Authors

  • Dilfuza Jumaboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137522

Keywords:

dominant so‘z tavtologiya uslubiy bo‘yoqdorlik to‘liq sinonimlar shartli sinonimlar ma’noviy sinonimlar affiksal sodda qo‘shma sinonimlar.

Abstract

Sinonim so‘zlarning lingvistik va badiiy xususiyatlari ko‘plab tadqiqot ishlarining obyekti bo‘lib kelgan. Mumtoz badiiy asarlar tarkibidagi sinonim so‘zlarning tuzilishi, tasniflanishi va ular anglatgan ma’no tomonlarini o‘rganish masalasiga e’tibor kuchaymoqda. Mazkur maqolada shoir Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni tarkibidagi sinonim so‘zlar tahlil qilingan. Sinonimlarning kichik ma’no farqlanishlari, leksik va kontekstual turlari, morfologik jihatdan tasniflanishi devondan olingan misollar asosida ko‘rib chiqilgan.

background image


Oktabr, 2025-Yil

188

10.00.00 – FILOLOGIYA FANLARI

MAQOLA MAVZUSI: MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN”

DEVONI TARKIBIDAGI SINONIMLARNING TASNIFLANISHI

Jumaboyeva Dilfuza Alisherovna

O‘zMU Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi

2-kurs magistranti

E-mail:

dilfuzajumaboyeva2@gmail.com

+998881268090

https://doi.org/10.5281/zenodo.17395619

Annotatsiya.

Sinonim so‘zlarning lingvistik va badiiy xususiyatlari ko‘plab tadqiqot

ishlarining obyekti bo‘lib kelgan. Mumtoz badiiy asarlar tarkibidagi sinonim so‘zlarning tuzilishi,
tasniflanishi va ular anglatgan ma’no tomonlarini o‘rganish masalasiga e’tibor kuchaymoqda.
Mazkur maqolada shoir Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni tarkibidagi
sinonim so‘zlar tahlil qilingan. Sinonimlarning kichik ma’no farqlanishlari, leksik va kontekstual
turlari, morfologik jihatdan tasniflanishi devondan olingan misollar asosida ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

dominant so‘z, tavtologiya, uslubiy bo‘yoqdorlik, to‘liq sinonimlar, shartli

sinonimlar, ma’noviy sinonimlar, affiksal, sodda, qo‘shma sinonimlar.

ТЕМА СТАТЬИ: КЛАССИФИКАЦИЯ СИНОНИМОВ В ТАЬВИЗ УЛ-АШИКИН

ДИВАНЕ МУХАММАДА РЕЗА OГАХИ

Aннотация.

Характеристики слов-синонимов, их лингвистические и художественные

аспекты послужили объектом многих исследований. Уделяется внимание изучению
структуры, классификации и смысловых аспектов синонимов в классических произведениях
искусства. В данной стаьте анализируются синонимы дивана “Тавиз уль-ашикин” поэта
Мохаммада Резы Огахи. На основе примеров рассмотрены малые смысловые различия,
лексические и контекстуальные типы, морфологическая классификация синонимов.

Ключевые слова

: доминантное слово, тавтология, стилистическая окраска, полные

синонимы, условные синонимы, смысловые синонимы, аффиксальныеб простые, сложные
синонимы.

ARTICLE TITLE: CLASSIFICATION OF SYNONYMS IN THE “TAVIZ UL-ASHIKIN”

DIVAN OF MUHAMMAD RIZO OGAHI

Abstract.

Characteristics of synonymous words, their linguistic and artistic aspects have

served as the object of many research works. Attention is being paid to the study of the structure,
classification and meaning aspects of synonyms in classical works of art. In this article, the synonyms
of poet Mohammad Reza Ogahi’s Ta’viz ul-ashiqin divan are analyzed. Small meaning differences,
lexical and contextual types, morphological classification of synonyms are considered on the basis of
examples.

Keywords

: dominant word, tautology, stylistic coloring, complete synonyms, conditional

synonyms, semantic synonyms, affixal, simple, compound synonyms.

Kirish

. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan

leksemalar sinonim ( grekcha-synonymos – “bir nomli”) deyiladi. Sinonim leksemalar orasidagi
munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deyiladi

[7, B.131].

Bunda atash semalari bir xil,


background image


Oktabr, 2025-Yil

189

lekin ifoda semalari turlicha bo‘lgan so‘zlar sinonimik qatorni hosil qiladi. Bu qatordagi so‘zlar ifoda
semasiga ko‘ra turlicha uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi va ularning ichida bunday bo‘yoqdorlikka
ega bo‘lmagan dominanta so‘z bo‘ladi. Sinonimlar nutqda quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:

– fikrni yanada aniqroq va to‘g‘ri ifodalashda;

– hissiy-emotsional rang berish, fikrni yorqinroq ifodalashda;
– tavtologiya (takror – bir gapda muayyan so‘zning takror qo‘llanishi)da.
Dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan “kambag‘alroq” bo‘ladi.

Ma’nodoshlik qatori mansub bo‘lgan katta sistemaga faqat dominanta leksema kiradi

[5, B.166].

Devonda muallif sinonim so‘zlardan juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan: g‘am, dard, qayg‘u, anduh,
g‘ussa kabi sinonimik qatorda dominanta so‘z sifatida g‘am so‘zini olamiz, chunki bu so‘z salbiy va
ijobiy bo‘yoqdorlikka ega emas. She’riyatda sinonimlardan foydalanish so‘zlar takrorining oldini
oladi va ohangdorlik beradi.

Asosiy qism.

Ogahiy arabcha, forscha va turkiycha so‘zlardan mahorat bilan foydalangan

holda sinonimlar “zanjiri”ni hosil qiladi. Shoir devonida bir sinonimik qatorni tashkil qiluvchi
arabcha so‘zlar salmoqli. Masalan, muruvvat, inoyat va karam so‘zlarini olamiz. Har uchala so‘z ham
arabcha bo‘lib, “yaxshilik, saxiylik, odamgarchilik” ma’nolarini beradi. Ushbu so‘zlar bir sinonimik
qatorni hosil qilsalarda, ular orasida nozik ma’no farqlanishlari kuzatiladi. Ogahiy bu ma’no
farqlanishlaridan ustalik bilan bir misraning o‘zida ham ma’nodoshlik, ham ohang hosil qiladi:

Shukrni naylab qilurmankim, menga har dam ishi,
Yo karamdur, yo muruvvat, yo inoyat, yo vafo.

[6, B.38]

Ularning grammatik xususiyatlari ham bir xil, ya’ni sinonimik qatordagi so‘zlar bir so‘z

turkumi doirasida keladi. Arab tilidan o‘zlashgan ot so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar:

g‘am

va

g‘ussa

so‘zlari devonda

“qayg‘u, hasrat, alam”

ma’nolarida keladi: “…mani o‘ltursa emdi bu g‘ussa

birla g‘am”. Ushbu sinonimik qatordagi so‘zlarda ma’no farqlanishi deyarli kuzatilmaydi. Devonda
forscha

anduh

va

dard

, turkiycha

qayg‘u

so‘zlari ham

g‘am

va

g‘ussaga

sinonim sifatida qo‘llaniladi:

“…o‘turding borcha avqoting g‘amu anduhu, qayg‘usa…”. Shoir ushbu baytda arabcha, forscha va
turkiycha so‘zni qo‘llab sinonimik qatorni hosil qiladi:

Na boqiy qolg‘usidir johu davlat,
Na jovid o‘lg‘usidir izzatu shavkat.
Baytda boqiy va jovid so‘zlari ma’nodoshlikni hosil qilmoqda. Bu ikki so‘z ham arab tilida

boqiy

so‘zi, asosan, she’riy asarlarda qo‘llanadi,

jovid

so‘zi esa uning tarixiy varianti sifatida deyarli

qo‘llanmaydi. Asarda oy ma’nosidagi bir nechta so‘zlardan foydalanilgan: qamar, moh, oy. Moh
umumeroniy so‘z bo‘lib, “Avesto” va qadimgi fors tilida

mawnghmas

shaklida uchraydi. Oy so‘zi

ham osmon jismi, ham vaqt birligi ma’nolarida qo‘llaniladi

[8, B.204]

. “Avesto”da oy so‘zi, asosan,

osmon jismi ma’nosida qo‘llangan va qamariy kultlar keltirilgan. Navoiy asarlarida ham oy so‘zining
ko‘plab sinonimlari keltirilgan va oy bilan bog‘liq badiiy san’atlar yaratilgan. Masalan, Farhodning
tug‘ilishi aks etgan baytni olaylik:

Shabistonda tug‘di yangi bir oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.
Yoki uning Husaayn Boyqaroga bag‘ishlangan qasidasi –

“Hiloliya”

so‘zida ham oy

so‘zining ma’nodosh varianti – hilol so‘zi keltirilgan. Ogahiy hilol so‘zini

“yangi oy”

, ya’ni

“uch


background image


Oktabr, 2025-Yil

190

kunlik oy”

ma’nosida qo‘llaydi. Shuningdek, Ogahiy turkiycha yangi oy so‘zini ham qo‘llaydi, bunda

u yorning qoshini yangi oyga o‘xshatadi:

Yangi oydek qoshing chu yod etdim,
Goh keldim o‘zimga, goh ketdim.
Devonda qo‘llangan sinonim so‘zlarni shartli ravishda uch qismga bo‘lib o‘rganamiz:
1. Ot so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar;
2. Sifat so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar;
3. Fe’l so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar.
Ot so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar devonda quyidagilarni tashkil etadi: qo‘l-ilik, dahr-

jahon, karam-muruvvat, xurshid-quyosh, sayd-shikor, ob-suv, qamar-moh, g‘am-qayg‘u, motam-azo,
fig‘on-afg‘on, shah-sulton, gulzor-chaman, may-sahbo, suv-ob.

Bo‘lubon ul qadar noyob suv ham
Ki, ham ko‘zlarda qolmay qatrai nam.
Oqizsa bir guzor bir qatra xunob
Ko‘runub el ko‘ziga olami ob.

[6, B.483]

Sifat so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar: yashil-axzar, xurram-shod, xazin-g‘amgin, beibo-

behayo, bemor-xasta, mahzun-g‘amgin, xursand-xushhol.

Quchmoq erur beling hazin ko‘ngluma muaddao, dedim
Yo‘qmu uyoting ushbu so‘z degali, beibo, dedi.

[6, B.288]

Husnungga aylayin nazar, man sori bir qaro, dedim
Yoshurubon yuzin, ket, ey masxara, bexayo, dedi.

[6, B.288]

Fe’l so‘z turkumi doirasidagi sinonimlar: davo qilmoq-darmon aylamoq, shod-u xandon

qilmoq-xurram aylamoq-shodon qilmoq-shod aylamoq.

Bas, aling chekkil maning dardimg‘a qilmoqdin davo,
Qo‘y mani dardimla, darmon aylama, vor, ey hakim.

[6, B.358]

Sinonimlar fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash vositalari bo‘lib, xuddi mana shu

omil ularni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinonimlar yuzaga kelishi va ma’nolariga ko‘ra quyidagi
turlarni tashkil qiladi:

1.

To‘liq (sof) sinonimlar

. Aynan bir tushunchasi anglatish va nutq jarayonida biri o‘rnida

ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular ko‘pincha boshqa tillardan kirib kelgan
o‘zlashma so‘zlarning o‘zbekcha so‘zlar bilan ma’nodoshligi asosida hosil bo‘ladi: motam-azo, shah-
sulton, hamroh-hamdam, gulzor-chaman, pok-musaffo, iblis-shayton, davo-darmon, beibo-behayo,
so‘z-kalom.

O‘tun birla ko‘mur ham g‘alla fikri
Qilibdur ko’nglini mahzunu g‘amgin.

[6, B.246]

Yo‘qmu uyoting ushbu so‘z degali, beibo, dedi.
Yoshurubon yuzin, ket, ey masxara, behayo, dedi.

[6, B.288]

2

.Ma’noviy sinonimlar

. Bir-biridan nozik ma’nolari, ya’ni ijobiy, salbiyligi yoki uslubiy va

boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nodosh so‘zlardan tashkil topadi: do‘st, ahbob, nelxox, uns, qarin
so‘zlari uslubiy bo‘yoqdorligiga qo‘llanish doirasiga ko‘ra farqlanadi. Masalan, do‘st so‘zi uslubiy
betaraf bo‘lib, dominanta so‘z hisoblanadi. Ahbob so‘zi esa badiiy uslubga xos hisoblanadi, nelxox
va qarin esa qisman eskirgan so‘zlardir. Uns “juda yaqin do‘st’’ ma’nosini beradi.


background image


Oktabr, 2025-Yil

191

3.

Shartli sinonimlar

. Muayyan matndagina ma’nodoshlikka ega bo‘ladigan sinonim

so‘zlardir. Ular ko‘pincha she’riyatda kuchli his-tuyg‘u ifodalovchi vositalar sifatida qo‘llaniladi:
yuz-oy, yuz-hilol, qad-sarv, lab-la’l.

Ul oy ko‘nglig‘a qildi, Ogahiy, ohu yoshing ta’sir,
Bori jonu jahonim oh ila yoshingdin aylansun.

[6, B.246]

Sinonimlar leksik va kontekstual turlarga bo‘linadi. Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil

ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanishidir: yelka, kift, o‘miz; in, uya, oshyon; nur, shu’la, yog‘du,
ziyo va boshqalar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb ataladi. Har qanday
sinonimik qatorda so‘zlarning ma’nolari bir xil, uslubiy bo‘yoq, ya’ni uslubiy to‘g‘riligi va sinonim
so‘zlarning gapda qo‘llanish doirasi har xil. Sinonim so‘zlar bir xil ma’noni ifodalaydi, ammo
ma’nosi bir xil bo‘lgan taqdirda ham ularning o‘zaro farlanuvchi ma’nolari ham uchraydi. Masalan,
dard so‘zi sinonimik qatordagi dominanta so‘z hisoblanadi. Badiiy uslubda ijodkorning ijodini,
badiiy mahoratidan foydalangan holda ijodining jozibadorligini ifodalash uchun anduh so‘zi
qo‘llaniladi. G‘am so‘zining sinonimi g‘ussa so‘zida esa ma’no kuchayishi mavjud:

Ato sukidin bo‘lma anduhu kin,

Ko‘ngulni bu g‘am birla qilma hazin.

[6, B.509]

Baytda anduh va g‘am so‘zlari sinonimik qatorni hosil qilmoqda. Shuningdek, hazin so‘zi

ham ma’nosiga ko‘ra g‘am so‘ziga yaqin turadi, lekin bu sifat so‘z turkumi doirasida bo‘lganligi
uchun sinonimik qatorda tura olmaydi:

Mani o‘ltursa emdi tong emas bu g‘ussa birla g‘am,
Zamoni aytishib holimdin yo‘q mungloshg‘udek hamdam…

[6, B.331]

Yana bir misolni ko‘rib chiqamiz: qadah, jom, sog‘ar, zarf, kos (ka’s), surohiy.
Xursandu xushhol etgali man benavoni ro‘zu shab,
Tutti visol jomini ishrat mayidin lab-lab.

[6, B.362]

So‘ngra adou naz ila ilgin surohiyg‘a urub,
Sarmastni sahbo bo‘lg‘oli chinni qadahni to‘ldurub…

[6, B.362]

Baytlarda keltirilgan jom so‘zi dominanta so‘z hisoblanadi, surohiy qisman eskirgan va kam

qo‘llanadigan, qadah esa badiiy nutqqa xos so‘z hisoblanadi. Shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir-
biriga yaqin bo‘lgan qo‘shimchalar sinonim qo‘shimcha deyiladi: -yap, -yotir, -moqda kabi. Devonda
sinonimlikni hosil qiluvchi qo‘shimchalar sifatida quyidagilarni keltiramiz: –siz, -be, -no: bog‘siz,
beobro‘, behayo, besabr, benomus, beshak, beor, nokom, bexabar, g‘amsiz, bebaxra, behisob,
nomehribon.

Navbahor ayyomi bo‘lsa har kim ayshu bog‘siz,
Loladek bir lahza g‘amdin ko‘ngli ermas dog‘siz.

[6, B.136]

Ishq ichra kim kom istasa, bo‘lmoq ango nokom shart,
Kim rohat etkanga chekmak erur olom shart.

[6, B.163]

Husn ahli bazm rohatini topmag‘ay kishi,
Yetkurmaguncha to alami behisob ishq.

[6, B.184]





background image


Oktabr, 2025-Yil

192

“Ta’viz ul-oshiqin” devonidagi ayrim sinonimik qatorlar

1

jannat

firdavs bog‘i

behisht

adi

tamug ‘

2

dard

anduh

g‘am

qayg‘u

g‘ussa

3

quyosh

xurshid

xovar

shams

mehr

4

gulzor

chaman

bo‘ston

gulshan

guliston

5

g‘amgin

xazin

dardinok

mahzun

fitoda

6

dunyo

jahon

gitiy

dahr

olam

7

do‘st

ahbob

nelxox

uns

qarin

8

xursand

xushhol

shodmon

xurram

xushnud

9

qadah

jom

surohiy

zarf

ka’s

10

may

boda

sahbomul

11

shodlik

g‘unj

farah

inbisot

Guluzorimkim, bukun sayri guliston ayladi,
Husnidin gulshanni rashki bog‘i rizvon ayladi.

[6, B.227]

Sipehru dahr iki zolim dururlar,
G‘ami hijron alarg‘a keldi solis.

[6, B.37]

Devondagi sinonimlarni tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lamiz:
1) Affiksal : -siz, -be, -no; -li, -ba, -bo, -ser;
2) Sodda : kishvar-vatan, motam-azo:
Sof mayi nishotidin zarrai g‘am emas judo,
Xandai suri hamdami giryau, motamu, azo…

[6, B.407]

3) Qo‘shma : xurram aylamoq-shodon qilmoq:
Bas, aling chekkil maning dardimg‘a qilmoqdin davo,
Qo‘y mani dardimla, darmon aylama, vor, ey hakim.

[6, B.358]

Xulosa

. Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni tarkibidagi so‘zlarni lingvistik jihatdan tahlil

qilish shoir ijodini o‘rganish borasidagi asosiy masalalardan biriga aylanmoqda. To‘g‘ri, uning
tarixiy va tarjima asarlari tadqiqi borasida qator ishlar

amalga oshirildi, lekin uning badiiy asari

bo‘lgan devoni ustida olib borilgan izlanishlar hali sanoqli. Biz ham ushbu maqolada devon leksikasi
tarkibidagi sinonimiya hodisasini, uning turli xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishini tahlil qildik. Garchi
bu hodisa yirik monografik doirada o‘rganilmagan bo‘lsa-da, devon leksikasini o‘rganishda muhim
qadam bo‘ldi.








background image


Oktabr, 2025-Yil

193

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Абдушукуров Б. “Қисаси Рабғузий” лексикаси. “Академия”, – Т.: 2008. 192 б

2.

Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Т.:1985. –200 б.

3.

Dadaboyev H. Hamidov Z, Xolmonova Z. O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi. –T.: Fan, 2007.

–B. 53

4.

Долимов С. Огаҳий поэзиясида омоним ва синоним сўзлар. Ўқитувчилар газетаси.

1957. −№51

5.

Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: “Tafakkur bo‘stoni” nashriyoti, 2018, –B 166

6.

Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Таъвиз ул ошиқин девони.–Т.: “Мумтоз сўз”,

2014. 561 б (Maqoladagi devondan keltirilgan baytlar ushbu nashrdan olindi)

7.

Sayfullayeva R, Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T, 2009. –B 131

8.

Xolmurodova M. “Qutadg‘u bilig” leksikasi. −T.: “Nodirabegim” nashriyoti, 2020. 156 b

9.

Ўразбоев А. Огаҳийнинг тарихий асарлари лексикаси. Фил.фанл.док.дисс. –Т.: 2018. –

Б. 204

10.

Ўрозбоев А. Огаҳийнинг “Риёз уд-давла” асарида ижтимоий-сиёсий лексика:

Филол.фан.номз. …дисс. Автореф. –Т.: 2009; Огаҳийнинг тарихий асарлари лексикаси.
– Т.: Муҳаррир, 2013

11.

Shoabduraxmonov Sh, Asqarova M, Hojiyev A, Rasulov I, Doniyorov X. Hozirgi O‘zbek

adabiy tili. 1-qism. –T.: 1980. –B. 121



References

Абдушукуров Б. “Қисаси Рабғузий” лексикаси. “Академия”, – Т.: 2008. 192 б

Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Т.:1985. –200 б.

Dadaboyev H. Hamidov Z, Xolmonova Z. O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi. –T.: Fan, 2007. –B. 53

Долимов С. Огаҳий поэзиясида омоним ва синоним сўзлар. Ўқитувчилар газетаси. 1957. −№51

Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: “Tafakkur bo‘stoni” nashriyoti, 2018, –B 166

Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Таъвиз ул ошиқин девони.–Т.: “Мумтоз сўз”, 2014. 561 б (Maqoladagi devondan keltirilgan baytlar ushbu nashrdan olindi)

Sayfullayeva R, Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T, 2009. –B 131

Xolmurodova M. “Qutadg‘u bilig” leksikasi. −T.: “Nodirabegim” nashriyoti, 2020. 156 b

Ўразбоев А. Огаҳийнинг тарихий асарлари лексикаси. Фил.фанл.док.дисс. –Т.: 2018. –Б. 204

Ўрозбоев А. Огаҳийнинг “Риёз уд-давла” асарида ижтимоий-сиёсий лексика: Филол.фан.номз. …дисс. Автореф. –Т.: 2009; Огаҳийнинг тарихий асарлари лексикаси. – Т.: Муҳаррир, 2013

Shoabduraxmonov Sh, Asqarova M, Hojiyev A, Rasulov I, Doniyorov X. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. 1-qism. –T.: 1980. –B. 121