Authors

  • Xojiakbar Rustamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136998

Keywords:

raqobatga zid xatti-harakatlar ustun mavqe monopol huquq bozor munosabatlari.

Abstract

ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti-harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi.

background image


Oktabr, 2025-Yil

21

DAVLAT ORGANLARI (TASHKILOTLARINING) RAQOBATGA ZID XATTI-

HARAKATLARI TUSHUNCHASI, BELGILARI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR

Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

bo‘limi uslubchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17277755

Annotatsiya.

ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti-

harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi
muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi.

Kalit so‘zlar:

raqobatga zid xatti-harakatlar, ustun mavqe,monopol huquq bozor

munosabatlari.

Bozor iqtisodiyotida yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga qaratilgan harakat yoki

harakatsizlikning bir qancha ko‘rinishlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2023

yildagi O‘RQ-850-son qonuni 3-bobi raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlash shakllariga
bag‘ishlangan bo‘lib, bobning 22-moddasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va
boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar
qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash ko‘rinishi
haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Davlat organlarining raqobatga zid xatti-harakatlari
tushunchasiga ta’rif berishda avvalo “davlat” tushunchasi, uning vakolatlari va jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini aniqlashtirish lozim.

Davlat –

bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv

apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda
etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot hisoblanadi.

1

Davlat organlari

– faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolatini qo‘llash vakolati

berilgan, shu bilan birga boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini -
o‘zi boshqarish organlari hamda ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi berilgan, vakolatli
bo‘lgan idora, tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarga nisbatan tushunishimiz mumkin.
Davlat organlari yuridik, rasmiy, davlat nomidan ish ko‘rish vakolatiga ega bo‘lib, davlat
xizmatchilaridan tashkil topgan holda davlat manfaatlarini ko‘zlab, muayyan funksiya va
vazifalarni amalga oshirishda vakolatlar doirasida harakat qiladi. Davlat organlari davlat faoliyati
va funksiyasining ko‘p tomonliligi tufayli turli asos hamda mezonlar bo‘yicha turli guruhlarga
bo‘linadi.

Davlat organlarining raqobatga qarshi harakatlari deyilganda

davlat organlari,

tashkilotlarining asossiz kafolatlar, subsidiya, preferensiyalar orqali bozor iqtisodiyotiga raqobatni
cheklash yoki xoʻjalik jamiyatlarining faoliyatiga ta’sir o‘tqazishi (davlat koʻmagi) tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Davlat asosiy islohotchi sifatida iqtisodiy va sanoat siyosatini amalga oshiradi, tadbirkorlik

faoliyati erkinligini kafolatlaydi. Biroq, amaliyotda shuni koʻrish mumkinki, aksariyat hollarda

1

Davlat va huquq nazariyasi/ Mas’ul muharrir y.f.d,professor H.Boboyev. Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b.


background image


Oktabr, 2025-Yil

22

raqobatni cheklash aynan davlat organlari tomonidan, maqsadli ravishda, aynan baʼzi bir xoʻjalik
yurituvchi subyektlar manfaatlarini koʻzlab sodir boʻladi. Shuningdek,

koʻplab hollarda, davlat

organlari tomonidan raqobatni cheklash notoʻgʻri oʻylangan ishlab chiqilgan normalar va
maʼmuriy qarorlar natijasida amalga oshiriladi

2

.

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya

qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni), tartibga solish
koeffitsiyentini, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasini o‘rnatish va narxni tartibga
solishning boshqa usullari) 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda. Shu
bilan birga, tabiiy monopoliyalar sohasida 10 xil turdagi tovar (ish, xizmat)lar tartibga solinishiga
qaramasdan, amalda iste’molchilar va yetkazib beruvchilar toifalari, shuningdek, hududiy
prinsipga qarab o‘rnatiladigan 137 xildagi narx darajalari orqali tartibga solinmoqda.

3

Nazariya va amaliyotda narxlarni haddan tashqari oshirib yuborish uchun javobgarlikka

tortilishi kerakligi haqida munozaralar va kelishmovchiliklar mavjud.

Misol uchun, taniqli

Chikago iqtisod maktabi vakillarining fikricha, narxlarning oshishi monopoliyaga qarshi
tartibga solinmasligi kerak, chunki bozor oʻz-oʻzini tartibga solish funksiyasiga ega. Yaʼni
dominant firma tomonidan narxning oshishi bozorga yaxshi pul ishlashni xohlaydigan yangi
kompaniyalarni jalb qiladi

. Yangi oʻyinchilarning kirib kelishi natijasida narx raqobati paydo

boʻladi, bu esa bozor narxini pasaytiradi. Boshqa tomondan, narxlarni nazorat qilish tarafdorlari
har bir bozor oʻz-oʻzini tartibga solishga qodir emasligiga ishonishadi. Masalan, kirish toʻsiqlari
yuqori boʻlgan bozorlar yoki sunʼiy ravishda yaratilgan davlat monopoliyalari faoliyat yuritadigan
bozorlar. Bundan kelib chiqqan holda, bozorlari nisbatan raqobatbardosh boʻlgan, kirish uchun
minimal toʻsiqlar mavjud boʻlgan rivojlangan mamlakatlarning monopoliyaga qarshi amaliyotida
narxlarning haddan tashqari oshishi holatlari kam uchraydi. Biroq monopollashtirish va kirish
uchun toʻsiqlar yuqori boʻlgan Oʻzbekiston uchun narxlarning haddan tashqari koʻtarilishini taʼqib
qilish juda oʻrinli.

4

Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning samarasizligi.

Davlat organlarining

raqobatga qarshi harakatlarining belgilaridan biri – davlat organlari tomonidan asossiz ravishda
imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali raqobatni cheklash yoki firmalarning xoʻjalik
faoliyatiga aralashish ko‘rinishlari hisoblanadi.

Shu o‘rinda davlat ko‘magini ko‘rsatishning

monopoliyaga qarshi tartibga solish vositalari yo‘qligi berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar
samarasizligiga olib kelmoqda hamda bozor iqtisodiyotidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Qoida tariqasida, mamlakatimizda yaqin yililarda 40 mingdan ziyod xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga, ya’ni faoliyat yuritayotgan subyektlarning 12 foiziga soliq imtiyozlari
berilgan. Bunday holat tovar va moliya bozorlarida teng bo‘lmagan sharoitlarni vujudga
keltirmoqda.

2

Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло

Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..322 c.

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son

4

Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло

Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c..


background image


Oktabr, 2025-Yil

23

Biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi

organlarning o‘z sohasida raqobatni rivojlantirishga manfaatdor emasligi.

Vazirlik, mahalliy

davlat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tarmoqlarda raqobatni
rivojlantirish oid harakatlari sustligicha qolmoqda.

Qoida tariqasida, iqtisodiyot sohasida mavjud 38 ta davlat organidan faqatgina 11 tasiga

o‘z sohasida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri funksiyalar yuklatilgan. Bundan
tashqari, qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini va raqobat muhitiga ta’sirini baholashning
to‘laqonli tizimi tatbiq etilmagan.

Buning natijasida amaldagi 61 gaga yaqin litsenziyalar doirasida

266 tadan ortiq faoliyat turini litsenziyalanishi hamda 137 turdan ortiq ruxsat berish tartib
tamoyillarini nazarda tutuvchi qiyin va murakkab litsenziyalash tizimi, shuningdek, biznesga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi 6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat va 40 mingta texnik
jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarda tadbirkorlik subyektlarining bozorlarga kirishi uchun sun’iy
to‘siqlar saqlanib qolmoqda.

5

Mamlakatimiz normativ-huquqiy hujjatlarida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga

oshirish erkinligi uchun kafolatlar belgilab berilgan bo‘lsa-da, Misol uchun, Jahon banki
ma’lumotlariga ko‘ra so‘ngi yillarda O‘zbekistonda investitsiyalarning sof oqimi ko‘rsatkichi
pastligicha qolmoqda hamda YIMga nisbatan 0,5 — 1,2 foizni ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz
iqtisodiy erkinlik indeksida 180 ta davlat orasida 114-o‘rinni qayd etdi, shu bilan birga Investitsiya
faoliyatini erkinlik indikatori bo‘yicha ko‘rsatkich 100 dan 20 ni ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkichlar,
biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning
o‘z sohasida raqobatni rivojlantirishga oid chora tadbirlarning yetarli darajada amalga
oshirilmaganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga sohada natijaga erishish uchun yetarlicha
islohatlar qilishni talab qilmoqda.

Tabiiy monopoliya holatini suiiste’mol qilish hamda.

Cheklangan raqobat muhiti

hukmron bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu – tabiiy monopoliyalar sohalarining
mavjudligidir, bu o‘z navbatida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bozorlarga ta’sir qilib ularni
monopollashishiga olib keladi.

Davlat organlarining raqobatga zid xatti-harakatlariga olib keladigan sabablarni ikkita

omil bilan izohlash mumkin:

a) oldindan mavjud boʻlgan markaziy rejalashtirish va narxlarning davlat tomonidan

belgilanishi bilan qolgan iqtisodiy “xotirasi”. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishga qaramay, ayrim
amaldorlar SSSR davridan beri miyasiga singib ketgan bozorni markazlashtirilgan usulda
tartibga solish usullaridan hamon foydalanmoqda;

b) iqtisodiy masalalarni hal qilishda «maʼmuriy resurs»dan foydalanish odati. Iqtisodiy

muammolarni hal qilishda ayrim mansabdor shaxslar bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini hisobga
olmasdan, “oson” yoʻl – taʼqiqlash, cheklash kabi maʼmuriy usullarga murojaat qiladilar.

6

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son.

6

Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло

Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c.


background image


Oktabr, 2025-Yil

24

Yuqorida ko‘rsatilgan davlat organlarining raqobatga zid xatti harakatlariga olib keladigan

ikkita asosiy ko‘riladigan omillar MDH davlatlari orasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida
davlat va xo‘jalik jamiyatlari hamda bozor iqtisodiyoti uchligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda
asosiy ro‘l o‘ynagan. Qoida tariqasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, raqobatga keng yo‘l ochishda
bir qator islohatlar amalga oshirilishiga qaramasdan, raqobatga qarshi bir qator omillar saqlanib
qolmoqda. Bu omillarni bartaraf qilishda xalqaro huquq tizimidan keng foydalanish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Fuqarolik kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son.

3.

Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст|
учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.:
Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c..

4.

Davlat

va

huquq

nazariyasi/

Mas’ul

muharrir

y.f.d,professor

H.Boboyev.

Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son

References

Fuqarolik kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son.

Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c..

Davlat va huquq nazariyasi/ Mas’ul muharrir y.f.d,professor H.Boboyev. Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son