1571
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “O‘ZBEKLAR” HIKOYASIDA INSON VA
DAVR MUAMMOSI
Ibragimova Dilovar Anvar qizi
Termiz davlat universiteti
O‘zbek filologiyasi fakulteti II bosqich talabasi
Sultonqulova Feruza
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14956349
Annotatsiya.
Mazkur maqolada sermahsul ijodkor Shukur Xolmirzayevning o‘zbek
millati xarakterini qalamga olgan “O‘zbeklar” hikoyasi tahlil etilib, unda o‘tgan asrdagi xalq
hayoti, davr va inson muammolari yoritiladi. Hikoya qahramonlari taqdiri orqali davr
muammolari ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar:
hikoya, qahramon,, xarakter, psixologiya, inson va davr munosabati
THE PROBLEM OF MAN AND THE ERA IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORY
"UZBEKS"
Abstract.
This article analyzes the story "Uzbeks" by the prolific writer Shukur
Kholmirzayev, which captures the character of the Uzbek nation, and highlights the life of the
people, the era, and human problems of the last century. The problems of the era are shown
through the fate of the heroes of the story.
Keywords:
story, hero, character, psychology, the relationship between man and the era.
ПРОБЛЕМА ЧЕЛОВЕКА И ВРЕМЕНИ В ПОВЕСТИ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА
«УЗБЕКИ»
Аннотация.
В данной статье анализируется повесть «Узбеклар» плодовитого
писателя Шукура Холмирзаева, в которой запечатлен характер узбекской нации,
освещены жизнь народа, эпоха и проблемы человечества прошлого века. Проблемы эпохи
показаны через судьбы героев рассказа.
Ключевые слова:
история, герой, характер, психология, связь человека и эпохи.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek xalqining hikoyanavaslik janriga o‘zining adadsiz hissasini
qo‘shgan zabardast ijodkorlardandir.Uning ijodi haqida atoqli adabiyotshunos, tanqidchi olim
Matyoqub Qo‘shjonov shunday yozadi: “U Boysun tog‘i go‘zalliklarini, Surxon ko‘rkamliklarini
adabiyotga olib kirayapti. Faqat tabiatini emas, balki u Boysun va Surxon odamlarini ularning
o‘ziga xos xarakter xusuyatlarini boshqa joylardan bir oz farq qiladigan hayot kechirish yo‘llari
bilan adabiyotga olib kirayapti” [1:355].
1572
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Darhaqiqat, “Adibning qator hikoyalarida shaxs va uning tuyg‘ulari, taqdiri, qismati
haqida o‘ylari, qahramonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari hayot bilan moddiylashgan
holda aks ettiriladi. [5:634]
Ijodkor o‘zining talabalik yillarida boshidan kechirgan ba’zi hayotiy voqealar asosida
yozgan “O‘zbeklar” hikoyasi adabiy tanqidda turli munozaralarga sabab bo‘lgan. O‘sha
davrlarda “O‘zbekning milliy g’ururi” deya atalgan paxta hatto millat kelajagi-yu, ta’limdan ham
ustun bo‘lgan, albatta, bu davr isitmasi, zamon talabi hisoblanganligi bizga ma’lum, ammo millat
ruhiyatiga odatiy holdek singib ketgan odatlar xalqni rivojlanish charxpalagidan ortda qolgan
chashma kabi tasvirlashimiz mumkin. Bir guruh talabalarning paxta terimi uchun o‘qishni
tashlab qishloqlarga borishi, noodatiy sharoitda hatto sog‘ligiga putur yetganligi va bu holat
davomiyligi sabab insoniylikning ba’zi bo‘laklarini panjara ortiga tiqilganini ko‘rishimiz
mumkin. “O‘zbeklar” hikoyasidagi Botir aka obrazi orqali xalqimizning qon-qoniga singib
ketgan mehmondo‘stlik odati aks ettirilgan.
Taniqli o‘zbek adabiyotshunos olimi Qozoqboy Yo‘ldoshev “Sh.Xolmirzayev, birinchi
navbatda, hikoyanavis sifatida tan olingan yozuvchidir. …Yozuvchi nasrning bu mo‘jaz janrida
inson tabiatiga xos turfa jihatlarni, ruhiy iztiroblaru tuyg‘ular tovlanishini butun murakkabligi
bilan ko‘rsata oladi,”[2:349] deb baholashi bejiz emas. “O‘zbeklar” hikoyasida adibning bu
mahorati quyidagi o‘rinlarda tasvirlanadi: “Bechora o‘zbekni bilasizku, o‘zi yemasdan
mehmonga tutqazadi, kambag‘alligini yashiradi. Holbuki juda boy edi-yu, birdan kambag‘al
bo‘lib qoldi: shuning uchun buni o‘kinch bilan yashirayotgandek tuyuladi menga…. Balki bunga
biz bilmagan boshqa sabablar bordir?”[3:73] bu fikrlarda ne-ne xalq ruhiyati yashiringan deysiz.
Ushbu hikoyadagi talabalarni “oq oltin” terishga olib kelgan O‘rmon aka obrazi
talabalarga balandparvoz gaplar bilan dadillik baxsh etuvchi, ammo ba’zi qiyin vaziyatlarda
vijdoniga xilof ish qiluvchi bir inson sifatida gavdalantirilgan. Botir aka obrazi esa juda
mehmondo‘st, sodda, xalq tilida tushuntiradigan bo‘lsak mehmonlar uchun quyrug’idan kesib
beruvchi qahramondir. To‘rt kishi zo‘rg’a sig’adigan kulbasiga o‘n besh nafar mehmonni kun
almashib mehmon qiluvchi, qora kunlarda birovga yaxshilik ulashishdan tolmaydigan soddadil
cho‘pon – o‘zbek xarakteri obrazi aks ettirilgan.
Ammo hikoya bosh qahramoni Ergash – O‘rmon aka va talaba yigitlar o‘rtasida konflikt
chiqadi. Sababi qishning qorong’u kunida “qo‘li kalta” bir cho‘ponning uyiga kunda kirib uni
chiroyli qilib “talash” unga yoqmaydi va ko‘p uning uyiga bormasligi aks etadi. Hatto ular
o‘zlariga yaxshilik qilgan insonga yomonlik va ayyorlik bilan javob qaytarishadi, buni tahlil
qilish, qiyin albatta. Balki bularning bunday yo‘l tutishiga o‘sha davrdagi mustabdlik, o‘sha
davr insonlari mehnati turli tazyiqlar va yetarlicha sharoitda emasligi sabab bo‘lgandir. Negaki,
talabalar bu qilmishlari yaxshi emasligini, oqibati yaxshi bo‘lmasligini chindan his qilishadi.
1573
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Albatta, bularning barchasi muhokamalidir. Bularning baridan shunday xulosa
chiqarishimiz mumkinki, bugungi kun uchun shukronalik va bu davrga o‘z o‘zidan yetib
kelmaganligimizni oydin ravishda ko‘rishimiz mumkin. Ushbu hikoyada qadim balki
qayerlardadir hozir ham bo‘lgan jo‘ngina vaziyatlarni ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan yozuvchining
maqsad muddaosini anglaymiz. Birgina biz uchun qadrli bo‘lgan balki o‘zgacha bo‘lgan
“O‘zbek” so‘zi qadrining naqadar yurakka yaqinligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston xalq
shoiri Usmon Azim[6:] e’tirof etganidek: “Yuksak iste’dod egasi, bukilmas va yirik shaxs Shukur
Xolmirzaev iste’dodi qudrati va mashaqqatli mehnati evaziga yurtining shuhratini yuksaltirdi.
Uning timsolida adabiy jamoatchilik va kitobxon O‘zbekiston ilk bor haqiqiy Surxondaryoni
tasavvur etdi”. [4:63]. Darhaqiqat, yozuvchi o‘zbek adabiyotida birinchilardan bo‘lib, oddiy va
zahmatkash kishilar hayotini, ularning qalb-kechinmalarini, davr va taqdirini mahorat bilan
tasvirlab beradi.
REFERENCES
1.
Qo‘shjonov M. Saylanma. 2-jildlik. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. – J 1.
384 b.
2.
Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. – 546 b.
3.
Xolmirzayev Sh. Saylanma: II jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2005. – B. 68-74.
4.
Usmon Azim. So‘ngso‘zlar. – Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat. – 2020. – B.63.
5.
Sultonqulova F.B. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA RUHIY-PSIXOLOGIK
HOLAT IFODASIDA DETALNING O‘RNI // Экономика и социум. 2024. №6-1
(121).633-635 URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/shukur-xolmirzayev-hikoyalarida-
ruhiy-psixologik-holat-ifodasida-detalning-o-rni
6.
Султонкуловой, Феруза Бобоназаровна. "УСМОН АЗИМ ШЕЪРИЯТИДА КУЗ
МЕТАФОРАСИ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 4.3 (2021).
7.
Sultonqulova F. ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF
USMAN AZIM //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 282-285.
8.
Sultonqulova, F. (2020). Metaphorcal images in Osman Azim poetry.
ISJ Theoretical &
Applied Science, 04 (84),
537-539
.
Soi
9.
Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry.
ISJ Theoretical &
Applied Science, 02 (94),
350-353
.
Soi
10.
Sultonqulova F. (2025) Usmon Azim she’riyatida lirik qahramon tabiati. Farg‘ona davlat
universiteti, 30 (6), 64.
https//journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/viev/380
