Oktabr, 2025-Yil
179
3-SINF ONA TILI DARSLIGIDA FE’L BOʻYICHA BERILGAN BILIMLAR
ASOSIDAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Alibekova Xosiyat Esanboy qizi
Guliston shahar 18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17395595
Annotatsiya.
Ushbu maqolada 3-sinf ona tili darsligida fe’l bo‘yicha berilgan bilimlar
asosida o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni tahlil qilinadi. Maqola,
darslikdagi fe’l turkumlarining taqdimoti, ularning o‘quvchilarga ta’siri va amaliyotda
qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, fe’l bilimlarini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarda til
ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni rivojlantirish
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish
yo‘llari ham muhokama qilinadi. Maqola, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim
darajasini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so'zlar:
3-sinf, ona tili, darslik, fe’l, kompetensiyalar, ta’lim jarayoni o‘quvchilar, til
ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash, muammolar va yechimlar.
Аннотация.
В данной статье анализируется процесс формирования компетенций
учащихся на основе знаний, представленных в учебнике родного языка для 3-го класса,
посвящённых глаголам. В статье особое внимание уделяется представлению глагольных
категорий в учебнике, их влиянию на учащихся и их применению на практике. Также
рассматриваются возможности развития таких компетенций, как языковые навыки,
логическое мышление и творческий подход, у учащихся посредством овладения знаниями о
глаголах. Обсуждаются проблемы, возникающие в образовательном процессе, и пути их
решения. В статье содержатся рекомендации, необходимые для повышения качества
образования и уровня знаний учащихся.
Ключевые слова:
3-й класс, родной язык, учебник, глагол, компетенции,
образовательный процесс учащиеся, языковые навыки, логическое мышление, проблемы и
решения.
Abstract.
This article analyzes the process of forming competencies in students based on the
knowledge given in the 3rd grade native language textbook on verbs. The article focuses on the
presentation of verb categories in the textbook, their impact on students, and their application in
practice. It also considers the possibilities of developing competencies such as language skills,
logical thinking, and creative approach in students through the mastery of verb knowledge.
Problems encountered in the educational process and ways to solve them are also discussed. The
article contains recommendations necessary to improve the quality of education and improve the
level of knowledge of students.
Keywords:
3rd grade, native language, textbook, verb, competencies, educational process
students, language skills, logical thinking, problems and solutions.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, boʻlimlar orasidagi bogʻlanish, dastur materialining hajmi, uni
har bir sinfda oʻrganish usullari va vositalari shu soʻz turkumini oʻrganish vazifasi, uning lingvistik
xususiyatlari va kichik yoshdagi oʻquvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l
mavzusini oʻrganishda asosiy vazifalar: fe’l soʻz turkumi haqida dastlabki tushunchani
Oktabr, 2025-Yil
180
shakllantirish, oʻquvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda ogʻzaki va yozma nutqda fe’ldan
toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini oʻstirish, oʻquvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish,
Grammatik mavzu bilan bogʻliq holda ayrim imloviy qoidalarni oʻzlashtirish hisoblanadi. Bu
vazifalar bir biri bilan bogʻliq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab,
shuning uchun boshlangʻich sinf oʻquvchilari faqat felning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi.
Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi
hisobga olinadi.
Fe’lni oʻrganishda izchillik. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga oʻrgatish davrida
boshlanadi. Bu davrda oʻquvchilarning diqqati felning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik
hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish
imkonini beradigan aniq material yigʻiladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi soʻz va
mashqlarni oʻqish, rasmga qarab gap tuzish bilan bogʻlab oʻtkaziladi. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilar
gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, soʻz nimani bildirishini va qanday soʻroqqa javob
boʻlishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va
sabzavotlarni,daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni koʻrib, gapni mazmunga mos soʻzlar bilan
toʻldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?...(pishadi), sabzavotlarnima qiladi?...(yetiladi), daraxt
barglari nima qiladi?...(sargʻayadi). Bolalar nima qilyaptilar?...(dam olyaptilar), (oʻynayaptilar),
(ishlayaptilar).
Fe’lni oʻrganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan soʻzlar mavzusini
oʻrganishdan boshlanadi (1-sinf, oʻquv yilining 2-yarmi). Fe’l leksikma’nosi bilan Grammatik
ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan(nimaqilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti,
(nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydikabi misollardan
foydalanish bilan, oʻquvchilar oʻzlari bajargan harakatlarni aytishni soʻrab, ular bergan
javobini(fe’lni) soʻroqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat oʻtkazish bilantushuntiriladi. Oʻquvchilarni
soʻroq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, oʻynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga
oʻrgatib borish muhim ahamiyatga ega.Bunday mashqlar oʻquvchilarda predmet harakatini keng
ma’noda tushunish koʻnikmasining shakllana borishiga yordam beradi. [3] Dastur oʻquvchilarda
soʻzlarga soʻroq berib, ularni bir-biridan farqlash koʻnikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning
uchun oʻqituvchi fe’lningharxilshakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar oʻtkazadi. Nima?
Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻz bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) soʻrogʻiga javob
boʻlgan soʻzlar taqqoslanadi: nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruh predmetni bildirishi,
nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruhi esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi.
Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga oʻrgatadi, ularni nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga
imkonberadi. Fe’lga soʻroq berishga oʻrgatish yuzaki boʻlmasligi, oʻquvchilar harakat birkishi
tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? soʻroqlarini, ikkiva undan ortiq
kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar? Nima qilmoqchilar? soʻroqlarini berishni
bilishlari zarur. Bunday soʻroqlarga javob berishga oʻrgatish oʻz navbatida, fe’l zamonlarini
oʻrganishga tayyorlash demakdir.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida pedagogik kompetensiyalarni ishlab chiqish va ularga
tayangan holda oʻquvchilarga har bir mavzu yuzasidan yondashish bugungi kun ta’limining yutugʻi
hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik oʻyinlarning oʻrni beqiyosdir.
Oʻyinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish boʻlishi mumkin emas.
Oktabr, 2025-Yil
181
Oʻyin oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uygʻotuvchi uchqundir. Oʻyin boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar-oʻqituvchilar, tarbiyachilar, ota-
onalar tomonidan qoʻllaniladigan usul. Oʻyin vositasida oʻquvchilarning bilim oʻzlashtirish jarayoni
qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda boʻlishga oʻrganadi, shuningdek, ularda
muomala madaniyati shakllanadi. Maktab yillarida oʻyin shakllari yanada kengroq rivojlanadi.
Oʻquvchilarning oʻyin faoliyati juda koʻp soha olimlarining, ya’ni, faylasuflar, sotsiologlar,
biologlar, san’atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Didaktik
oʻyin oʻrganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol
faoliyatdir. Oʻyinning boshqa faoliyat turlaridan muhum farqi shundaki, uning predmeti inson
faoliyatidir. Didaktik oʻyinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi oʻquv faoliyatidir.
Shuningdek, hozirgi davrda XXI asr pedagogidan nafaqat nazariy bilim balki shu bor bilimni
oʻquvchilar ongiga samaraliroq usullar orqali yetkazish, berilgan bilimning oson, puxta va tez
oʻzlashtirilishiga zamin yaratish, oʻquvchilar ongida mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va ravonlikni
shakllantirish ham talab etilmoqda. Albatta bunday vazifalar innovatsion texnologiyalar, turli xil
interaktiv oʻyinlar orqali amalga oshiriladi. Demak, endi oʻqituvchidan an’anaviy darsdan
noan’anviy darsga oʻtish talab etiladi.
Noanʼanaviy darsning asosiy yoʻnalishlari: a)Oʻquvchilarga mustaqil fikr yuritishni
oʻrgatish; b) Oʻquvchi fikrini bir nuqtaga jamlash; c) Oʻquvchilarda fan asoslari, yutuqlari
toʻgʻrisida aniq tushuncha hosil qilish;d) Olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash va boshqalarga
oʻrgatish va hokazo. Yana bir e’tiborga olinishi lozim boʻlgan jihat bu ona tili va adabiyot darslari
davomida kompyuter texnologiyalardan foydalanishdir. Buning uchun birinchi navbatda oʻqituvchi
sinf xonasini kerakli jihozlar bilan ta’minlanishini tashkil etishi, soʻngra mavzuga doir taqdimotlar,
videolar, qisqa filmlar, rasmlar va ijod namunalarini yaratishi yoki internet saytlaridan sifatlilarini
tanlab yuklab olishi lozim. Buning asosiy sababi, ular oʻquvchilarning ijodkorligini va
dunyoqarashini kengaytirishga, visual oʻrganishni rivojlantirishga va albatta oʻquv jarayonining
qiziqarliroq va sifatliroq tashkil etilishiga yordam beradi. Bu usul grammatik jihatdan murakkab
mavzularning oson tushunilishiga, rasmlar orqali oʻquvchilarning mustaqil oddiy gapdan to kichik
matn tuza olish qobiliyatini oʻstirishga, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodini koʻz oldida
gavdalantirish va yaxshiroq yodda saqlashga, ularning ijod namunalaridan ekran orqali bahramand
boʻlishga yordam berishi bilan alohida xarakterlanadi. Har bir darsni oʻziga xos usul asosida oʻtish,
oʻquvchining fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat
uygʻotishoʻqituvchining mahoratiga bogʻliq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi
vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi
taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni
oʻzdarslaridaqoʻllasa,
albatta
ijobiy
natijaga
erishadi.
Bugungi
kun
oʻqituvchisiningmaqsadibarkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur
axborotlarbilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga oʻrgatish, bilim va hayotiy koʻnikmalar hosil qilish,
ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻularini qaror toptirishdan iborat. Bu [5] ezgu
maqsadlarni ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida oʻtilgan mashgʻulotlarda
amalga oshirish mumkin.
Oktabr, 2025-Yil
182
Innovatsion texnologiya– ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli
pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qoʻllash orqali bilim egallashni takomillashtirish
usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida oʻqituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik,
oʻzgartirishlar kiritish boʻlib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar
ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr
yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashgʻulotga aylanadi.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud boʻlib, ularning aksariyati
tajriba-sinovdan oʻtib, yaxshi natija bergan. Keng qoʻllaniladigan usullar– “Klaster”, “Aqliy
hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʻrov”,“Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib,
darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning oʻtilgan mavzuni soʻrash qismida
“Sinkveyn”, “Teskari test”,“Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”,
“Pinbord”,“Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida“Venn
diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptualjadval”, “Nilufar guli” kabi
grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”,“T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”,
“Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qoʻllash
dars samaradorligini ta’minlab, oʻquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili va
adabiyot darslarida ham yuqorida sanab oʻtilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha…yoʻq”,“Ta’rif
egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik oʻyinlardan foydalanish mumkin. Oʻyin
vaqtida oʻquvchilar oʻzini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada oʻquvchida
ishonch, qat’iyat paydo boʻladi. Munozaraga kirishishni oʻrganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi.
Bunda oʻquvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
Xulosa, oʻrnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni
muntazam ravishda olib borish lozim. Oʻquvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik
omillarni ham koʻplab topsa boʻladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga koʻtarishga
mustahkam didaktik asos boʻla oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, oʻziga
xos innovatsion jarayon boʻlib, bunda oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Adilova S.A. Oʻzbеk tili mashgʻulotlarini kompyutеr tеxnologiyalarvositasida tashkil etish:
pеd. fan. nom. ... dis. –Toshkеnt, 2004. – 160b.
2.
Anorqulova Y. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ongida oʻzbektili orqalimilliylikni
shakllantirish: Magist.dissert.- Toshkent: 2021. – 100 b.
3.
Asqarova M. va boshq. Kichik yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish.–Toshkеnt: Oʻzbеkiston,
2001. – 97 b.
4.
Ashrapova T., Odilova M., Boshlangʻich sinflarda onatili oʻqitishmetodikasi, - T.:
Oʻqituvchi, 1984.
5.
Kеnjaеva M.A. Ona tili fanini oʻqitishda innovatsion tеxnologiyalarningahamiyati \\Fanlarni
oʻqitishda innovatsion mеtodikalar. Rеspublika masofaviy ilmiy sеminar matеriallari. –
Toshkеnt-Samarqand. 2020. – B. 44
6.
Matchonov S. va bosh. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun darslik. T., 2013. 240b.
7.
Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. 3-4-sinfda oʻqish darslari. Oʻqituvchi kitobi.
Toshkent, 2007. 192 bet
Oktabr, 2025-Yil
183
8.
Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun.Toshkent, 2007. 272
bet.
