ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
216
UDK:8.82.09
MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” DEVONIDAGI
ANTROPONIMIK BIRLIKLAR TADQIQI
Jumaboyeva Dilfuza Alisherovna
O‘zMU Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs magistranti.
+99888-136-80-90
https://doi.org/10.5281/zenodo.17367689
Annotatsiya.
Maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida
antroponimik birliklarning qo‘llanilishi, shoirning bunday nomlarni qo‘llashdan ko‘zlagan
maqsadlari misollar asosida tahlil qilingan. Bunda, asosan, diniy nomlar (payg‘ambarlar,
avliyolar va Qur’onda nomi keltirilgan kishilar) izohining lingvistik xususiyatlari tahlilga
tortilgan.
Kalit so‘zlar:
onomastika, solih banda, go‘zallik timsoli, pretsedent birliklar, tiriklik
ramzi, Masih, debocha.
A STUDY OF ANTHROPONYMIC UNITS IN THE DIVAN OF MUHAMMAD RIZA
OGAHI “TA’VIZ UL-ASHIQIN”
Annotation.
The article presents examples of the use of anthroponymic units used in the
book “Ta’viz ul-ashiqin” by Mohammad Reza Ogahi, and the poet’s goals for using such names.
Mainly, the linguistic characteristics of the interpretation of religious names (prophets,
saints and people mentioned in the Qur’an) are analyzed.
Key words:
onomastics, “righteous banda”, symbol of beauty, precedent units, “symbol
of life”, Christ, prologue.
ИССЛЕДОВАНИЕ АНТРОПОНИМИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ДИВАНЕ
МУХАММАДА РИЗЫ ОГАХИ «ТА’ВИЗ УЛЬ-АШИКИН»
Аннотация.
В статье анализируется использование антропонимических единиц в
диване Мухаммада Ризы Огахи «Та’виз уль-Ашикин» и цели, преследуемые поэтом при
использовании таких имён, на конкретных примерах. В статье анализируются, главным
образом, лингвистические особенности интерпретации религиозных имён (пророков,
святых и людей, упомянутых в Коране).
Ключевые слова:
ономастика, праведный раб, символ красоты, прецедентные
единицы, символ жизни, Христос, предисловие.
Mumtoz asarlarni tadqiq etish, yozma manbalarning ilmiy, ma’rifiy, axloqiy-ma’naviy
qiymatini belgilash, badiiy jihatlarini yoritish, til xususiyatlarini o‘rganish filologik sohaning
asosiy masalalaridan hisoblanadi. Sir emaski, ko‘hna yozma manbalarda xalqimizning turmush
tarzi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli, urf-odati, an’analari aks etadi. Demak, jamiyat va til
tarixidan boxabar bo‘lishda yozma yodgorliklar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, Atoiy asarlari
leksik tarkibini tadqiq etish nafaqat o‘zbek xalqining uzoq o‘tmishini ilmiy asosda yoritish,
shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti tarixini o‘rganish nuqtai nazaridan ham g‘oyat muhimdir, bu
esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Mumtoz adabiy manbalar tili lеksik - sеmаntik sаthini hаm аn’аnаviy, hаm sistеm -
struktur tilshunоslik nuqtаyi nаzаridаn o‘rgаnish yo‘lidа qаtоr tаdqiqоtlаr dunyo yuzini ko‘rdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
217
So‘nggi yillаrdа аjdоdlаrimiz qоldirgаn bоy mа’nаviy-mаdаniy vа аdаbiy mеrоsgа
munosabat o‘zgardi, ularni o‘rganishga qiziqish tоbоrа оrtib bоrmоqdа. Хususаn, хаlqimiz
mа’nаviyatidа o‘chmаs iz qоldirgаn ulug‘ аdiblаrning аsаrlаrini аsl mаnbаlаrdаn o‘qib-
o‘rgаnish, ulаr ijоdigа хоlis bаhо bеrish vа tаrg‘ib-u tаshviq etish ishlаri kеng yo‘lgа
qo‘yilmоqdа.
Bugungi kunda ajdodlarimiz ma’naviy merosi, Sharq allomalarining ijodiy merosi
har tomonlama o‘rganila boshladi. Iste’dodli shoir Atoiyning ilmiy-adabiy merosi, jumladan
asarlari tili ham har tomonlama tadqiq etila boshlandi
1
. Atoiyning Tanlangan asarlari 1958 va
1960-yillarda e’lon qilingan. Shoir devonining to‘liq va mukammal nashri 2008 yilda
S.Rafiddinov tomonidan amalga oshirilgan
2
.
Hozirgi kunda tilshunoslikning ko‘plab sohalari qatorida onomastika ham rivoj topib
bormoqda, bu yo‘nalishda qator ilmiy tadqiqot ishlari, jumladan, monografiya, darslik, maqolalar
nashr etilmoqda. Jumladan, onomastika tarkibidagi antroponimlar tadqiqiga bag‘ishlangan bir
qator ilmiy tadqiqot ishlari e’lon qilingan.
E.Qilichev
3
, N.Husanov
4
, N.Nazarova
5
, N.Xalilova
6
, R.Mo‘minova
7
kabi tadqiqotchilar
o‘zlarining qator ishlarida antroponimlarning lingvistik xususiyatlarini tadqiq etganlar. Bundan
tashqari, o‘zbek ismlari (antroponimlari) materiallari atroflicha to‘planib, nomzodlik
dissertatsiyalari (Э.Бегматов, 1965; Ғ.Сатторов, 1990; С.Раҳимов, 1998; Р.Худойберганов,
2007) himoya qilingan. E.Begmatovning “Kishi nomlari imlosi”, “O‘zbek ismlari imlosi”,
“O‘zbek ismlari”, “O‘zbek ismlari ma’nosi”, “Ism chiroyi” nomli kitoblari nashr ettirilgan.
Antroponimika onomastikaning bir bo‘limi sifatida kishilarning atoqli otlari, laqablari,
taxalluslarini o‘rganadi. O‘zbek tilshunosligida bu sohada samarali faoliyat olib borgan, o‘zining
qator ilmiy nomzodlik dissertatsiyalari, maqolalari bilan antroponimika rivojiga sezilarli hissa
qo‘shgan tilshunos olim E.Begmatov o‘zbek antroponimik birliklari sifatida quyidagilarni
keltirib o‘tadi:
1. Ismlar – konkret shaxsga berilgan ismlar;
2. Laqablar;
3. Taxalluslar;
4. O‘zbeklarda shaxsni nomlashning o‘tmishda mavjud bo‘lgan ba’zi shakllari (“qizi”
“o‘g‘li”) yordamida nomlash;
5. Shaxsni uning ismiga o‘tmish ajdodlarini nomini tiklash orqali atashning arabcha
shakllari (“ibn”, “binni”) yordamida;
6. O‘tgan asrning 20-30-yillaridan rasmiy ravishda majburan qabul qildirilgan ruscha
familiya va ota ismlari.
1
Ҳожиaҳмeдов A. Огaҳий дaҳосининг олмос қиррaлaри. A.Қодирий номидaги хaлқ мeроси нaшриёти. -Т.,
1999; Ҳaмидов З. Огaҳий шeъриятининг тили хусусидa // Тил va aдaбиёт тaълими, 2009. №1.74-80;
Йўлдошeв Р. Огaҳийнинг тил ҳaқидaги қaрaшлaри // ЎТA, №3. 2011. Б. 117-119.
2
Рафиддинов С. Мавлоно Атойи. Девони шайхзода Атойи. - Т.: Фан, 2008.
3
Қиличев Э. Айний асарларида антропонимларнинг стилистик хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1978
4
Ҳусанов Н. Ўзбек антропонимлари тарихи. -Тошкент: Наврўз, 2014.
5
N. Nazarova. Antroponimlarning o‘rganilishi. - Toshkent. 2021
6
N. Xalilova. Antroponimlarning lisoniy tadqiqi xususida. - Toshkent.2021
7
R.Mo‘minova. Antroponimlarning o‘rganilish muammosi. - Toshkent. 2023
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
218
Antroponimik birliklar bir qator ilmiy tadqiqotlarning obyekti bo‘lagan
8
. Q.Olloyorov
9
ham o‘z maqolasida devonda uchraydigan antroponimik nomlarni tadqiq etgan. Ko‘plab shoirlar
o‘z asarlarida diniy, afsonaviy, mifologik shaxslar nomlarini keltirish orqali ma’lum bir ma’noni
ifodalashga harakat qiladilar, bu adabiyot ilmida
talmeh
san’atini vujudga keltiradi. Tilshunoslik
ilmida antroponimlar pretsendent birliklar sifatida matn tarkibida o‘rganiladi va ular “pretsedent
nomlar” deya ta’riflanadi
10
. Antroponimlardan ko‘p va xo‘b foydalangan ijodkor sifatida
Ogahiyni keltirishimiz mumkin. Uning devonda foydalangan antroponimik nomlarini
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Payg‘ambarlar nomlari: Muso, Iso, Sulaymon, Yusuf
2. Avliyolar nomlari: Xizr, Luqmon
3. Hukmdorlar nomlari: Doro, Xisrav, Iskandar
4. Faylasuf va shoirlar: Faridun, Arastu, Navoiy, Munis, Atoiy
5. Badiiy qahramonlar: Farhod, Shirin, Layli, Majnun
6. Afsonaviy qahramonlar: Jamshid, Vomiq, Rustam, Hotam.
Shoirning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida eng ko‘p keltirilgan shaxs nomi bu Iso Masihdir.
Iso Masih alayhissalom.... qissasi Qur’oni Karimning turli suralarida keltirilgan. Ya’ni,
Makkada ham, Madinada ham nozil bo‘lgan suralarda Iso alayhissalom haqida ma’lumotlar bor.
Shuningdek, “Maborak” ma’nosini anglatuvchi Iso alayhissalomning sharafli laqabi
bo‘lgan “Masih” so‘zi 11 marta zikr qilingan
11
. Iso Masih o‘liklarga jon bag‘ishlovchi zot
sifatida ta’riflanadi. Ogahiy ham o‘z g‘azallarida Iso Masihning xuddi shu karomatini
ifodalashga harakat qiladi:
Garchi Iso nutqidin topg‘ay o‘luk jon lazzatin,
Lek jonparvar so‘zing yuz qotladur ondin laziz. ( “Ta’viz ul-oshiqin”,161-b)
Gar dardidin o‘lsang ne g‘amkim bu kecha aylab karam,
Shirin labu jonbaxsh dam Isoyi davroning kelur. (“Ta’viz ul-oshiqin”, 187-b).
Xizr
- hadislarda “solih banda” sifatida tilga olinadi. Ayrim din ulamolari uni
payg‘ambar deb, ayrimlari esa Olloh ilmini ziyoda qilgan solih banda deya hisoblashgan. Imom
Buxoriy, Ibn Qayyimlar fikricha Xizr boshqa insonlar singari vafot etgan. Uning tirikligi
aytilgan barcha hadislar nosahihdir
12
. “Qissasi rabg‘uziy” ning “Muso birla Xizrning rif’at
darajasi bayoni” bobida ul zot haqida quyidagilar bitilagan: Muso xushlanib aydi: “Iziyo, bu
karomatkim manga berding, azin kim ersaga berdingmu?” Yorlig‘ keldi: Ey Muso, tengizlar
azoqinda maning bir qulim bor. Saning ilming aning ilmi to‘shinda bir qatra suvcha bo‘lg‘ay.
Aning ilmi daryodek”
13
. Bu o‘rinda Xizrga ishora qilinmoqda.
Ogahiy devonining juda ko‘p o‘rinlarida bu zotning umriboqiy ekanligi, ya’ni “obi
hayot” suvidan ichganligi, insonlarga doim hayot, yaxshilik ulashishiga ishora qiladi.
Agar hayvon zulolin Xizr bersa og‘zima olmon,
8
Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. -Тошкент: Фан, 2013.
9
Q.Olloyorov. Muhammadrizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin”devonida uchraydigan onomastik birliklarning
lisoniy xususiyatlari.-Toshkent. 2020
10
Д. Худойберганова. Матннинг антропосентрик тадқиқи. Диссертация. — Тошкент: Фан, 2013.
11
Muhammad Sayyid Tantoviy. Payg‘ambarlar tarixi. Qur’oni Karim qissalari. Tarjimon: Ziyovuddin Rahim
12
O‘sha asar.
13
Носируддин Рабғузий. Қисаси Рабғузий. - T.: Ёзувчи, 1991.-Б. 20
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
219
Ki, durdi boda lutf etsa manga gulchehra soqiy bas. (234-bet)
Ogahiy hatto bitta g‘azalida bir necha bor bu obrazga murojaat qiladi va har bir
murojaatida uning nomini “obi hayvon”ga, ya’ni “tiriklik suvi” ga bog‘laydi, “Gulshan atrofida
rayhon” (260-bet), “Topdi jovidon xat” (259-bet) nomli g‘azallarini fikrimizning isboti sifatida
keltiramiz.
Chashmayi hayvon uza Xizr aylagandekdur makon,
Buki qilmish la’li jon baxshi uza orom xat. (“Gulshan atrofida rayhon”)
Bo‘ldi la’li jonbaxshing uzra to namoyon xat,
Ey pari, Xizr yanglig‘ topdi jovidon jon xat (“Topdi jovidon xat”)
Ogahiygacha ham mumtoz adabiyotda Xizr obrazi faol bo‘lgan va aynan “tiriklik ramzi”
sifatida qo‘llanilgan. Shoir ham bu an’anani davom ettirgan holda o‘z she’rlariga bu obrazni olib
kirgan.
Sulaymon
(a.s) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambar hisoblanadi. U haqida
Fariduddin Attorning “Ilohiynoma”
14
asarida anchagina rivoyatlar keltirib o‘tilgan. Badiiy
adabiyotda ko‘proq uning shohligiga, butun ins-u jinslar, shamol, qushlar, parilar, devlarni
o‘ziga bo‘ysundirganligi, sehrli uzugi va taxtiga urg‘u beriladi, ya’ni uning shunday ulkan
saltanatni o‘z qo‘l ostida tutib adolatli boshqara olganligi e’tirof etiladi. Yusuf hos Hojib ham
Sulaymon payg‘ambarning aynan shu xislatini tasvirlaydi:
Qanï yek parï quš bu yalŋuq Üzä,
uluγluq qïlïγlï qïlïnči tüz-ä
– Qani dev, pari, qush (va) xalqlar Uzra, ulug‘lik qilgan fe’l-atvori
go‘zal (kishi)[Yusuf hos Hojib. Qutadg‘u bilig]. Ogahiy ham o‘z g‘azallarida Sulaymon
(a.s)ning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xislatlarini keltirishga va shu yo‘l bilan metaforik
o‘xshatishlar yaratishga erishadi.
Qo‘lig‘a topshurub iqbolu davlat hotamin to hashr,
Bori ofoq elig‘a hukm surmakda Sulaymon et.(120-b.)
Ushbu misralar orqali shoir Sulaymon (a.s)ning haqgo‘y va adolatparvar hukmdor
bo‘lganligi, o‘z eliga doim muruvvatli bo‘lganligini ifodalashga harakat qiladi. Rabg‘uziy o‘z
asarida
15
“Sulaymon qarinchqa bilan so‘zlashgani” bobini keltirib o‘tadi va unda Sulaymonning
qarinchqa (chumoli) bilan bo‘lgan suhbati o‘z aksini topadi. Bunda ikkisi ham o‘z eliga hukmdor
ekanligi va saltanatidagi har bir tirik jon uchun mas’ul ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Ogahiy
devonida
qarinchqa
so‘zi o‘rnida
mo‘r
so‘zi qo‘llaniladi, shoir debochadayoq
Sulaymon va
mo‘r
obrazlariga murojaat qiladi:
Yo‘qki g‘alat ayladim, o‘ylaki bir xasta mo‘r,
Chekkusi poyi malax tuhfa Sulaymon sori.
Yana bir misol:
Lojaram jon naqdin olib kelmisham,
Mo‘rdin budur Sulaymon tuhfasi (78-b)
Qorun
- Qur’onda nomi keltirilgan, Muso alayhissalom qavmidan bo‘lgan kishi. Sinov
tariqasida unga Olloh taolo tomonidan shu qadar ko‘p boylik beriladiki, sanog‘i o‘ziga ma’lum
emas edi. Lekin u noshukrlik ila Ollohga isyon qildi va barcha boyliklarining sababchisi o‘zi
ekanligini aytdi. Qorun ham qavmiga zo‘ravonlik qilgani uchun Alloh uni yerga yutdirib tashladi.
14
Shayx Farididdun Attor. Ilohiynoma. - T.:Musiqa,2007
15
Носируддин Рабғузий. Қисаси Рабғузий. - T.: Ёзувчи, 1991. - Б. 35-38
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
220
Alloh taolo u haqda shunday xabar qilgan: “Albatta, Qorun o‘zi Muso qavmidan edi. Bas,
u (qavmdoshlariga) kibr havo qildi... Bas, Biz (Qorunni) ham, uning hovli-joyini ham Yerga
yutdirdik” (Qasos surasi, 76-81-b.). Ogahiy ham g‘azallarida Qorunning moliga ishora qiladi.
Yer yuzining naqdi-yu ostida
Qorun
moli ham
Jam o‘lib sarto qadam ganjingg‘a munzam bo‘ldi tut ( 118-b.).
Har odamiki davlatu himmatg‘a topdi dast,
Yo‘qtur anga xazinayi
Qorung‘a
ihtiyoj (139-b.)
Falotun (Aflotun)
miloddan avvalgi IV asrda yashagan faylasuf olim. Shoir o‘z ijodida
Falotunning o‘ta aqlli, mutafakkir shaxs bo‘lganligiga ishora qiladi:
Ilm-u hikmatda o‘tub haddin kamoli donishing,
Yuz
Falotun
ajz ila olingda mulzam bo‘ldi tut (118-b.)
Ayyub
- Qur’oni Karimning to‘rt o‘rnida nomi zikr etilgan payg‘ambar. Ayyub (a.s.)
Allohning ikki sinoviga uchradilar. Birinchidan og‘ir dardga mubtalo bo‘ldilar, badanlari irib,
qurtlab ketdi, tillari va qalblaridan boshqa sog‘ joylari qolmadi va ana shu imtihon o‘n sakkiz yil
davom etdi. Ikkinchidan butun mol-dunyolari yo‘q bo‘ldi
16
. Devonda Ayyub (a.s) sabr timsoli
sifatida keltirilgan:
Ey ko‘ngul, vasl istasang sabr et balou dardg‘a
Kim, muqarrib tangrig‘a bu shevadin
Ayyub
eruru (203-b.)
Yusuf
- Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li, Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambar.
Go‘zallik timsoli sifatida e’tirof etiladi:
Yo‘qsa maqsad
Yusufi
ravshan jamoli mehrining,
Partavi birla munavvar chohi bobildur mango (82-b.).
Shuningdek, devonda Yusuf (a.s) nomi ba’zi o‘rinlarda birikmali tarzda ham ifodalanadi:
Yusufi Misriy
ango gar qulluq etsa tong emas,
Kim, bori olam aro husn ahlig‘a sulton erur... (195-b.)
Bunda uning tug‘ilib o‘sgan joyiga ishora tarzida “misrlik Yusuf” birikmasidan
foydalanilgan. Bundan tashqari, “Mohi Kan’on”, ya’ni “Kan’onning oyi” birikmasi ham
qo‘llaniladi. Bunday hodisa tilshunoslikka oid adabiyotlarda alluziya deb nomlanadi
17
.
Ya’qub
- Qur’onda nomiz zikr etilgan payg‘ambar. Ya’qub (a.s) Yusuf (a.s) ning otasi
bo‘lib, uning ko‘yida yig‘lab, oxir-oqibat ko‘zlari ojiz bo‘lib qoladi. Ogahiy ham qayg‘uli
holatni ifodalash uchun ushbu motivdan foydalanadi.
Oh tortib lahza-lahza bedili mankubdek,
Hech tinmay dam-badam qon yig‘labon
Ya’qubdek
(112-b.)
Xulosa qilib aytganda Atoiyning so‘z boyligini lingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish
yodgorlik tilidagi leksik birliklarning qo‘llanishi yuzasidan aniq ma’lumotga ega bo‘lish,
onamastik birliklarning miqdor bo‘yicha nisbati to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritish, so‘z
qo‘llash mahorati hamda o‘ziga xos jihatlari haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Asarning til xususiyatlarini atroflicha o‘rganish ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek
adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi borasidagi qarashlarga aniqlik kiritadi hamda o‘zbek
tili tarixiy leksikologiyasi uchun ham qimmatli ma’lumotlar beradi.
16
Rahmatulloh qori Obidov. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. - Toshkent. Movorounnahr, 2005
17
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Тошкент: Фан, 2008
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
221
Foydalangan adabyotlar
1.
Ҳожиaҳмeдов A. Огaҳий дaҳосининг олмос қиррaлaри. A.Қодирий номидaги хaлқ
мeроси нaшриёти.-Т.,1999; Ҳaмидов З. Огaҳий шeъриятининг тили хусусидa // Тил
va aдaбиёт тaълими, 2009. №1.74-80; Йўлдошeв Р. Огaҳийнинг тил ҳaқидaги
қaрaшлaри // ЎТA, №3. 2011. Б. 117-119.
2.
Рафиддинов С. Мавлоно Атойи. Девони шайхзода Атойи.-Т.: Фан, 2008.
3.
Қиличев Э. Айний асарларида антропонимларнинг стилистик хусусиятлари //
Ўзбек тили ва адабиѐти, 1978
4.
Ҳусанов Н. Ўзбек антропонимлари тарихи. -Тошкент: Наврўз, 2014.
5.
N. Nazarova. Antroponimlarning o‘rganilishi. - Toshkent. 2021
6.
N. Xalilova. Antroponimlarning lisoniy tadqiqi xususida. - Toshkent.2021
7.
R.Mo‘minova. Antroponimlarning o‘rganilish muammosi. - Toshkent. 2023
8.
Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. -Тошкент: Фан, 2013.
9.
Q.Olloyorov. Muhammadrizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin”devonida uchraydigan
onomastik birliklarning lisoniy xususiyatlari.-Toshkent. 2020
10.
Д. Худойберганова. Матннинг антропосентрик тадқиқи. Диссертация. — Тошкент:
Фан, 2013.
11.
Muhammad Sayyid Tantoviy. Payg‘ambarlar tarixi. Qur’oni Karim qissalari. Tarjimon:
Ziyovuddin Rahim
12.
Носируддин Рабғузий. Қисаси Рабғузий. - T.: Ёзувчи, 1991.-Б. 20
13.
Shayx Farididdun Attor. Ilohiynoma. - T.:Musiqa,2007
14.
Носируддин Рабғузий. Қисаси Рабғузий. - T.: Ёзувчи, 1991. - Б. 35-38
15.
Rahmatulloh qori Obidov. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. - Toshkent.
Movorounnahr, 2005
16.
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Тошкент: Фан, 2008
