ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1240
SPORT HUQUQIDA SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15490987
Annotatsiya. Shartnomaviy munosabatlar keng tarmoqli tushuncha bo‘lib, ijtimoiy
munosabatlar, subyektiv, obyektiv jihatlarga qarab turli xil ko‘rinishlarda tahlil qilinishi
mumkin. Shu bilan birga yuqoridagilarni inobatga olib normativ jihatdan tartibga solinishi
mumkin. Sport sohasida shartnomaviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, shu bilan birga
ularning turlar, holati hamda boshqa bir qancha holatlarini tahlil qilish bilan bir sport
sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning boshqa munosabatlardan farqli jihatlarini keltirish
mumkin.
Kalit so‘zlar: sport shartnomalari, professional sportchi, sportchi, bukmekerlik
shartnomalari, kreditor, qarzdor, murabiy, FIFA tashkiloti, transfer huquqi.
SPECIFIC FEATURES OF CONTRACTUAL RELATIONS IN SPORTS LAW
Abstract. Contractual relations are a broad concept and can be analyzed in various
forms depending on social relations, subjective and objective aspects. At the same time, they can
be regulated normatively, taking into account the above. By analyzing the specific aspects of
contractual relations in the field of sports, as well as their types, status and a number of other
circumstances, it is possible to bring out the different aspects of contractual relations in one
sports field from other relations.
Keywords: sports contracts, professional athlete, athlete, bookmaker contracts, creditor,
debtor, coach, FIFA organization, transfer right.
ОСОБЕННОСТИ ДОГОВОРНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СПОРТИВНОМ ПРАВЕ
Аннотация. Договорные отношения представляют собой широкое понятие и
могут анализироваться по-разному в зависимости от социальных отношений,
субъективных и объективных аспектов. В то же время его можно регулировать
нормативно, принимая во внимание вышеизложенное. Анализируя специфику договорных
отношений в сфере спорта, а также их виды, статус и ряд других обстоятельств,
можно выделить аспекты договорных отношений в одной сфере спорта, которые
отличаются от других отношений.
Ключевые слова: спортивные контракты, профессиональный спортсмен,
легкоатлет, букмекерские контракты, кредитор, должник, тренер, организация ФИФА,
права передачи.
Ma’lumki, sport nafaqat jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish quroli sifatida
bilinadi, shu bilan birga odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning
jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va
professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu
faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar sifatida ham tushuniladi.
1
1
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 04.09.2015 yildagi O‘RQ-394-son
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1241
Fuqarolik huquqiy munosabatlarida sport shartnomalari o‘ziga xos jihatlar bilan alohida
o‘rin egallaydi. Chunki shartnomaviy munosabatlar fuqarolik munosabatlarining tarkibi
hisoblanadi, shunday ekan sport faoliyati ya’ni sportdagi shartnomaviy munosabatlar fuqarolik
huquqi, hamda shu doiradagi normativlar hamda tartiblar bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, sport huquqida yagona maxsus normalar yig'indisi mavjud emas,
aksincha, inson faoliyatining boshqa ko'plab sohalarida bo'lgani kabi, turli sohalardagi
qonunning ko'plab tarmoqlari singari ma'lum holatdan kelib chiqib ishlatilishi mumkin. Misoli
o‘rnida,
ma'muriy va ommaviy huquq
tamoyillari,
xalqaro xususiy huquqqa
nisbatan ishlab
chiqilgan maxsus qoidalar, savdoni cheklash to'g'risidagi umumiy huquq doktrinasi, jinoiy huquq
va qonunlar, masalan, 1974 yildagi Savdo amaliyotlari to'g'risidagi qonun va 2001 yildagi
Korporatsiyalar
to'g'risidagi qonun
kabilarni keltirishimiz mumkin. Biroq, hech qanday shubha
yo'qki, shartnoma qonuni sport huquqining poydevorini yaratadi, shartnomaviy munosabatlar
sport va qonun o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lgan ko'pgina sohalarda birinchi darajali
ahamiyatga ega hisoblanadi.
2
Shartnoma - fuqarolik munosabatlarida ikki yoki bir necha subyektlar tomonidan huquq
va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish, yoki bekor qilishga asos bo’lib xizmat qiluvchi
taraflarning o‘zro xohish irodasini ifodalovchi kelishuvga nisbatan tushunilishi mumkin.
Ijtimoiy munosabatlarda fuqarolik subyektlari tomonidan ma’lum bir ko’zlangan maqsad
asoslangan taraflar kelishuvi yani bitimning bir turiga nisbatan shartnoma atamasi ishlatiladi.
Bundan kelib chiqadiki sport shartnomasi ham fuqarolik munosabatlarining bir qismi
hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, agarda chet el elementi aralashuvi bilan
munosabatlarning murakkablashuvi yuzaga kelgan taqdirda xalqaro xususiy huquq elementlari
bilan o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi hamda bunday shartnoma xalqaro shartnoma sifatida
ko’riladi. Taraflar o’rtasida shartnomaviy munosabat vujudga kelishi bilan bir vaqtda ular o‘zlari
uchun ma’lum bir huquq hamda majburiyatlarga ham ega bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki,
taraflar o‘rtasidagi ularning xohish irodasini ifodalovchi kelishuv natijasi shartnoma natijasida
taraflar ma’lum bilan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmalariga oladi
Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari Fuqarolik kodeksining 234-
moddasida yoritib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra: majburiyatfuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib,
unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga
oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish,
ishni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish,
pul to‘lash va
hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan
o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
3
Fuqarolik munosabatining bir qismi bo’lgan mehnat munosabatlari sport shartnomalariga
ham o‘zining sezilarli darajada ta’sirini o’tkazadi. Chunki, sport shartnomalari taraflar o’rtasida
mehnat
munosabatlari
shaklida
ham
tuzilishi
mumkin. Ma’lumot o’rnida milliy
qonunchiligimizga binoan, sport faoliyati toʻgʻrisidagi har qanday: mehnat, fuqarolik yoki
aralash shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi asosida sportchi,
professional sportchi (murabbiy, mutaxassis) hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotining
2
Avstraliya va Yangi Zelandiya sport huquqi jurnali 2010 5(1).
3
https://lex.uz/docs/-111189#-155618
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1242
rahbari oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
4
Bundan kelib chiqadiki, sport
sohasida yuzaga keladigan subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar fuqaroviy,
mehnat hamda aralash shartnomalar ko‘rinishida yuzaga kelishi mumkin. Sport shartnomalari
xoh u fuqaroviy munosabatlar, xoh mehnat yoki aralash huquq munosabatlaridan bo‘lishiga
qaramasdan sport tashkilotlari va sportchilar o'rtasidagi munosabatni kelib chiqishiga bog‘liq
ravishda kichik o‘zgarishlar bilan taraflar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlari orqali
taraflarga ma’lum majburiyat va huquqlarni o‘zaro tartibga soluvchi muhim hujjat hisoblanadi.
Sport shartnomalari bilan bog‘liq munosabatlar har doim ham moliyaviy jihatdan yaxshi
ta'minlanmaydi. Buning oqibatida ko'pincha sport turlari bo'yicha tegishli shartnoma rejimlari
hech qanday rasmiy huquqiy malakaga ega bo'lmagan, yuridik bilimga ega bo‘lmagan oddiy
odamlar tomonidan ishlab chiqiladi yoki tayyorlanadi. Lekin ta’kidlash kerakki, sport doirasi
subyektlarinigina sport shartnomalari bilan bog‘liq munosabatlarga kirishadigan subyektlar
kelishuvlarni qo'pol xatoliklar bilan yoki qisqacha shaklda qayd etadigan taraflar deb ko‘rsatish
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yani, ba'zida biznesda ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Shuni ham
takidlash kerakki, shartnomaviy munosabatlar hamda ular ostida yuzaga keladigan majburiyatlar
yuzasidan kelib chiqadigan nizoli holatlar tegishli tartibda sudlar ko‘rib chiqilishi hamda
taraflarga adolatli, moslashtirilgan yechim berish imkonini yaratishi mumkinligi e’tiborga
molikdir. Sport shartnomalari bilan bog‘liq munosabatlar natijasida nizoli vaziyatlar
shartnomaviy munosabatlarning boshqa sohalariga qaraganda farqli ravishda yuqori hisoblanadi.
Bunga sabab sifatida munosabatga kirishayotgan subyektlar munosabatining holati ham
muhim hisoblanadi. Sport shartnomalari subyektiv jihatdan turlarga bo‘linishi mumkin. Lekin
sport shartnomalarining asosiy negizi, avvalo, sportchi va professional sportchi, murabbiy va
professional murabbiy, ikkinchi taraf, jamoa, klub, yoki sarmoyador bilan shartnomaviy
munosabatga kirishishi natijasida yuzaga keladi.
Professional sportchi–
sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularda qatnashish
uchun shartnomaga muvofiq ish haqi va boshqa pul mukofotlarini oladigan, faoliyatining asosiy
turi bo‘lgan sportchi O‘zbekiston, shuningdek, xalqaro va respublika jismoniy tarbiya va sport
tashkilotlarining ustavlari asosida ishlab chiqiladigan va tegishli sport turlari bo‘yicha
respublika federatsiyalari bilan kelishilgan holda professional jismoniy tarbiya va sport
birlashmalari tomonidan tasdiqlangan standartlar asosida faoliyat yurituvchi subyektdir.
5
Professional sportchi hamda murabbiylar ko‘pincha jamoa bilan mehnat shartnomasi
asosida kelishuvga erishadilar. Chunki mehnat munosabatlarida huquq va majburiyatlar keng
tartibga solingan bo‘lib, sportchi hamda murabbiy majburiyatdan ko‘ra ko‘proq huquqlarga ega
bo‘lishiga ishonishadi. Chunki shartnomaviy munosabatlarda taraflar ma’lum bir vazifani
bajarishni, buning evaziga haq olishni maqsad qilishi mumkin, mehnat shartnomalarida bu biroz
boshqacha tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni bunda muddat aniq ko‘rsatilingan
bo‘ladi, taraflar majburiyatlarni zimmalariga oladi va e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihati
shundan iboratki, agar ko‘zlangan maqsadga erishilinmasa kompensatsiya yoki boshqa
qo‘shimcha choralar ko‘rilmaydi. Shu jihat sportchilar, murabiylarni jamoa bilan shartnoma
tuzishda mehnat shartnomalariga ko‘pincha yuz kelishiga olib keladi.
4
1 Мусаев Э.Т. Правовое регулирование спортивных отношений. Монография. –Ташкент: ТГЮУ, 2020. 21 с
5
Sport shartnomalar huquqi:darslik. Musayev E.T.-T.:TDYU 2024.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1243
Sportchi va professional sportchi o‘rtasidagi huquqiy farqlar shartnomaviy huquq va
majburiyatlar huquqi doirasida bir qancha farqli holatlarga ega hisoblanadi. Sport huquqi
shartnomaviy munosabatlarga bog‘liq bo‘lgan fuqarolik huquqi doirasida muhim nazariy va
amaliy masala hisoblanadi.
Oddiy sportchi.
shartnoma asosida emas, balki ko‘pincha federatsiya yoki maktab
doirasidagi qoidalarga amal qiladi. Asosiy majburiyatlar: mashg‘ulotlarda ishtirok etish,
musobaqalarda qatnashish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqlar masalasiga keladigan bo‘lsak,
sportchi sport inshootlaridan foydalanish, murabbiylik xizmatidan foydalanish kabi umumiy
ko'rinishdagi huquqlardan foydalanish ko'lamini keltirishimiz mumkin bo'ladi.
Professional sportchi.
Professional sportchining faoliyati ijtimoiy hamda iqtisodiy
taraflama, shu bilan birga shertnomaviy munosabatlarda keng tartibga solingan bo ‘lib bunda
sportchiga erkinlik berilganini k o’rishimiz mumkin. Yani Professional sportchi oddiy sportchiga
qaraganda shartnomaviy munosabatlarga nisbatan erkin harakat asosida faoliyat olib boradi.
Masalan, futbolda shartnomaviy munosabatlar FIFA tomonidan tan olingan professional
shartnoma bo‘lishi mumkin. Yani shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar: Sport klubida
belgilangan muddat va asoslarda mashg‘ulot olib borish,tijorat faoliyatida qatnashish (reklama,
media chiqishlar),boshqa klublar bilan shartnoma tuzmaslik (eksklyuzivlik), tibbiy ko‘rikdan
o‘tish, klub manfaatlariga zarar yetkazmaslikni keltirishimiz mumkin. Oddiy sportchi (havaskor)
jamoaviy, mamlakat nomidan harakat qilganligi sababli umumiy kelishuv asosida faoliyat
yuritishi e'tiborga molik hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda,
Fuqarolik munosabatlar, mehnat munosabatlari bilan bog ‘liq
ijtimoiy munosabatlar doim dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga shartnomaviy
munosabatlarda ayniqsa voyaga yetmaganlarning shartnomaviy layoqati, sport shartnomalarida
alohida ahamiyat hamda o ‘rganishni, tahlil qilishni talab qiladi. Shundan kelib chiqib yuqoridagi
o’rganishlar asosida, shartnomaviy hamda mehnat shartnomasiga doir munosabatlarda sport
sohaiga doir munosabatlar doirasida tuzilishi O’zbekiston qonunchiligida yetarlicha tartibga
solinmagan. Bularga misol tariqasida, bukmekkerlik faoliyati tobora ijtimoiy munosabatlarga
keng yoyilayotgani va bu faoliyatning asosiy istemolchilari, ikkinchi taraf voyaga
yetmaganlarning bo‘lishi, shu bilan birga jamoa hamda sportchi, professional sportchi
o’rtasidagi munosabatlar to‘liq tahlil qilinmaganligi aniq normativlarni yetishmovchiligi
borligini ko ‘rishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 04.09.2015 yildagi O‘RQ-394-son
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
3.
Avstraliya va Yangi Zelandiya sport huquqi jurnali 2010 5(1).
4.
Мусаев Э.Т. Правовое регулирование спортивных отношений. Монография. –
Ташкент: ТГЮУ, 2020. 21 с
5.
Sport shartnomalar huquqi:darslik. Musayev E.T.-T.:TDYU 2024.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.04.2024 yildagi PF-68-son
