Authors

  • G .R Bazarova
  • D.E Choʻliyeva
  • H.X Toʻlqinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137147

Keywords:

dermatovenereal infections syphilis gonorrhea chlamydiosis mycoplasmosis trichomoniasis pathogens bacteria viruses parasites transmission routes clinical symptoms diagnosis serological tests microbiological analysis PCR immunological methods treatment methods prevention sexually transmitted infections.

Abstract

Sexually transmitted infections are mainly transmitted to people during sexual intercourse. Until recently, only syphilis, gonorrhea, soft chancre, venereal lymphogranuloma, and donovanosis were classified as venereal diseases. According to the World Health Organization, over the past 10 years, the number of sexually transmitted infections has increased more than 20 times. In this section, we will focus on the microbiological diagnosis of the most common venereal diseases encountered in clinical practice.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

88

TERI-TANOSIL INFEKSIYALARI: ZAXM, SO‘ZAK, XLAMIDIOZ, MIKOPLAZMOZ,

TRIXOMONIOZ QO‘ZG‘ATUVCHILARINING TAVSIFI VA TASHHISI.

Bazarova G .R

Choʻliyeva D.E

Toʻlqinov H.X

ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim tashkiloti,

Tashkent, Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17307538

Annotatsiya.

Tanosil yuqumli kasalliklar asosan ko‘pchilik hollarda odamlarga jinsiy

aloqa paytida yuqadi. Yaqingacha faqat zaxm, so‘zak, yumshoq shankir, venerik limfogranulema
va donovoz tanosil kasalliklari deb yuritilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga qaraganda oxirgi 10 yil ichida , jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar soni 20
oshib ketdi. Ushbu bo‘limda biz asosan klinik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan venerik
kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi bilan tanishib chiqamiz.

Kalit so’zlar:

Teri-tanosil infeksiyalari, zaxm, so‘zak, xlamidioz, mikoplazmoz,

trixomonioz, qo‘zg‘atuvchilar, bakteriyalar, viruslar, parazitlar, infeksiya yo‘llari, klinik
belgilari, diagnostika, serologik testlar, mikrobiologik tahlil, PCR, immunologik usullar,
davolash usullari, profilaktika, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar.

SKIN AND GENITAL INFECTIONS: DESCRIPTION AND DIAGNOSIS OF

PATHOGENS OF SYPHILIS, GONORRHEA, CHLAMYDIA, MYCOPLASMOSIS,

TRICHOMONIASIS.

Abstract.

Sexually transmitted infections are mainly transmitted to people during sexual

intercourse. Until recently, only syphilis, gonorrhea, soft chancre, venereal lymphogranuloma,
and donovanosis were classified as venereal diseases. According to the World Health
Organization, over the past 10 years, the number of sexually transmitted infections has increased
more than 20 times. In this section, we will focus on the microbiological diagnosis of the most
common venereal diseases encountered in clinical practice.

Keywords:

dermatovenereal

infections,

syphilis,

gonorrhea,

chlamydiosis,

mycoplasmosis, trichomoniasis, pathogens, bacteria, viruses, parasites, transmission routes,
clinical symptoms, diagnosis, serological tests, microbiological analysis, PCR, immunological
methods, treatment methods, prevention, sexually transmitted infections.

ИНФЕКЦИИ КОЖИ И ПОЛОВЫХ ОРГАНОВ: ХАРАКТЕРИСТИКА И

ДИАГНОСТИКА ВОЗБУДИТЕЛЕЙ СИФИЛИСА, ГОНОРЕИ, ХЛАМИДИОЗА,

МИКОПЛАЗМОЗА, ТРИХОМОНИАЗА.

Аннотация.

Таносильные инфекционные заболевания в большинстве случаев

передаются людям во время полового акта. До недавнего времени к венерическим
заболеваниям относили только сифилис, гонорею, мягкий шанкр, венерическую
лимфогранулему и донованоз. По данным Всемирной организации здравоохранения, за
последние 10 лет количество заболеваний, передающихся половым путем, увеличилось
более чем в 20 раз. В данном разделе мы рассмотрим микробиологическую диагностику
наиболее часто встречающихся в клинической практике венерических заболеваний.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

89

Ключевые слова:

кожно-венерические инфекции, сифилис, гонорея, хламидиоз,

микоплазмоз, трихомониаз, возбудители, бактерии, вирусы, паразиты, пути заражения,
клинические признаки, диагностика, серологические тесты, микробиологический анализ,
ПЦР, иммунологические методы, методы лечения, профилактика, инфекции,
передающиеся половым путем.

Sitologik (bakterioskopik) usul.

Siydik-tanosil a’zolari xlamidiozi diagnostikasida eng

oddiy va qo‘l keladigan usul. Xlamidioz bilan kasallangan bemorga surtma topshirishdan oldin
2-2,5 soat siymaslikni tavsiya qilinadi. Bundan tashqari oldindan bir oy mobaynida bemor
doksasiklin, tetrosiklin, eritromitsin, rifampitsin va aminoglikozidlar qabul qilmagan bo‘lishi
kerak. Material uretradan olinadi, ajralma juda kam bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa, u holda
uretra massaj qilinadi, keyin Folkman qoshiqchasi bilan 3-5 sm ichkaridan qon chiqarmay
ajratma olinadi va uni yog‘sizlantirilgan buyum oynasiga bir tekis qilib surtiladi. Preparat avval
xona haroratida quritiladi, keyin 96ºS etil spirtda yoki metanolda 5-10 minut fiksatsiya qilinadi.

Preparatlar quritilib bo‘yash uchun shisha ko‘prikchalarga bir tekis qilib tahlanadi va 1:10

nisbatda tayyorlangan Romanovskiy-Gimza usulida bo‘yaladi. Bo‘yalgan preparatda xlamidiya
elementar tanachalari pushti, retikulyar tanachalari esa havo rangdan ko‘k ranggacha bo‘yaladi.

Hujayra (silindrik) yadrosi to‘q qizil, sitoplazmasi esa och havo rangga kiradi. Xlamidiya

tanachalari hujayra sitoplazmasining yadroga yaqin qismida joylashadi, ko‘pincha yarim oy
shaklida yadroga biroz kirib turadi. Bunday kiritmalar tashqi tomondan bir tekis bo‘yalgan
bo‘lib, xo‘jayin hujayrasini deyarli shikastlamaydi. Bu usul yordamida xlamidiya infeksiyasiga
diagnoz qo‘yishda 40% gacha hollarda patologik agent topiladi.

Monoklonal antitelalar qo‘llab immunoflyuoressensiya usuli yordamida

xlamidiyalarni aniqlash

.

Siydik kanalining 5-5 sm ichidan olingan patalogik material buyum oynasiga yupqa qilib

bir tekis surtiladi, keyin 96ºS etil spirtda yoki metanolda 5-10 minut fiksatsiya qilinadi va xona
haroratida quritiladi.

Preparatlarni bo‘yash uchun quyidagi tartibdagi reagentlar qo‘llaniladi: Flyuoretsein-

izotitsianat moddasi, Evans bo‘yog‘ini saqlovchi liofillangan monoklonal antitela, distillangan
suvda eritilgan 0.1% natriy azot eritmasi. Xuddi shu reagentdan 30 mkm mikroavtomatik pipetka
yordamida olib, patologik material joylashtirilgan 8 mm aylana shakldagi buyum oynasi sathiga
tomiziladi. So‘ngra reagentli buyum oynasi nam kamerada, xona haroratida 15 minut inkubatsiya
qilinadi; buyum oynasi distillangan suvda 10 sekund yuviladi va xona haroratida quritiladi.

Keyin buyum oynasiga avtomatik pipetka yordamida 20 mkm buferlangan glitserin

tomiziladi. Preparat yuzini 22X40-60 mm № 1 o‘lchamli yopqich oyna bilan yopib,
lyuminessent mikroskopda ko‘zdan kechiriladi. Filtr sistemasi bo‘lgan bunday mikroskop
preparatda flyuoressein- izotiotsianatining nurlanishiga mo‘ljallangan. Preparat 400-500 marta
kattalashtirilib ko‘riladi. Bu usul bilan hatto xo‘jayin hujayrasi tashqarisida joylashgan xlamidiya
elementar tanachalarini ham aniqlash mumkin. Elementar tanachalarning chetlari tekis, yumoloq
shaklda, tiniq yashil rangda bo‘lib ko‘rinadi. Retikulyar tanachalar esa, elementar tanachalardan
2-3 barobar kattaroq bo‘lib, yumaloq, yashil rangda tovlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

90

Ko‘rish maydonida bitta preparatning har xil joyida 10-12 ta va undan ortiq xlamidiya

tanachalari topilsa, natija musbat hisoblanadi.

Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari

Trixomonoz qo'zg'atuvchisi

Trixomonadalar Trichomonadidae oilasiga Trichomonas davaine urug'iga mansub bo'lib,

turli umurtqalilar organizmida parazit lik qiluvchi turlari mavjud. Trichomonas K.David
tomonidan 1860-yili kashf etilgan bo'lib, odamning y o 'g 'o n ichagida T.hominis (intestenalis)
lcommensal holatda yashaydi. T.tenax (t.elongata), asosan, tishlari, qurt lagan, chirigan,
parodontoz bilan og'rigan og'iz bo'shlig'ida uchraydi. T.vaginalis esa A.Donne tomonidan
topilgan b o 'lib , siydik-tanosil a ’ zolarining yalligianishiga sabab bo'Iadi.

Morfologiyasi.

Trixomonadalar- xivchinlilar sinfiga mansub bir hujayrali eng sodda organizm bo'lib,

o'zining morfologik va biologik xo ssalari bilanba’zi sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan
trixomonadalardan ajralib turadi. Boshqa hujayralardan o ‘zining to ‘rsimon protoplazmasi,
shakli, strukturasi va yadrosining markazdan nariroqda (ekssentrik) joylashishi bilan farq qiladi.

Yastniqsimon yadro va bazal tanacha trixomonadaning oldin gi qismida yotadi. Tanasi

oval, noksimon, amyobasimon bo'lib, oxirgi uchi salo'tkirlashibkelgan, kattaligi 8-11 mkdan 18-
20 mk gacha, ba’zan maxs.us oziq muhitda 50-60 mk li ulkan xillari uchraydi. Blefaroblastdan
boshl anib, tanasining boshidan oxirigacha boradigan va o'tkirlashib kelib oxirgi uchidan chiqib
turadigan tayanch o'qi -oksostili bor. Ikki juft xivchin va trixomonada tanasining 2/, qismini
egallab turadigan to'lqinsimon membrana (undulyasiyalovchi) luuakui a'zosi bo lib xizmat qiladi.
Sitoplazmasida bir nechta hazm vakuolalari joylashgan. Trixomonadalar sodda jonivorlarga
xosbutun tanasi bilan pinositoz (endosmos) vafagositoz yo'li bilan oziqlanadi. Uzunasiga bo'linib
ko'payadi, buning uchun optimal harorat 37 S bo'lishi kerak01 imlarning clektron mikroskopda
olib borgan iz lanishlarida trixomonadalarning hazm vakuolalaridan gonokokklar topilgan. Ular
trixomonadalarning ha/lp vakuolalarida parchalanmay, uning ichida rivojlanishni davom ettirib,
vaqti kelib yorib chiqadi; trixomonozda tugallanmagan fagositoz deb shunga aytiladi.

Trixomonada bilan so'zak infeksi yasi birga uchrasa, trixomonadalar so'zak uchun manba

bo'lib qolishi mumk in. Shu bois so'zak bilan trixomonozni bir yo'la davolash zarur. Odam
organizmida ichak hamda og'iz bo'shlig'i trixomonadasi uchrab turadi. Ular saprofit bo'lib, qinga
tushganida tezda halok bo'ladi.

Chidamliligi.

Trixomonadalar tashqi muhit omillariga chidamsiz; 60 S suvda.

2%

li xo'jalik sovuni

eritmasida bir necha daqiqada, 1% li suyulti rilgan karbol kislota va 1% li xloramin eritmasida
bir necha sekundda o'ladi. Botqoq va suv havzalarida yashay olmaydi, hatto vodoprovod suvida
ham nobud bo'ladi. Sistalar hosil qilmaydi. Ayrim mutaxassislarqin trixomonadasi suv
havzalarida uchraydi degan fikrdalar, lekin qin trixomonadasi tabiiy sharoitda faqat odam
organizmida, ya’ni si ydik tanosil a ’zolarining shilliq qavatidagina parazitlik qilib yashaydi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi.

Sun’iy yo‘l bilan maymunlarga yuqtirib, ular qinida trixomonozning klinik manzarasi

vujudga keltirilgan. Sichqonlaming qorin bo‘shlig‘iga sof trixomonada kulturasi yuborilganda
ularning jigari, talog‘i va boshqa a’zolarida nekrozli o‘zgarishlar, muskullar va teri orasiga


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

91

yuborilganda esa abssess vujudga kelgan. Cho'chqa, it, mushuk, quyon, dengiz ch o ‘chqasi va
boshqa hayvonlar trixomonoz kasalligiga chalinmaydi.

Siydik-tanosil a ’zolarining trixomonadadan zararlanishi.

Siydik tanosil a ’zolarining trixomonadadan zararlanishi (trixomoniaz) eng ko‘p tarqalgan

parazitar kasalliklardan biridir. Mualliflarning ma’ lumotlariga ko‘ra har yili dunyoda 180-200
mln. kishi bu dardga chalinar e kan. Odatda kasallik erkaklarda ham, ayollarda ham kuzatiladi.

Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining (Jeneva, 1984-y.} kasalliklar tasnifi to‘g‘risidagi

ma’lumotlariga qaraganda trixomoniaz tanosil kasalliklari ro ‘yxatiga kiritilmagan, ammo
xlamidioz, ureaplazmoz, gardnerellez singari jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar qatorida
turadi. Kasallikni qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis qo‘zg ‘atadi. Uzoq yillar davomida
trixomonadalar ayollarda uchraydigan odatdagi zararsiz mikroorganizmlardan deb hisoblab
kelingan. Ammo avvaliga Hoehne (1916-y.), keyinchalik Sarek (1927-y.) trixomonadali kolpitga
chalingan ayol bilan jinsiy muloqotda bo'lgan ikki erkakda trixomonadali uretrit rivojlanganligini
kuzatgan va bu kasallikdan forig1 bo ‘lish -uchun erkak ham, ayol ham birga davolanishi
zarurligini aytib o ‘tishgan. Kasallik manbai bemor, u sog'lom kishilarga jinsiy yo‘l bilan yuqadi,
ayollarda ko‘proq uchraydi. Rektal va orogenital munosabatlar tufayli kasallik vujudga
kelmaydi, chunki qin trixomonadasi og‘iz bo'shlig'i va to‘g‘ri ichakda yashay olmaydi. Nojinsiy
yo‘l bilan yuqish kamdan-kam hollarda uchraydi. Bolalarga esa tug'ruq paytida bemor onadan
o‘tadi. Silindrik epiteliylarni shikastlaydigan gonokokklardan farqli o'laroq, qin trixomonadalari
faqat yassi epitelial hujayralami zararlaydi. Erkaklarda trixomonadalar uretra shilliq qavati
bo'ylab tarqalib, uning m ayda bezlari va lakunalarga kiradi. Trixomonadalar prostata beziga
ham kirib, prostatitga xos klinik belgilami keltirib chiqarishi mumkin. Keltirilgan
rrma’lumotlarga ko‘ra 25-30% bemorlarda trixomonadali prostatit yashirin techadi.

Trixomonadalar o'zidan toksin ajratmaydi, ammo ular bevosita makroorganizm

hujayralariga yopishib, ularni zararlaydi. Trixomonadalaming parazitlik xususiyatlari to'liq
o'rganilgan. Jumladan, sog‘lom odamning siydik kanaliga o‘lgan trixomonadalar yuborilganda,
hech qanday yalligianish jarayoni yuzaga kelmaydi. Ba’zan erkaklar siydik kanal iga tushib
qolgan trixomonadalar, u joyda klinik o ‘zgarishlarga olib kelmaydi (asimptom infeksiya) yoki
ma’lum muddatdan so‘ng trixomonadalar o ‘z-o‘zidan yo‘qoladi (tranzitor tashuvchanlik) yoki
o‘lib ketadi. Trixomoniaz bilan og'rigan bemorlarda turli zardob va secretor antite lolar yuzaga
kelsa ham, immunitet turg'un emas. Shu sababli bu kasallik bilan qayta-qayta kasallanish
mumkin.

Qin trixomonadasi antibiotiklar va sulfanilamid preparatlariga juda chidamli bo'lib, ular

ta’sirida nobud bo'lmaydi. Ularfagositoz vo‘l bilan ayrim. kokklar va tayoqchalami hazm
vakuolalariga qabul qila oladi. Shu sabab li ikkilamchi infeksiyalami antibiotiklar ta ’siridan
saqlab qoladi.

Kasallikning klinikasi.

Trixomoniazning yashirin davri 3-7 kundan 3-4 haftagacha,

o'rtacha 10-15 kun. Ayollarning hayz ko'rishi, shuningdek erkaklaming achchiq, sho'r taomlar
iste’mol qilishi yoki spirtli ichimliklar ichishi kasallikning qo'zishiga olib keladi.

Trixomoniazning quyidsigi klinik ko'rinishi tafovut qilinadi:
1. Siydik tanosil a’zolarining yangi trixomoniazi:
a) o'tkir, b) o'rtacha, o'tkir, d) torpid (kam klinik belgili) trixomoniaz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

92

2. Surunkali trixomoniaz (kasallik 2 oydan ziyod davom etganda).
3. Belgilarsiz (asimptom) trixomoniaz.
Erkaklarda trixomoniaz uretrit, prostatit, epididimit va boshqa klinik ko'rin ishda

namoyon bo'Iadi. Trixomonada uretriti aksariyat kam alomatli bo'lib, bemor uni sezmasligi ham
mumkin, ba’zan siydik kanalidan ozroq oqimtirchiqindi keladi. Bemortez-tez siyadi. Uretra og'zi
kizarib shishib turadi, shu soha qichishib achishadi. Ba’zan jinsiy aloqa tugashi bilan bemorda
achishish hissi paydo bo'Iadi.

Xulosa

Teri-tanosil infeksiyalari inson sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diruvchi, asosan jinsiy aloqa

orqali yuqadigan kasalliklar turiga kiradi. Bunday infeksiyalar, jumladan,

zaxm (sifilis)

,

so‘zak

(gonoreya)

,

xlamidioz

,

mikoplazmoz

va

trixomonioz

kabi kasalliklar bugungi kunda

tibbiyotda eng ko‘p uchraydigan venerik kasalliklar hisoblanadi. Ularning qo‘zg‘atuvchilari
bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar bo‘lib, organizmga kirgach, asosan jinsiy a’zolar, siydik
yo‘llari, teri va shilliq qavatlarni zararlaydi.

Bu kasalliklarning xavfli jihati shundaki, ular ko‘pincha yashirin shaklda kechadi va o‘z

vaqtida tashxis qo‘yilmasa, og‘ir asoratlar, masalan, bepushtlik, surunkali yallig‘lanishlar,
homiladorlikdagi asoratlar yoki hatto boshqa organlarga o‘tuvchi infeksiyalarni keltirib
chiqarishi mumkin. Shu sababli,

erta tashxis va davolash

kasalliklarni nazorat qilishda muhim

ahamiyatga ega.

Zamonaviy tibbiyotda bu infeksiyalarni aniqlashda

mikrobiologik

,

serologik

,

PCR

va

immunologik

usullar keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, polimeraza zanjir reaksiyasi (PCR) orqali

qo‘zg‘atuvchini tez va aniq aniqlash imkoniyati mavjud. Davolash jarayonida esa antibiotiklar,
antimikrob vositalar va parazitlarga qarshi preparatlar qo‘llaniladi.

Teri-tanosil infeksiyalarining oldini olishda eng muhim omil —

profilaktika

hisoblanadi.

Jinsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanish, muntazam

tibbiy ko‘rikdan o‘tish va aholiga gigiyenik madaniyatni oshirish bu kasalliklarning kamayishiga
yordam beradi.

Umuman olganda, tanosil infeksiyalariga qarshi kurashish faqat tibbiyot xodimlarining

emas, balki har bir insonning shaxsiy mas’uliyatiga ham bog‘liqdir. Har bir kishi o‘z sog‘lig‘iga
e’tiborli bo‘lishi, zarur hollarda shifokorga murojaat qilishi va infeksiyalarning tarqalishiga yo‘l
qo‘ymasligi kerak.

ASOSIY ADABIYOTLAR.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan

kasalliklar bo‘yicha klinik protokollar”, Toshkent, 2022.

2.

Karimova D.M. “Teri-tanosil kasalliklari”, Toshkent tibbiyot akademiyasi nashriyoti,

2020.

3.

Tibbiyot ensiklopediyasi. “Venerik kasalliklar bo‘limi”, Toshkent, 2019.

4.

World Health Organization (WHO). “Sexually transmitted infections (STIs) – Fact

Sheet”, Geneva, 2023.

5.

Centers for Disease Control and Prevention (CDC). “STI Treatment Guidelines”,

Atlanta, 2021.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

93

6.

Murray P.R., Rosenthal K.S., Pfaller M.A. “Medical Microbiology”, Elsevier, 2022.

7.

Jawetz, Melnick & Adelberg’s “Medical Microbiology”, 28th Edition, McGraw-Hill,

2021.

8.

Cheesbrough M. “District Laboratory Practice in Tropical Countries”, Cambridge

University Press, 2019.

9.

Ryan K.J., Ray C.G. “Sherris Medical Microbiology”, 7th Edition, McGraw-Hill, 2020.

10.

Hook E.W. & Handsfield H.H. “Gonococcal Infections in the Adult”, Springer, 2020.

11.

Stamm W.E. “Chlamydia trachomatis Infections: Progress and Problems”, J. Infect. Dis.,

2021.

12.

Larsen S.A. “Syphilis Diagnosis and Serology”, Clin. Microbiol. Rev., 2020.

13.

Sobel J.D. “Trichomoniasis: Clinical Manifestations and Management”, Clin. Infect.

Dis., 2019.

14.

Taylor-Robinson D. “Mycoplasma genitalium and Other Mycoplasmas”, Int. J. STD &

AIDS, 2021.

15.

Sultonov B.S. “Mikrobiologiya va immunologiya asoslari”, Toshkent, 2018.

References

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar bo‘yicha klinik protokollar”, Toshkent, 2022.

Karimova D.M. “Teri-tanosil kasalliklari”, Toshkent tibbiyot akademiyasi nashriyoti, 2020.

Tibbiyot ensiklopediyasi. “Venerik kasalliklar bo‘limi”, Toshkent, 2019.

World Health Organization (WHO). “Sexually transmitted infections (STIs) – Fact Sheet”, Geneva, 2023.

Centers for Disease Control and Prevention (CDC). “STI Treatment Guidelines”, Atlanta, 2021.

Murray P.R., Rosenthal K.S., Pfaller M.A. “Medical Microbiology”, Elsevier, 2022.

Jawetz, Melnick & Adelberg’s “Medical Microbiology”, 28th Edition, McGraw-Hill, 2021.

Cheesbrough M. “District Laboratory Practice in Tropical Countries”, Cambridge University Press, 2019.

Ryan K.J., Ray C.G. “Sherris Medical Microbiology”, 7th Edition, McGraw-Hill, 2020.

Hook E.W. & Handsfield H.H. “Gonococcal Infections in the Adult”, Springer, 2020.

Stamm W.E. “Chlamydia trachomatis Infections: Progress and Problems”, J. Infect. Dis., 2021.

Larsen S.A. “Syphilis Diagnosis and Serology”, Clin. Microbiol. Rev., 2020.

Sobel J.D. “Trichomoniasis: Clinical Manifestations and Management”, Clin. Infect. Dis., 2019.

Taylor-Robinson D. “Mycoplasma genitalium and Other Mycoplasmas”, Int. J. STD & AIDS, 2021.

Sultonov B.S. “Mikrobiologiya va immunologiya asoslari”, Toshkent, 2018.