Authors

  • Alisher Erkinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136971

Keywords:

ta’lim tizimida o’tish davri milliy dastur kasb-hunar ta’limi Davlat ta`lim standartlari infratuzilma.

Abstract

Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi. Mustaqillik mamlakat oldida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va global integratsiya uchun mustahkam zamin yaratish vazifasini qo’ydi. Bu jarayonda ta’lim tizimi asosiy omil sifatida ko’rildi, chunki bilimli kadrlar jamiyatning kelajagini belgilaydi. Sovet Ittifoqi davrida ta’lim tizimi markazlashgan boshqaruvga asoslangan bo’lib, asosan rus tilida olib borilar va ittifoq siyosatiga xizmat qilar edi. O’zbek tilining o’rni cheklangan, mahalliy xalqlarning madaniy ehtiyojlari esa ko’pincha e’tiborsiz qolar edi. Mustaqillikdan so’ng ta’lim tizimini milliy qadryatlar asosida qayta qurish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish dolzarb vazifaga aylandi. Modernizatsiya zaruriyatining asosiy sabablari iqtisodiy, ijtimoiy va global omillarga bog’liq edi. Iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga muhtoj edi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, ta’lim orqali aholining bilim saviyasini oshirish va teng huquqlilikni ta’minlash lozim edi. Global integratsiya esa xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishni talab qildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi islohotlar nafaqat bilim berish vositasi, balki milliy birlashuv va kelajakni shakllantirishning muhim mexanizmi sifatida qaraldi. Chunki huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning yashash darajasini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish hamda eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

4

MUSTAQILLIK YILLARIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING

SAMARALI NATIJALARI

Erkinov Alisher Muxiddin o‘g‘li

Navoiy Davlat Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.17260440

Annotatsiya.

Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning

barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo
bo’ldi. Mustaqillik mamlakat oldida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va global
integratsiya uchun mustahkam zamin yaratish vazifasini qo’ydi. Bu jarayonda ta’lim tizimi asosiy
omil sifatida ko’rildi, chunki bilimli kadrlar jamiyatning kelajagini belgilaydi. Sovet Ittifoqi
davrida ta’lim tizimi markazlashgan boshqaruvga asoslangan bo’lib, asosan rus tilida olib borilar
va ittifoq siyosatiga xizmat qilar edi. O’zbek tilining o’rni cheklangan, mahalliy xalqlarning
madaniy ehtiyojlari esa ko’pincha e’tiborsiz qolar edi. Mustaqillikdan so’ng ta’lim tizimini milliy
qadryatlar asosida qayta qurish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish dolzarb vazifaga
aylandi.

Modernizatsiya zaruriyatining asosiy sabablari iqtisodiy, ijtimoiy va global omillarga

bog’liq edi. Iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun malakali
mutaxassislar tayyorlashga muhtoj edi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, ta’lim orqali aholining bilim
saviyasini oshirish va teng huquqlilikni ta’minlash lozim edi. Global integratsiya esa xalqaro
standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishni talab qildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi
islohotlar nafaqat bilim berish vositasi, balki milliy birlashuv va kelajakni shakllantirishning
muhim mexanizmi sifatida qaraldi. Chunki huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy jihatdan
qo’llab-quvvatlash, ularning yashash darajasini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish hamda eng
muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir.

Kalit so`zlar:

ta’lim tizimida o’tish davri, milliy dastur, kasb-hunar ta’limi, Davlat ta`lim

standartlari, infratuzilma.

Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun o’tish davri:

1990-yillar Oʻzbekiston ta’lim tizimi

uchun o’tish davri sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikka erishgan ilk yillarda ta’lim
sohasida sovet davridagi markazlashgan va rus tiliga asoslangan modeldan milliy qadimiyatlarga
tayangan yangi tizimga o’tish asosiy maqsadga aylandi. Bu jarayon nafaqat ta’limning ichki
tuzilmasini, balki uning mazmuni va maqsadlarini ham tubdan o’zgartirishni talab qildi. 1991-yil
31-avgustda mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng, Oʻzbekiston o’z ta’lim tizimini milliy
identifikatsiya va davlat suverenitetini mustahkamlash vositasiga aylantirishga kirishdi.

Bu davrda eng muhim qadam 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul

qilinishi bo’ldi. Ushbu qonun mustaqil Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi dastlabki muhim hujjati
sifatida tarixda qoldi. Qonunning asosiy maqsadlari orasida ta’limning barcha fuqarolar uchun
teng huquqli va foydalaniladigan bo’lishini ta’minlash, milliy qadimiyatlar va madaniyatga
asoslangan tizimni shakllantirish hamda davlat tomonidan moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo’llab-
quvvatlanishini kafolatlash kabi vazifalar turardi. Shu bilan birga, o’zbek tilining davlat tili
sifatidagi mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 1989-yilda “Davlat tili


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

5

to’g’risida”gi qonun qabul qilingan bo’lsa-da, uning ta’lim sohasida to’liq joriy etilishi
mustaqillikdan keyingi yillarda amalga oshirildi. 1993-yilda lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi
qaror qabul qilindi va 1990-yillarning o’rtalaridan boshlab bu jarayon bosqichma-bosqich ta’lim
muassasalarida tatbiq etila boshladi. Bu o’zbek xalqining o’ziga xosligini ta’kidlab, milliy
identifikatsiyani mustahkamlashda muhim rol o’ynadi.Shu kabi islohotlarning amalga oshirilishi
barobarida O’zbekiston Respublikasi birinch Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini
keltirish o’rinlidir: “Hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o‘tkazish, O‘zbek modeli deb
nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo‘lmish besh tamoyilning birida islohotlarni
bosqichma-bosqich o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Olti yillik mustaqil hayotimiz bu muhim tamoyil
bizning sharoitimizda naqadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi”.

1

Biroq, dastlabki islohotlar bir qator jiddiy qiyinchiliklar bilan kechdi. Mustaqillikning

dastlabki yillarida iqtisodiy inqiroz va Sovet Ittifoqining parchalanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga
katta zarar yetkazdi. Shu sababli, moliyaviy cheklovlar ta’lim tizimiga sarmoya kiritishni sezilarli
darajada qiyinlashtirdi.

Bundan tashqari, malakali o’qituvchilarning yetishmasligi ta’lim islohotlarining eng katta

to’siqlaridan biri bo’ldi. Sovet tizimidan qolgan o’qituvchilarning ko’p qismi rus tilida dars bergan
va yangi milliy dasturlarga moslashishda qiynalgan. Masalan, o’zbek tilida o’qitishga o’tish
jarayonida maxsus tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchilarning dars sifati pasayib ketgan holatlari
kuzatilgan. Yangi avlod o’qituvchilarni tayyorlash uchun esa pedagogik oliygohlarning
imkoniyatlari cheklangan edi. 1990-yillarning boshida Toshkentdagi pedagogika institutlari va
viloyatlardagi o’qituvchilar tayyorlash muassasalari yetarli darajada kadr yetishtirib bera olmagan.
Shu sababli, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar dastlab sekin kechdi. Biroq, 1997-yilda “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi bilan bu jarayon tezlasha boshladi. 1997-yil 29-avgustda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar
mustaqil Oʻzbekistonning ta’lim sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi
qonun ta’lim va tarbiyani fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek, har bir
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan bilim olish huquqini
roʻyobga chiqarish kabi muhim va dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu qonun ta’lim tizimining
jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan strategik yondashuvni aks ettirdi va
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun poydevor yaratdi.

“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunning 1997-yil 29-avgustdagi yangi tahriri va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi” Oʻzbekiston ta’lim tizimida mustaqillikdan keyingi muhim islohotlarni
aks ettiradi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasidagi “Barkamol avlod –
Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqi 1991-1997-yillardagi ta’limdagi o‘zgarishlarni
tanqidiy ko‘rib chiqib, kelajakdagi yo‘nalishlarni belgilab bergan. Nutqda ta’limning nafaqat bilim
berish, balki erkin fikrlovchi, jamiyatga foydali shaxslar tarbiyalash vositasi ekanligi urg‘ulangan.
Prezident 9-sinf bitiruvchilarining taqdiriga alohida to‘xtalib, statistik misollar keltirgan: 5 million
200 ming o‘quvchidan 450 ming nafari 9-sinfni tamomlaydi, ulardan 55% (250 ming) 10-sinfga
o‘tadi, 100 ming nafari kasb-hunar ta’limiga yo‘naladi, qolgan 100 ming nafari esa ta’limsiz
qoladi. Bu raqamlar ta’lim tizimining samaradorligi va qamrovida katta bo‘shliqlar borligini

1

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

6

ko‘rsatadi. Prezidentning ushbu tahlili ta’lim islohotlarini yanada chuqurlashtirish, har bir
oʻquvchining salohiyatini roʻyobga chiqarish va jamiyat taraqqiyoti uchun barkamol avlod
yetishtirish zarurligini ta’kidlaydi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” aynan shu muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan strategik hujjat sifatida mamlakat kelajagi uchun muhim poydevor
boʻlib xizmat qildi. Masala qanchalar muhim bo’lganini ushbu jumlalardan ham bilishimiz
mumkin: “Kimki bu raqamlarni, bu achinarli holatni chuqur tahlil qilsa, yuragidan o‘tkazib,
o‘zining shaxsiy dardiday anglasa, albatta, bunday vaziyatga beparvo bo‘lib qolishiga
ishonmayman. Shuning uchun ham bugungi zamon talabi, ertangi kelajagimizning tashvishlari
bizdan xalq ta’limi tizimini isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda”

2

. Shu bois, 1997-yil 29-

avgustda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu dasturga muvofiq,
mamlakatimizda 9+3 sxemasi asosida 12 yillik umumiy majburiy va bepul ta’lim tizimi joriy
etildi.

3

1997-yil 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Ta’lim-tarbiya va

kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida”gi
Farmon e’lon qilindi. Ushbu hujjat mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy talablar darajasiga
ko‘tarish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda milliy kadrlar tayyorlashning
ilg‘or tizimini shakllantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Oliy ta’lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Talabalarning bilim

darajasini adolatli va shaffof baholash maqsadida test sinovlari joriy etildi. Ushbu usul yuqori
malakali kadrlarni saralash jarayonida ochiqlik va xolislikni ta’minlashga xizmat qildi.

Shuningdek, viloyatlardagi pedagogika institutlari bosqichma-bosqich universitetlarga

aylantirilib, ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari darajasi oshirildi. Bu esa oliy ta’lim
muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada mustahkamlash, talabalar va professor-
o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirildi.

1997-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh

qilish va kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talablari darajasida o‘zgarishlar kiritish maqsadida
maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni chuqur
o‘rganib, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yangi islohot dasturini ishlab chiqdi. Natijada, Oliy
Majlis sessiyasida ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat — “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu hujjatlar
mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning huquqiy asosini yaratib, kelgusi
rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish

nazarda tutiladi:

Birinchi bosqich (1997 — 2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy

salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy,
kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.

2

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет.

3

Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш –

мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро
конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

7

Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat

bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar
kiritish.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va

umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.

4

Davlatning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlariga

ko’ra ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari quyidagicha shakllangan:

- Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratik prinsiplarga asoslanishi;
- Ta’lim jarayonining uzluksizligi va tizimli izchilligi;
- Umumiy o‘rta ta’lim, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiy

xarakteri;

- O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlarini tanlash erkinligi, ya’ni akademik

litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishni ixtiyoriy ravishda belgilash imkoniyati;

- Ta’lim tizimining dunyoviy asoslarga ega bo‘lishi;
- Davlat standartlari doirasida ta’lim olish imkoniyatlarining hamma uchun ochiq va teng

huquqli ekanligi;

- Ta’lim dasturlarini tuzishda yagona, shu bilan birga, tabaqalashtirilgan yondashuvdan

foydalanish;

- Bilim olishga intilish va iste’dodlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi va jamoatchilik ishtirokini muvozanatli tarzda

uyg‘unlashtirish.

Xalq ta’limining asosiy poydevori uzluksiz ta’lim tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasida ushbu tizim bolaning shaxsiy salohiyatini sog‘lom va har tomonlama yetuk
holatda o‘qishga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Bu jarayon uch yoshdan olti yoki yetti
yoshgacha bo‘lgan davrda oila muhitida, bolalar bog‘chalarida yoki mulk shaklidan qat’i nazar,
boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar): Ushbu bosqichda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun

zarur bo‘lgan dastlabki savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar poydevori shakllantiriladi. Birinchi
sinfga qabul 6-7 yoshdan boshlanadi.

2. Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar): Bu davrda o‘quvchilarga bilimlarning yetarli hajmi

taqdim etiladi, ularda mustaqil fikrlash qobiliyati, tashkilotchilik ko‘nikmalari va amaliy tajriba
shakllantiriladi. Shu bilan birga, kasbiy yo‘nalishga tayyorlash va ta’limning keyingi bosqichlariga
o‘tish uchun zamin yaratiladi

2017-yil 30-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Maktabgacha ta’lim

tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son farmon
qabul qilindi

5

. Ushbu hujjat maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun Maktabgacha ta’lim

vazirligini tashkil etishni nazarda tutdi. Natijada, maktabgacha ta’lim muassasalari soni sezilarli

4

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 29.08.1997 yildagi 463-I-son

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti –

president.uz


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

8

darajada ko‘paydi. Masalan, 2016-yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi ancha past
bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich sezilarli darajada o‘sdi

2017-yilda umumiy o‘rta ta’lim tizimi qayta isloh qilindi va 11 yillik ta’lim tizimi joriy

etildi

6

. Bu qaror o‘quvchilarga umumiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va kasbiy yo‘nalishlarni

tanlashda ko‘proq imkoniyat yaratishga xizmat qildi. 8-9-sinflardan boshlab kasbga yo‘naltirish
bo‘yicha maxsus dasturlar joriy qilindi. 2022-yilga kelib, umumta’lim maktablarida 50 ga yaqin
kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yildi, bu esa o‘quvchilarning 30% dan ortig‘ini kasbiy
ta’limga jalb qilish imkonini berdi

7

XULOSA :

Xulosa qilib aytganda, Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot

yo‘lidan borayotgan tubdan yangi davlat sifatida har bir siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohada
keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda. Ushbu islohotlarning muhim jihatlaridan biri –
ularni bosqichma-bosqich, puxta rejalashtirilgan tarzda olib borish tamoyiliga asoslanishidir.
Xususan, ta’lim tizimidagi islohotlar ham aynan shu tamoyil asosida, ya’ni uzluksiz rivojlanish va
yangilanish yo‘lida amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirish yo‘lidagi

ishlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim omillardan biriga aylandi. 2016-
yildan boshlab u ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish va
yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biriga aylantirdi. Bu davrda ta’limning barcha bosqichlari – maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim – keng ko‘lamli islohotlardan o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning
ta’lim sohasidagi siyosati nafaqat infratuzilmani yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish bilan
cheklanmadi, balki o‘qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim
jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi strategik maqsadlarni ham o‘z ichiga oldi.
Ushbu islohotlar natijasida ta’lim tizimi mamlakatning kelajakdagi rivojlanishi uchun mustahkam
poydevor yaratdi. Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston
yoshlarini global raqobatbardoshlikka tayyorlash va mamlakatni zamonaviy dunyoda munosib
o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.










6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son

7

Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

9

Foydalanilgan manba va dabiyotlar:

1.

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет.

2.

1

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет.

3.

1

Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган

авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация
қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.:
O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti –

president.uz

5.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son

6.

1

Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.





References

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет.

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет.

Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son

Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.