Oktabr, 2025-Yil
6
SOVET DAVRIDA TARIX TAʼLIMINING OʻQITISH METODIKASI VA
TEXNOLOGIYALARI
Erkinov Alisher Muxiddin o‘g‘li
Navoiy Davlat Universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.17260537
Annotatsiya.
Tarix ta’limi jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh
avlodning tarixiy xotirasini shakllantiribgina qolmasdan, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash
jarayonida muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Turli hil davrda tarix fanining o‘qitilishi hukmron
mafkuraga, zamon va makonga bog‘liq bo‘lib, siyosiy tuzum tomonidan shakllantirilgan ta’lim
siyosatiga mos holda isloh qilinib olib boriladi. Xususan, Sovet Ittifoqi davrida tarix fanining
o‘qitilishiga jiddiy e’tibor berilib, qat’iy nazorat ostida bo‘lib, bu davrda kommunistik mafkura
asosiy yo‘nalish qilib belgilangan va tarix ta’limi o‘quvchilar ongiga sovet qadriyatlarini
singdirish, ularni sodiq kommunistlar qilib tarbiyalashni maqsad qilingan edi.
Sovet ta’lim tizimi tarixiy jarayonlarni faqat marksistik-lenincha nuqtayi nazardan
yoritish, ijtimoiy taraqqiyotni sinfiy kurash orqali tushuntirish hamda proletariat diktaturasini
oqlash kabi yo‘nalishlarni o‘z oldiga ustuvor vazifa etib belgilab qo‘ydi. Darsliklar, metodika va
ta’lim texnologiyalari ushbu g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun takomillashtirib, moslashtirib borildi.
Tarix darslari shunchaki o‘tmishni o‘rganish uchungina emas, balki bolalar ongiga sovet
mafkurasini singdirish vositasi sifatida ham qaraldi. Ushbu maqolada Sovet davrida tarix fani
siyosiy tuzum uchun muhim deb hisoblanib, ta’lim tizimining mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat
qildirilganligi haqida tanishasiz.
Kalit so`zlar:
Kommunistik mafkura, “burjua millatchiligi”, Turkiston ASSR, VKP (b)
Markaziy Komiteti, , “Oktyabr inqilobi”, “Ulug’ Vatan urushi”.
Sovet tuzumi davrida tarixfani o`qitilishi :
Sovet tuzumi davrida tarix fani maktab
dasturining ajralmas qismi bo‘lib, unga doimo alohida e’tibor qaratilgan. Tarixiy jarayonlar
hukmron mafkura doirasida talqin qilinib, darsliklar e’tibor bilan tahrir qilinar, mualliflar esa
siyosatga mos ravishda tarixni yozishga majbur bo‘lgan edi. Tarix fanining mazmuni, darsliklar
matni doimiy ravishda sovet hukumati tomonidan nazorat osdida tutilar, yangi mafkuraviy talablar
asosida o‘zgartiribturilar edi. Misol qilib oladigan bo‘lsak, Stalin davrida tarix darsliklarida uning
shaxsiyatiga va yetakchilik faoliyatiga alohida e‘tibor berilgan bo‘lsa, 1950-yillardan boshlab,
uning vafotidan keyin, darsliklarda unga nisbatan tanqidiy yondashuv paydo bo‘la boshladi. Bu
hodisa esa tarix fanining siyosiy-mafkuraviy vosita sifatida qanchalik ahamiyatli bo‘lganini yana
bir bor ochib beradi.
1917-yil Oktabr to‘ntarishidan so‘ng hokimiyatni qo‘lga olgan bolsheviklar eski ta’lim
tizimini asta-sekin bekor qilib, yangi sovet modelini shakllantirishga jiddiy kirishdilar.
Bolsheviklar yangi sovet modelini yaratish orqali kommunistik g‘oyalarni keng yoyish,
savodsizlikni tugatish, yoshlarni sotsialistik g’oyalar asosida tarbiyalash va jamiyat ustidan
nazoratni mustahkamlashni vazifa qilib belgilab oldilar. “1936-yilda taniqli metodist M.Asimov
quyidagicha bayon etgan edi: “Tarix bizning maktablarimizda yosh avlodni kommunistik
tarbiyalashda yetakchi mavzulardan biridir. Ikki tizim – kapitalizm va sotsializm oʻrtasidagi
Oktabr, 2025-Yil
7
ziddiyat kuchayganligi sababli, maktablarimizdagi tarix alohida ahamiyatga ega”
1
Eski siyosiy
tizim aristokratiya va burjuaziya manfaatlariga yo’naltirilgan bo‘lsa, ta’lim qilinadigan
o‘zgarishlar sotsialistik jamiyat qurish uchun muhim bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirildi.
Sovet hukumatining ta’lim sohasidagi daslabki harakati bu sovet tipidagi boshlang‘ich va
o‘rta maktablarni tashkil etish va ularni zarur darsliklar bilan ta’minlash edi. Avvalo, Turkiston
ASSRda tashkil etilgan jadid maktablari va rus-tuzem maktablarida foydalanilgan o‘quv
darsliklardan yangi turdagi sovet maktablarida foydalanildi. Aksariyat hollarda bu darsliklar tatar
tilida nashr etilgan bo‘lib, rus tilidan tarjima qilingan darsliklarni chop etishda qiyinchiliklarga
duch kelindi. Buning asosiy sababi o‘lkada bosmaxonalar yetarli darajada rivojlanmaganligi
hamda qog‘oz xomashyosining tanqisligi edi. “Bu davrda Toshkent va Samarqandda o‘zbek
tilida, Samarqandda tojik tilida hamda Toshkentda qozoq tilida alifbo kitoblari nashr etilgan.
Darsliklarni chop etish jarayoni asosan Xalq maorifi komissarligi vakolatida bo‘lib, amalga
oshirilgan sa’y-harakatlarga qaramay, maktablar uchun darslik yetishmovchiligi davom etayotgan
edi.”
2
1930-yil 14-avgustda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti
tomonidan boshlang‘ich umumiy majburiy ta’limni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib,
ushbu qaror asosida, 1930-1931-o‘quv yilidan boshlab 8-10 yoshdagi bolalar uchun umumiy
majburiy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda, ya’ni 1931-1932-o‘quv yilidan esa
majburiy ta’lim yoshi 11 yoshgacha kengaytirildi. Shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limni
ololmagan 11-15 yosh oralig‘idagi o‘smirlar uchun maxsus 1-2 yillik tezkor kurslar tashkil etilib,
ularni qisqa muddat ichida ta’lim bilan qamrab olishga harakat qilindi. Sovet davlatining statistik
ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, “1925—1941 yillar davomida xalq ta’limi maktablari soni
muttasil ortib borgan. Masalan, 1924—25 o‘quv yiliida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi
maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941 yilga kelib maktablar
soni 5504 taga va ularda o‘qitilayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming kishiga yetgan.”
3
1934-yil 16-mayda Butunittifoq Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Xalq
Komissarlari Soveti maktablarda fuqarolik tarixini o‘qitish bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi.
Ushbu qarorda sovet maktablarida tarix ta’limining sifati qoniqarsiz ekanligi tan olinib, uni tubdan
yaxshilash zarurati ilgari surildi. Qarorga muvofiq, tarix fani bo‘yicha o‘quv dasturlari qayta
ko‘rib chiqish zarurligi, sovet mafkurasiga yo‘naltirilgan yangi o‘quv darsliklari ishlab chiqilishi
lozimligi takidlangan edi. Shu bilan birga, tarix ta’limida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf
etish maqsadida tarix oʻqituvchilari zimmasiga bir qator vazifalar yuklatildi. Bularning barchasi
sovet ta’lim tizimida tarix ta’limining o‘rnini mustahkamlash va uni qat’iy mafkuraviy nazorat
ostiga olishga xizmat qildi. Natijada, maktablarda tarix fani proletariat manfaatlari nuqtayi
nazaridan talqin qilina boshladi, sinfiy kurash g‘oyasi ta’lim jarayonining asosiy tamoyiliga
aylandi va tarix darslari kommunistik targ‘ibot vositasiga aylantirildi. Rahbariyatining asosiy
maqsadi partiya siyosatini ogʻishmay bajaradigan yangicha kadrlarni yaratishga qaratilgan edi.
1
Qodirova R.M OʻZBEKISTON SSR MAKTABLARIDA 1930-YILLARNING IKKINCHI YARIMIDA TARIX
FANINING OʻQITILISHI //Scienceproblems.uz//-№ 8/S (3)-2023.
2
Kadirova R.M. Teaching History and Social Sciences in the Schools of The Uzbekistan SSR (1932-1933 Years) //
Eurasian Journal of History, Geography and Economics. Volume 19. April 2023.Р. 64-68.
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи (1917-1991) 2-китоб ТОШКЕНТ - 2000. - 387 б
Oktabr, 2025-Yil
8
“SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP (b) Markaziy Komitetining 1934-yil 16-
maydagi qarorida shunday yozilgan edi: “Oʻquvchilarning tarix kursini yaxshi oʻzlashtirish uchun
hal qiluvchi shart – muhim tarixiy voqealarni, tarixda ish koʻrsatgan shaxslarni, xronologik
sanalarni oʻquvchilarning yodlarida albatta mustahkamlab, tarixiy voqealarning tarixiy xronologik
izchil ifodalanishiga rioya qilishdan iboratdir. Tarixning faqat shunday kursigina oʻquvchi uchun
zarur boʻlgan tarixiy materiallarning qulayligini, yaqqolligini va konkretligini taxmin qilishi
mumkin. Faqat shu negizdagina tarixiy voqealarni oʻquvchini tarixni marksistcha tushunishga olib
boradigan ravishda toʻgʻri tekshirish va toʻgʻri umumlashtirish mumkindir”
4
Davr ehtiyojlaridan kelib chiqib, maktablarda tarixiy materialni o‘quvchilarga aniq va
tushunarli tarzda yetkazib berish talabi qoʻyilgan. Bu esa ta’lim jarayonida metodologik
yondashuvlarni takomillashtirish va didaktik samaradorlikni oshirish zaruratini yuzaga keltirgan.
Sovet davrida tarix fani o‘quvchilarga ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi kurash va sotsialistik mafkurani
targ‘ib qilish asosida o‘qitilgan. Tarixiy voqealar asosan mehnatkash xalqning ezilishi,
ekspluatatsiya va sinfiy zulmga qarshi kurashi nuqtayi nazaridan yoritib berilgan. O‘quvchilar
krepostnoy dehqonlarning og‘ir hayoti, ularga nisbatan yer egalari tomonidan qo‘llangan cheksiz
zo‘ravonlik va ularning iqtisodiy qaramligi haqida bilishlari zarurat sifatida qaralgan. Bunda
asosiy maqsad dehqonlar va ishchilar sinfining qiynalgan hayotini ko‘rsatish orqali sinfiy kurash
g‘oyasini shakllantirish edi.
O’qituvchilar darslarda asosan hikoya qilish va ma’ruza o’qish usullaridan foydalangan.
Bu metod o’quvchilarga faktlarni eslab qolishni talab qilar, lekin tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishga unchalik e’tibor berilmagan. O’quvchilardan darslikdagi ma’lumotlarni so’zsiz
eslab qolish va o’qituvchi savollariga aniq javob berish talab qilingan. Bu usul o’quvchilarning
passiv qatnashishiga olib kelardi. Ba’zi hollarda sinfda sinfiy kurash yoki sovet yutuqlari haqida
jamoaviy muhokamalar o’tkazilardi. Ammo bu muhokamalar ham qat’iy mafkuraviy chegaralar
ichida bo’lib, mustaqil fikrlashga yo’l qo’yilmagan. Tarix darslarida plakatlar, xaritalar va sovet
targ’ibot materiallari ishlatilgan. Masalan, “Sovet Ittifoqining xalqlarni ozod qilishdagi roli” kabi
mavzularni tasvirlash uchun maxsus diagrammalar tayyorlangan.
Sovet davrida zamonaviy texnologiyalar bugungi kunda tushunilgan ma’noda
rivojlanmagan edi. Biroq o’sha davr sharoitida mavjud bo’lgan vositalar ta’limda faol
qo’llanilgan. Darsliklar va qo’llanmalar ta’limning asosiy vositasi edi. O’zbekistonda 1920-30-
yillarda lotin alifbosiga, keyin esa 1940-yillardan kirill alifbosiga o’tish ta’lim materiallarini
tayyorlashda qiyinchiliklar tug’dirgan.
1930-yillardan boshlab sovet targ’ibot filmlari va radioeshittirishlar ta’limda qo’llanila boshladi.
Masalan, “Oktyabr inqilobi” yoki “Ulug’ Vatan urushi” haqidagi filmlar o’quvchilarga ko’rsatilib,
ularda sovet g’oyalari targ’ib qilingan.
O’quvchilar mahalliy muzeylarga yoki tarixiy joylarga olib borilgan. O’zbekistonda bu ko’pincha
sovet davrida qurilgan yodgorliklar yoki inqilobiy voqealar bilan bog’liq joylar edi.
Shuningdek, o‘quvchilarga inqilobiy harakatlar muhim tarixiy-siyosiy hodisa sifatida
o‘rgatilgan. O‘quvchilarga 1905-yilgi inqilobda Moskva ishchilarining barrikadalar qurib, podsho
qo‘shinlariga qarshi qahramonona kurashgani, shuningdek, 1917-yil Oktyabr inqilobining
4
Kadirova R.M. Teaching History and Social Sciences in the Schools of The Uzbekistan SSR (1932-1933 Years) //
Eurasian Journal of History, Geography and Economics. Volume 19. April 2023.Р. 64-68.
Oktabr, 2025-Yil
9
g‘alabasi haqida mafkuraga asoslangan malumotlarni o‘qitishni maqsad qilingan. Bu esa inqilobiy
g‘oyalarga sodiqlikni tarbiyalash va sovet mafkurasini mustahkamlashga qaratilgan edi.
Sovet davrida tarix ta’limi o‘quvchilarga sinfiy kurash prizmasi orqali o‘rgatildi, tarixiy
voqealar bir yoqlama tahlil qilindi. Bu ilmiy yondashuvga zid ekanini yaqqol namoyon bo’lib
turibdi. Tarixni ob’ektiv o‘rganish uchun voqealar turli nuqtai nazardan tahlil qilinishi, ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy jihatlar ham hisobga olinishi muhim hisoblanadi. Tarix ta’limi faqat
mafkuraviy vosita sifatida qaralmasdan, balki insoniyat taraqqiyoti va tajribalarini o‘rganuvchi fan
sifatida talqin qilinishi zarur.
Sovet davrida tarix ta’limi boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga ham mafkuraga mos bilim
berish muhim sanalgan. Shu maqsadda o‘qituvchilar professor Shestakov tahriri ostida nashr
etilgan “
SSSR tarixining qisqa kursi”
kitobidan foydalanishgan. Bu darslik VKP(b) Markaziy
Komitetining bevosita nazorati ostida tayyorlangan bo‘lib, boshlang‘ich maktabning III va IV sinf
o‘quvchilari uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
Biroq, davr pedagogikasi talabidan kelib chiqib, o‘qituvchilardan faqat darslikda berilgan
materiallar bilan cheklanib qolmaslik, balki qo‘shimcha ma’lumotlarni ham yetkazish talab
qilingan. N.E. Baumanning qanday o‘ldirilgani, 1917-yilda Leninning Rossiyaga qanday qaytib
kelgani kabi tarixiy voqealar darslikdan tashqari o‘quvchilarga tushuntirilgan. Bu esa yosh
avlodga inqilobiy g‘oyalarni singdirish va sovet mafkurasini mustahkamlashga xizmat qilgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda bu yondashuv natijasida o‘quvchilarga tarixning faqat bir
tomonlama talqini yetkazilgan, natijada jamiyatda mustaqil tarixiy tahlil qilish ko‘nikmalari
shakllanmadi. Insoniyat tarixini sinfiy kurash nuqtayi nazaridan yoritish natijasida ko‘plab muhim
tarixiy voqealar chetlab o‘tildi yoki ularning mohiyati buzib ko‘rsatilgdi.Milliylikni talqin qilgan
tarix ustozlar esa “burjua millatchiligi” aybi bilan hibsga olindi. Bu tarixning faqat mafkura
foydasiga xizmat qilganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar.
1.
Qodirova R.M OʻZBEKISTON SSR MAKTABLARIDA 1930-YILLARNING
IKKINCHI YARIMIDA TARIX FANINING OʻQITILISHI //Scienceproblems.uz//-№ 8/S
(3)-2023.
2.
1
Kadirova R.M. Teaching History and Social Sciences in the Schools of The Uzbekistan
SSR (1932-1933 Years) // Eurasian Journal of History, Geography and Economics.
Volume 19. April 2023.Р. 64-68.
3.
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи (1917-1991) 2-китоб ТОШКЕНТ - 2000. - 387 б
4.
1
Kadirova R.M. Teaching History and Social Sciences in the Schools of The Uzbekistan
SSR (1932-1933 Years) // Eurasian Journal of History, Geography and Economics.
Volume 19. April 2023.Р. 64-68.
