xavfsizlik auditi va texnik tayyorgarlik: tashqi konsalting xizmatlari va ichki xavfsizlik
auditlari uchun xarajatlar odatda $3,000 – $10,000 USD oralig‘ida bo‘ladi.
Ichki nazorat tizimlarini joriy qilish: elektron boshqaruv tizimlari, xavfsizlik protokollari
va logistika nazoratini tashkil etish uchun $5,000 – $15,000 USD sarflanishi mumkin.
Xodimlar uchun trening va malaka oshirish: bojxona, xavfsizlik va tashqi savdo bo‘yicha
o‘quv dasturlari uchun $500 – $2,000 USD ajratiladi.
Konsalting va hujjat tayyorlash xizmatlari: VIO arizasi va hujjatlari bilan ishlashda
yuridik yordamga ehtiyoj tug‘iladi. Bular uchun $2,000 – $8,000 USD atrofida to‘lov qilinadi.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish narxi: SAT Meksika rasmiy bojxona xizmatining o‘zi VIO
maqomini berishda bevosita to‘lov olmaydi. Ya’ni, bu davlat tomonidan bepul xizmat
hisoblanadi. Biroq yuqoridagi barcha tayyorgarlik xarajatlari kompaniyaning o‘z zimmasida
bo‘ladi
14
.
Texnik talablar. Talablar ko‘p hollarda yirik kompaniyalarga moslangan bo‘lib, kichik
biznes imkoniyatlari e’tiborga olinmagan. Natijada, VIO dasturida ularning ishtiroki nihoyatda
past bo‘lmoqda³. VIO maqomini olish uchun korxonalar quyidagi mezonlar va talablarni
bajargan bo‘lishi zarur. Bu talablar Servicio de Administración Tributaria (SAT) tomonidan
belgilanadi va “OEA Lineamientos Generales” hujjatida batafsil yoritilgan:
1.
Yuridik maqomga ega bo‘lish: Ariza beruvchi kompaniya qonuniy ravishda ro‘yxatdan
o‘tgan va faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak.
2.
Savdo faoliyati tajribasi: So‘nggi kamida 3 yil davomida tashqi iqtisodiy faoliyat (import,
eksport, logistika) bilan shug‘ullangan bo‘lishi lozim.
3.
Moliyaviy barqarorlik: Soliq qarzlari mavjud bo‘lmasligi va hisobotlarda moliyaviy
sog‘lomlikni tasdiqlovchi hujjatlar.
4.
Ichki nazorat tizimi: Kompaniyada tovar harakati, bojxona hujjatlari, xavfsizlik
protokollari va ma’lumotlarni kuzatib borish tizimi mavjud bo‘lishi zarur.
5.
Xavfsizlik talablari: Tashqi va ichki xavfsizlik choralariga rioya qilish (fizik xavfsizlik,
xodimlar nazorati, transport vositalari xavfsizligi, hujjatlar yaxlitligi va h.k.) hamda xavfsizlik
bo‘yicha auditdan muvaffaqiyatli o‘tish.
6.
Bojxona qonunchiligiga rioya qilganlik: So‘nggi yillarda bojxona qoidabuzarliklari
aniqlanmagan bo‘lishi.
7.
Elektron boshqaruv tizimlaridan foydalanish: Bojxona operatsiyalari elektron shaklda
yuritilishi, e-hujjatlar bilan ishlash amaliyoti mavjud bo‘lishi.
8.
Trening va xodimlar tayyorgarligi: Xodimlar bojxona, xavfsizlik va tashqi savdo
jarayonlari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lishi kerak.
14
Castañeda, J. (2021).
Avances del programa OEA en México
. Revista Comercio Global.
247
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
9.
Tashrif va auditga tayyorgarlik: SAT tomonidan amalga oshiriladigan joyidagi auditlarga
to‘liq tayyor holatda bo‘lish
15
.
Ma’lumot yetishmasligi. Kompaniyalar o‘rtasida tizim haqida yetarli axborot yo‘qligi
sababli ular VIO dasturining afzalliklari va qanday ishlash mexanizmlarini tushunmaydi. Bu esa
dasturga ishtirok etish istagini pasaytiradi.
Taklif va tavsiyalar.
Meksika VIO dasturining samaradorligini oshirish uchun kompleks
va institutsional yondashuv talab etiladi. Avvalo, sertifikatlash jarayonining soddalashtirilishi
zarur. Meksikadagi VIO dasturini isloh qilish bo‘yicha ilmiy manbalar va xalqaro tajriba asosida
quyidagi takliflarni aytib o’tishimiz mumkin:
VIO-light modeli joriy etish – Kichik va o‘rta korxonalar uchun soddalashtirilgan VIO
variantini ishlab chiqish taklif etiladi. Ushbu modelda talablar va audit bosqichlari yirik
kompaniyalar darajasidan biroz yengillashtirilgan bo‘ladi, ammo asosiy xavfsizlik va
ishonchlilik me’zonlariga to‘liq rioya qilinadi. Braziliya, Janubiy Koreya va Indoneziya tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, ushbu yondashuv orqali kichik bizneslar VIO dasturiga faolroq jalb etilgan
(UNCTAD, 2022). Bunday yondashuv Meksikadagi VIO qamrovini sezilarli darajada oshiradi
16
.
Raqamlashtirish va avtomatlashtirish – VIO maqomini olishda raqamli platformalarning
joriy etilishi korxonalarga ancha qulaylik yaratadi. Elektron ariza topshirish, real vaqt rejimida
hujjatlarni kuzatish, onlayn monitoring, xavfsizlikni baholash uchun elektron dasturlar VIO
tizimini shaffof va tezkor qiladi. WCO'ning 2023-yildagi tavsiyalariga ko‘ra, digitalizatsiya VIO
ishtirokchilarining sonini 30% gacha oshirishi mumkin. Bu Meksikada byurokratik to‘siqlarni
kamaytiradi va korxonalar orasida ishonchni mustahkamlaydi
17
.
Qamrovli o‘quv dasturlari – VIO tizimining samarali ishlashi uchun korxonalar
xodimlarining yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi muhim. Shu sababli, SAT tomonidan
maxsus o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etilishi lozim. Bu kurslar bojxona tartiblari,
xavfsizlik mezonlari, xalqaro savdo hujjatlari bo‘yicha bo‘lishi va davlat-xususiy sektor
hamkorligida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu tadbirlar orqali tizim haqida xabardorlik ortadi va
ishtirokchilarning sifati oshadi.
Davlat tomonidan moliyaviy yordam – VIO tizimiga kirish bilan bog‘liq xarajatlar,
ayniqsa kichik korxonalar uchun jiddiy to‘siqdir. Shu sababli, ularni rag‘batlantirish uchun
subsidiya, soliq imtiyozlari, kreditlar yoki grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish zarur.
15
SAT Mexico. (2023).
Lineamientos del programa Operador Económico Autorizado (OEA)
. Servicio de
Administración Tributaria. Retrieved from:
16
UNCTAD. (2022).
AEO programs for SMEs: Best practices from Latin America and Asia
.
17
World Customs Organization. (2023).
Digital Customs and the Future of Trade
.
248
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bunday choralar orqali davlat kichik biznesning global savdoga kirishini qo‘llab-
quvvatlaydi, bu esa iqtisodiy inkluzivlikni oshiradi
18
.
Xalqaro integratsiyani kengaytirish – Meksika VIO dasturining xalqaro darajada e’tirof
etilishi uchun yangi o‘zaro tan olish (MRA) kelishuvlari zarur. Ayni paytda Meksika AQSh,
Kanada va Yevropa Ittifoqi bilan bunday bitimlarga ega bo‘lsa-da, bu doirani kengaytirish orqali
kompaniyalar ko‘proq davlatlarda imtiyozlardan foydalana oladi. Bu esa global
raqobatbardoshlikni oshirish bilan birga, eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro tajribani taqqoslash asosida takomillashtirish yo‘llarini belgilash.
VIO
dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tajribalari dunyoning bir qator rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarida kuzatilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Janubiy Koreya,
Braziliya va Singapur VIO tizimlarini samarali joriy etib, bojxona soddalashtirish va savdo
xavfsizligini bir vaqtda ta’minlashga erishgan.
🔹
Yevropa Ittifoqi – VIO tizimi huquqiy mustahkamlash orqali yagona bojxona maydoni
bo‘yicha tan olinadi. VIO maqomi bojxona qonunchiligiga to‘liq rioya etgan ishonchli
korxonalarga beriladi. Bu mintaqaviy integratsiya orqali savdo oqimini soddalashtirishga xizmat
qiladi
19
.
🔹
AQSh – Customs-Trade Partnership Against Terrorism (C-TPAT) dasturi VIO
tamoyillariga asoslangan bo‘lib, xavfsizlikka asosiy e’tibor qaratadi. Ushbu dasturda
korxonalarning xavfsizlik tahlili va auditlariga alohida urg‘u beriladi
20
.
🔹
Janubiy Koreya – bu davlatda VIO tizimi raqamlashtirilgan va real vaqtli monitoring
tizimlari asosida ishlaydi. Kichik va o‘rta korxonalar uchun VIO-light modeli joriy qilingan
bo‘lib, bu ishtirokchilar sonini keskin oshirgan
21
.
🔹
Braziliya – “Programa OEA” modeli bosqichma-bosqich joriy etilgan bo‘lib,
kompaniyalarga xavfsizlik, bojxona tartibiga rioya qilish va savdo samaradorligi mezonlari
asosida baho beriladi. Ular uchun modul asosidagi baholash joriy qilingan
22
.
🔹
Singapur – Singapur bojxona xizmati VIO dasturini xalqaro savdo infratuzilmasi bilan
integratsiyalagan. Sertifikatlangan korxonalar elektron bojxona kanallari orqali soddalashtirilgan
tartibdan foydalanadi
23
.
18
SAT Mexico. (2023).
Política de estímulos fiscales para PYMEs en comercio exterior
.
19
European Commission. (2022).
EU Authorised Economic Operator Guidelines
20
U.S. Customs and Border Protection (CBP). (2023).
Customs-Trade Partnership Against Terrorism (C-TPAT)
.
21
Korea Customs Service. (2022).
Korea AEO Program Overview
22
Receita Federal do Brasil. (2021).
Programa OEA Brasil
. Retrieved from
https://www.gov.br/receitafederal
249
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Xulosa.
Meksikadagi vakolatli iqtisodiy operator (VIO) dasturi xalqaro savdo
xavfsizligini ta’minlash, bojxona tartiblarini soddalashtirish va ishonchli korxonalarni
rag‘batlantirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan muhim institutsional
mexanizmdir. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, VIO dasturi Meksika bojxona
siyosatining markaziy yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, korxonalar sonining izchil ortib
borayotgani va qamrov doirasining kengayishi bu tizimga bo‘lgan ishonchning ortib
borayotganidan dalolat beradi. Tahlil davomida aniqlanishicha, dasturdan asosan tashqi savdo,
logistika, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar
foydalanmoqda. Bu esa VIO tizimining global savdo zanjirlariga integratsiyalashishdagi o‘rni va
ahamiyatini tasdiqlaydi. Xalqaro tajriba (Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Braziliya,
Singapur) shuni ko‘rsatadiki, VIO dasturining muvaffaqiyati nafaqat qonunchilik, balki
institutsional moslashuvchanlik, texnologik innovatsiyalar va xususiy sektor bilan samarali
hamkorlikka bog‘liq.
Shunday qilib, VIO dasturining Meksikadagi samaradorligini oshirish uchun ilg‘or
tajribalarni hisobga olgan holda, tizimli, bosqichma-bosqich va inklyuziv yondashuv muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola doirasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar
amaliyotga tatbiq etilgan taqdirda, Meksikaning xalqaro savdodagi raqobatbardoshligi, bojxona
samaradorligi va iqtisodiy barqarorligi sezilarli darajada ortadi.
REFERENCES
1.
Arvizu, L. (2017).
Evaluación de obstáculos para PYMEs dentro del programa OEA
.
Journal of International Trade & Customs Studies
.
2.
Castañeda, J. (2021).
Avances del programa OEA en México y su reconocimiento
internacional
.
Revista Comercio Global
.
3.
European Commission. (2022).
EU Authorised Economic Operator Guidelines
. Retrieved
https://taxation-customs.ec.europa.eu
4.
Korea Customs Service. (2022).
Korea VIO Program Overview
. Retrieved from:
5.
Receita Federal do Brasil. (2021).
Programa OEA Brasil
. Retrieved from:
https://www.gov.br/receitafederal
6.
SAT Mexico. (2023).
Programa Operador Económico Autorizado (OEA)
. Retrieved
23
Singapore Customs. (2022).
Secure Trade Partnership (STP) – Singapore’s AEO Programme
. Retrieved from
250
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
7.
SAT Mexico. (2023).
Reporte anual del programa OEA
. Servicio de Administración
8.
SAT Mexico. (2023).
Lineamientos del Programa OEA
. Retrieved from:
9.
SAT Mexico. (2023).
Distribución sectorial de las empresas con certificación OEA
.
10.
Singapore Customs. (2022).
Secure Trade Partnership (STP) – Singapore’s VIO
Programme
11.
UNCTAD. (2022).
Trade Facilitation and Customs Procedures in Mexico
. Retrieved
12.
UNCTAD. (2022).
Cost of compliance in trade facilitation reforms
. Retrieved from:
13.
UNCTAD. (2022).
Digital Trade Facilitation and VIO Impact Studies: Mexico
.
14.
UNCTAD. (2022).
VIO programs for SMEs: Best practices from Latin America and
Asia
15.
U.S. Customs and Border Protection (CBP). (2023).
Customs-Trade Partnership Against
Terrorism (C-TPAT)
16.
World Customs Organization (WCO). (2023).
Authorized Economic Operator (VIO)
Programmes
. Retrieved from:
17.
World Customs Organization (WCO). (2023).
Mutual Recognition Arrangements in Latin
America
. Retrieved from:
18.
World Customs Organization (WCO). (2023).
Digital Customs and the Future of Trade
.
19.
World Customs Organization (WCO). (2023).
Mutual Recognition Arrangements and
Global Trade
