229
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
TASAVVUFDA ISHQ – ILOHIY MUHABBAT VA MA’RIFAT MANBAI
Ozodaxon Choriyeva
Toshkent amaliy fanlar universiteti, 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17131561
Annotatsiya. Maqolada tasavvuf falsafasida “ishq” tushunchasining mohiyati va
mazmuni keng yoritiladi. So‘fiylik ta’limotida ishq nafaqat Allohga bo‘lgan muhabbatning
yuksak ifodasi, balki ma’rifat sari eltuvchi, ruhiy poklanish va komillikka yetaklovchi eng asosiy
vosita sifatida talqin qilinadi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy va boshqa
mutafakkirlarning asarlarida ishq inson qalbini ilohiy haqiqatga yaqinlashtiruvchi, ruhiyatni
tarbiyalovchi kuch sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Shuningdek, ishqning tasavvufiy
adabiyotdagi ramziy talqinlari, uning poetik obrazlar orqali ifodalanishi ham ilmiy izohlanadi.
Kalit so‘zlar: tasavvuf, ishq, ilohiy muhabbat, ma’rifat, ruhiy komillik, so‘fiy
mutafakkirlar, tasavvufiy adabiyot.
Annotation. The article provides a comprehensive analysis of the concept of “Ishq” in
Sufi philosophy. Within Sufi teachings, ishq is understood not only as the highest expression of
love for God but also as a key path leading towards knowledge, spiritual purification, and inner
perfection. Particular attention is given to the works of Jalal al-Din Rumi, Alisher Navoi, and
other thinkers, in which ishq is presented as a transformative force that elevates the human soul
towards divine truth. Furthermore, the study explores the symbolic interpretations of ishq in Sufi
literature and the ways in which it is expressed through poetic imagery.
Keywords: Sufism, Ishq, divine love, ma‘rifa, spiritual purification, inner perfection, Sufi
thinkers, mystical literature.
Tasavvufda ishq falsafasi Haqqa bo‘lgan chuqur taslimiyat va mukammal itoatning o‘ziga
xos ko‘rinishi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki muhabbatning asl manbasini avvalo Mahbub
Zotning O‘z Kalomidan so‘ngrada Alloh barcha mavjudotlardan avval Uning Ruhini va uning
haqqi hurmati o‘n sakkizming olamni yaratgan,o‘z ko‘rsatma va buyruqlarini U orqali
bandalariga yuborgan, Allohning eng mahbubi Payg‘ambarimiz s.a.v hadislaridan izlashimiz
lozim.
Ishq kalimasi sevgi, muhabbat ma’nosini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifoda etish yo‘lida
tasavvuf ta’limoti uchun maxsus tanlab olingan, so‘z bo‘lib Qur’onda ayni nom bilan ifoda
etilmasada, tasavvufiy asarlarga asos va iqtibos sifatida olingan oyatlarda
“muhabbat”, “taqvo”,
“uns”, “rahmonlik”, “ulfat”
kabi so‘zlarda o‘z ruhini sezdirib turadi.
“Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo
qilur.”
Maryam surasining yuqoridagi 96-oyatida Alloh sevgisiga sazavor bo‘luvchi insonlar
toifasi haqida so‘z yuritilganda, “muhabbat” kalimasidan foydalanilgan. Muhabbat so‘zi arabcha
“hubb” so‘zining o‘zagidan olingan bo‘lib “lozim tutish” va “sabot” ma’nolarini anglatadi. Chin
ma’noda, Allohga oshiqlik da’vosini qilayotgan bir banda sabotni ya’ni qat’iyat va mustahkam
irodani lozim tutishi kerakki, ishq da’vosi munofiqlik balosiga aylanmasin.
Tarixdan payg‘ambarlar, sahoba-yu avliyo zotlar shuningdek tasavvuf namoyondalari
hayotiga nazar tashlasak, ularning bari qadarga rizoligi, musibatlarga bardoshi,o‘zida boriga
shukri va o‘zida yo‘g‘iga sabri bilan, farzlardagi qatiyat, nafllarga muhabbat va o‘zlarini
Yaratgan Zotga nisbatan go‘zal itoati va muhabbati bilan butun islom ahliga o‘rnak va ibrat
bo‘lganlar.
230
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v Haqqa bo‘lgan muhabbatning belgilari va bu
muhabbatga sazavorlik haqida ummatlariga bir qancha go‘zal hadislar qoldirgan, xususan, “Kim
Alloh uchun sevsa, Alloh uchun adovat qilsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun qaytarsa, uning
iymoni mukammal bo‘ladi”
1
Yuqoridagi hadisda nafaqat Alloh yo‘lidagi muhabbat balki, Haq yo‘lida bir
zolimga,zulm qiluvchi qavmga va boshqa yomonlikning har turli ko‘rinishiga qilingan nafrat
ham Allohga bo‘lgan muhabbatning komilligidan ekanligi izohlansa, keyingi “Bandam Menga
farz amallar bilan yaqinlashadi. Nafl ibodatlar bilan Menga yaqinlashishda davom etadi.
Nihoyat, Men uni sevib qolaman. Uni sevganimda, u orqali eshitadigan qulog‘i,
ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li va yuradigan oyog‘i bo‘laman…”
2
Ushbu hadisda bandalar qanday qilib Rahmon muhabbatiga munosib bo‘lishlari bosqichi
ta’lim berilgan.
Yirik tasavvuf namoyondasi hisoblangan Jaloliddin Rumiy ham muhabbatga bergan
ta’rifida “To‘g‘ri, muhabbat olam gardishini aylantirmaydi. Muhabbat shu gardish aylanishiga
ma’no bag‘ishlaydi”, deydi. Ya’ni Inson muhabbasiz ham yashashi mumkin, ammo
yashamoqning mohiyati muhabbat bo‘lgandan keyin usiz yashamoq mazmunsiz hayot
kechirmoqdir deya har bir ongli mavjudot uchun Uni yaratgan Zotga itoat va muhabbat Uning
rizoligiga intilish hayot mazmuni kabidir demoqchidek,go‘yo.
Yana muhabbatning asl manbasi bo‘lgan Qur’oni Karimga qaytadigan bo‘lsak, Alloh
Taolo O‘z sevgisiga yo‘l ko‘rsatar ekan Oli Imron surasining 31-oyatida Sen: “Agar Allohga
muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni
gunohlaringizni mag‘firat qiladi”, deb ayt”- deya nabiysi orqali bandalariga yo‘l yo‘riq
ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, Allohning muhabbatiga da’vogar har bir oshiq avvalo U
Zotning Rasuliga Uning ko‘rsatmalariga amal qilishi va go‘zal ahloqiga ergashishi lozimligini
anglash mumkin.
Bu hayotga kelib inson sifatida shakllangan har tirik jonning o‘zi tanlagan bir yo‘li, hayot
tutumi bo‘ladi. Tasavvuf ham ana o‘shanday yo‘llardan biri bo‘lib undan yurish uchun shunchaki
tanlov kamlik qiladi, bu yo‘lni inson o‘z xohish irodasiga ko‘ra tanlamaydi, aksincha shariat va
tariqat yo‘llari mashaqqatlaridan omon chiqqan insonlarni tasavvuf o‘zi tanlaydi. Tasavvuf yo‘li
ishq yo‘lidir, ishq esa inson istagiga ko‘ra emas, uning ma’rifat darajasiga ko‘ra Ilohiyotdan
qalbga joylanuvchi ne’matdir. Ya’ni Alloh faqat O‘zi sevgan, Haq muhabbati yo‘lida dunyo va
undagi ne’matlar muhabbatini qalbiga yo‘latmagan bandalargagina o‘z muhabbatini nasib etadi.
Jaloliddin Rumiyning “Ishq otashi avval sevilganga tushadi, undan so‘ngra sevganga
sachraydi” degan hikmatli so‘zi tasavvufiy falsafada ishqning o‘ziga xos dinamikasini anglatadi.
Rumiyning nazarida, ishq birlamchi manba sifatida inson irodasidan tashqarida — ilohiy
qudratning inoyati sifatida paydo bo‘ladi. Ya’ni avvalo “seviluvchi” – Alloh tomonidan inson
qalbiga muhabbat otashi tushiriladi. Bu ilohiy muhabbat insonga ruhiy uyg‘onish, poklanish va
ma’rifat eshigini ochadi.
Keyingi bosqichda esa qalbida ishq otashi uyg‘ongan “sevguchi” – banda, o‘zini to‘liq
Allohga bag‘ishlashga intiladi. Demak, ishqning manbai ilohiydir, uning ta’siri esa insonni
tozalab, uni komillik sari yo‘naltiradi. Rumiyning bu qarashidan kelib chiqib, tasavvufda ishq bir
tomonlama emas, balki ikki tomonlama ruhiy jarayon sifatida talqin qilinadi: avval ilohiy
mehrning insonga in’om etilishi, so‘ng insonga xos muhabbatning Haqqa yo‘nalishi.
1
Sunan Abu Dawud. Imâm hâfiz Abu Dawud Sulaiman bin Ashath; Nasiruddin AI-Khattab, Riyadh-2008. S-200.
2
Imom Buxoriy. Al-Jomiʼ as-sahih. Riqoq kitobi. Tavozeʼ bobi. Toshkent- 1991.
231
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Shu bois bu fikr tasavvuf falsafasida ishqning ilohiy ildizlarga ega bo‘lishi va insonning
ruhiy kamolotidagi o‘rnini ifodalovchi asosiy tushunchalardan biri sifatida qaraladi.
Tasavvufda ish haqida so‘z ketar ekan, avvalo tasavvuf tushunchasiga biroz to‘xtab
o‘tishni lozim topdik. Tasavvuf so‘zi arabcha sufiylik so‘zidan olingan bo‘lib, islomda ruhiy va
axloqiy barkamollikka erishish, ilohiy muhabbat asrorlaridan ogoh bo‘lish tamoyili sifatida
qaraladi. Tasavvuf so‘zining mohiyati haqida ko‘plab olimlar o‘zlarining turli qarashlarini
bildirishgan bo‘lsalarda, bu borada Ibn Xaldunning fikri haqiqatga eng yaqini sifatida etirof
etiladi. Ibn Xaldun “tasavvuf “suvf” — “jun”, “po‘stin” so‘zidan olingan bo‘lishi kerak, zero
qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to‘qilgan kiyim yoki po‘stin kiyib yurishni odat
qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini o‘zlarida
namoyon etganlar”
3
, deydi o‘zining “Muqaddima” asarida. Bu esa tasavvuf so‘zining atama
sifatidagi ma’nosi bo‘lib asliyatda bu tushuncha shunchaki ustiga jun po‘stin kiyib yurishdan
ko‘ra ancha chuqur va teran mohiyat kasb etganki, islom tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan avliyo
va valiy zotlar o‘z umrini shu ta’limot yo‘lida, uning sir asrorlariga izoh berish yo‘lida bag‘shida
etishgan, ko‘plab umrboqiy asarlar, go‘zal tashbehlar va betakror g‘azallar yaratishgan. Va
ulardan so‘ng minglab olimlar xalqaro mutaxasislar tasavvufiy yo‘nalishda yaratilgan
asarlardagi, go‘zallik va boshqa adabiy turlarda uchramaydigan samimiy, shuningdek mutlaqo
taslimiyat va itoatga asoslangan muhabbatga ta’rif berishga urinib kelishayotgan bo‘lsalarda
hamon bu sohadagi sirlar to‘la ochilmagan, hamon tasavvufda kashf etilayotgan yangidan-yangi
go‘zal va kutilmagan fathlar ilm ahlini hayratga solib kelmoqda.
Tasavvuf ta’limotining paydo bo‘lish sabab va maqsadlaridan ko‘rishimiz mumkinki,
tasavvuf avvolo bir yo‘l uchun boshqalarini tark etish, bir ishq uchun boshqalaridan vos kechish,
butun vujudni anashu muhabbat yo‘lida Mahbubning rizoligi yo‘liga bag‘shida etishdan iborat
ekan. Tassavvuf ostonasidan hatlar ekanmiz bu ta’limot bizga avvalo ikki xil ishq ta’rifini beradi
majoziy va haqiqiy bundan kelib chiqadiki, tasavvuf bir insonning boshqa bir insonga bo‘lgan
yoki boshqa mahluqotga bo‘lgan muhabbatini tamomila inkor qilmaydi, aksincha haqiqiy
muhabbat darvozasidan kirishni istasang majoziy muhabbatda sen uchun bir hikmat bor deydi
go‘yo.
Majoziy ishqda deylik, bir inson boshqa birini sevib qoldi. Biz bilgan sevgi qoidalariga
ko‘ra sevgan inson sevgilisining quvonchi uchun boshiga kelishi mumkin bo‘lgan
mashaqqatlardan bo‘yin tovlamaydi, uning talab va istaklari qarshisida bo‘yin egadi, o‘zi oshiq
bo‘lgan insonni baxtli ko‘rish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qiladi, unga bo‘lgan qo‘rquvidan
yoki majburiyatidan emas aynan muhabbati sababli uning orzu va istaklari quliga aylanadi,
mahbubiga bo‘lgan muhabbati yo‘lida na molini na jonini ayaydi mana shunday haqiqiy sevgi
bilan birga bog‘langan insonning hayotida boshqa biri bo‘lishiga ishonasizmi, albatta yo‘q,
haqiqiy sevgining eng asosiysi va go‘zal talabi ham shundaki, birining ishqida minglardan voz
kechmoq, birini ko‘rgan kuz boshqalari uchun ko‘rga aylanmoqdir. Sevgani xohlagan narsalarni
bajarmoq, xohlamaganlarini esa garchi nafsiga yoqsada sevgisi uchun tark etmoqdir ishq.
Kamchilik va nuqsonlardan xoli bo‘lmagan bir yaratiqni chin qalbdan sevmoq bu qadar
fidoiylik va samimiyat talab etar ekan, o‘n sakkizming olam yaratuvchisi, benuqson, kechirimli
va rahmdil, bandalarini rizqlantiruvchi, marhamati keng bo‘lgan Alloh muhabbati insonni qay
ko‘ylarga solishi mumkin, hech tasavvur qilganmisiz?!
Alloh bandalarini o‘zini sevdirish uchun yaratgan degan g‘oyani ilgari surgan
tasavvufning asl manbai va asosi ishqdir.
3
Ибн Халдун. Ал-Муқаддима. Ал-Қоҳира: Дор ал-китаб Ал-Мисрий ва ал-Лубнаний, 1999 м., 18-б.
232
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Faqat qalbida Haqqa, haqiqatga ishqi bo‘lagan bandalargina bu yo‘lga kirishi mumkin.
Ishq zardobini ichishni o‘zi tanlagan har oshiq biladiki, bu yo‘lda uning jismiga va nafsiga bir
nasiba, rohat-farog‘at yoq, faqat qalb tazkin topishi mumkin.
Tasavvufda ishq nafaqat ilohiy muhabbat, balki inson qalbini sinovdan o‘tkazuvchi, uni
fidoyilikka undovchi qudrat sifatida talqin qilinadi. Shams Tabriziy:
“Yonishdan qo‘rqqan
inson, Ishq eshigidan kirmasin”
deya ta’kidlab, haqiqiy ishq yo‘li og‘ir sinovlar va ruhiy
iztiroblar bilan bog‘liq ekanini anglatadi. Bu yerda “yonish” ramziy ma’noda nafs bilan kurash,
dunyoviy istaklardan voz kechish va ruhiy poklanish jarayonini bildiradi. Demak, ishq eshigidan
kirgan solik fidoyilik, sabr va ruhiy jasoratga tayyor bo‘lishi zarur.
Jaloliddin Rumiy ham ishqni insonni “ilohiy otashda kuyib, poklanadigan jarayon”
sifatida talqin qiladi. Uningcha, ishq avval ilohiy manbadan keladi, so‘ng inson qalbida
yonganida uni Haqqa tomon olib boradi. Rumiy nazarida, ishqsiz ruhiy komillikka erishish
mumkin emas.
Alisher Navoiy esa ishqni nafaqat ruhiy tajriba, balki insonni komillikka eltuvchi ulug‘
vosita sifatida talqin qiladi. Uning qahramonlari ishq yo‘lida iztirob chekadi, fidoyilik ko‘rsatadi
va ana shu ruhiy sinovlar orqali Haqqa yaqinlashadi. Navoiy ijodida ishq ko‘pincha sabr, azob va
o‘zini inkor etish orqali yuksak ma’rifat darajasiga ko‘tariladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, tasavvuf falsafasida ishq tushunchasi inson ruhiy
kamolotining markazida turadi. Shams Tabriziy ta’kidlaganidek, ishq yo‘liga kirish fidoyilik va
sinovlarni talab etadi; Rumiy qarashlarida esa u insonni ilohiy haqiqat sari yetaklovchi otash
sifatida talqin qilinadi. Navoiy ijodida ishqning badiiy-estetik qirralari ochilib, u insonni sabr,
iztirob va o‘zini inkor etish orqali komillikka eltuvchi eng buyuk kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, ishq tasavvufiy tafakkurda nafaqat ma’naviy tajriba, balki Haqqa yetaklovchi
tamoyil bo‘lib, uning falsafiy va adabiy talqinlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Adabiyotlar:
1.
Hayitmetov, A. Alisher Navoiy va tasavvuf. – Toshkent: Fan, 1963.
2.
Mallaev, N. Alisher Navoiy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1972.
3.
“Tafsiri Hilol” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «HILOL NASHR» Nashriyot-
matbaasi 2024 (2007–2023).
4.
Sunan Abu Dawud. Imâm hâfiz Abu Dawud Sulaiman bin Ashath; Nasiruddin AI-Khattab,
Riyadh-2008. S-200.
5.
Imom Buxoriy. Al-Jomiʼ as-sahih. Riqoq kitobi. Tavozeʼ bobi.Toshkent- 1991.
6.
Ибн Халдун. Ал-Муқаддима. Ал-Қоҳира: Дор ал-китаб Ал-Мисрий ва ал-Лубнаний,
1999 м., 18.
7.
Hakima Salomova “Shams Tabriziy va Jaloliddin Rumiy.” Imom Buxoriy saboqlari, 1-son,
2021.
8.
Imom Gʻazzoliy. Ihyoyu ulumiddin. Toshkent, Qamar media, 2021.
9.
Najmiddin Komilov “Tasavvuf” Toshkent “Movarounnahr”- “O’zbekiston” 2009 - B.9
