642
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
BUXORO MUZEYIDAGI ILMIY-TADQIQOT ISHLARI TARIXI
Hafizova Vazira
Buxoro Davlat muzey-qo‘riqxonasi
“F. Xo‘jayev uy- muzeyi” filial mudiri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15037769
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Buxoroda muzey ishining shakllanishi va uning ilmiy-
tadqiqot bosqichlari, hukumat tomonidan muzey ishiga qaratilgan e’tibor, muzeyda ilmiy tadqot
ishini tashkil etishdagi muammolar tadqiq qilingan. Shuningdek, bir asr davomidagi Buxoro
o‘lkashunoslik muzeyining ilmiy faoliyati tahlil qilingan. Muzeyning ilmiy faoliyati, mustaqillik
yillarida ilmiy sohada qilingan ishlar va bu sohaga qaratilgan e’tibor hamda qilinishi kerak
bo‘lgan ishlari to‘g‘risida ma’umot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Muzey, ilmiy xodim, to‘plam, madaniyat, ilmiy kengash, doktorantura,
filial.
ИСТОРИЯ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ РАБОТЫ В БУХАРСКОМ МУЗЕЕ
Аннотация.
В данной статье исследуется становление Бухарского музея и этапы
его исследования, внимание к работе музея со стороны правительства, проблемы в
организации научно-исследовательской работы в музее. Также была проанализирована
научная деятельность Бухарского краеведческого музея, которая длилась на протяжении
столетия. Описывается научная деятельность музея, работа, проделанная в научной
сфере за годы независимости, и внимание, уделяемое этой области, а также работа,
которую необходимо проделать.
Ключевые слова:
Музей, исследователь, коллекция, культура, ученый совет,
докторантура, филиал.
HISTORY OF SCIENTIFIC RESEARCH WORK IN THE BUKHARA MUSEUM
Abstract.
This article examines the formation of the Bukhara Museum and the stages of
its research, attention to the work of the museum from the government, problems in the
organization of research work in the museum. The scientific activity of the Bukhara Museum of
Local Lore, which lasted for a century, was also analyzed. It describes the scientific activity of
the museum, the work done in the scientific field over the years of independence, and the
attention paid to this area, as well as the work that needs to be done.
Keywords:
Museum, researcher, collection, culture, academic council, doctoral studies,
branch.
Muzeylar millatning madaniyatini asrash, milliy g‘oyani targ‘ib etish, xalq ongida milliy
g‘urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda
643
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
muhim rol o‘ynaydi. Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolari
xazinasi, balki ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy aloqaning muhim halqasi va
markazidir.
Buxoroda birinchi muzey ochilganiga 100 yildan oshdi. Aniqrog‘i, 1922-yil 8-noyabrda
o‘lkada birinchi bor muzey ochilgan[3. 33-36.]. Birinchi muzey beshta xonadan iborat bo‘lib,
uning atrofida teatr, klub, kutubxona joylashgan va bular hammasi birgalikda madaniyat
maskanini tashkil etgan. Shu davrdan boshlab Buxoroda muzey va muzeyshunoslik ishi yo‘lga
qo‘yilgan va bu to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
XX asrning 50-yillardan boshlab muzey hodimlarining o‘lkashunoslik sohasi bilan
shug‘ullanishi va maktablar bilan hamkorlikda to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi
qo‘yildi. Shu bilan birga muzey ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari ham olib
borilgan. 1965-yilda muzeyning ilk ilmiy to‘plami “Ilmiy maqolalar to‘plami” nashr etildi.
Ushbu to‘plam muzeyning birinchi ilmiy nashri hisoblanadi[4. 35-38].
Arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1967-1969-yillar oralig‘ida Buxoro
o‘lkashunoslik muzeyida 40 ga yaqin ilmiy hodim ishlagan. Ularning ko‘plari ilmiy tadqiqot
ishlari bilan shug‘ullangan. Jumladan, fan nomzodlari Xuan Duke, N.Yo‘ldosheva, T. Sharipov,
ilmiy xodimlardan M. Po‘latova, X. Astonova, Z.Ibragimovalar esa nomzodlik dissertatsiyasi
ustida ish olib borishgan[2].
XX asrning 80-yillaridan boshlab, ya’ni direktor A.A.Mahmudov davrida, o‘lkashunoslik
muzeyida ashyolarga ilmiy pasport yozish ishlari yo‘lga qo‘yildi va ashyolarning tavsif qilish,
ularni o‘rganish boshlandi. Endi muzey tarixiy ashyolarni to‘playdigan muassasadan uni
o‘rganadigan va tahlil qiladigan yo‘nalishda ish olib boradigan bo‘ldi.
1985-yil muzey direktori lavozimiga R.V. Almeyev tayinlangandan so‘ng Buxoro
muzeyining ilmiy-ma’rifiy faoliyatida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Sovet Ittifoqi davrida
Buxoro muzeyidan boshqa viloyat muzeylariga olib ketilgan buyumlar qaytarildi. R.V. Almeyev
tashabbusi bilan muzeyning yangi filiallari tashkil etildi, ayrim tarixiy yodgorliklar muzeyga
aylantirildi hamda ko‘plab ko‘rgazmalar yangilandi. Shuningdek, muzey jamlanmasini boyitish
maqsadida etnografik ekspeditsiyalar tashkil etildi [1. 16-17.].
Muzey ilmiy xodimlari Q. Jumayev, G‘. Qurbonov, M. Po‘latova, V. Pak, A.Axmedov,
A.Qobilov, B. Qazoqov, N. Ilyasovalar tomonidan “Sovetskaya Buxara”, “Buxoro haqiqati” va
Toshkentdan chiqadigan “Pravda Vostoka”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida hamda
“Sovetskiy muzey” jurnalida o‘zlarining 20 dan ortiq maqolalarini e’lon qilishdi [4. 26-28.].
Buxoro muzeyi ilmiy markazida XX asr 90 yillariga qadar bir qator ilmiy hodimlardan
B.Qazoqov, B.X.Ergashev, G‘.Qurbonov va H.To‘rayevlar tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini
yoqladilar va muzey ilmiy salohiyatini yuqoriga ko‘tardilar.
644
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Mustaqillikdan keyin ham bu ishlar to‘xtab qolgan emas. Bu ishlarini R.V.Almeyev
davom ettirdi va dastlab fan nomzodi dissertatsiyasini keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini shu
muassasada faoliyat olib borgan holda va Buxoro muzeyi tarixi hamda O‘zbekistonda
muzeyshunoslik sohasining rivoji mavzusida ilmiy ishini himoya qildi. Olimning barcha ishlari
o‘lkashunoslik muzeyi bilan bevosita bog‘lik va shu sohaga aloqadorligi bilan ham diqqatni
tortadi. Shuningdek, uzoq yillar muzeyda faoliyat yuritgan M.I.Niyazova ham fan nomzodi
dissertatsiyasini shu muassasadagi arxeologik ashyolarni o‘rganish natijasida himoya qildi.
Mustaqillik yillari Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi o‘zining ilmiy to‘plamini nashr ettirdi.
Bu to‘plam 1990-yildan “Из истории культурного наследия Бухары” nomi ostida uzoq
yillar davomida nashr etildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat o‘lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan ashyolar
va eksponatlar bazasi juda katta uni o‘rganish va kelajak avlodga qoldirish shu muassasada
faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning vazifasidir.
REFERENCES
1.
Аlmeev R.V. Buxara – Gorod-muzey. – Tashkent: Fan, 1999. – S. 16;
2.
Buxoro davlat arxivi. fond 1175, roʼyxat 1, kitob 1-298.
3.
Boltaev А.H. Buxoro oʼlkashunoslik muzeyining shakllanishi va dastlabki faoliyati //UzMu
xabarlari. – Toshkent: 2017 yil. № 5. – B.33-36.
4.
Boltaev А.H. Buxoro muzeyi- tarixiy oʼlkashunoslik markazi sifatida. – Toshkent:
“Navroʼz” nashriyoti, 2019. – 56 b.
5.
Klichev O., Boltayev A. Buxoro muzeyshunosligi va arxivshunosligi. – Buxoro: Durdona,
2021. – V. 87.
6.
Boltaev А.H. Buxoro oʼlkashunosligi tarixini oʼrganishda S.N. Yurenev yozishmalarining
oʼrni // OʼzMu xabarlari. – Toshkent. 2018 yil. № 1. – B. 5-9.
7.
Boltaev А.H. "Buxoro oʼlkashunoslik muzeyi 100 yoshda (tarix va tahlil)."Muzeyshunoslik
XXI asrda: tadqiqotlar, anʼanalar va innovatsiyalar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari toʼplami (2021): 207-214.
8.
Jumaev Q. Sitorai Mohi Xosa xalq amaliy sanʼati muzeyi //Moziydan sado. – Toshkent:
2003.- №1. – B.26.
9.
Kuryazova D.T. Oʼzbekistonda muzey ishi tarixi. – Toshkent: Sanʼat, 2010. – 154 b.
