Authors

  • Mirvohid Yaxshiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136514

Keywords:

Mulk huquqi himoya qilish usullari vindikatsion da’vo negator da’vo mulkni qaytarish huquqbuzarlikni bartaraf etish sud amaliyoti.

Abstract

Ushbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi. Mulk huquqi buzilganda uni tiklash, to‘xtatish va kelgusida oldini olishning samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda himoya qilish usullari, shaxsiy va mulkiy manfaatlarning huquqiy kafolatlari yoritiladi.

background image

221

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

MULK HUQUQINI HIMOYA QILISHNING FUQAROLIK HUQUQIY USULLARI:

VINDIKATSION VA NEGATOR DA’VO

Yaxshiboyev Mirvohid Gulboy o’g’li

O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Yurisprudensiya:biznes huquqi yo’nalishi 4

-bosqich talabasi.

Tel:+99893-060-03-16

e-mail:

yaxshiboyevmirvohid@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17122822

Annotatsiya

. Ushbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy

asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba

tahlil qilinadi. Mulk huquqi buzilganda uni tiklash, to‘xtatish va kelgusida oldini olishning
samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda himoya

qilish usullari, shaxsiy va mulkiy manfaatlarning huquqiy kafolatlari yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Mulk huquqi, himoya qilish usullari, vindikatsion da’vo, negator da’vo,

mulkni qaytarish, huquqbuzarlikni bartaraf etish, sud amaliyoti.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor mulkiga o’z

xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor faqat qonunda
nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini
mahrum etishga hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar

bo’ladiki, mulkdorning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu holatda mulkdor yoki
mulkdor bo’lmagan ega mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan
foydalangan holda o’z buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi.

Mulk huquqi himoya

etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli

huquq normalari orqali mulkdorning mulkka bo’lgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi.

Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina mulkidan

mahrum etilishi mumkin.

Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik - huquqiy himoya qilish deganda

bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini

tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yig’indisi

tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar

huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 8

-moddasiga asosan xususiy mulk huquqini

himoya qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

xususiy mulk huquqini tan olish;
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini

buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining

hujjatini haqiqiy emas deb topish;

xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

zararning o‘rnini qoplash;

neustoyka undirish;

ma’naviy ziyonni qoplash;


background image

222

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini

ta’minlash;

davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining

qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

mol-

mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini,

o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Xususiy mulk huquqini himoya qilish boshqa usullar bilan ham muhofaza qilinishi

mumkin.

1

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi

Qonunning 3-bobi mulkdorlar huquqlarining kafolatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda undiruvni
mol-mulkka qaratish yo'li bilan mol-mulk olib qo'yilayotganda mulkdor huquqlarining
kafolatlari, mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda
uning huquqlari kafolatlari, qonunga muvofiq o'ziga tegishli bo'lolmaydigan mol-mulkka bo'lgan
mulk huqugi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari, mulk huquqi mulkdorning
mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquglari
kafolatlari, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish,
mulkdorning huquglarini egalik gilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan

huquqbuzarliklardan himoya qilish, xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor bo’lishi

oqibatlari, xususiy mulk munosabatlarini tartib ga soluvchi qonun hujjati qabul qilingandagi
kafolatlar, mol-mulkni xususiylashtirish natijalarining qayta ko'rib chiqilishi va bekor qilinishiga

yo'l qo'yilmasligi, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi

bo'lmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari belgilab qo'yilgan.

FKning 164-moddasida mulk huquqi, xususan, xususiy mulkni himoya qilishga

qaratilgan eng muhim qoidalar belgilangan. Mazkur normaga muvofiq, mulk huquqi shaxsning
o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilishi, undan
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin,
har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.

Mazkur normadagi “o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday

buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir” jumlasi xususiy mulk huquqini

bevosita himoya qilishni nazarda tutuvchi chora hisoblanadi.

Bu vaziyatda mulkdor mutlaq huquq sohibi sifatida o'zining mulkiy huquqini buzmaslikni

istalgan shaxsdan talab qila oladi va bunda mulkdorning o'z huquqini talab qilish doirasi
shaxslarga nisbatan cheklanmagan bo'ladi.

Mulk huquqini himoya qilishda fuqarolik huquqining normalari muhim rol o'ynaydi.
Fuqarolik huquqi yo'li bilan mulk huqugini himoya qilishning asosiy usullari:

birinchidan,

mulkni birovning gonunsiz egallashidan talab qilib olish (vindikatsion

da'volar);

ikkinchidan

, mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to'sqinliklarni bartaraf etish

(negator da'volar);

uchinchidan,

mulk

huquqini

buzishga

qaratilgan

g'ayriqonuniy

bitimlar

(shartnomalar)ni haqiqiy emas deb topish to'g'risida qarorlar chiqarish bilan qo'riqlash;

to'rtinchidan,

asossiz olingan mulkni qaytarish yo'li bilan qo'riqlash.

1

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi

Qonuni.


background image

223

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Mulkdorlar manfaatini himoya qilishning yuqorida ko’rsatilgan usullaridan birinchisi va

ikkinchisi ashyoviy huquq normalariga asoslanib

qilinadigan da’volar bo’lsa, uchinchisi va

to’rtinchi usullari majburiyat huquqi normalariga asoslanib qilinadigan da’volar hisoblanadi.

2

Vindikatsion da’vo

, yani egalik qilmayotgan mulkdorga tegishli mol-

mulkni o’zga

shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish mulk huquqini himoya qilishning asosiy
ashyoviy-huquqiy usullaridan hisoblanadi. Mulk huquqini himoya qilish usuli sifatida

vindikatsion da’vo qadim tarixga ega bo’lib, uning ildizlari Rim xususiy huquqida namoyon
bo’ladi. Vindikatsiya

-lotincha

“vim dicere” so’zidan olingan bo’lib, “kuch qo’llanish to’g’risida

e’lon qilaman” ma‟nosini anglatadi. Bu orqali mulkdor o’z mol

-mulkini qidirish va qaytarib

olish bo’yicha huquqini amalga oshirgan

-

qayerda o’z mol

-mulkimni topsam, shu yerda uni

vindikatsiy

a qilaman (ubi rem meam invenio, ibi vindico). Mazkur huquq tizimi bo’yicha

vindikatsion da’vo orqali bevosita mulkdorning egaligi himoya qilingan.

FKning 228-

moddasida ham mazkur da’vo nazarda tutilgan. Moddaning mazmunidan

bunday da’voni faqatgina boshqa shaxsning qonunsiz egaligida bo’lgan mol

-mulkning mulkdori

berishi mumkinligi anglashiladi. To’g’ri, FKning 232

-

moddasi mulkdor bo’lmagan titulli egalik

qiluvchilarga ham mol-

mulkni o’zga shaxsning egaligidan talab qilib olish huquqini beradi.

Vindikatsiya da’vosi doirasida mulk egaligi titulini (rutba)ni isbotlash faqat ashyoning

qay yo’sinda da’vogar mulkiga aylanganligi asoslarini aniqlashdan iborat bo’lmay, balki

javobgarning egaligi qay tarzda vujudga kelganligi shart-

sharoitlarini ham o’rganishdan

iboratdir. Jumladan, agar mulk egasi nizoli mol-

mulkni u begonalashtirish to’g’risidagi bitim

asosida (masalan, oldi-

sotdi) yoki mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun o’tkazilganligi asosida

(masalan, ijara) qo’lga kiritganligini ko’rsatsa, ana shu bitim sud tomonidan baholanishi shart.

Agar bitim haqiqiy bo’lsa, shuning o’zi vindikatsiya da’vosini asossiz deb topish uchun

asos bo’ladi, zero bunda javobgarni qonunsiz egalik qiluvchi deb e’tirof etib bo’lmaydi.

Vindikatsiya da’vosini bildirish uchun da’vogar va javobgar o’rtasida nizoli ashyo

yuzasidan majburiyatli munosabatlar mavjud emasligi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mulk

egasi majburiyatli munosabatlarga ega bo’lgan shaxs tomonidan mulkning qaytarilishini talab
qilingan da’vo majburiyat huquqlari me’yorlariga muvofiq ravishda hal etilishi darkor. Masalan,

agar javobgar mol-

mulkka ijara shartnomasi asosida egalik qilayotgan bo’lsa, vindikatsiya

da’vosini qanoatlantirish mumkin emas. Vindikatsiya da’volariga nisbatan umumiy da’vo
muddati tatbiq etiladi. Shu boisdan mulk huquqi bilan bog’liq nizolarni hal etishda mulk
huquqini vujudga keltiruvchi egalik muddatini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa, egalik huquqini
vujudga keltiruvchi muddatining hisobi ko’rsatib o’tilgan uch yillik muddat tugamasidan avval

boshlanmasligini unutmaslik lozim.

Negator da’vo

o’z nomini lotincha ifodadan olgan bo’lib, u inkor etish ma’nosini

anglatadi. Da’vogar javobgarning servitutini inkor etadi: axir aynan servitut o’z ashyosiga ega
bo’lgan mulkdorni boshqa shaxsning servitut huquqi egasi uchun noqulayliklarni keltirib
chiqaradigan, mulk huquqini to’laqonli amalga oshirishiga cheklovlarni joriy etadi va bunga
ko’nikishga majbur etadi. Shu sababli javobgar servitutni tan olmagan holatlarda, da’vorgar
undan o’z mol

-

mulkidan foydalanishiga to’sqinliklarni to’xtatilishini talab etib chiqqan.

Zamonaviy qonunchilikda negator da’vo deganda nafaqat mulkdor bilan unga to’sqinlik

qiluvchi huquq buzuvchi o’rtasida servitut mavjud bo’lgan holatlar, balki keng doirali boshqa

vaziyatlar ham qamrab olinadi.

3

2

V.R.Topildiyev. Fuqarolik huquqi. Darslik. Umumiy qism. Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022-yil- 592

bet


background image

224

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Negator da’vo ham xuddi vindikatsiya da’vosi kabi himoyalanishning ashyoviy vositasi

hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, agar taraflar o’rtasida shaxsiy (majburiyatli) huquqiy

munosabatlar ochiq-

oydin mavjud bo’lsa, xuddi shu narsa tegishli nizoni hal etishning asosi

bo’lib xizmat qiladi. Nizo faqat taraflar o’rtasida boshqa hech qanday aloqadorlik mavjud
bo’lmagan va faqatgina javobgar tomonidan ashyoga ko’rsatilgan ta’sirning qonuniyligi ustida
nizolashilayotgan holatda ko’rib chiqilishi mumkin.

FKning 231-

moddasida mulkdorga egalik qilishdan mahrum etmaydigan to’sqinliklardan

himoyalanish imkonini taqdim etadi. Mana shunday da’vo negator da’vo deb ataladi va mol

-

mulkdan foydalanish va tasarruf etish haq-

huquqlarini himoyalashga yo’naltirilgan bo’ladi.

Bunday ishlarda da’vogar mulkning egasi bo’lsa, javobgar esa noqonuniy xatti

-

harakatlari tufayli mulkdorni o’z mol

-mulkidan foydalanish va tasarruf etish huquqidan mahrum

etgan shaxsdir.

Negator da’vo yer uchastkasi, turar

-joy va noturar-

joy xonalari va sh.k. bo’yicha qo’shni

bo’lgan shaxsning noqonuniy xatti

-harakatlaridan himoyalanishning yagona vositasi, desak

mubolag’a bo’lmaydi. Masalan, agar qo’shni qurayotgan binosini qo’shni tomondagi yer
uchastkasini yorug’likdan butkul to’sib qo’yadigan holatda ko’tarsa, uning noqonuniy xatti

-

harakatidan negator da’vo yordamida himoyalanish mumkin.

Negator da’volarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi. Chunki huquqlarning buzilishi

mavjud ekan, buzilishni bartaraf etishni talab qilib da’vo bildirish huquqi ham saqlanib qoladi.

Huquq buzilishi to’xtashi bilan da’vo bildirish huquqi ham bekor bo’ladi, zero shikoyat

predmeti yo’q bo’lgan hisoblanadi. Ammo huquqlarning buzilishi natijasida yetkazilgan zararni

qoplashni talab etish huquqi saqlanib qoladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, mulk huquqini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy

usullari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu

usullar mulkdor manfaatlarini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va fuqarolik

muomalasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ular orqali nafaqat buzilgan huquq
tiklanadi, balki kelgusida huquqbuzarliklarning oldi olinadi. Shu bois mulk huquqini himoya

qilish institutini yanada rivojlantirish, amaliyotda samarali qo‘llas

h va mavjud mexanizmlarni

takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

Muxammadiev A.A. Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi tamoyillarining

amal qilish. Avtoref diss.yu.f.n. - T.: 2006. - B. 10.

2.

Гражданское право: В 2

-

х т. Т.1. Учебник. Отв. ред. Е.А. Суханов (Автор этой

главы Е.А. Суханов).

-

М.: БЕК. 1998.

-

С. 342.

3.

Гражданское право. Часть первая. Под ред. Т.И. Илларионова, Б.М. Гонгало, В.А.

Плетнева (автор этой главы Т.И. Илларионова).

-

М.: Норма

-

Инфра. 1998.

4.

Гражданское право. Т.1. Под ред. А.П. Сергеева, Ю.К. Толстого.

-

М.:

5.

Проспект

. 2003. -347-

с

.

6.

Zokirov I., Baratov M. Mulk nima? Muldor kim? - T.: TDYU. 2003. 274-b.

7.

V.R.Topildiyev. Fuqarolik huquqi. Darslik. Umumiy qism.Toshkent: Yuridik adabiyotlar

publish, 2022-yil- 592 bet.

8.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi

O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

3

Zokirov I., Baratov M. Mulk nima? Muldor kim? - T.: TDYul. 2003.- 12-b

References

Muxammadiev A.A. Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi tamoyillarining amal qilish. Avtoref diss.yu.f.n. - T.: 2006. - B. 10.

Гражданское право: В 2-х т. Т.1. Учебник. Отв. ред. Е.А. Суханов (Автор этой главы Е.А. Суханов). - М.: БЕК. 1998. - С. 342.

Гражданское право. Часть первая. Под ред. Т.И. Илларионова, Б.М. Гонгало, В.А. Плетнева (автор этой главы Т.И. Илларионова). - М.: Норма-Инфра. 1998.

Гражданское право. Т.1. Под ред. А.П. Сергеева, Ю.К. Толстого. - М.:

Проспект. 2003. -347-с.

Zokirov I., Baratov M. Mulk nima? Muldor kim? - T.: TDYU. 2003. 274-b.

V.R.Topildiyev. Fuqarolik huquqi. Darslik. Umumiy qism.Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022-yil- 592 bet.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.