Authors

  • Nafisa Ashirboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36613

Keywords:

ona tili ta’limi o‘quv topshiriqlari lingvodidaktika mashqlar ilmiy-nazariy asoslari matn yozish va tuzishga o‘rgatuvchi mashq va topshiriqlarning mazmuniy tarkibi ijodiy tafakkur ilmiy mantiqiy izchil fikrlash leksik birliklar yozma matn ustida ishlash.

Abstract

Ushbu maqolada ona tili o‘qitishda o‘quv topshiriqlari vositasida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning lingvodidaktik, metodik jihatlari mazmuni, mashq o‘quv topshiriqlarining mohiyati va ularning mazmunini o‘rgatishga doir pedagog, metodist, tilshunos olimlarning fikr-mulohazalari hamda ularning nazariy-metodik tavsiyalari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.

background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

53

ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUV TOPSHIRIQLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING

NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH LINGVODIDAKTIKASI

Ashirboyeva Nafisa Aminbayevna

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13340633

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ona tili o‘qitishda o‘quv topshiriqlari vositasida

o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning lingvodidaktik, metodik jihatlari

mazmuni, mashq o‘quv topshiriqlarining mohiyati va ularning mazmunini o‘rgatishga doir

pedagog, metodist, tilshunos olimlarning fikr-mulohazalari hamda ularning nazariy-metodik

tavsiyalari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

ona

tili ta’limi, o‘quv topshiriqlari, lingvodidaktika,mashqlar ilmiy-nazariy

asoslari,matn yozish va tuzishga o‘rgatuvchi mashq va topshiriqlarning mazmuniy tarkibi, ijodiy

tafakkur, ilmiy, mantiqiy, izchil fikrlash,leksik birliklar, yozma matn ustida ishlash.

LINGUISTICS OF DEVELOPMENT OF SPEAKING SKILLS OF STUDENTS

THROUGH STUDY TASKS IN MOTHER LANGUAGE EDUCATION

Abstract.

In this article, the contents of the linguo-didactic and methodical aspects of the

development of students' speaking skills in the teaching of the mother tongue, the essence of the

training tasks and the opinions of pedagogues, methodologists, and linguists on teaching their

content, as well as their theoretical-methodical recommendations were given and a personal

attitude was expressed to them.

Key words:

mother tongue education, educational tasks, linguodidactics, scientific-

theoretical basis of exercises, content content of exercises and tasks teaching writing and

composition, creative thinking, scientific, logical, consistent thinking, lexical units, work on a

written text.

ЛИНГВИСТИКА РАЗВИТИЯ РЕЗОВЫХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ

УЧЕБНЫЕ ЗАДАЧИ В РУНОЯЗЫЧНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены содержание лингводидактических и

методических аспектов развития речевых навыков учащихся средствами учебных задач

при обучении родному языку, сущность учебных задач и мнения педагогов, методистов.

лингвистам по преподаванию их содержания были даны свои теоретико-методические

рекомендации, выражено личное отношение к ним.

Ключевые слова:

обучение родному языку, учебные задачи, лингводидактика,

научно-теоретическая основа упражнений, содержательное содержание упражнений и


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

54

заданий по обучению письму и сочинению, творческое мышление, научное, логическое,

последовательное мышление, лексические единицы, работа над письменным текстом.

Ma'lumki, o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlari orqali nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish

ulardagi og'zaki monolog nutqining me'yoriy va asosiy kommunikativ nutq qobiliyatlari tizimini

rivojlantirishning zaruriy aspekti tariqasida lingvodidaktik metodologiyaga uyg‘unlik darajasida

bo‘lgan semantik segmentlar o'zaro bog'liqligini hisobga olgan holda uzluksiz aloqalar va

munosabatlar rivojida aks etadi.

Ilmiy, pedagogik, psixologik, o‘quv-metodik adabiyotlar, ilmiy maqolalar, manbalar tahlili

shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchilarning nutqiy

ko‘nikmalarini rivojlantirish muammosi tilshunos, metodist, pedagoglar soha mutaxassislari

tomonidan turlicha talqin qilinib, turlicha yondashilgan. Umumiy o rta ta’lim ona tili ta’limida

o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun berilgan o ‘quv topshiriqlari

konseptual asosida mantiqiy izchillik, ifodalilik, ravonlik,mazmun bo‘lishini izohlab berishgan

R.N.Buneeva va E.V.Buneevalar

1

tomonidan o‘quvchilarni gapning maqsadiga qarab gap

turlari, mantiqiy urg‘u, intonatsiyaga asoslangan gap turlari, sanab o‘tish intonatsiyasi bilan

tanishtirish va o‘quv dasturida taqdim etilgan intonatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish uchun

darslikdagi mashqlar va topshiriqlar ko ‘proq berilishi ta’kidlangan.

S.Matchonovning ta’kidlashiga ko‘ra, “o‘quv topshiriqlari shaklan ham, mazmunan ham

o‘ziga xos tartib-xususiyatga ega o‘quv materialidir. Ular ma’lum shakl, mazmun va mezonlar

asosida tuzilishi lozim”

2

. M.Saidovning “O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi

jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi”

mavzusidagi “Modomiki, ona tili mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni fikrlashga, fikr

mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, ravon ifodalashga

o‘rgatish ekan, demak, o‘quv topshirishlari bevosita amaliy maqsadlarga, ya’ni o‘quvchilarning

nutqiy faoliyatini rivojlantirishga bo‘ysundirilishi kerak. O‘quvchilarning so‘z zahirasini oshirish,

so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini shakllantirish, gaplarni kengaytirish va

toraytirish, gap mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish, ayni bir voqea, hodisa yoki ishlab

chiqarish jarayonining ham oddiy, ham badiiy, ham ilmiy tasvirini bera olish; ko‘rgan, kuzatgan,

o‘qigan, eshitgan voqea, hodisalarini bayon qilishga qaratilgan o‘quv topshiriqlari nutqiy

1

.Бунеев Р.Н., Бунеева Е.В. Русский язык. Программа // Программнометодические материалы. Русский язык.

Начальная школа / Сост. Л.А. Вохмянина. - М.: Дрофа, 2002. - 73 с.

2

Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – 108 б.


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

55

faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar sirasiga kiradi”,- deydi

3

. Mashq – o‘quvchining

dars jarayonidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantiruvchi faoliyat turi. Bu faoliyat o‘quvchini

nazariy ma’lumotni tub mazmun mohiyatini o‘zlashtirish o‘zidan o‘tkazish, qaror qabul qilish,

tanqidiy va ijodiy fikrlash hissiyotlarni boshqara olish kabi madaniyatni rivojlantiradi

4

.

O‘quvchilarga o‘quv topshiriqlarini o‘rgatish natijasida ularda faol va rivojlanib

borayotgan leksika va fikr o‘sib boradi.Shular natijasida esa olingan bilimlar, ulardagi kognitivlik

tizimlashadi. O. Roziqov boshchiligida tuzilgan “Ona tili didaktikasi” nomli darsligida o‘quv

topshiriqlarini tuzish va bu boradagi ishlar ko‘lami yuzasidan quyidagicha yondashuv berilgan:

Mashq qilish uchun o‘quv topshiriqlarini tuzish jarayonida quyidagi ishlar amalga

oshiriladi.

A. Nutq shakllariga evristik, adaptiv, noadaptiv, alternativ ko‘rinishdagi o‘quv

topshiriqlari miqdorini aniqlash.

B. Tuziladigan o‘quv topshiriqlari tizimida o‘quvchilarning ijodiy va qayta xotirlash

faoliyatini hisobga olish.

D. O‘quv materiali mazmuniga ko‘ra topshiriqlarning turini aniqlash. Topshiriqlar tuzish

jarayonida mavzuni mustahkamlashni inobatga olish bilan birga nutq va tafakkurni rivojlantirish

masalalari diqqat markazida bo‘lishi kerak. Chunki o‘quvchilarning olgan bilimlari va mavzuni

o‘zlashtirganlik darajasi nutq shakllari orqali namoyon bo‘ladi.

V.V.Repkin

5

tomonidan esa ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun darsliklarda

dialoglarni rollar bo'yicha o‘qish uchun shunga o'xshash mashqlar taklif etilishi matnni ifodali

oʻqish qobiliyatiga urgʻu berilishi ta’kidlangan.

O‘quvchilarga o‘quv topshiriqlarini uzluksiz ishlash bosqichlarida nutqni o‘stirishga doir

mashq va topshiriqlar ustida ishlashning lingvistik, psixologik, metodik jihatdan asoslangan

metodikasini yaratish va ularda qiziqishning doimiyligini ta’minlash, suhbat mavzusini to‘liq

qamrab olish, so ‘zlarni talaffuz qilganda tinish belgilari savodxonligiga erishishga imkon berish,

nazariy ma’lumotlarni, o‘quv materialini, turli matnlarni ifodali o'qish ko'nikmalarini

rivojlantirishga yordam berish nutq madaniyatini rivojlantirishning o‘sish darajasini oshiradi.

3

Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи

ўқув топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Пед.ф.н.диссертaция. –Т.:2000. -16 б.

4

Салиева П.А. Ўқитувчиларнинг касбий махоратини оширишда малака ошириш тизимидаги инновациялар.

Ученый XXI века. 2017 й. № 9-10 (34). 6-10-б.

5

Репкин В.В., Восторгова Е.В., Некрасова Т.В. Русский язык. Программа // Программно-методические

материалы. Русский язык. Начальная школа / Сост. Л.А.Вохмянина. - М.: Дрофа, 2002. — 320 с.


background image

2024

AUGUST

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 6

56

REFERENCES

1.

Бунеев Р.Н., Бунеева Е.В. Русский язык. Программа // Программнометодические

материалы. Русский язык. Начальная школа / Сост. Л.А. Вохмянина. - М.: Дрофа,

2002. - 73 с.

2.

Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – 108 б.

3.

Репкин В.В., Восторгова Е.В., Некрасова Т.В. Русский язык. Программа //

Программно-методические материалы. Русский язык. Начальная школа / Сост.

Л.А.Вохмянина. - М.: Дрофа, 2002. — 320 с.

4.

Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида

тафаккурни ривожлантирувчи ўқув топшириқлари ва улардан фойдаланиш

методикаси. Пед.ф.н.диссертaция. –Т.:2000. -16 б.

5.

Салиева П.А. Ўқитувчиларнинг касбий махоратини оширишда малака ошириш

тизимидаги инновациялар. Ученый XXI века. 2017 й. № 9-10 (34). 6-10-б.

References

Бунеев Р.Н., Бунеева Е.В. Русский язык. Программа // Программнометодические материалы. Русский язык. Начальная школа / Сост. Л.А. Вохмянина. - М.: Дрофа, 2002. - 73 с.

Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – 108 б.

Репкин В.В., Восторгова Е.В., Некрасова Т.В. Русский язык. Программа // Программно-методические материалы. Русский язык. Начальная школа / Сост. Л.А.Вохмянина. - М.: Дрофа, 2002. — 320 с.

Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи ўқув топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Пед.ф.н.диссертaция. –Т.:2000. -16 б.

Салиева П.А. Ўқитувчиларнинг касбий махоратини оширишда малака ошириш тизимидаги инновациялар. Ученый XXI века. 2017 й. № 9-10 (34). 6-10-б.