Authors

  • Vazira Hafizova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137403

Keywords:

Fayzulla Khojaev house-museum Bukhara history heritage Jadidism politics education source youth.

Abstract

The article analyzes the scientific legacy and political activity of Fayzulla Khojaev, a prominent figure in the history of early 20th-century Uzbekistan. His works, including From the Memories of a Bukharan and From the History of the Revolution in Bukhara, are examined as key sources for educating young historians. Special attention is given to the Fayzulla Khojaev House-Museum, part of the Bukhara State Museum-Reserve, highlighting its scientific and spiritual significance. Using historiographical, source studies, and museology approaches, the study demonstrates the role of Khojaev’s heritage in fostering critical thinking, respect for national values, and patriotism among young historians.

background image

301

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

YOSH TARIXCHILARNI TARBIYALASHDA FAYZULLA XO‘JAYEV ILMIY

MEROSI VA UY-MUZEYINING AHAMIYATI

Hafizova Vazira Usmonovna

Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi mudiri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17359037

Annotatsiya.

Maqolada XX asr boshlarida O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin tutgan

Fayzulla Xo‘jayevning ilmiy merosi va siyosiy faoliyati tahlil qilinadi. Xususan, uning
“Buxorolikning xotiralaridan”, “Buxoroda inqilob tarixidan” kabi asarlari yosh tarixchilarni
tarbiyalashda manba sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi
tarkibidagi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyining ilmiy va ma’naviy ahamiyati ochib beriladi.

Tadqiqot davomida tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik usullaridan

foydalanilib, yosh tarixchilarda tanqidiy tafakkur, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik
ruhini shakllantirishdagi roli asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

Fayzulla Xo‘jayev, uy-muzey, Buxoro, tarix, meros, jadidchilik, siyosat,

ta’lim, manba, yoshlar.

ЗНАЧЕНИЕ НАУЧНОГО НАСЛЕДИЯ И ДОМА-МУЗЕЯ ФАЙЗУЛЛЫ ХОДЖАЕВА

В ВОСПИТАНИИ МОЛОДЫХ ИСТОРИКОВ

Аннотация.

В статье анализируется научное наследие и политическая

деятельность Файзуллы Ходжаева, сыгравшего значительную роль в истории
Узбекистана начала XX века. Рассматриваются его произведения «Из воспоминаний
бухарца», «Из истории революции в Бухаре» как источники для воспитания молодых
историков. Особое внимание уделяется Дому-музею Файзуллы Ходжаева, входящему в
состав Бухарского государственного музея-заповедника, и его научному и духовному
значению. Использованы методы историографии, источниковедения и музееведения,
обоснована роль наследия Ходжаева в формировании критического мышления, уважения
к национальным ценностям и патриотизма у будущих историков.

Ключевые слова:

Файзулла Ходжаев, дом-музей, Бухара, история, наследие,

джадидизм, политика, образование, источник, молодежь.

THE IMPORTANCE OF FAYZULLA KHOJAYEV'S SCIENTIFIC LEGACY AND

HOUSE-MUSEUM IN EDUCATING YOUNG HISTORIANS

Abstract.

The article analyzes the scientific legacy and political activity of Fayzulla

Khojaev, a prominent figure in the history of early 20th-century Uzbekistan. His works,
including From the Memories of a Bukharan and From the History of the Revolution in Bukhara,
are examined as key sources for educating young historians. Special attention is given to the
Fayzulla Khojaev House-Museum, part of the Bukhara State Museum-Reserve, highlighting its
scientific and spiritual significance. Using historiographical, source studies, and museology
approaches, the study demonstrates the role of Khojaev’s heritage in fostering critical thinking,
respect for national values, and patriotism among young historians.

Key words:

Fayzulla Khojaev, house-museum, Bukhara, history, heritage, Jadidism,

politics, education, source, youth.

KIRISH

Ma’lumki, o‘zbek millatining tarixiy taraqqiyoti davomida tarixiy shaxslar taqdiri

xalqning umumiy qismati bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekiston tarixida XIX asr
oxiri - XX asr boshlarida milliy uyg‘onish, jadidchilik harakati va milliy davlatchilik uchun


background image

302

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

kurashgan tarixiy shaxslarning tarixiy va ilmiy merosi hozirda rivojlanib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalab kamolga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, yosh tarixchi
mutaxasislarning XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston mintaqasi, xususan, Buxoro
amirligida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tushunishida ana
shunday tarixiy shaxslardan biri bo‘lgan Fayzulla Xo‘jayevning ilmiy merosini tadqiq etish
alohida ahamiyat kasb etadi. Uning siyosiy faoliyati, milliy ma’naviyat va mustaqil davlat
qurilishiga qo‘shgan hissasi o‘zbek tarixshunosligida keng o‘rganishni talab etadi. Shu bilan
birga, XIX asrning oxirlarida qurilgan Xo‘jayevlar xonadoniga tegishli yirik memorial inshoot
bo‘lgan hovli davr tarixiy voqeliklari xususida jonli guvoh sifatida mutaxasislar uchun manba
bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistondagi barcha milliy oliy o‘quv muassasalarida tahsil oluvchi tarix ta’lim

yo‘nalishi talabalarining tarixiy bilimlari, O‘zbekiston, jumladan, Buxoroning XIX – XX asrning
30-yillariga qadar bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi to‘g‘risidagi bilim va
ko‘nikmalarini manbaviy asosda shakllantirish va mustahkamlashda turli yordamchi tarixiy
fanlar qatori tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik singari fanlarning uslublaridan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bunda mazkur tadqiqotning asosi sifatida Fayzullo
Xo‘jayevning tarixiy va ilmiy merosi tarixshunoslik va manbashunoslik usullari asosida tahlil
qilinsa, Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi muzeyshunoslik
yo‘nalishi nuqtai nazardan tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tarix

ta’lim yo‘nalishi talabalariga chuqur tushuntirish, Fayzulla Xo‘jayevning siyosiy va ma’rifiy
faoliyati xususida mufassal axborotlarga ega bo‘lish uchun Fayzulla Xo‘jayev tomonidan
tayyorlangan «Buxorolikning xotiralaridan» (1920-yillar), “Buxoroda inqilob tarixidan”,
“Tanlangan asarlar” singari asarlaridan hamda mustaqillik yillarida bir qator tadqiqotchilar
tomonidan yaratilgan maqola va asarlardan foydalanildi. Shuningdek, Fayzulla Xo‘jayev uy-
muzeyidagi ko‘rgazmalar tarixchi mutaxasislarning bilim va ko‘nikmalarini yanada
mustahkamlashda manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tadqiqot davomida tarixshunoslikda tanqidiy yondashuv, kontent va qiyosiy

tahlil, bayonchilik, pedagogik xulosa, muzeyshunoslik usullaridan foydalanilgan. Xususan,
Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyida mavjud bir qator eksponatlarning yosh tarixchilarni
tarbiyalashda ilmiy, pedagogik va ma’naviy ahamiyati ochib berilgan.

NATIJA VA MUHOKAMA

Fayzulla Xo‘jaev (1896–1938) XX asrda O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy

shaxslaridan biri bo‘lib, mintaqaning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan. Jumladan, islohotchi va milliy uyg‘onish tarafdori sifatida u Buxoro amirligi
transformatsiyasi hamda undan keyingi davrda Markaziy Osiyoda siyosiy jarayonlarda muhim
rol o‘ynadi [1, 70]. Mazkur ma’lumotlarni yosh tarixchi mutaxasislarga yetkazib berish uchun
avvalo Fayzulla Xo‘jayevning shaxsiy ma’lumotlarini bosqichma bosqich aniq, xolis va dalillar
orqali tushuntirib berish kerak. Bunda Fayzulla Xo‘jayevning juda murakkab davrda qanday
muhim shaxs sifatida shakllanganligi, boy savdogarning suronli davrlarda nega mol-mulki va
boyligi imkon beruvchi rohat-farog‘atli hayotdan voz kechib, davlatchilik, xalqning hayotini
yengil qilish, islohotchilik, siyosiy faoliyatni tanlaganligi yosh tarixchilarni o‘zlariga savol
berishga undaydi. Bu esa Fayzulla Xo‘jayev shaxsiyatining nihoyatda muhim ahamiyatga ega
ekanligi, tarixchi mutaxasislarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajakda padegogik va


background image

303

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ilmiy faoliyatlarida yosh avlodga ushbu mavzuni yanada kengroq yetkazib bera olish imkonini
beradi.

Fayzulla Xo‘jaev Buxoroda boy savdogarlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ubaydulla

Xo‘jaev badavlat savdogar va yirik savdo uyi egasi edi. Xo‘jaevlar oilasi Buxoroning eng
mashhur va hurmatli oilalaridan biri bo‘lgan. Ubaydulla Xo‘jaev ma’rifatparvar sifatida ta’lim
sohasidagi islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlagan va bu holat yosh Fayzullaning qarashlari
shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. An’anaviy va dunyoviy ta’lim olgan Fayzulla Xo‘jaev
yoshligidan ijtimoiy-siyosiy hayotga qiziqish bildirgan. XX asr boshlarida u jadidchilik
harakatiga qo‘shilgan bo‘lib, bu harakatning maqsadi jamiyatni ta’lim, dunyoviylik va
modernizatsiya orqali isloh etishdan iborat edi. U matbuot faoliyatida faol qatnashib,
modernizatsiya g‘oyalari va feodal tuzumga qarshi kurashni targ‘ib qilgan [2, 56-59].

Ko‘rinib turganidek, ilm-ma’rifatga e’tiborli oilada tug‘ilib, yaxshi ta’lim ko‘rganligi,

jamiyatda yetuk shaxs sifatida siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga katta qiziqish bildirganligi
masalasi moziyshunos mutaxasislarni Buxoro jamiyatida Y.K.Meyendorf, D.I.Logofet,
A.I.Ishanov singari tadqiqotchilarning bir tomonlama ma’lumotlarida keltirilgani kabi
savodsizlik, ilmsizlik hukmron emas [3, 4, 5] balki ilm, ma’rifat, ma’naviyat ustunlik qilganligini
tushunishga undaydi.

Fayzulla Xo‘jayevning «Buxorolikning xotiralaridan» deb nomlangan biografik asari

orqali tarixchi mutaxasislar Buxoro amirligi davrida jamiyatni qiynaydigan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy kamchiliklar, muammolarni baralla ayta olganligini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarnining
shaxsan ishtirokchisi va guvohi bo‘lgan shaxsning tilidan eshitishlari mumkin [2, 86-88].
Fayzulla Xo‘jayev asarda Buxoro amirligidagi hayoti, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy
voqeliklarini tasvirlasha bilan birga, feodal tuzumdagi korrupsiya, adolatsizlik haqida batafsil
so‘z yuritadi hamda o‘zining islohotlar yo‘lidagi kurashini bayon qiladi.

Bundan tashqari, 1926-yilda Fayzulla Xo‘jayev tomonidan tayyorlangan “Buxoroda

inqilob tarixidan” nomli kichik asarda Buxoro amirligidagi inqilobiy harakatlar, mahalliy
intelligensiya vakillari bo‘lmish jadidlarning faoliyati xususida muhim ma’lumotlar beribgina
qolmay, o‘sha davr ruhiyatini o‘zida aks ettiradi [6]. Shu bilan birga, asarda keltirilgan
jadidchilikning ildizlari, maqsadi, xususiyatlari, jadidlarning amalga oshirgan ishlar xususidagi
ma’lumotlar yosh tarixshunoslarning mazkur davrdagi ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-psixologik
holati xususida tanishtiradi [11]. O‘z navbatida, tarixchi mutaxasislarning ham jamiyatda shaxs
sifatida fuqaroviy kompetentligining shakllanishida mazkur asar va unda keltirilgan ma’lumotlar
nihoyatda qadrli. Bundan tashqari, asardagi axborotlar vositasida mustaqillikning totli ne’mat
ekanligi, hozirgi Yangi O‘zbekistonda yashashning naqadar rohat va farog‘atli ekanligi va uning
qadriga yetish lozimligi xususida yosh moziyshunoslarga xulosalar beradi.

Mazkur tadqiqot doirasida yoritilayotgan mavzuning muhim qismi sifatida yosh

tarixchilarning bilim va ko‘nikmalarini o‘stirishda Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasining
“Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi”da saqlanayotgan turli ko‘rgazma va eksponatlar ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur muzey Buxoro shahri muzeylari orasida muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Shu bilan birga, Fayzulla Xo‘jayevning faoliyati va ilmiy merosini o‘rganishda ham
mazkur muzeyning o‘rni beqiyos.

Buxoro qadimgi shahar bo‘lib, uning eski maxallaridan birida XIX asrning oxirida

«Gʻoziyon» maxallasida eng katta, chiroyli ko‘rkam uy qurildi. «Gʻoziyon» mahallasi XV
asrning 50-yillarida tashkil topib, o‘z ichiga 50 ta uyni qamrab olgan. Shu mahallada boy
savdogarlar yashagan. Shu savdogarlardan biri Ubaydullo Qosimxo‘ja ya’ni Fayzullo


background image

304

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Xo‘jayevning otasi yashab o‘tgan. Bu uy 1891-yilda qurilgan. Hovlining umumiy maydoni 1880
kv.m. bo‘lib, uning 557 kv. m.da uy qurilgan. Xovli uch qismdan iborat: ayollar hovlisi – havli
durun, erkaklar hovlisi – havli berun va xo‘jalik hovlisiga bo‘lingan. Xozirgi muzey ko‘rgazmasi
erkaklar va ayollar hovlisidan tashkil topgan.

Toshdan qurilgan keng zinapoyalar orqali ichkari xovliga kirish mumkin. Xonalar tagida

katta yerto‘lalar mavjud. Xar bir xonaga dahliz orqali kiriladi va har bir xonada yana kichkina
xona mavjud bo‘lib, bu uycha «madon» deb ataladi. Qishki uyning ko‘rgazmasida o‘sha
paytdagi ayollar turmush tarzi ko‘rsatilgan, ya’ni XIX asrda ishlangan gilam, har xil buyumlar,
sandali mavjud. Yevropadan keltirilgan qandillar, lampa shishalar, katta yotoq (krovat), rus
samovarlar, qumush qoshiklar va pichoqlar - Rossiya va Olmoniyada ishlab chiqarilgan. Qo‘l
soatlar, devorsoatlar, grammofon plastinkalar Polsha, Fransiya, Shveysariyadan keltirilgan.
Asosiy katta va kichik tokchalarda xalq orasida o‘zining chiroyi bilan ajralib turgan Xitoy,
Yaponiya, Rossiya, Olmoniya chinni buyumlari saqlangan va ularning soni 120 ta. Bular orasida
choynak, kosa, piyolalar mavjud bo‘lib, ularda gullar, jonivorlar, odamlar, meva va sabzavotlar
aks ettirilgan. Ikkinchi xonaning o‘rta qismida ekspozisiyasining asosiy joyi uy interyeri
ko‘rsatilgan, ya’ni xontaxtada shirinlik solingan buyumlar, pastida ko‘rpacha bir chetida sandiq,
musiqa asboblari, rus grammofon plastinkalari mavjud. Bular 1909-yilda Rossiyadan keltirgan
[7].

Hozirgi kunda muzey ko‘rgazmasi 5 qismdan iborat: uyning tarixi, boy savdogarning

hayot tarzi, oshxona buyumlari ko‘rgazmasi, XIX asr oxiri va XX boshlari «Buxoro – savdogar
va hunarmandlar shahri» ko‘rgazmasi, Fayzulla Xo‘jayev oilasidagi ayollarning taqdiri [7].

2019 yilda Ubaydullaxo‘ja xonadoni qurilganiga 128 yil to‘ldi va bu uy Buxoro

me’morchiligining XIX asr oxiridagi ajoyib namunalaridan biri sanaladi. Mahalliy va xorijiy
sayyohlarni birinchi navbatda go‘zallik va binoning mahobati o‘ziga rom etadi. Bu joy
mamlakatimizdan tashqarida ham mashhur bo‘lib, bir qancha xorijiy davlatlardan keladigan
guruhlar bu yerda o‘zbek xalqining tarixi va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan film va qisqa
metrajli syujetlarni tasvirga olishadi. Muzey ekspozisiyasi joylashgan birgina me’moriy binolar
kompleksi Buxoroning XX asr boshlaridagi turmush tarzi, madaniyati, kiyim-kechaklari,
shuningdek, Fayzulla Xo‘jayev (1896-1938 yy.)ning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi [7].

Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi “Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi”da saqlanayotgan

Buxoro shahridagi eng nufuzli va boy oilalardan biri bo‘lgan Xo‘jayevlar xonadoni, xususan
Fayzulla Xo‘jayevga tegishli buyumlar yosh tarixchi mutaxasislarni quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha chuqur tasavvurga ega bo‘lishlariga ilmiy va amaliy yordam beradi:

1. Memorial muzeyning tarixchi mutaxasislar uchun siyosiy tarixni o‘rganish manbasi

ekanligi muhim ahamiyatga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi siyosiy
islohotlar, jadidchilik harakati va milliy-hududiy chegaralanish jarayonini tushunishda Fayzulla
Xo‘jayev uy-muzeyi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Muzeyda saqlanayotgan hujjatlar,
Fayzulla Xo‘jayevning nutqlari va asarlari orqali tarixchi talabalar uning siyosiy qarashlari va
faoliyatini bevosita manba asosida o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar. Xususan, Fayzulla
Xo‘jayevning asarlari orqali tarixchi mutaxasislar feodal tuzumdagi yer egaligi masalasi va
islohot zaruriyatini tushunadi. Bundan tashqari, Fayzulla Xo‘jayevning “Tanlangan asarlari” [8]
tarix yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxasislarga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
mavjud holat, o‘ziga xos o‘zgarishlar, Buxoro amirligi davridagi siyosiy tuzum va O‘zbekiston
SSR tashkil topgach siyosiy jarayonlarning farqli tomonlari xususida keng ma’lumotlarga ega
bo‘lish bilan birga masalaga tanqidiy nuqtai nazardan qarash imkoniga ega bo‘ladilar.


background image

305

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

2. Uy-muzeyda saqlanayotgan tarixiy buyumlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixni o‘rganishda

muhim manba hisoblanadi. Muzey ekspozitsiyalarida Buxoro savdogarlarining hayoti, savdo
aloqalari, agrar tuzum, soliq tizimi haqida ko‘plab hujjatlar mavjud. Bu talabaga Buxoroning
iqtisodiy hayotini jonli tasavvur qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida Buxoro amirligiga yevropacha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning kirib kelishi, ya’ni
Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan turli buyumlarning, xususan, yirik Gromofon, zinger
tikuv mashinalarining olib kelinganligi uy-muzey ekspozitsiyalarida o‘z aksini topgan [9]. Bu
esa tarixchi mutaxasislarga yangi ma’lumotlar, keng tasavvurlar va yangicha dunyoqarashni
shakllantirishga yordam beradi.

3. Muzey fondi madaniy-ma’rifiy tarixni o‘rganish vositasi hisoblanadi. Fayzulla

Xo‘jayev jadid maktablarini ochishda, kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. Muzeyda
uning ta’lim va madaniyat islohotlariga oid hujjatlari, fotosuratlari va maktablar haqidagi
materiallar mavjud. Masalan, Buxoroda 1910–1920-yillarda ochilgan yangi maktablar haqida
muzey hujjatlari orqali yosh tarixchilar Buxoro ma’rifatparvarlik harakatini chuqurroq o‘rganadi.

4. Muzey tarixchi mutaxasislar uchun metodologik ahamiyatga ega. Tarix ta’limida

bevosita manba bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish juda muhim. Muzeydagi hujjatlar,
eksponatlar, milliy kiyim kechak, turli buyumlar, mebel va jihozlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari
tarixchilarni manbashunoslik va muzeyshunoslik asosida ishlashga o‘rgatadi [10].

5. Muzey fondida va ekspozitsiyalarida saqlanayotgan qimmatli yodgorliklar tarixiy

xotira va ongni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Uy-muzey tarixiy shaxsning hayoti
orqali yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi. Bu tarix ta’limida faqat bilim
emas, balki tarbiyaviy maqsadga ham xizmat qiladi. Xususan, muzeydagi ekspozitsiyalarda
Fayzulla Xo‘jayevning mavjud adolatsizliklarga qarshi kurashi ko‘rsatiladi. Bu tarixchilar uchun
tarixiy shaxsning ibratli faoliyatini ko‘rsatadi.

XULOSA

Shunday qilib, Fayzulla Xo‘jayevning tarixiy, ilmiy merosini o‘rganish va uy-muzeyida

saqlanayotgan moddiy va ma’naviy manbalar tarix ta’lim yo‘nalishi talabalarida quyidagi
ko‘nikmalarni shakllantiradi:

Birinchidan,

tarixchi mutaxasislarda siyosiy tarixiy tafakkurni shakllantiradi, ya’ni ularda

jadidchilik

va

milliy-hududiy

chegaralanish jarayonlarini tushunish ko‘nikmalarini

shakllantiradi. Fayzulla Xo‘jaevning siyosiy qarashlari, muvaffaqiyatlari va xatolari haqida
muzey materiallari yoshlarni mustaqil fikrlashga, tarixiy jarayonlarni bir yoqlama emas, balki
kompleks tarzda baholashga o‘rgatadi;

Ikkinchidan, yosh moziyshunoslarda ijtimoiy-iqtisodiy tahlil ko‘nikmalarini, xususan,

agrar tuzum, savdo va soliq tizimlarini manbalar asosida o‘rganish osonlashadi. Muzey
eksponatlari yoshlar uchun tarixni jonli idrok etish imkonini beradi. Bu ularga kitoblardagi quruq
ma’lumotlardan tashqari, real tarixiy buyum va hujjatlar orqali davr ruhini his qilish imkonini
beradi;

Uchinchidan, tarixchilar jadid maktablari, kutubxonalar va ma’rifat harakatini chuqur

anglay oladilar;

To‘rtinchidan, tadqiqotchilarda manbashunoslik ko‘nikmasi, ya’ni hujjatlar, xotiralar va

arxiv materiallari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Muzeyda saqlanayotgan hujjatlar,
arxiv materiallari yosh tarixchilarni manbashunoslik, hujjatlar bilan ishlash, tarixiy tahlil
metodlarini egallashga o‘rgatadi;


background image

306

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Beshinchidan, yosh tarixchilarda vatanparvarlik va tarixiy ong mustahkam shakllanadi,

shuningdek, milliy qadriyatlar va tarixiy shaxs faoliyatidan ibrat olish hissi paydo bo‘ladi. Shu
bilan birga, Fayzulla Xo‘jaevning milliy davlatchilik uchun kurashdagi faoliyati yoshlar ongida
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Bu jarayon yosh tarixchilarni milliy manfaatlarni ilmiy
asosda o‘rganishga undaydi.

Yana bir muhim jihat sifatida mazkur tadqiqot muzey pedagogikasi va interaktiv

yondashuvlar doirasida yosh tarixchilar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblangan quyidagi
takliflarni ilgari suradi:

1. Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyiga muntazam ekskursiyalar tashkil qilish orqali yosh

tarixchilar uchun tarixiy ma’lumotlarni jonli tarzda yetkazib berish;

2. Muzeyda tarixchi talabalar, muzey xodimlari hamda muzeyshunoslar o‘rtasida davra

suhbati, ochiq muloqot va ko‘rgazmali darslar tashkil qilish;

3. Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi to‘g‘risida interaktiv ko‘rgazmalar, ya’ni multimedia

vositalari orqali kontentlar taqdim qilish;

4. Virtual muzey loyihalari, ya’ni masofadan turib ham tarixni o‘rganish imkonini

beruvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.

Mazkur takliflar Fayzulla Xo‘jayevning ilmiy merosi, hayot yo‘li, O‘zbekiston tarixidagi

o‘rni, uning uy-muzeyining ahamiyatini yosh avlodga yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.

Fayzulla Xo‘jaev uy-muzeyi yosh tarixchilarni tarbiyalashda o‘ziga xos ilmiy-ma’rifiy

maktab vazifasini ham bajarishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Азимов, Ш. «История джадидизма в Средней Азии». — Ташкент: Издательство

«Фан», 1999.

2.

Абдуллаев, А. «Файзулла Ходжаев и его время». — Ташкент: Издательство

«Шарк», 2005.

3.

Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. -Москва, 1975. 183 стр

4.

Логофет Д.И. Страна безправия. Бухарское ханство и его современное состояние. -

С-Петербург, Издат. В.Березовский, 1909. -239 стр.

5.

Ишанов А.И. Создание Бухарской Народной Советской Республики (1920-1924 гг.).

–Ташкент.: Изд. Академии Наук, 1955. -178 стр.

6.

Файзулла Ходжаев. К истории революции в Бухаре. –Ташкент.: Узб. гос. изд. 1926.

-77 стр.

7.

Хафизова В.У. Файзулла Хўжаев уйғмузейининг йўл кўрсатгичи. –Бухоро, 2025. -8

бет.

8.

Файзулла Ходжаев. Избранные труды. В трех томах. –Ташкент.: «Фан», 1972.

9.

Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi fondi. 10084/19 №6,

25737/20 №40.

10.

Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi fondi. 7382/13 №4.

11.

Khalid, A. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia. –

Berkeley: University of California Press, 1998.

References

Азимов, Ш. «История джадидизма в Средней Азии». — Ташкент: Издательство «Фан», 1999.

Абдуллаев, А. «Файзулла Ходжаев и его время». — Ташкент: Издательство «Шарк», 2005.

Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. -Москва, 1975. 183 стр

Логофет Д.И. Страна безправия. Бухарское ханство и его современное состояние. -С-Петербург, Издат. В.Березовский, 1909. -239 стр.

Ишанов А.И. Создание Бухарской Народной Советской Республики (1920-1924 гг.). –Ташкент.: Изд. Академии Наук, 1955. -178 стр.

Файзулла Ходжаев. К истории революции в Бухаре. –Ташкент.: Узб. гос. изд. 1926. -77 стр.

Хафизова В.У. Файзулла Хўжаев уйғмузейининг йўл кўрсатгичи. –Бухоро, 2025. -8 бет.

Файзулла Ходжаев. Избранные труды. В трех томах. –Ташкент.: «Фан», 1972.

Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi fondi. 10084/19 №6, 25737/20 №40.

Buxoro Davlat Muzey Qo‘riqxonasi Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi fondi. 7382/13 №4.

Khalid, A. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia. – Berkeley: University of California Press, 1998.