Authors

  • Dilovar Ibragimova
  • F. Sultonqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136781

Keywords:

qadriyat badiiy so‘z folklor motiv obraz folklorshunoslik.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining badiiy adabiyotga ta’siri masalalari shoir Usmon Azim she’rlari misolida tahlil etiladi. Shoir she’rlarida xalq ertaklaridai uch yo‘l motivi tahlil qilinadi.

background image

417

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

USMON AZIM SHE’RIYATIDA FOLKLOR MOTIVLARI

Ibragimova Dilovar Anvar qizi

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 3

-bosqich talabasi.

F.Sultonqulova

Ilmiy rahbar. PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17195517

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining badiiy adabiyotga ta’siri

masalalari shoir Usmon Azim she’rlari misolida tahlil etiladi. Shoir she’rlarida xalq
ertaklaridai uch yo‘l motivi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

qadriyat, badiiy so‘z folklor, motiv, obraz, folklorshunoslik.

Har bir davr adabiyoti avvalo shu xalqning og‘zaki ijod namunalarida aks etadi. folklorda

o'z aksini topadi, badiiy sayqallanadi. Mumtoz adabiyotimizdan tortib, to bugungi kungacha
yaratilayotgan asarlarda xalq og'zaki ijodining badiiy adabiyotga sezilib turadi.

Folklor namunalarini qadimdan xalq og‘zaki ijodida ko‘rishimiz mumkin. Millatning

an’analarini yuzaga chiqarishda, mashhur shoir va yozuvchilarimiz hissasi ulkan. O‘zbekiston
xalq shoiri Usmon Azim ijodining asosini ham xalq og‘zaki ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

“Uning ijodi xalq og‘zaki ijodidan doimo suv ichgan, uni yozma adabiyotga yangicha ruh

bilan sug‘organ she’riyatdir. Shoir ijodining dastlabki yillaridayoq xalq og‘zaki ijodining go‘zal
namunalari bo‘lgan ertak, afsona va dostonlardagi folklor motivlariga murojaat qiladi. Shoir
she’riyatining manbalaridan biri Ona tabiat bo‘lsa, ikkinchisi xalq og‘zaki ijodidir”. [5: 282.]

Shoir ijod olamiga kirib kelgan o‘tgan asrning 70

-

80 yillarida Haq va haqiqatni so‘zlay

olish uchun folklor motivlaridan foydalanishi, yozma adabiyotning xalq og‘zaki ijodi bilan
uyg‘unligini ko‘rsatishida, albatta, muallifning ma’lum maqsad

-muddaolarini ifodalashda

fol’klor an’analaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan edi. Shoirning “Uch dramatik
ballada”, “Baxshiyona” turkumi –

xalq dostonlari, “Chapani yoxud jaydari she’rlar” –

xalq

qo‘shiqlari, “Alpomishning qaytishi” –

“Alpomish” dostoni,

“Tosh pari”,

“Balladalar”iga

ertak motivlari asos qilib olinadi. Shoir ba’zi she’rlarida xalqimiz donishmandligini ko‘rsatuvchi
noyob, chuqur mazmunga ega, serma’no ibora va maqollardan mahorat bilan o‘rinli foydalanadi:

“Oh”imga to‘ladi “oh”siz odamlar

Bir yo‘lim zamindir, bir yo‘lim osmon

.

Ma’lumki, xalq ertaklarida

uch yo‘l

motivi mavjud. Ertak motivi asosida yaratilgan

“Balladalar”ining beshinchi balladasida

ushbu motiv ijtimoiy masalalarni yoritish maqsadida

ishlatiladi. Umuman, shoir ijodida

uch yo‘l

asosiy motiv obraz sifatida davr ahvoli, lirik

qahramon ruhiyatini tasvirlangan o‘rinlarda keng foydalaniladi. “Rivoyat” she’rida uch yo‘l

motivi insonning umri, yashashi haqida chuqur falsafiy mushohadalarini ifodalaydi. Shoir

mazkur motivni inson hayoti misolida ko‘rarkan, inson yashab o‘tgan umr borsa kelmasga

qiyoslanadi:

Bu yo‘l yolg‘iz emas, uchga bo‘lindi...

“Borsa kelmas” oldi mening ko‘nglimni.

Garchi “Borsa, kelar” ayladi imo,

Menga buyurmagan qaytmoqni xudo.

“Yo kelar, yo kelmas” o‘yindir mujmal,

Men birdan qismatni etmoqchiman hal.
Taqdirga tik qarash bandasin rasmi,


background image

418

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

O‘yla “Borsa kelmas” umrdir asli

. [2: 111.]

Usmon Azim xalq og‘zaki ijoodining majoziylikka asoslangan turlaridan biri hisoblangan

ertak motivlaridan unumli fooydlanadi. Jumladan, “Baxt haqida ertak”, “G‘aroyib ajdarho”,
“Tosh pari” hamda shoir “Saylanma”siga kiritilgan o‘n beshta ta balladaga ertak motivlari asos
qilib olinadi. Shoirning “G‘aroyib ajdarho” asarining syujeti xalq ertaklari syujetiga asoslangan
bo‘lsa

-

da, to‘liq xalq ertaklari syujetini takrorlamaydi. Xuddi ertaklardagi kabi yurtga kelgan

yovuz “qirq boshu”, “qirq qorin” “bir yuho” har kuni “bir navniholqiz”ni yemish qilgan ajdarho
timsoli podshohning yolg‘iz qizi “xalqi uchun qurbon bo‘lishga shay turgan” malikani
“yemaydi”. Aksincha xalq va yurt dardini o‘ylab bolasini yovga jo‘natgan podshohga tahsin
aytadi: “Agar podshoh bo‘lsa Xalqiga fido, Nima qila olar Uni ajdarho! Padaring qilmasdan
O‘ziga shafqat, Qizini yo‘llabdi... Unga ming rahmat!” Ko‘rinib turibdiki, mazkur asarda
“g‘aroyib ajdarho” timsolida Adolat ramzi ifodalanadi. Shoir she’rda “yov kelganda qochgan”
xiyonatchi a’yonlar, saroy ahlining qilmishlarini qattiq qoralab, “har qanday musibatga dosh
bergan “misgar u temirchi, Yukchi, obkash, aravakash, dukchi, korapdayu devdon, Bo‘zchi

-yu ,

bazzoz, masxaraboz, hattoki dorboz, hatto ko‘zboylovchi, hatto gilamchi, Hatto sang‘ib yurgan
sho‘rlik tilamchi...” kabi odddiy xalq vakillari borligini podshohga eslatish asnosida davrning
ijtimoiy muammolarini ko‘rsatib o‘tadi. She’rdagi adolat, erk va haqiqat kabi ezgu g‘oyalar
ulug‘lanib, jaholat, nohaqlik, riyo va mmunofiqlik qattiq qoralanadi. Barcha ertaklarning oxirida
bo‘lgani kabi shoir am mazkur eertagini Ezgulikning tantanasi bilan tugatarkan, qissadan hissa
qilib, o‘quvchisiga “xalq nima?” ekanligini uqtiruvchi savol qo‘yadi. Shuningdek uning “Besehr
ertak” she’rida ertaklardagi uch og‘a

-ini botirlar motiv obrazi ishtirok etadi.

Biz uch og'a-ini edik,
Qo'shchi edik mehnatkash. [4:40]

Usmon Azim she’riyati xalqimizning durdona ijod namunalarining yozma tarzda

ishlangan ajoyib guldastasidir. Uning

Alpomish

va

“Go‘ro‘g‘li”

dostonlari asosida yozgan

asarlari shoh asar hisoblanadi va folklorning eng ajoyib na’munalari sifatida olishimiz mumkin.

Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, shoir har bir fol’klor

motivlaridan unumli foydalanadi.

Buni uning ijodining eng go‘zal namunasi “Baxshiyona” turkumining o‘ziyoq yorqin

ifoda ettirib turibdi. Xulosa qilib aytganda,

shoir ijodidagi folklor motivlarini o‘rganish, tadqiq

etish yozma ad

abiyot va og‘zaki

adabi

yotning o‘zaro bog‘lik masalalarini hal etishga xizmat

qiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. –

Тошкент: Ўзбекистон. –

Б. 397.

2.

Усмон Азим. Жимлик: назм, наср, драматургия. –

Тошкент: Ғафур Ғулом, 2012. –

Б.

111.

3.

Усмон Азим. Бор экану, йўқ экан. –

Тошкент: Чўлпон, 1995. –

Б. 32.

4.

Уcмон Азим. Сайланма. –Тошкент: “Шарқ” нашриёти, 1995. –

Б.203.

5.

Азимов У. Соғинч. –

Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти,

2007.

Б.40.

6.

F Sultonqulova F. ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF
USMAN AZIM //Modern Science and Research.

2024.

Т

. 3.

№. 2. –

С

. 282-285.

7.

Sultonqulova, F (2020). “METAPHORICAL IMAGES IN THE POETRY OF OSMAN
AZIM”,

IEJRD - International Multidisciplinary Journal

, vol. 5, no. ICIPPS, p. 4, Jun.

2020. -b.


background image

419

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

8.

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorcal images in Osman Azim poetry.

ISJ Theoretical &

Applied Science, 04 (84),

537-539.

Soi

: http://s-o-i.org/1.1/TAS.

9.

Sultonqulova

F.B.

SHUKUR

XOLMIRZAYEV

HIKOYALARIDA

RUHIY-

PSIXOLOGIK HOLAT IFODASIDA DETALNING O‘RNI // Экономика и социум.
2024. №6

-1 (121).633-635 URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/shukur-xolmirzayev-

hikoyalarida-ruhiy-psixologik-holat-ifodasida-detalning-o-rni



References

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон. – Б. 397.

Усмон Азим. Жимлик: назм, наср, драматургия. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2012. – Б. 111.

Усмон Азим. Бор экану, йўқ экан. – Тошкент: Чўлпон, 1995. – Б. 32.

Уcмон Азим. Сайланма. –Тошкент: “Шарқ” нашриёти, 1995. – Б.203.

Азимов У. Соғинч. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 2007. – Б.40.

F Sultonqulova F. ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF USMAN AZIM //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 282-285.

Sultonqulova, F (2020). “METAPHORICAL IMAGES IN THE POETRY OF OSMAN AZIM”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. ICIPPS, p. 4, Jun. 2020. -b.

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorcal images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84), 537-539. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS.

Sultonqulova F.B. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA RUHIY-PSIXOLOGIK HOLAT IFODASIDA DETALNING O‘RNI // Экономика и социум. 2024. №6-1 (121).633-635 URL: https://cyberleninka.ru/article/n/shukur-xolmirzayev-hikoyalarida-ruhiy-psixologik-holat-ifodasida-detalning-o-rni