ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
275
RUMIY SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI
Ozodaxon Choriyeva
Toshkent amaliy fanlar universiteti, 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17127099
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy
va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Rumiyning ishq
haqidagi qarashlari orqali inson qalbining poklanishi, ruhiy komillikka erishishi va
Yaratuvchiga bo‘lgan muhabbatning san’at darajasida yuksak tasviri ochib beriladi. Xususan,
“Masnaviy” va boshqa she’riy namunalardagi ramziy obrazlar, majoz va timsollar asosida
ilohiy ishqning manbalari va uning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan sharhlanadi.
Maqola Rumiy merosining badiiy-
estetik qimmati hamda tasavvuf adabiyotidagi o‘rni
haqida yangi ilmiy xulosalar beradi.
Kalit so‘zlar:
Jaloliddin Rumiy, tasavvuf, ilohiy ishq, ruhiy komillik, majoz, ramz, badiiy
ifoda.
Annotation.
This article examines the mystical and philosophical essence of divine love
in the poetry of Jalaluddin Rumi, focusing on its artistic expression and symbolic representation.
Through Rumi’s reflections on love, the processes of spiritual purification, the attainment
of inner perfection, and the devotion to the Creator are presented as central themes of his poetic
worldview. Special attention is given to the
“
Masnavi
”
and other poetic works, where metaphor,
symbolism, and allegory are employed to reveal the divine origin of love. The study highlights
the spiritual, aesthetic, and cultural significance of Rumi’s legacy, providing new scholarly
insights into the role of divine love in Sufi literature and human spirituality.
Keywords:
Jalaluddin Rumi, Sufism, divine love, spiritual perfection, metaphor,
symbolism, artistic expression.
Rumiy ijodini o‘rganar ekanmiz, ishqqa berilgan yana bir yuksak ta’rifga diqqat qilmoqni
joiz deb topdik. Mavlononing fikriga ko‘ra ishq bu –
hayot manbai siz-biz bilgan va yashayotgan
bu qisqa va aldamchi, nafsoniy xohish va istaklar tugamaydigan, ammo inson hech qoniqish
bilmaydigan hayot emas, abadiy va barcha nafs istaklaridan holi haqiqiy hayotning
boshlanishidir. Tafakkur qiladigan insonlar bilishadiki, uzog‘i 60
-
70 yildan iborat bo‘lgan qisqa
bu hayot doimo adolatli va farovonlikka asoslangan haqiqiy hayot emasligini, aksincha sinovlar
uchun beriladigan qisqa bir davr bo‘lib faqat fikr yuritmaydigan qavmlargina uning aldamchi va
yaltiroq vasvasasiga uchub besh kunlik umrini rohat farog‘at uchun,yolg‘on,riyo va fasod ishlar
bilan sarf qiladilar. Zero Muhammad s.a.v aytganidek “dunyo mo‘minga zindon,kofirning
jannatidir”dir(muslim rivoyati) Haqiqiy hayot intihodan boshlanadi, bu hayot esa ana o‘sha
ibtido uchun qiyinchlik va mashaqqatlar bilan bo‘lsada sabr va qanoat bilan bosib o‘tiladigan
yo‘ldir. Rumiy ham aytmoqdaki, oshiqlar talpinayotgan ishq haqiqiy hayot bo‘lsa bu hayotda
qanday qilib shod va xurram bo‘lish mumkin. Bu tarz mazmunning go‘zal ifodasini biz
“Masnaviy” asari 1
-
jild nay hikoyasining dastlabki baytlarida ko‘rishimiz mumkin.
Tingla naydin, chun hikoyat aylagay,
Ayriliqlardin shikoyat aylagay.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
276
Men qamish erdim, kesib keltirdilar
Nola cheksam, el hama oh urdilar.
Siyna istarmen to‘lo dard
-u firoq,
Toki so‘ylay sharhi dard
-u ishtiyoq.
Kim yiroq tushsa, yo‘qotsa aslini,
Boz izlar ro‘zgori vaslini.
Baytlar mazmunidan kelib chiqqan holda nayga oshiq obrazidagi majoziy ibraz deb
qarasak, shoir nayni tinglasak u go‘yo bizga o‘z ayriliqlari haqida shikoyat qilayotgandek nola
qilishi haqida yozadi. Asar uchun bejizga nay obrazi tanlanmagan. Ma’lumki, nay ko‘plab
cholg‘u asboblari orasida o‘zining mungli, dardli, qalblarning eng chuqur yerlariga borib
yetuvchi Hasrat to‘la ohanglar taratadi. Ayriliqlartdan nola qiluvchi bir obraz uchun aynan nay
ayni muddao. Keyingi baytlarda esa bevosita nay tilidan aytilgan, mungli shikoyat sabablarini
ko‘rishimiz mumkin. Nay o‘zining dastlab bir qamish bo‘lganligini, uni o‘zi oid bo‘lgan yer va
o‘zi kabi qamishlar orasidan kesib olib kelishganini shu boisdan ham shunday dardli kuy
taratishini va bu shikoyatning ta’siridan el –
insonlar ko‘zlariga yosh olishlarini ta’kidlaydi.
Keyingi baytda nay o‘zining bu mungli shikoyatlar orqali nima istashi, unga nima kerakligi
haqida ma’lumot berib, men dard va firoqqa (uning o‘zi kabi dard va ayriliqqa) to‘la qalb
istashini, toki unga dard va ishtiyoqini so‘ylay olsin. Qo‘lidan ayrilgan bir insonning jismidagi
og‘riqni
-
yu, qalbidagi iztirobni ikki qo‘li soppa
-
sog‘lom bir inson hech bir zamon his qila
olmaydi, uning mashaqqatlariga faqatgina u kabi qo‘lidan ajragan insongina haqiqiy Hamdard
bo‘lishi mumkin bo‘lganidek naydan chiqayotgan dardni, ayriliq azobining navosini anglamoq
uchun ayriliq dardi mashaqqatidan bohabar tinglovchi kerak nayga. Ruh o‘ziga o‘xshash ruhga
talpingani kabi nay ham ya’ni oshiqlar ham o‘zlari kabi ishq mohiyatini anglab unga qarab
talpinayotgan insonlar davrasida, suhbatida bo‘lishni xohlaydi, shunga intiladi.
Rumiy nazarida, nayning nidosi
—
ruhning nidosidir. Inson qalbida tug‘iladigan iztirob,
sog‘inch va ishq nolasining ildizi asl vatanni, ya’ni Alloh huzurini qo‘msashdir. Shu bois u
“Kim
yiroq tushsa, yo‘qotsa aslini, Boz izlar ro‘zgori vaslini”
deya ruhning asl manba
–
ilohiy visolni
izlashga majbur ekanini ta’kidlaydi.
Bu baytlar orqali Rumiy tasavvufiy ishqni ikki qirrada ochib beradi: bir tomondan,
insonning dunyoda cheksiz ayriliq va iztirobni his etishi, ikkinchi tomondan esa, ana shu iztirob
orqali ruhning ilohiy manbaga qaytish istagini anglash. Demak, ishq tasavvufda ayriliq nidosidan
boshlanadi va komillikka eltuvchi ruhiy safarning asosiy kuchiga aylanadi.
Navbatdagi bayt mazmunida nay agar kimda kim aslini, o‘zi oid bo‘lgan muhitni,
hududni yo‘qotsa yana o‘sha ro‘zg‘orga –
yashash tarziga qarab intilaveradi deydi. Baytlar
avvalida nayni qamishlar orasidan kesib olib kelishganini va bu ayriliq sababidan undan mungli
kuy taralishini aytgandik aslida bu tamomila majozdir. Nayni haqiqiy oshiq deb qarasak uni
dardini his qilib yig‘laganlar u kabi ayriliq ahlidirlar. Ya’ni shikoyat qilgan ham shikoyatning
mohiyatini anglab yig‘lagan ham ishq ahlidirlar. Ular o‘zlarining Haq huzuridan ayrilib bu
yolg‘on dunyoga kelishlarini bir ayriliq, haqiqiy hayotdan, ishqdan, visoldan judolik deb
bilishadi. Shu sabab mudom mahzunlik ila hamroh bo‘lib biri Hasrat ila bu ayriliq iztirobi haqida
gapirsa boshqalari buning mashaqqatidan oh urib yig‘laydilar, umrini yana ilohiy haqiqatga, Oliy
Visolga erishish umidida sabr va qanoat bilan ibodat va mashaqqat bilan o‘tkazadilar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
277
Ularning mahzunligi qadardan norizolikdan emas, balkim Haqiqatdan judolik va unga
qayta qovushish mahaqqati sabab imkonsizlikdandir. Agar o‘zingiz istamagan xolda barcha
go‘zallilarga ega bir qasrdan tashqari chiqib qolsangiz va inga qayta kirish uchun ma’lum
mashaqqatlar bilan yuzlashsangiz bu mashaqqatlar davomida qalbingizga quvonch va lazzatni
yo‘lata olasizmi, albatta bu imkonsiz. Ishq ahlining holati ham shu kabi mahzunlikdir.
Rumiyning nay tilidan aytgan yuqoridagi baytida shu mazmunni tushunish mumkin.
Aslini yo‘qotsa agar kimdir o‘sha ro‘zg‘orni izlayveradi derkan, bu izlash davomida nay
kabi mahzun va mungli kuy taratadi. Va o‘zi kabi ayriliqdan o‘rtanib, asliyatini izlayotgan
insonlar davrasi uchungina anglashimli bo‘ladi.
Rumiy ta’limotiga ko‘ra har bir sog‘lom, fikr yurita oladigan aql egasi bo‘lgan inson
yuragi albatta ishq azobini totmog‘ darkor, zero tafakkur qilgan anglaydi anglagan sevadi, oshiq
bo‘ladi oshiq bo‘lmasdan iloj yo‘q. Sevmasa demak anglamaydi anglamayaptimi demak u yo
telba yoki jinsiz murda bu haqida Rumiy “Ishq azobini totmagan yurak, yo telbaning yuragidir,
yoki murdaning” deb yozadi.
Mavlono badiiyatidagi ishq tushunchasining ko‘lamdorligiga to‘laroq nazar tashlamoq
uchun uning mashur asari “Masnaviy”dagi ishq obrazlari va allegoriyalari tahliliga yuzlanishni
lozim deb topdik.
“Masnaviy Ma’naviy” —
Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahouddin Valad Balxiy
Rumiy t
omonidan yozilgan ulug‘ asarlardan biri bo‘lib, bu doston nafaqat Sharq, balki Gʻarb
adabiyotida ham eng yuksak qiymatga ega bo‘lgan durdona asarlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Asar oltita yirik jilddan tashkil topgan bo‘lib, jami 26 840 bayt (ya’ni
51 370 misra) ni
o‘z ichiga oladi. U o‘z mazmuni jihatidan Qur’onning 70 foiz ma’nolarini badiiy tilda sharhlab
beradi. Bundan tashqari, unda 690 ta hadisga izoh berilgan hamda 270 dan ortiq hikoya turli
ruhiy-
ma’naviy mavzularda yoritilgan.
Masnaviyning birinchi jild birinchi hikoyasidagi Shoh va Kanizak obrazlarini allegorik
obraz deyish mumkin. Aasardagu bu obrazlar majoziy bo‘lib Rumiy hastalanib qolgan kanizagi
uchun tabib yollab, uning hastaligi ruh bilan bog‘liqligini bilgandan so‘ng ham, uning shifosi
uchun lutf kasb etgan podshoh, tanadagi emas ruhdagi hastalikni aniqlovchi usta tabib va
qalbidagi muhabbat alangasi qarshisida jismi ojiz qolgan kanizak orqali ishq va oshiqlikka oid
go‘zal sifatlarni ifoda etmoqda. Hikoyatda shoh –
ilohiy rahm-
shafqat timsoli bo‘lib, bu
marhamat Sohibi uchun insonning ijtimoiy mavqeyi muhim emasbuni hatto kanizakka ham lutf
ko‘rsatib tabiblar jalb qilganidan, Samarqandga odam yuborib zargarni topib keltirganidan
anglash mumkin. Kanizak esa inson ruhining majoziy timsoli bo‘lib, ruh og‘ringanda jismda
ham mador qolmasligi g‘oyat ta’sirchan ifoda etilgan. Kanizakning hastalik sababini aniqlashga
muvofiq bo‘lgan mohir tabi esa “murshid”, “komil pir” ning badiiy, majoziy timsoli bo‘lib,
dastlabki bosqichlardagi o‘z holidagi hasrat va qalbidagi g‘urbat sabablarini o‘zi ham bilmagan
oshiqlar “hastaligiga” faqatgina bu bosqichlarni bosib o‘tib komillikka erishgan murshidlargina
tashxis qo‘yib, shifo topishlari mumkin. Masnaviyning yana bir mashhur ishqiy obrazlar
qatnashgan hikoyati “Layli va Majnun” bo‘lib bu an’anaviy obrazlar tasavvuf ijodkorlarining
aksarida uchraydigan, lekin barchasida o‘ziga xos talqin va ifoda go‘zalligiga ega, ming marta
o‘qiganda ham o‘quvchini o‘zidan bezdirmaydigan va qayta
-
qayta qiziqish uyg‘otadigan
mavzulardan hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
278
Rumiyga ko‘ra ma’joziy ishq bandani Ilohiy ishqqa boshlovchi yo‘ldir, haqiqiy ishq
eshiklarini ochuvchi kalitdir. “Layli va Majnun” hikoyatida ham boshqalardan ajralib
turmaydigan Layliga telbalarcha oshiq bo‘lgan Majnun haqida gap ketar ekan, shoh Layliga
senda boshqalardan ustunroq bir hislat ko‘rmadim, Majnun seni nimanga oshiq o‘ldiki”, deb
so‘raganda Layli “sen Majnun emassanki, menda Majnun ko‘rganini sening ko‘zlaring ko‘rishga
ojizdir” deb javob qaytaradi. Ya’ni biriga oshiq bo‘lish unda hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan
hislatlarga emas, oshiqdan boshqa ko‘ra olmaydigan bir hislatga mubtalo bo‘lish demakdir. Layli
visoliga yeta olmagan Majnun telbaga aylanada, sahrolarda devonavor yashaydi, zero qalbimni
jizg‘anak qilayotgan ishq otashi oldida sahroning hovuri hech gap emas degandek. Biroq Layli
ko‘plab mashaqqatlardan so‘ng Majnun yoniga kelganida uni ortiq Layliga ham uning
muhabbatiga ham ehtiyoji yo‘q edu, chunki Majnundagi majoziy ishqning haddan oshgani
haqiqiy ishq chegaralaridan hatlab o‘tgan va endi uning yagona ilinji Ilohiy haqiqat va Oliy visol
edi. Bu hikoyatda Majnun obrazi majoziy ishqdan ishq yo‘liga kirib fano olamiga kirgan va
ilohiy ishq sari intilayotgan, komillik sari ketayotgan allegorik obrazdir.
Asardagi “Sozand chol” hikoyatidagi chol obrazida ham ishq ahli sifatlarini ko‘rishimiz
mumkin. Chol yosh va navquron vaqtlarida uning iste’dodi hammaga ma’qul va manzur edi
uning kuy-navolarini barcha sevib tinglar, chol ham bu shuhratga berilib umrini faqat insonlar
olqishi uchun sarf etganini payqamay qolgan edi. Ammo u keksayib qo‘llari cholg‘u chalishga,
ovozi kuylashga ojizlik qilib qolganda aslida hech kim uchun qiymatga ega emasligini anglab
yetadi. Bu orqali Rumiy bugun atrofingda parvona bo‘layotgan o‘tginchi insonlar gavjumligiga
aldanib, o‘zinga ortiqcha ishonib yuborma bari o‘tginchi, barchasi ketguvchi demoqchidek.
Bularni anglab, pushaymonlik alamini chekkan chol mozorga borib, chun qalbdan tavba
qiladi va umrida ilk bor uni yaratgan Alloh uchun kuy chalishini aytib kuy chaladi. Umar r.a
orqali unga o‘z marhamatini yetkazgan Robbisining unga ko‘rsatgan shafqatidan ta’sirlanib yum
-
yum ko‘z yosh to‘kadi. Buncha yil zalolat Ichida yashab bir bora Senga yuzlanmadim ammo Sen
bir bora tavba qilib o‘zinga yuzlanganim uchun menga marhamat etding deya bag‘rini chok
qiladi. Sozini tashlab umrini Haq yo‘liga buradi. Robbimiz o‘ta afv etuvchi va marhamat
sohibidir, yetarki chinakkam tavba bilan unga yuzlana olsak, afvidan noumid bo‘lmasak bo‘ldi.
Hikoyatda chol dunyodan yuz burib ishq yo‘liga kirgan fano olamiga yuzlangan oshiq
timsoli bo‘lib. Haq O‘z ishqini O‘zi ishtagan qalbga joylaydi, oshiqlik ma’lum yosh, daraja, kasb
tanlamaydi Alloh bandasining qalbiga boqadi.
Asardan joy olgan To‘ti haqidagi hikoyat ham juda chiroyli majozlar bilan ifoda etilgan
bo‘lib, g‘oyat ravon va tushunilishi osson bo‘lgan hikoyatlardandir. Asarda bir savdogar bo‘lgan
inson Hindistonga safar qilar ekan barcha yaqinlaridan u yerdan nima tilashini so‘raydi. Navbat
to‘tiga yetganda u jinsdoshlarini topib ularga o‘zi va ahvoli haqida aytib berishini so‘raydi.
Shunday ham bo‘ladi ammo bir to‘ti bu gaplarga chiday olmay o‘rtanib, to‘lg‘onib shu yerda
o‘ladi. To‘ti sohibi bo‘lgan voqea haqida katta afsus va nadomat bilan o‘z to‘tisini xabardor
qilganda, to‘tisi ham titrab
-
to‘lg‘onib qafasda jon beradi. Sohibi juda mahzun bo‘ladi va uni
qafasdan olib derazaga qo‘yadi. Shu onda to‘ti uchib o‘zini bu zindon hayotidan ozod qiladi.
Sohibi hayrat bilian bu holning boisini so‘raganda u “aslida men sen orqali yaqinlarimdan
o‘z mahbusligimga chora, yordam so‘ragan edm, ular esa menga shu yo‘lni, faqatgina o‘lib
ozodlikka yetishishim mumkinligini aytishdi, men o‘ldim va qafasdan ozod bo‘ldim” deb javob
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
279
qilibdi. Hikoyat boshdan oyoq majoziy mazmunga yo‘g‘rilgan. Asada to‘ti badan zindoniga
mahbus bo‘lgan ruh timsolidir. U yerdan qutulishning yo‘li esa o‘lmoqdir. Bu o‘rinda
ta’riflangan o‘lim haqiqiy emas majoziy bo‘lib, tasavvufda asos sifatida olingan foniylikka
yetishish, dunyo vasvasalaridan, orzu havas va ehtiroslar asoratidan halos bo‘lmoqdir. Badan va
moddiy dunyo aziyatlari zindonidan ozod bo‘lib, ruhiy
-
ma’navuy hurriyatga qovushmoqlik
g‘oyasi ushbu hikoyatning ruhini tashkil etadi.
Jaloliddin Rumiy ijodi tasavvufiy tafakkurning eng yuksak namunalaridan biridir.
Uning she’riyatida ilohiy ishq —
inson ruhiy kamolotining asosi, yaratuvchiga
yaqinlashishning yagona yo‘li sifatida talqin etiladi. Rumiyning “Masnaviy” hamda boshqa
she’riy asarlarida ishq obrazining badiiy ifodasi, ramziy timsollar va majozlar orqali ochilishi
nafaqat tasavvuf adabiyotining estetik ko‘lamini kengaytiradi, balki umuminsoniy qadriyatlarni
ham yuksaltiradi. Demak, Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning badiiy ifodasi inson qalbini
poklash, ruhiyatni tarbiyalash va ma’naviyatni boyitishda muhim o‘rin tutadi.
Shu bois Rumiy merosini o‘rganish zamonaviy adabiyotshunoslik va tasavvuf falsafasida
dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hayitmetov, A. Alisher Navoiy va tasavvuf.
–
Toshkent: Fan, 1963.
2.
Mallaev, N. Alisher Navoiy.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1972.
3.
“Tafsiri Hilol” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «HILOL NASHR» Nashriyot
-
matbaasi 2024 (2007
–
2023).
4.
Hakima Salomova “Shams Tabriziy va Jaloliddin Rumiy.” Imom Buxoriy saboqlari,
1-son,
2021.
5.
Imom Gʻazzoliy. Ihyoyu ulumiddin. Toshkent, Qamar media, 2021.
6.
Najmiddin Komilov “Tasavvuf” Toshkent “Movarounnahr”
-
“O’zbekiston” 2009
- B.9
