Authors

  • Zamira Abdialimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136384

Abstract

Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi nefrologiya bo’limida 2023-2025 yillarda O’tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan stasionar davo maqsadida tashrif buyurgan 210 ta bolalar orasida 12 (5.7%) bolalar Escherichia coli qo’zg’atuvchi diareyadan keyin paydo bo’lgan Gemolitiko-uremik sindrom bilan kasallangan. Bemorlarda kompleks klinik-laborator, instrumental tekshiruv usullari o’tkazildi.

background image


Sentabr, 2025-Yil

87

GEMOLITIKO-UREMIK SINDROM: TURLARI, SABABLARI, SIMPTOMLARI,

DIAGNOSTIKA

Abdialimova Zamira Asomiddin qizi

Bolalar Milliy Tibbiy Markazi klinik Ordinatori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17114014

Dolzarbligi:

Gemolitiko-uremik sindrom bolalarda o’tkir buyrak yetishmovchiligiga olib

keladigan asosiy sabablardan biridir. U belgilar triadasi: Gemolitik anemiya (shizositlar),
Trombositopeniya va o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.

Kasallikning kelib chiqish etiologik faktorlari turli xil:
a) 90-95% hollarda bolalarda Escherichia coli qo’zg’atuvchi diareyadan keyin paydo

bo’luvchi va organizmda Shigatoxinе ishlab chiqaruvchi Gemolitiko-uremik sindrom

b) Atipik Gemolitiko-uremik sindrom kam hollarda uchrovchi(10% hollarda) va komplement

aktivlashtiruvchi oqsillar anomaliyasiga olib keluvchi turi.

Maqsad.

Bolalarda turli etiologik gemolitiko-uremik sindom paydo bo’lish chastotasi va natijalarni

tahlil qilish

.

Materiallar va usullar

. Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi nefrologiya bo’limida 2023-2025

yillarda O’tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan stasionar davo maqsadida tashrif buyurgan
210 ta bolalar orasida 12 (5.7%) bolalar Escherichia coli qo’zg’atuvchi diareyadan keyin paydo
bo’lgan Gemolitiko-uremik sindrom bilan kasallangan. Bemorlarda kompleks klinik-laborator,
instrumental tekshiruv usullari o’tkazildi.

Natijalar

. Ko’pchilik holatlarda Gemolitiko-uremik sindrom erta bolalik davrida uchraydi.

Ularning barchasini 4yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil qildi. Bemorlarning 90-92%ida

diareya, hamda 30-60% hollat larda qusish, qorinda og’riq kuzatildi. 70% bemorlarda 1-2
kundan so’ng axlatida qon aniqlandi.

Gemolitik anemiya: qonda gemoglobin miqdorining <80 g/l dan kamligi; 70% bemorlar qon

transfuziyasiga muhtojligi aniqlandi.

Trombositopeniya: (taxminan 50000-70000 /mm3)

Leykositoz 20000 /mm3

O’tkir buyrak yetishmovchiligi : qonda mochevina, kreatinin miqdorining yuqoriligi 10% holatlarda

kuzatildi.

Taxminan 50% bemorlarda oligouriya, anuriya kuzatilib, dializga muhtojligi aniqlandi.

Markaziy nerv sistemasining zararlanishi 20% bolalarda kuzatildi. Asosiy simptomlar:

generallashgan talvasa, es-hushning buzilishi kuzatildi.

10% hollarda Me’daosti bezining shishi Ultratovush tekshiruvida aniqlanib, qon tahlillarda amilaza

va lipaza miqdorining oshishi kuzatildi.

Davolash taktikasi o’z ichiga suv-elektrolit balansini korreksiyalash, qon quyish, parhez, dializ,

spesifik terapiya: geparin, antiagregantlar, steroidlar ni o’z ichiga oldi

Xulosa

. Olingan natijalardan shuni aytish mumkinki, bolalarda uchrovchi gemolitiko-uremik

sindrom kelib chiqish etiologik faktoriga qarab ko’pchilik holatlarda ijobiy prognozlandi.