Sentabr, 2025-Yil
222
O‘QUV TOPSHIRIQLARI ORQALI 6- SINF O‘QUVCHILARNING PRAGMATIK
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASH
QOBILIYATLARINI O‘STIRISH MAZMUNI
Ashirboyeva Nafisa Aminboyevna
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17249337
Annotatsiya.
mazkur
maqolada
o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyalarni
rivojlantirishda o‘quv topshiriqlarining ahamiyati, muloqot qilishda qadriyat, odob-axloq
qoidalari me’yorlariga amal qilish, everistik topshiriq, matn ustida ishlash, mantiqiy, kreativ
fikrlash qobiliyatlarini ko‘nikmalarini o‘stirish bo‘yicha metodist, pedagog, psixolog olimlarning
ilmiy qarashlari keltirilib tahlil qilingan hamda ularga subyektiv munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar
: pragmatik kompetensiya, o‘quv topshiriqlari, everistik topshiriq muloqot
qilish, qadriyat, odob-axloq qoidalari me’yorlari, mantiqiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini
ko‘nikmalari matn ustida ishlash.
Bugungi kunda ona tili darslarida o‘quvchilarning bilimini, fikrlashini, yondashuvlarini
tubdan oshirish, bilan bir qatorda, ularning pragmatik kompetensiyalarini yuqori darajada
takomillashtirish ona tili fani o‘qituvchisining oldida turgan muhim vazifalardabn biri
hisoblanadi.Binobarin, hozirgi kunning raqobat lasha oladigan tashabbuskor umumiy o‘rta ta’lim
o‘quvchisi o‘zaro muloqotda pragmatik qonuniyatlarni, nutqiy va kommunikativ madaniyatga va
aksiologik kompetentlik tarkib toptirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O.S.Issers
1
ning ta’kidlashicha, muloqot jarayonida adresat nutqi quyidagi parametrlarda
o‘z aksini topadi:
- u o‘z nutqida o‘z “men”ini, shaxsiy xususiyatlarini (bevosita yoki bilvosita, o‘z mavqeini
ko‘tarish yoki pasaytirish darajasida) namoyon qiladi;
- so‘zlarni qo‘llashda odobliligini (xushmuomalalik borasida suhbatdoshini o‘ziga jalb
qilishga qiziqish yoki kiziqmasligini) namoyon qiladi;
- fikr almashinuv jarayonida suhbatdoshlar o‘z nutqlarining kommunikativ pragmatik
ta’sirning samaradorligini nazorat qiladilar (ohangni ongli tarzda tanlaydi, vaziyat va holatni
boshqaradi)
Pragmalingvist J.Lich bu borada hurmat tamoyili tushunchasini taklif etadi va uning
voqelanishi tamoyilning quyidagi oltita qoidasi faollashuvidan iborat ekanligini ta’kidlaydi:
1. Xushmuomalalilik, nazokat, odob qoidasi (suhbatdosh urinishlarini sarfini kamaytir,
uning foydasini ko‘paytirishga harakat qil);
2. Himmat, oliyjanoblik qoidasi (o‘z foydangni kamroq ko‘zla, barcha sarfni o‘z
zimmangga ol);
3. Ma’qullash, tahsin qoidasi (o‘zgalarni yomonlama, g‘iybat qilma, koyima); 4.
Kamtarlik, kamsuqumlik, oddiylik qoidasi (o‘z-o‘zingni maqtashni keskin kamaytir);
5. Rizolik, murosasozlik qoidasi (tortishuvlardan qoch, murosaga urin);
6. Xush ko‘rish, mayl, yoqtirish qoidasi (xayrixoh, oqko‘ngilli bo‘l)
2
.
1
Иссерс О.С. Проблемы создания «коммуникативного портрета»: тендерный аспект // Гендер: язык, культура,
коммуникация. – Москва, 2002. Вып. 2
Sentabr, 2025-Yil
223
6- sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik
tayyorgarlikda muloqot muhim ijtimoiy funksiyalardan biridir.Shu bois 6-sinf o‘quvchilarining
pragmatik kompetensiyalari belgilangan talablar asosida o ‘sib borishi uchun ularga muloqot
qonuniyatlari, nutq madaniyati, nutqiy etikatga, xushmuomalalikka ega bo‘lishi talab
qilinadi.Bunda everistik topshirqlarning o‘rni ahamiyatli. “Evristik topshiriqlar ta’lim oluvchilarda
kreativ ko‘nikmalarning hosil bo‘lishida muhim o‘rin egallaydi. Chunki ushbu topshiriqlarni
bajarish davomida ta’lim oluvchilar ijodiy izlanishga muvaffaq bo‘ladilar. Evristik topshiriqlar
ta’lim oluvchilarni o‘quvchilarni ijodiy izlanishga va ijodiy faoliyat natijasini namoyon etishga
undaydi. Ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyatlari natijalarning muntazam nazorat qilish va
takomillashtirish o‘qituvchidan alohida kasbiy mahorat va ijodkorlikni talab qiladi”
3
. Kreativ
fikrlash ko‘nikmalari inson tafakkurining muntazam boyib borishini ta’minlaydi. Ta’lim
oluvchilarni kreativ fikrlashga undaydigan evristik topshiriqlar o‘ziga xos didaktik xususiyatga
ega. Ular,
1. Muayyan hodisaning xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va unga munosabat
bildirishga yo‘naltirilgan topshriqlar. Bunda ta’lim oluvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalari
ularda mustaqil izlanish motivlarining shakllanishida ko‘maklashadi.
2. Kreativ fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar kechinmalari va his-
tuyg‘ularini ijodiy faoliyat usullari orqali namoyon etadilar. Ushbu jarayonda ularning ijodiy
faolliklari, his- tuyg‘ulari, ko‘tarinki kayfiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi
4
.
“Matn ustida ishlash jarayonida undagi yetakchi g‘oyani aniqlash mantiqiy fikrlash
ko‘nikmasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday ko‘nikmani egallamagan o‘quvchi
nazariy masalalarni aniqlashtiruvchi misollarni, ma’lumot va sonlarni yodlab olish harakatiga
tushadi. Natijada o‘quv materialini ongli o‘zlashtira olmaydi va ko‘p o‘tmay uni eslashga
qiynaladi. Mazkur ko‘nikmani shakllantirishda quyidagilar talab qilinadi:
1) o‘quvchilarga matnda ifodalangan g‘oyaning mohiyatini tushuntirish;
2) mantiqiy fikrlash usullari bilan tanishtira borish;
3) ijodiy ishlarida mantiqiy fikrlash usullarini qo‘llashni talab qilish.Demak, matn
asosidagi yetakchi g‘oyani aniqlash quyi sinflardan boshlanadi”
5
.
Amaldagi 6-sinf “Ona tili”
6
darsligining 48- betida quyidagi matn keltirilgan.
…Ayrim odamlarga barcha narsa o‘z xolicha qolaversa ham mayli.Lekin men unaqa
emasman.Ayniqsa biror narsadan xavotirda yoki qayg‘uda bo‘lsam buni shunday qoldira
olmayman. Kichik sinfda o‘qiyotganimda menga o‘qituvchimiz okeandabgi plastik uyumi,global
isishi sababli qutb ayiqlari jabr ko‘rayotgani haqida film qo‘yib bergan. Men uni ko‘rib rosa
yig‘lagan edimSinfdoshlarim ham yig‘lagan. Lekin film tugagach, ular bemalol yana boshqa
ishlari biolan shug‘ullanaverardi. Men esa unday qila olmayman.O‘sha lavha hayolimdan
2
Leech G. Principles of pragmatics. – London, 1983. – P. 250.
3
R.G.Safarova. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. Science and innovation. 2023. –107b
4
R.G.Safarova. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. Science and innovation. 2023. –138b
5
Бакиева Х.С.Бошланғич синф ўқувчиларида мустақил таълим орқали нутқ ва тафаккурни
ривожлантириш методикаси. Пед.фан.фалс…дисс. Самарқанд, 2010. -26б.
6
Mavlonova K.M. va boshq.Ona tili [Matn] 6- sinf uchun darslik.-Toshkent: Respublika ta’lim markazi.2022.-224b
Sentabr, 2025-Yil
224
ketmaydi.
Mazkur darsda o ‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish ularning
nutqiy,kommunikativ,pragmatik kompetensiyalari rivojida muhim ahamiyatga ega
.
-Jonivorlarning hayotini saqlab qolish uchun nimalar qilish mumkin?
-Mas’uliyat bilan yondashish, atrof- muhitga daldorlik hissi deganda nimani tushunasiz?
Mazkur global muammolar, tabiat bilan, insonning kasb tanlashi, halol hayot kechirish
bo‘yicha muammoli savollar bilan o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kreativ yondashuvlarini
rivojlantiruvchi mashqlar va topshiriqlar ustida ishlar tashkil qilish ularning pragmatik
kompetensiyalariga takolmiliga ta’sir ko‘rsatadi.
Ortlieb va Schatz
7
muvaffaqiyatli o‘qishdagi oid o‘ziga ishonch aralashuvlarini ishlab
chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalarni taklif etadilar. Ularning aytishicha, samarali aralashuvlar
modellashtirish, tajriba asosifda yutuqlar va ijobiy fikr-mulohazalarni o‘z ichiga oladi.
Modellashtirish o‘quvchilarga vazifa talablarini tushunish uchun tayanch bo‘libxizmat qiladi.
Masalan, o‘quvchilarni kodlashni (ya’ni, so‘zlarni tovushlarga ajratib o‘qish) tushunmasa,
o‘qishda qiynaladi. Shu sababli, aniq ko‘rsatmalar va o‘qish ko‘nikmalarini kattalar yoki
tengdoshlar tomonidan nomoyish qilish orqali o‘quvchilarga bu ko‘nikmalarni rivojlantirish
imkoniyati yaratiladi. Asosiy o‘qish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘qituvchilar
ularni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun maxsus imkoniyatlar yaratishlari kerak. Modellashtirish va
bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash orqali o‘quvchilarning mavjud ko‘nikmalari asosida yangi
bilimlar olishga va murakkab matnlarni o‘qishga rag‘batlantiriladi. Har bir urinishdan so‘ng,
o‘quvchi aniq va xolis fikr-mulohaza olishi kerak, bu orqali u muvaffaqiyatini anglab yetadi va
kelajakda qanday yo‘nalishda ishlashi ketrakligini tushunadi. O‘quvchilarni o‘qishdagi
qiyinchiliklarga duch kelishga undovchi, ammo erishilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar orqali
ilhomlantirish lozimligini ta’kidlaydilar .
6-sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda muloqot jarayonida
quyidagi ko ‘nikmalar ahamiyatga molik:
- bilim, nazariy ma’lumotlarga, axborotlar bazasiga ega bo ‘lishi;
-“Ona tili”darsligidagi mashqlardagi matnlar g‘oyasini mustaqil anglash va tushunish;
Mashqlarni, topshiriqlarni bajarish jarayonida tushunilmagan o‘rinlar bo‘yicha savol
berish; muammoli savolga yechimli javob topa olish va murojaat qilishga yo‘naltirish;
- nutqiy jarayonda qadriyatlarga tayanishi, odob-axloq me’yorlarga rioya qilishga,
ta’sirchan, ma’noli, sermazmun muloqot qilish;
-mavzu doirasida keng qamrovli bahs- munozara olib borishi;
-o‘zining xulosaviy fikrlarini erkin bayon qilishi.
O‘quv topshiriqlari orqali 6-sinf o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyalarini
rivojlantirishda kreativ fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish ularning kreativ fikrlash, ijodiy
yondashish, mustaqil qaror qabiul qilish faoliyatini egallashga yordam beradi.
7
Ortlieb, E., & Schatz, S. (2020). Student’s self-efficacy in reading: Connecting theory to practice. Reading
Psychology, 41(1), 735-751. https://doi.org/10.1080/02702711. 2020.178314
Sentabr, 2025-Yil
225
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Бакиева Х.С.Бошланғич синф ўқувчиларида мустақил таълим орқали нутқ ва
тафаккурни ривожлантириш методикаси. Пед.фан.фалс…дисс. Самарқанд, 2010. -
26б
2.
Leech G. Principles of pragmatics. – London, 1983. – P. 250.
3.
R.G.Safarova. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. Science
and innovation. 2023. –107b
4.
Mavlonova K.M. va boshq.Ona tili [Matn] 6- sinf uchun darslik.-Toshkent: Respublika
ta’lim markazi.2022.-224b
5.
Ortlieb, E., & Schatz, S. (2020). Student’s self-efficacy in reading: Connecting theory to
practice. Reading Psychology, 41(1), 735-751. https://doi.org/10.1080/02702711.
2020.178314
