Authors

  • Feruza Yuldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137193

Abstract

Bugungi kunda respublika tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud boʻlib, 13 ming aholiga bitta avtomashina toʻgʻri kelmoqda. Vaholanki, bu raqam ham bundan bir necha yil avval 15 ming nafardan iborat edi . 2018-yilda Buxoro viloyati kesimida oladigan bo’lsak, shoshilinch (tez) tibbiy yordam bo‘yicha rasmiy statistikasida tez yordam birliklari (jami): 111 tani, bajarilgan chaqiriqlar 463 968 tani, tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslar: 510 704 kishini tashkil etganligi sohadagi ijobiy o’zgarishlarni isbotidir . Umuman olganda, 2018-yilda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimida muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning mustahkamlanishi, kadrlar salohiyatining oshishi va aholining kasallikka chalinish ko‘rsatkichlarining qisqarishi hududda olib borilgan islohotlarning amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etdi. 2019- yilda viloyat bo‘yicha 82 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib borgan. Yil davomida ularda 352839 nafar bemor davolangan. Shifokorlar soni o‘tgan 2018- yilga nisbatan 102,5 % ga, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 102,2 % ga ortgan. Viloyatda ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 536 tani tashkil etadi.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

44

MUSTAQILLIK YILLARIDA TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

Yuldosheva Feruza Yashin qizi

Osiyo xalqaro Universiteti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17316739

2016-yil “Tez yordam” tizimida har bir chaqiriqqa sarflangan mablagʻ oʻrtacha 745

soʻmni tashkil etgani soʻzimiz tasdigʻi, albatta. Sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida
tizimdagi mavjud koʻpgina muammolar butkul barham topdi. Xususan, “Tez yordam”da bitta
chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 10 barobardan ziyodga oshib, oʻrtacha 7
ming 700 soʻmni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 2016-yilda 800 ta “tez
yordam” shoxobchalari va 1 ming 648 ta tez tibbiy yordam brigadalari faoliyat yuritgan boʻlsa,
ayni paytda ularning soni mos ravishda 1 ming 666 ta va 2 ming 685 taga yetkazildi. Qolaversa,
2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmogʻida bor-yoʻgʻi 24 ta reanimobil boʻlib, birgina
oʻtgan 2020-yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 dona
“Ford” rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam
avtomashinalari xarid qilindi.

Bugungi kunda respublika tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud boʻlib,

13 ming aholiga bitta avtomashina toʻgʻri kelmoqda. Vaholanki, bu raqam ham bundan bir necha
yil avval 15 ming nafardan iborat edi

1

. 2018-yilda Buxoro viloyati kesimida oladigan bo’lsak,

shoshilinch (tez) tibbiy yordam bo‘yicha rasmiy statistikasida tez yordam birliklari (jami

):

111

tani, bajarilgan chaqiriqlar 463 968 tani, tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslar: 510 704 kishini
tashkil etganligi sohadagi ijobiy o’zgarishlarni isbotidir

2

. Umuman olganda, 2018-yilda Buxoro

viloyati sog‘liqni saqlash tizimida muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning
mustahkamlanishi, kadrlar salohiyatining oshishi va aholining kasallikka chalinish
ko‘rsatkichlarining qisqarishi hududda olib borilgan islohotlarning amaliy samaradorligini
yaqqol namoyon etdi. 2019- yilda viloyat bo‘yicha 82 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib
borgan. Yil davomida ularda 352839 nafar bemor davolangan. Shifokorlar soni o‘tgan 2018-
yilga nisbatan 102,5 % ga, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 102,2 % ga ortgan. Viloyatda
ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 536 tani tashkil etadi.

Ulardan 93 tasi qishloq vrachlik punktlari hisoblanadi. O‘tgan 2018- yilga nisbatan

ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 50 taga ortgan. Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam
2018-yil davomida bajarilgan chaqiriqlar soni 589073, tibbiy yordam ko'rsatilgan shaxslar
627232 kishini tashkil etgan

3

. 2018-yilda Buxoro viloyatida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash

1

https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_3195.pdf

2

https://www.buxstat.uz/uploads/press-relizlar/2018/cots/sogliqni_saqlash.pdf





3

https://www.buxstat.uz/uploads/press-relizlar/2018/cots/sogliqni_saqlash.pdf


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

45

tizimidagi islohotlar natijalari tahlili hududiy sog‘liqni saqlash siyosatining amaliy
samaradorligini ko‘rsatadi. Avvalo, sog‘liqni saqlash muassasalari sonining ko‘payishi va
ularning moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish
qamrovini kengaytirishga xizmat qilgan. Xususan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari
sonining ortishi birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish, profilaktik
xizmatlarni kuchaytirish va davolash jarayonining samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Kadrlar ta’minotida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari
sonining o‘sdi, xususan jami shifokorlar soni 5798 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, o‘rta
tibbiyot xodimlari sonining yuqoriligi tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifatini
yaxshilashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aholi sog‘lig‘iga oid ko‘rsatkichlarda,
xususan birinchi marta tashxis qo‘yilgan kasalliklar sonining kamayishi, profilaktika ishlarining
kuchaygani va davolash tizimining samarali tashkil etilganidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich
sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijobiy natija berayotganini
tasdiqlaydi. Biroq, tizimdagi ijobiy natijalarga qaramay, mavjud muammolarni ham inobatga
olish lozim. Jumladan, kadrlar taqsimotida tibbiyot xodimlarining shahar va qishloq hududlari
o‘rtasida notekis joylashuvi, ayrim tibbiyot muassasalarida yuqori texnologiyali tibbiy
xizmatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, aholining ayrim qatlamlari uchun tibbiy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklangani dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Umuman olganda, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi 2018-yilgi islohotlar qisqa
muddatda sezilarli ijobiy natijalarni bergan bo‘lsa-da, ularni yanada barqaror va samarali qilish
uchun tizimli yondashuv, resurslardan oqilona foydalanish va tibbiy xizmatlarda innovatsion
texnologiyalarni keng joriy etish zarur edi. Ilmiy izlanish davomida o‘rganilgan holatlar asosida
quyidagi tavsiya va takliflar ishlab chiqildi:

1.

Viloyat sog‘liqni saqlash tizimini rejalashtirishda mahalliy xususiyatlar

demografik omillar

hisobga olinishi zarur. Bu xizmatlarning yanada maqsadli va samarali

tashkil etilishiga xizmat qiladi.

2.

Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish

va ularning davlat

tibbiy tizimi bilan samarali integratsiyasini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu xizmatlar sifatini oshirib,
raqobatni kuchaytiradi.

3.

Elektron sog‘liqni saqlash tizimlarini (EHR – electronic health record)

to‘liq

joriy etish va barcha muassasalar o‘rtasida integratsiyalashgan raqamli tarmoq yaratish taklif
etiladi.

4.

Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish

va ularni zamonaviy davolash-

diagnostika uslublariga o‘rgatish bo‘yicha muntazam treninglar tashkil etilishi lozim.

5.

Sog‘liqni saqlash sohasida tarixiy-tarixiy-taqqoslov tadqiqotlar olib borish

va

viloyat sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda tahlil qilishni davom
ettirish muhim ahamiyatga ega.

2018-yilda Buxoro viloyatida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar

tahlili xulosasi shuni ko‘rsatadiki, hududiy tibbiyot tizimi nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatidan
ham sezilarli darajada rivojlandi. Muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

46

mustahkamlanishi, yangi diagnostika va davolash usullarining joriy etilishi, tez tibbiy yordam
xizmatining takomillashtirilishi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qamrovi va
samaradorligini oshirdi. Xususan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari sonining ko‘payishi
aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yaqinlashtirilishiga, profilaktika va davolash
xizmatlarining yaxshilanishiga olib keldi.Kadrlar ta’minotida ham ijobiy siljishlar kuzatilib,
shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari sonining ko‘payishi (5798 nafar) sog‘liqni saqlash
tizimidagi xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, xususiy tibbiyot
muassasalari va kichik korxonalar faoliyatining kengayishi sog‘liqni saqlash sohasida raqobatni
kuchaytirib, xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berdi. Shu bilan birga, ilmiy izlanish
davomida ayrim dolzarb muammolar ham aniqlandi. Jumladan, shahar va qishloq hududlari
o‘rtasida tibbiyot xodimlarining notekis taqsimlanishi, ayrim muassasalarda yuqori texnologiyali
tibbiy xizmatlarning yetarlicha rivojlanmaganligi, Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun
sog‘liqni saqlash tizimini yanada chuqurroq raqamlashtirish, elektron tibbiy ma’lumotlar
bazasini shakllantirish, kadrlar malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy
etish zarur. Umuman olganda, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi 2018-yilgi islohotlar
qisqa muddat ichida sezilarli natija berdi. Va bu natijalarni uzoq muddatli barqaror rivojlanishga
aylantirish uchun tizimli yondashuv, samarali boshqaruv va xalqaro tajribadan oqilona
foydalanish talab etiladi. Mazkur maqola natijalari esa hududiy sog‘liqni saqlash siyosatini ilmiy
asosda takomillashtirish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda kelgusida olib
boriladigan islohotlarga metodologik asos yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ–3973-son qarori.

2.

2.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz.- O‘zbekiston, 2017. – B. 592

3.

Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.- Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2017.

4.

Nazarov B., Akbarov A.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi.

– Toshkent:

Iqtisodiyot, 2017.

5.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi rasmiy hisobotlari (2017-2018 yil). —

www.buxstat.uz

6.

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axboroti. 2018-yilgi rasmiy press-reliz. –

Buxoro: 2018

7.

Buxoro viloyati hokimligi. “Salomatlik yillari” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida

hisobot. – Buxoro, 2005. B.34

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi PQ-3450-sonli qarori,

“Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”.

http://lex.uz//docs/-

3480494

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3973-son qarori.

2.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.- O‘zbekiston, 2017. – B. 592

Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.- Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017.

Nazarov B., Akbarov A. Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2017.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi rasmiy hisobotlari (2017-2018 yil). — www.buxstat.uz

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axboroti. 2018-yilgi rasmiy press-reliz. – Buxoro: 2018

Buxoro viloyati hokimligi. “Salomatlik yillari” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida hisobot. – Buxoro, 2005. B.34

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi PQ-3450-sonli qarori, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”. http://lex.uz//docs/-3480494