Oktabr, 2025-Yil
73
OCHIQ KON ISHLARIDA QAZUVCHI-YUKLOVCHI MASHINALAR RATSIONAL
TURINI TADQIQ QILISH VA ASOSLASH
Jumaqulov Diyorbek Shodi o’g’li
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti, Foydali qazilma
konlarini qazish yo’nalishi 2-bosqich magistranti.
Qurolov Adiz Asraqulovich
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, dotsent
Muassasa: Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Konchilik fakulteti, Foydali qazilma konlarini qazish yo’nalishi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17331021
Annotatsiya.
Mazkur tezisda ochiq kon ishlarida qo‘llaniladigan qazuvchi-yuklovchi
mashinalarning ratsional turini tanlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kon
sharoitlariga mos ravishda yuqori samaradorlikka ega elektr-gibrid ekskavatorlarning qo‘llanishi
maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berildi. Bundan tashqari, mashinalarning texnik
parametrlarini taqqoslash asosida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning yuqori moslashuvchanligi
orqali foydali qazilma qazib olish hajmi samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatildi.
Tadqiqot natijalari ochiq kon ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlashda ilmiy
asoslangan yondashuvni ishlab chiqishga xizmat qiladi va konchilik korxonalarining ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
ochiq kon, qazuvchi-yuklovchi mashinalar, ratsional tanlov, unumdorlik,
energiya samaradorligi.
Kirish.
Navoiy viloyatining Qizilqum hududi O’zbekiston Respublikasining eng yirik konchilik
markazi bo’lib, ko’plab oltin, fosfotit va qurilish materiallari konlari mavjud. Bunday turdagi
foydali qazilmalarni qazib olishda ochiq kon ishlarida qazuvchi yuklovchi mashinalar muhim rol
o’ynaydi.
Asosiy qism.
Ochiq konchilik ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning foydali qazilmani qazib
olish jarayoniga ta’siri va ahamiyati sezilarli darajada, xususan, qazuvchi-yuklovchi mashinalar
konchilik korxonalarida ikki asosiy vazifani bajaradi: tog’ jinslarini qazib olish va ularni transport
vositalariga yuklash. Ularning ishlash samaradorligi butun texnologik siklning tezligi va ishlab
chiqarish hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Qizilqum hududi sharoitida tog’ jinslari asosan yarim qattiq va qattiq jinslar bo’lganligi,
iqlim sharoiti yozda issiq, qishda sovuq bo’lganligi sababli ishlatiladigan texnikalar bunday
sharoitlarda ishlashga chidamli va xavfsiz bo’lishi kerak.
Bunda biz taklif etadigan qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ochiq kon ishlarida qo’llash
uchun kam miqdorda energiya sarfidan foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishish va
yuqori moslashuvchanlik orqali foydali qazilma miqdorini qazib olishda yo’qotilish, sifatsizlanish
kabi holatlarni kamaytirilishiga erishiladi.
Bunday hollarda elektr yoki zamonaviy gibrid texnologiyalarga asoslangan qazuvchi
yuklovchi mashinalarni qo’llashdan iborat.
Oktabr, 2025-Yil
74
Bunda biz quyidagi ananaviy EKG tipidagi ekskavatorlarni yangi turdagi gibrid
ekskavatorlari bilan parametrlarini solishtirib quyida ko’rib chiqamiz:
1-rasm. Ochiq konchilik ishlarida qo’llaniladigan ekskavator turlari
Volvo EC500 H
EKG-5A
1-jadval.
Parametrlari
Volvo EC500 Hybrid
EKG-5A
Turi
Gibrid ekskavator
Elektrik ekskavator
Kovsh sig’imi
1.15-3.31 m
3
5.2 m
3
Quvvati
318 kVtli gibrid motor
250 kVtli elektr motor
Ishchi og’irligi
52 tonna
196 tonna
Maks. Qazish radiusi
11.3 m
14.5 m
Maks. Kovshlash balandligi
7 m
10.3 m
Energiya turi
Dizel + gibrid energiya
To’liq elektr
Atrof-muhitga ta’siri
Zaharli gazlari bor, ammo
gibrid rejimda kamayadi
Zaharli gazlarni chiqarmaydi
Bu qazuvchi yuklovchi mashinalarni bir biriga solishtirish orqali quyidagi xulosaga
kelishimiz mumkin: Volvo EC500 Hybrid ekskavatori o’rtacha kattalikdagi konlarga, ochiq kon
ishlariga mos keladi. Yoqilg’i tejash imkoniyatiga ega, odatiy bunday parametrdagi
ekskavatorlarga nisbatan 17% -20% gacha yoqilg’i tejaydi va yuqori moslashuvchanlik
xususiyatiga ega. EKG-5A esa yirik va o’rtacha kattalikdagi ochiq konchilik ishlarida qo’llaniladi,
lekin katta infratuzilma va logistikani talab qiladi.
Xulosa
Ochiq kon ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalarning ratsional turini tanlash kon-
geologik sharoitlari, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib amalga
oshirilishi zarur. To‘g‘ri tanlangan texnika ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, xarajatlarni
kamaytiradi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimum darajaga tushiradi.
Shunday qilib, ochiq konchilik ishlarida qazuvchi-yuklovchi mashinalar ratsional turini
tadqiq qilish va asoslash konchilik sanoati rivojida muhim ilmiy va amaliy vazifalardan biri
hisoblanadi.
Oktabr, 2025-Yil
75
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
2.
3.
4.
