Authors

  • Asadbek Sultonboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137600

Keywords:

Imam Khomeini Islamic ideology national interests national security Iran’s foreign policy.

Abstract

As a state inspired by Islamic political thought, the Islamic Republic of Iran possesses distinctive characteristics in foreign policy. The most significant among them is the issue of determining the relationship between “national interests and security” and its Islamic ideology. In studying this matter, the views of the Supreme Leader, Imam Khomeini, play a central role. The ideological foundations, national security, and national interests in foreign policy are analyzed. Imam Khomeini, as a leader who combined idealism and realism, accepted national interests and national security as essential directions, but interpreted them not within a purely secular approach, but based on the criteria of Islamic ideology. In his views, Islamic ideology is manifested as a central and inseparable component of political Islam, standing above national interests and national security. Khomeini’s approach expresses the dominance of ideology in foreign policy while also integrating realism. This approach presents post-revolutionary Iran as a rational actor in international politics.

background image

423

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ERON TASHQI SIYOSATIDA MANFURANING MILLIY MANFAATLAR VA

XAVFSIZLIKGA TA’SIRI

Sultonboyev Asadbek Ulug‘jon o‘g‘li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17408379

Annotatsiya.

Eron Islom Respublikasi siyosatda o‘ziga xos jihatlarga ega. Shulardan eng

muhimi – ‘‘milliy manfaat va xavfsizlik’’ning islomiy mafkurasi bilan o‘zaro nisbatini aniqlash
masalasidir. Ushbu masalani o‘rganishda Oliy Rahbar – Imom Xomeyniy qarashlari markaziy
rol o‘ynaydi. Tashqi siyosatda ideologik asoslar, milliy xavfsizlik va milliy manfaatlar tahlil
qilinadi. Xomeyniy idealizm va realistizmni o‘zida uyg‘unlashtirgan yetakchi sifatida milliy
manfaatlar va milliy xavfsizlikni zaruriy yo‘nalish sifatida qabul qilgan, biroq ularni sof
dunyoviy yondashuv doirasida emas, balki islomiy mafkura mezonlari asosida talqin qilgan.

Uning qarashlarida islomiy ideologiya milliy manfaatlar va milliy xavfsizlikdan ustun

turuvchi, siyosiy islomning ajralmas markaziy tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi.

Xomeyniy yondashuvi tashqi siyosatda ideologiyaning hukmronligi hamda realizmni

uyg‘unlashtirishni ifodalaydi. Bu yondashuv inqilobdan keyingi Eronni xalqaro siyosatda
oqilona harakat qiluvchi kuch sifatida namoyon etadi.

Kalit so‘zlar:

Imom Xomeyniy, islomiy ideologiya, milliy manfaatlar, milliy xavfsizlik,

Eron tashqi siyosati.

THE IMPACT OF IDEOLOGY ON NATIONAL INTERESTS AND SECURITY IN

IRAN’S FOREIGN POLICY

Annotation.

As a state inspired by Islamic political thought, the Islamic Republic of Iran

possesses distinctive characteristics in foreign policy. The most significant among them is the
issue of determining the relationship between “national interests and security” and its Islamic
ideology. In studying this matter, the views of the Supreme Leader, Imam Khomeini, play a
central role. The ideological foundations, national security, and national interests in foreign
policy are analyzed. Imam Khomeini, as a leader who combined idealism and realism, accepted
national interests and national security as essential directions, but interpreted them not within a
purely secular approach, but based on the criteria of Islamic ideology. In his views, Islamic
ideology is manifested as a central and inseparable component of political Islam, standing above
national interests and national security. Khomeini’s approach expresses the dominance of
ideology in foreign policy while also integrating realism. This approach presents post-
revolutionary Iran as a rational actor in international politics.

Keywords:

Imam Khomeini, Islamic ideology, national interests, national security, Iran’s

foreign policy.

ВЛИЯНИЕ ИДЕОЛОГИИ НА НАЦИОНАЛЬНЫЕ И БЕЗОПАСНОСТЬ ВО

ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКЕ

Аннотация.

Как государство, вдохновлённое исламской политической мыслью,

Исламская Республика Иран обладает особыми чертами во внешней политике. Наиболее
важной из них является проблема определения соотношения между «национальными
интересами и безопасностью» и исламской идеологией. В изучении данного вопроса
центральную роль играют взгляды Верховного лидера — Имама Хомейни. Анализируются
идеологические основы, национальная безопасность и национальные интересы во внешней
политике.


background image

424

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Имам Хомейни, как лидер, объединивший в себе идеализм и реализм, принимал

национальные интересы и национальную безопасность как необходимые направления,
однако трактовал их не в рамках сугубо светского подхода, а на основе критериев
исламской идеологии. В его воззрениях исламская идеология выступает как центральный
и неотъемлемый компонент политического ислама, превосходящий национальные
интересы и национальную безопасность. Подход Хомейни выражает господство
идеологии во внешней политике, а также её сочетание с реализмом. Такой подход
представляет постреволюционный Иран как разумного актора в международной
политике.

Ключевые слова:

Имам Хомейни, исламская идеология, национальные интересы,

национальная безопасность, внешняя политика Ирана.

KIRISH

Eron Islom Respublikasi tarixan milliy-davlatlar bilan ko‘plab o‘xshash jihatlarga ega

bo‘lsada, ayrim farqlari ham mavjud. Eron Islom Respublikasining eng asosiy farqli jihati uning
legitimligini ta’minlovchi islom ideologiyasidir. Shu jihatdan Eron Islom Respublikasi
“Vestfaliya” davridan keyin din va mazhab asosida tashkil topgan birinchi milliy davlat
hisoblanadi. Islom mafkurasi Eron Islom Respublikasining barcha tuzilmalariga asos bo‘lib
xizmat qiladi. Islom inqilobi natijasida tashqi siyosat o‘zgarishga yuz tutdi. Avval AQSh, Isroil,
Yevropa va AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan
siyosat o‘rniga G‘arb va Isroilga qarshi kurash siyosati shakllandi. Shu bilan birga Yaqin
Sharqdagi g‘arbparast hukumatlar va sekulyar tuzumlarga qarshi turuvchi inqilobiy va islohotchi
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Eron tashqi
siyosatidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri inqilobdan keyin AQShning ta’sirini
tugatish bo‘ldi. 1979-yilda yuz bergan Eron inqilobi xalqning shohning ichki siyosatiga qarshi
chiqishidan tashqari, uning tashqi siyosatidan ham noroziligini ifodaladi. So‘nggi ellik yil
davomida o‘z mamlakatlarida g‘arbona tizimlar va sekulyar ideologiyalarni joriy etishga urinib
kelgan podsho hokimiyati muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Panarabizm, sotsializm, kapitalizm,
marksizm

va

patriarxiya

kabi

ideologiyalar

xalqlarning

ehtiyojlarini

qondirishda

muvaffaqiyatsizlikga uchradi, natijada mintaqadagi ko‘plab ziyoli oqimlar diniy modellar sari
yuz burdi

1

.

Eron Islomiy inqilobi diniy modellar sari bunday burilishlarning yorqin namunasidir. Bu

modelning ta’siri tashqi siyosatda ham yaqqol ko‘rinadi. Islomiy tamoyillar tashqi siyosatdagi
asosiy tushunchalarning qayta ta’riflanishiga olib keldi. Mazkur maqola tashqi siyosatda ikki
asosiy tushuncha — “milliy xavfsizlik” va “milliy manfaatlar” ustidan islomiy ideologiyaning
ta’sirini tahlil qiladi. Xususan, Imom Xomeyniy siyosiy qarashlarida Islomiy tizimning milliy
manfaatlar bilan nisbatni saqlaydi. U bu nisbatning bir tomonini kuchsizlantirish yoki
zaiflashtirishni xohlamaydi, balki ularni o‘zaro “dialektik manfaatdorlik” (ikki tomonlama
foyda) asosida bog‘lashga harakat qiladi.

Xusrav Qobadiy o‘zining magistrlik dissertatsiyasida “Eron Islomiy inqilobida milliy

manfaatlar va islomiy ideologiya o‘rtasidagi nazariy munosabat” mavzusini tadqiq etadi. U
milliy manfaatlar va islomiy ideologiya o‘rtasidagi ikki asosiy yondashuvni moslik va qarama-
qarshilikni tahlil qiladi.

1

.

یناضمر، حورالله (۱۳۸۶). یبوچراچ یلیلحت یارب یسررب تسایس یجراخ یروهمج یملاسا ناریا. نارهت: رشن ین.


background image

425

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Doktor Muhammad Hasan Xoniy o‘zining “Xalqaro munosabatlarda axloq va manfaatlar

nisbati” nomli kitobida quyidagicha fikr yuritgan: ‘‘Axloq va manfaat o‘rtasidagi munosabat
qanday? Hukmron yondashuv tanqid qilinib, axloq va manfaat o‘rtasida ziddiyat deb xalqaro
munosabatlarda siyosiy aktyorlardan birini tanlashga majbur qilganini ta’kidlaydi’’

2

.

Shohruz Ibrohimiy fikricha, ‘‘tashqi siyosatning ikkita yirik nazariy modeli tahlillari

shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab davlatlarda ideologiya tashqi siyosatda ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.

Ammo Eron Islom Respublikasida ideologiya birinchi darajada. Unga ko‘ra, Eron tashqi

siyosatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda tashqi siyosat milliy manfaatlarga mos
keladigan tarzda shakllangan. Umuman olganda bu sohada mavjud ishlarda ikki xil qarash
mavjud:

Ijobiy yondashuv — milliy manfaat yoki milliy xavfsizlik va ideologiya o‘rtasida

muvofiqlik izlash.

Salbiy yondashuv — ideologiyani milliy manfaat va milliy xavfsizlikka zid va ularni

buzuvchi unsur sifatida ko‘rish

3

’’.

Mazkur maqola Oliy harbar Xomeyniy qarashlari asosida islomiy ideologiya va milliy

xavfsizlik va milliy manfaatlarini Eron tashqi siyosati doirasida tahlil qiladi.

Nazariy asos

Xomeyniy tashqi siyosatini uchta asosiy tushuncha – ideologiya, strategiya va

diplomatiya asosida shakllantiradi. Tashqi siyosat har doim ichki va tashqi omillar asosida tahlil
qilinadi. Ichki omillar – davlatning o‘z ichki tuzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan geografik
joylashuv, etnik va diniy tarkib, tarixiy tajriba, siyosiy tizim va elita xususiyatlari, tabiiy
resurslar, iqtisodiy sharoit va harbiy qudrat. Tashqi omillar – xalqaro siyosiy tizim va
mintaqaviy kichik tizimlardagi o‘zgarishlarga taalluqlidir.

Ushbu tadqiqot esa tashqi siyosatning ichki omillariga, xususan, inqilobiy rahbarning

ideologik qarashlariga alohida urg‘u beradi va ularni tashqi siyosatning boshqa shakllantiruvchi
omillari bilan solishtiradi.

Imom Xomeyniy xarizmatik inqilobiy rahbar sifatida islomiy-e’tiqodiy asoslar asosida

tashqi siyosat olib bordi. Uning siyosatidagi bosh g‘oya islomiy tamoyillardir. Shu sababdan
tashqi siyosatdagi asosiy tushunchalar milliy manfaatlar va milliy xavfsizlik Xomeyniy
yondashuvi asosida shakllandi

4

. Natijada Eron tashqi siyosatida bu tushunchalarning yangicha va

o‘ziga xos talqini shakllandi. Uning strategik va geosiyosiy masalalarga e’tibori, asosan, Eron
Islomiy inqilobi oldida yuzaga kelgan real tahdidlar va oqibatlardan kelib chiqqan.

Ayniqsa 1980 yilda boshlangan Eron-Iroq urushi va inqilobning ilk yillaridagi xalqaro

bosimlar uning tashqi siyosatidagi strategik qarashlarni mustahkamladi. Imomning diplomatiya
borasidagi yondashuvi esa xalqaro tizimda mavjud bo‘lgan asosiy tamoyillarni qisman qabul
qilish va boshqa aktyorlar, ayniqsa, islomiy, inqilobiy va betaraf davlatlar bilan konstruktiv
aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan edi. Xulosa qilib aytganda, ideologiya, strategiya va
diplomatiya birgalikda Eron tashqi siyosatini shakllantiruvchi asosiy uch unsurdir. Shu bois Eron
tashqi siyosatini va undagi islomiy ideologiyaning rolini anglash uchun ushbu uch unsurni
birgalikda o‘rganish lozim.

Ideologiya, strategiya, diplomatiya tushunchalari asoslari

2

خیشیملاسلاا، نسحدمحم و یمطافردص، ریما (۱۳۹۲). «یساملپید یمومع یروهمج یملاسا ناریا رد نانبل». همانلصف شهوژپیاه ناهج ملاسا،

لاس موس، هرامش ۴، صص ۴۹–۷۴.

3

باتک دبلاک یفاکش تسایس یجراخ یروهمج یملاسا ناریا، تاراشتنا هاگشناد ماما قداص (ع)، نارهت

4

قایارغیدنز، دوواد (۱۳۹۴). «ملاسا و طباور نیبللملا: درکیور یتسهیتخانش». همانلصف شهوژپیاه ناهج ملاسا، لاس مجنپ، هرامش ۴، صص

۱۱۳–۱۳۶.


background image

426

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Ideologiya

. Karl Mannheim ideologiyani jamiyatning ijtimoiy sharoitlari bilan bog‘liq

holda shakllanadigan, bir-biri bilan chambarchas aloqadagi fikrlar tizimi va tajribaviy usullar
majmui sifatida ta’riflaydi

5

.

Ideologiya (mafkura) siyosatga oid ochiq yoki tizimli e’tiqodlar majmui bo‘lib, keng

ko‘lamdagi g‘oyalar, nazariy va amaliy asoslarni o‘z ichiga oladi. Ideologiya doirasida e’tiqod
va qarashlarga yo‘naltirilgan harakatlar tahlil qilinadi. Shunday ekan, hukmdorlar ideologiya
yordamida muayyan umumiy doirani belgilaydilar. U barcha muammolarga aniq yechim
bermaydi, balki siyosatning strategik yo‘nalishini belgilaydi. Masalan, bir millat tashqi siyosatda
diplomatik yo‘lni tanlaydimi yoki kuchdan foydalanadimi, bu qaror ko‘proq ideologiya
tomonidan belgilanadi. Shuningdek, ideologiya siyosiy tanlovlarni oqlash vazifasini ham
bajaradi. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, Imom Xomeyniy nazaridagi islomiy ideologiya faqat
umumiy shiorlardan iborat emas. U musulmonlarning shaxsiy va ijtimoiy hayotining barcha
jabhalarini qamrab oladi va hayotning barcha sohalarida amaliy dastur sifatida namoyon bo‘ladi.

Islomiy tafakkurda ideologiya hayotni boshqarish ilmining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Murtazo Motahhari ta’rificha, ‘‘ideologiya — bu “inson kamolotini va jamiyat

farovonligini ta’minlashni asosiy maqsad qilib olgan, umumiy, izchil va uyg‘un nazariya hamda
dasturdir’’.

Unda asosiy yo‘nalishlar, usullar, zarur va man etilgan amallar, yaxshi va yomon

narsalar, maqsadlar va vositalar, ehtiyojlar va ularning yechimlari, burchlar va majburiyatlar aniq
belgilangan bo‘lib, barcha insonlar uchun ilhom manbai bo‘ladi

6

”.

Amaliyot darajasida din — aynan ideologiyadir. Olimning fikricha, “Din — biz ko‘proq

ishlatadigan tushuncha, u dunyo, Xudo, inson va oxirat haqidagi e’tiqodlar va qarashlarni o‘z
ichiga oladi. Shuningdek, u shaxsiy va ijtimoiy hayotda qanday yashash, qanday bo‘lish
kerakligi haqidagi qator amaliy ko‘rsatmalarni ham qamrab oladi”. Shu o‘rinda bir narsani
ta’kidlash lozimki, islomiy ideologiyani “islomiy fundamentalizm” bilan bog‘lash noto‘g‘ridir.

Chunki fundamentalizm islomning ko‘proq norozilik va salbiy jihatlarini bo‘rttirib

ko‘rsatadi va dini haddan tashqari qattiq talqin qiladi. Bu esa asl islom mohiyatini buzadi va
oxir-oqibat islomning yuksak maqsadlariga zid yo‘nalishga olib boradi

7

.

Strategiya.

Strategiya bu umumiy tushuncha bo‘lib, ko‘pincha mamlakatning siyosiy

rejimiga (avtoritar, totalitar yoki demokratik) mos tarzda ta’riflanadi. U xavfsizlik bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida resurslar va imkoniyatlarni
muvofiqlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

Strategiya — shaxsiyat, tuzilma va jarayonlarni shakllantiruvchi manbadir. Uni

belgilovchi omillar qatoriga ideologiya, madaniy yondashuvlar, tashkiliy va ijro mexanizmlari,
siyosiy va harbiy institutlarning ta’siri, iqtisodiy resurslarni safarbar etish qobiliyati hamda
yetakchilarning qarashlari kiradi.

Tashqi siyosatda strategiya milliy xavfsizlik va tashqi siyosat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni

qamrab oladi. Ya’ni strategiya — bu tashqi siyosatdagi harakatlarning milliy xavfsizlikka
qaratilgan qismi yoki milliy xavfsizlik tashqi siyosatga ta’sir o‘tkazadigan maydondir.

Diplomatiya.

Diplomatiya — mintaqaviy va xalqaro maydonda muzokara, kelishuv va

muloqotga yo‘naltirilgan harakatlar majmuidir. Diplomatiyada ideologiya bilan bir qatorda,

5

Mannheim, K. (1971), the Ideology and Sociological Interpretation of Intellectual Phenomena, New York: Oxford

University. P 192 - 85

6

.

یرهطم، یضترم (۱۳۷۷). ناسنا و نامیا. نارهت: تاراشتنا اردص.

7

Murray, W. (1999), the Making of Strategy: Rulers, States and War, Cambridge: Cambridge University Press.P

202-65


background image

427

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qoidalarni qabul qilish orqali milliy manfaatlarni
himoya qilishga intilish kuzatiladi. Bu sohada davlatning xalqaro muhitni qanday tasvirlashi va
milliy manfaatlarini qanday ta’minlashga harakat qilishi alohida ahamiyatga ega. Diplomatiya,
shuningdek, xalqaro maydonda hukmron bo‘lgan diskurs bilan davlatning aloqalar darajasini
ham namoyon qiladi. Agar ideologiya sohasi asosan shaxsiyat va ma’no bilan bog‘liq bo‘lsa,
strategik sohada xavfsizlik va yashab qolish, diplomatiya sohasida esa realistik va hamkorlikka
asoslangan yondashuv muhimdir

8

. Bunda asosiy maqsad — mintaqaviy muhit va xalqaro tizim

bilan tinch va konstruktiv aloqalar o‘rnatishdir.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatidagi ideologik asoslari.

Eron Islomiy inqilobi xalq

hayotining turli sohalarida diniy nutqni qayta jonlantirdi va dini minimal talqinini jiddiy
muhokama ostiga oldi. Imom Xomeyniy rahbarligida diniy shiorlar va masjid hamda
husayniyalar markazida yuzaga kelgan bu inqilob, dinning ijtimoiy maydondagi mavjudligini
e’lon qildi

9

. Xomeyniy rahbarligidagi inqilobiy voqea islomni xalqaro munosabatlarda faol

o‘yinchiga aylantirdi. Bu G‘arbda islom asosidagi har qanday siyosiy harakatdan qo‘rquv
uyg‘otdi. Shu bilan birga,1970-yillardan boshlab islom butun dunyo musulmonlari, shuningdek,
islomiy davlatlar uchun asosiy qudrat manbaiga aylandi.

Eron Islom Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasi bu masalaga ravshan ishora

qiladi: “Islom Respublikasi quyidagi e’tiqodlarga asoslanadi: 1) Yagona Xudoga imon va
hukmronlikni faqat unga xos deb bilish hamda uning amrlariga itoat qilish zarurligi; 2) Uning
xalifasi buyruqlarini bajarash

10

”.

Bu doirada davlat boshqaruvining asosiy manbai islomiy ideologiya ekanligi aniq

ko‘rinadi. Islomiy ideologiya Eron tashqi siyosatiga bir necha yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi.

1. Milliy o‘zlikni va Eronning xalqaro rolini belgilashda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
2. Shu asosda Eron Islom Respublikasining milliy manfaatlari va maqsadlarini

shakllantiradi.

3. Xalqaro voqealar va boshqa davlatlarning xatti-harakatlarini talqin qilish uchun

maxsus tafakkur doirasini yaratadi.

4. Tarixiy jarayon va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot bosqichlarini belgilab, mamlakat uchun

aniq istiqbol tasvirini beradi.

5. Islomiy ideologiya maxsus axloqiy-me’yoriy tizim ishlab chiqadi

11

. Bu tizim Eron

siyosatini, uning qarorlarini va boshqa davlatlarning siyosatini baholashda mezon vazifasini
bajaradi

12

.

Xomeyniy ideologiyasinig markaziy belgisi — siyosiy islomdir. Qolgan barcha unsurlar

ushbu yondashuv atrofida mazmun kasb etadi. Quyida uning asosiy ideologik belgilari
keltiriladi.

Siyosiy islom.

Imom Xomeyniy tafakkurida islom dini ijtimoiy yondashuv asosida talqin

qilindi.

Din va siyosat o‘rtasidagi munosabat masalasi ayniqsa Islomiy inqilobdan keyin keng

muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Siyosiy islom” atamasini G‘arb olimlari Eron inqilobini va unga

8

Rakel, E.P. (2007), ‘‘Iranian Foreign Policy since the Iranian Islamic Revolution: 1979- 2006’’, PGT6: pp.158-

189.

9

Ezghandi, A. (2003). Iran’s Foreign Relations, 1941–1979. Tehran: Qomes Publications. P – 332-20

10

Constitution of the Islamic Republic of Iran. (1979). Tehran: Assembly for the Final Review of the Constitution.

11

Amini, A. (2011). History of Iran’s Foreign Relations during the Pahlavi Era. Tehran: Sedaye Moaser

Publications. P 222-56

12

. یقتم، میهاربا (۱۳۸۹). «تسایس یجراخ ناریا و موهفم هنزاوم دیدهت». همانلصف تسایس یجراخ. لاس تسیب و مراهچ، هرامش ۱، صص ۲۵–

۵۸.


background image

428

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

o‘xshash islomiy harakatlarni ifodalash uchun qo‘llagan. Turli oqimlar mavjud bo‘lsa-da, Eron
inqilobi siyosiy islomning markaziy o‘qi sifatida tan olinadi.

Imom Xomeyniy va Eron Islom Respublikasi asoschilari din va siyosatning uzviy

bog‘liqligini ta’kidlab, moddiy va ma’naviy qudratni uyg‘unlashtirish asosida siyosiy tizimni
barpo etdilar. Xomeyniyning fikricha: “Islom boshqa dinlardan farqli ravishda, shaxsiy, ijtimoiy,
moddiy, ma’naviy, madaniy, siyosiy, harbiy va iqtisodiy sohalarning barchasiga aralashadi va
nazorat qiladi. Hatto eng kichik masalalardan ham chetda qolmagan

13

’’. Shuningdek, u islomni

davlat boshqaruviga oid aniq qoidalar tizimi sifatida ta’riflab: “Islom o‘ziga xos qonunlar bilan
mamlakatni boshqaradigan hukumatdir. Islom qonunlari — islomiy hukumat qonunlaridir”.

Imom Xomeyniy uchun islom — siyosiy va ijtimoiy dindir. Bu qarash sekulyar

talqinlardan tubdan farq qiladi. U inqilobning dastlabki kunlaridanoq shunday qasam ichgan edi:
“Vallohi, islomning barchasi siyosatdir.” (Xomeyniy, 1989, jild 1: 270).

Islomiy birlik.

Imom Xomeyniy mavjud milliy chegaralarni zarurat sifatida qabul qilar

ekan, bir tomondan “butun dunyo solihlari hukumatini” orzu sifatida ilgari suradi, ikkinchi
tomondan esa musulmonlar o‘rtasida birlikni tashqi siyosatning markaziy yo‘nalishiga
aylantiradi.

U “ummat vahid” tushunchasini qo‘llaydi va musulmonlarni birlashishga chaqiradi.
Uning fikricha, bu xalqaro miqyosda uchinchi frontni yaratish imkonini beradi.

Masalan,

u “Qirq hadis” asarida shunday yozadi: “Payg‘ambarlarning asosiy maqsadlaridan biri
insoniyatni birlikka chorlamoqdir. Buning natijasida jamiyat bitta tan, insonlar esa uning a’zolari
bo‘lib qoladilar

14

”.

Imom Xomeyniy davlat arboblarini ham, musulmon xalqini ham birlikka

da’vat etib, musulmon davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni ta’kidlagan.

Irqchilikni inkor etish.

Imom Xomeyniy islomiy birlik tamoyiliga qo‘shimcha ravishda

irqchilikni rad etdi. U barcha musulmonlarga murojaat qilib:

“Islom amriga zid bo‘lgan

irqchilikdan saqlaning. Musulmon birodarlar bilan, ular qaysi mamlakatda, qaysi irqdan
bo‘lishidan qat’i nazar, birodarlik rishtalarini mustahkamlang, chunki islom sizni birodar deb
atagan

15

’’.

Tinchlikka sodiqlik.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatdagi asosiy ideologik tamoyillardan

biri sifatida tinchlikparvarlikni ilgari surdi: “Biz tinchlikni istaymiz. Biz butun dunyo xalqlari
bilan tinchlikda yashashni istaymiz. Biz ularning orasida yashab, tinchlik bilan hayot kechirishni
istaymiz

16

”.

Ammo u “har qanday tinchlik”ni qabul qilmas edi, balki “sharafli islomiy

tinchlik”ni asosiy shart sifatida ilgari surardi.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatda axloqiylikni

muhim mezon sifatida ko‘rdi. Unga ko‘ra, islom axloqi inson va jamiyat hayotining barcha
sohalarida, jumladan tashqi siyosatda ham amal qilishi shart.

U shunday degan edi: “Islom — axloqiy din. Bizning barcha ishlarda axloqiy me’yorlar

asosiy rolda bo‘lishi kerak. Agar axloqiylikdan yuz o‘girsak, islomiy hukumatning ham mohiyati
yo‘qoladi

17

.

Mustaz’aflarga homiylik.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatning eng muhim ideologik

ustunlaridan birini mustaz’aflarga (ezilgan, zulm ostidagi xalqlarga) homiylik deb bildi.

13

Houshang Mahdavi, A. (1995). History of Iran’s Foreign Relations. Tehran: Amir Kabir Publications. P-189-45,

14

یراختفا، رغصا (۱۳۹۲). تسایس یجراخ یروهمج یملاسا ناریا رد وترپ هیرظنیاه طباور نیبللملا. نارهت: هاگشناد هملاع ییابطابط.

15

Berger, M. (2010), Realign and Islamic in Contemporary International Relations, Clingendeal Diplomacy Papers,

Netherlands Institute of International Relations, , No. 27, pp. 1-38.

16

Khomeini, R. (1970). Velayat-e Faqih: Islamic Government. Najaf/Beirut: Dar al-Tabligh al-Islami. P 343-76

17

Khomeini, R. (1964–1967/1970). Tahrir al-Wasila. Qom: Islamic Publication Institute. P 232-11


background image

429

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

U shunday deydi:

“Biz barcha ezilganlarning himoyachisimiz. Dunyoning qaysi

burchagida bo‘lmasin, ularning yonida turamiz

18

.

Bu qarash asosida Eron Islom Respublikasi

ko‘plab mustamlakachilikka qarshi va ozodlik uchun kurashayotgan harakatlarni qo‘llab-
quvvatladi. Shu bois, Eron tashqi siyosatida “mustaz’aflar fronti” tushunchasi shakllandi. Bu
hozirda dunyo geosiyosiy holati uchun juda ham murakkab vaziyatdir. Chunki dunyoning turli
burchaklaridagi har xil terrorchi guruhlar moliyalashtirish turli mintaqalarda xavfsizlik
masalarining yanada chuqqurlashtirmoqda.

Da’vat va inqilob g‘oyalarini targ‘ib qilish.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatining yana

bir ideologik asosi — islomiy inqilobni targ‘ib qilish edi.

Uning fikricha, islomiy inqilob faqat

Eronga xos emas, balki butun musulmonlar va hatto butun ezilgan xalqlar uchun namuna bo‘lishi
kerak.

U shunday ta’kidlagan:

“Bizning inqilobimiz chegaralarda to‘xtab qolmaydi. U butun

dunyo mustaz’aflari uchun ilhom manbaidir”

19

.

Shu bois, Eron tashqi siyosatida inqilobiy

g‘oyalarni boshqa mamlakatlarga yetkazish, ozodlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash muhim
vazifa bo‘lib qoldi.

Mustakbirlarga qarshi kurash.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatda “mustakbirlar”

(zolim, istibdodchi kuchlar)ga qarshi kurashni alohida urg‘u bilan ta’kidlagan.

Uning nazarida,

AQSh va Sovet Ittifoqi o‘sha davrning eng yirik mustakbir kuchlari bo‘lib, ular musulmon
xalqlarning asosiy dushmanlari edi.

Shu bois u “na sharqiy, na g‘arbiy” shiorini ilgari surdi va

Eronda tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan birini yaratdi.

Mustaqillik va g‘arbga qaramlikni rad etish.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatda to‘liq

mustaqillikni talab qildi va g‘arb davlatlariga iqtisodiy, siyosiy va madaniy qaramlikni keskin
rad etdi.

U shunday degan edi:

“Biz o‘z mustaqilligimizni saqlab qolamiz. Hech qachon G‘arbga

ham, Sharqqa ham qaram bo‘lmaymiz

20

”.

Shu asosda Eron tashqi siyosatida “Na Sharqiy, na

G‘arbiy, balki Islomiy Respublika” shiori muhim ideologik tamoyil sifatida qaror topdi.

Imom Xomeyniy tafakkurida milliy manfaatlar va milliy xavfsizlik
Milliy manfaat tushunchasi.

“Milliy manfaat” tushunchasi xalqaro munosabatlarda eng

ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biridir. U davlatning o‘z hayotini saqlab qolishi va
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan manfaatlar majmuasini bildiradi.

Biroq bu tushuncha olimlar

tomonidan turlicha izohlanadi. Masalan realistlar uchun milliy manfaat – davlatning kuch va
qudratini oshirish demakdir.

Liberalistlar uni ko‘proq iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlik

doirasida talqin qiladilar.

Konstruktivistlar esa milliy manfaatni davlatning o‘zini qanday

anglashiga va ijtimoiy identitetiga bog‘lashadi.

Imom Xomeyniy qarashlarida esa milliy

manfaatlar islomiy ideologiya bilan chambarchas bog‘liq holda qayta ta’riflanadi.

Uning

nazarida, milliy manfaat faqatgina moddiy ehtiyojlar (iqtisodiy rivojlanish, hududiy yaxlitlik,
xavfsizlik) bilan cheklanmaydi, balki islomiy qadriyatlar va inqilobiy maqsadlar bilan uyg‘un
holda mavjud bo‘ladi.

Shu bois, Eron Islom Respublikasining milliy manfaatlari Imom

Xomeyniy tafakkurida quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

1. Islomiy tizimni himoya qilish va uning barqarorligini ta’minlash;

2. Mustaqillikni saqlash va chet el kuchlariga qaram bo‘lmaslik;
3. Mustaz’aflar va musulmon ummatini qo‘llab-quvvatlash;

1818

Khomeini, R. (1990–1999). Sahifeh-ye Imam (44 vols.). Tehran: Institute for Compilation and Publication of

Imam Khomeini’s Works. P 232-23

19

Khomeini, R. (1990–1999). Sahifeh-ye Imam (44 vols.). Tehran: Institute for Compilation and Publication of

Imam Khomeini’s Works. P 232-45

20

Khomeini, R. (1990–1999). Sahifeh-ye Imam (44 vols.). Tehran: Institute for Compilation and Publication of

Imam Khomeini’s Works. P 232-56


background image

430

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

4. Inqilobiy g‘oyalarni himoya qilish va tarqatish.

Milliy xavfsizlik tushunchasi.

Milliy xavfsizlik odatda davlatning ichki barqarorligini

saqlash va tashqi tahdidlardan himoyalanishi sifatida talqin qilinadi. U harbiy, siyosiy, iqtisodiy
va madaniy omillarni o‘z ichiga oladi.

Imom Xomeyniy qarashlarida milliy xavfsizlik ham faqat

harbiy mudofaa bilan cheklanmaydi. Unga ko‘ra, milliy xavfsizlikning asosi — islomiy
tizimning saqlanishidir. Agar islomiy tuzum saqlanib qolsa, millatning ham xavfsizligi
ta’minlanadi.

U shunday degan:

“Bizning milliy xavfsizligimiz — islomiy tizimni saqlashdadir.

Agar islomiy tizim yo‘qolsa, biz ham mustaqilligimizni, ham shon-sharafimizni

yo‘qotamiz

21

”.

Shuningdek, Imom Xomeyniy milliy xavfsizlikni faqat Eron bilan cheklamagan,

balki uni islomiy ummat xavfsizligi bilan bog‘lab ko‘rgan. Shu bois, Eron tashqi siyosati nafaqat
milliy darajada, balki mintaqaviy va umummusulmon miqyosida ham xavfsizlikni ta’minlashga
qaratilgan.

Milliy manfaat va milliy xavfsizlikning o‘zaro aloqasi.

Imom Xomeyniy qarashlarida

milliy manfaat va milliy xavfsizlik bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Ularning ikkalasi ham
islomiy ideologiyaga tayanadi.

Milliy manfaatlar – Eronning tashqi siyosatidagi ijobiy harakatlar

(diplomatiya, iqtisodiy aloqalar, xalqaro hamkorlik)ning asosiy yo‘nalishini belgilaydi.

Milliy xavfsizlik – Eronning tashqi siyosatidagi salbiy yoki mudofaa xarakteridagi

siyosatni (urush, qarshilik, mudofaa strategiyalari) belgilab beradi.

Imom Xomeyniy

yondashuvida bu ikki tushuncha uyg‘unlashgan holda Eron tashqi siyosatining poydevorini
tashkil qiladi.

Milliy manfaat va milliy xavfsizlikning tashqi siyosatda amaliy ko‘rinishi.

Imom

Xomeyniy qarashlarida milliy manfaat va milliy xavfsizlik nazariy tushunchalar bo‘lib qolmay,
Eronning tashqi siyosatida amaliyotda ham yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’siri inqilobdan
keyingi tashqi siyosatdagi asosiy qaror va siyosiy yo‘nalishlarda yaqqol ko‘rinadi.

“Na Sharqiy, na G‘arbiy” siyosati.

Eron tashqi siyosatida inqilobdan keyingi eng

muhim shiorlardan biri bu edi. Imom Xomeyniy AQSh va Sovet Ittifoqini “mustakbir kuchlar”
deb atab, Eronga ular bilan ittifoq tuzishni man qildi.

Bu siyosatning asosi milliy manfaat –

mustaqillikni saqlash, milliy xavfsizlik – chetdan keladigan tahdidlarni oldini olish.

Natijada,

Eron tashqi siyosati G‘arb yoki Sharqqa qaram emas, balki islomiy qadriyatlar asosida mustaqil
yo‘l tutishga qaratildi.

Isroilga qarshi siyosat.

Imom Xomeyniy Isroilni “saraton o‘smasi” deb atadi va Eron

tashqi siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan birini unga qarshi kurash deb belgiladi.

Bu qarashning manbai

milliy manfaat – Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash orqali

musulmonlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash.

Milliy xavfsizlik – Isroil va uning homiysi

AQShni mintaqadagi asosiy xavf deb bilish.

Shu bois, Eron Islom Respublikasi Falastin ozodlik

harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z tashqi siyosatining ajralmas qismiga aylantirdi.

Mustaz’aflarni qo‘llab-quvvatlash siyosati.

Imom Xomeyniy tashqi siyosatning asosiy

vazifalaridan birini “butun dunyo mustaz’aflari”ni qo‘llab-quvvatlash deb bildi.

Bu siyosat milliy

manfaat – Eronning inqilobiy obro‘sini musulmon va mustamlakachilikka qarshi harakatlar
oldida kuchaytirish asosida shakllangan.

Milliy xavfsizlik – mustaz’af xalqlarni qo‘llab-

quvvatlash orqali Eronni xalqaro maydonda yolg‘izlanib qolishdan himoya qilish.

Natijada, Eron ko‘plab ozodlik harakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi va ularni moddiy va

ma’naviy qo‘llab-quvvatladi.

21

Khomeini, R. (1990–1999). Sahifeh-ye Imam (44 vols.). Tehran: Institute for Compilation and Publication of

Imam Khomeini’s Works. P 232-210


background image

431

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Eron-Iroq urushida milliy xavfsizlik.

1980–1988 yillardagi Eron-Iroq urushi Imom

Xomeyniy qarashlarida milliy xavfsizlik masalasining eng yorqin namunasidir. Urushni Saddam
Husayn boshlagan bo‘lsa-da, Imom Xomeyniy uni “Islom va kufr o‘rtasidagi kurash” deb
ta’rifladi.

Uning fikricha, bu urush Eronning milliy xavfsizligini saqlash va islomiy tizimni

himoya qilish uchun majburiy jang edi.

Shu sabab, u “urush, urush oxirigacha” shiorini ilgari

surdi va taslim bo‘lishni milliy xavfsizlikka xiyonat deb bildi.

Inqilobni eksport qilish.

Inqilobni eksport qilish siyosati ham Imom Xomeyniy

qarashlaridagi milliy manfaat va milliy xavfsizlikning uyg‘un ko‘rinishidir.

Milliy manfaat –

islomiy qadriyatlarni boshqa mamlakatlarga yoyish orqali Eronning mintaqadagi ta’sirini
oshirish.

Milliy xavfsizlik – boshqa musulmon xalqlarni uyg‘otish orqali Eronni mustakbir

kuchlarga qarshi yolg‘iz qoldirmaslik.

Shu bois, inqilobni eksport qilish tashqi siyosatning

nafaqat mafkuraviy, balki amaliy jihatdan ham ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Imom Xomeyniy

tafakkurida milliy manfaat va milliy xavfsizlik — tashqi siyosatdagi asosiy ikkita ustun bo‘lib,
ular islomiy ideologiya bilan uyg‘unlashgan holda Eron tashqi siyosatini shakllantirgan.

XULOSA.

Ushbu maqolada Imom Xomeyniyning tashqi siyosat qarashlari, xususan, ideologiya,

milliy manfaat va milliy xavfsizlik o‘rtasidagi nisbat tahlil qilindi. Ideologiya Imom Xomeyniy
qarashlarida markaziy o‘rinni egallaydi. U tashqi siyosatning barcha yo‘nalishlarini belgilovchi
asosiy tushuncha hisoblanadi. Imom Xomeyniy ideologiyani shunchaki shior darajasida emas,
balki hayotning barcha jabhalarini qamrab oluvchi amaliy dastur sifatida ko‘rgan.

Milliy xavfsizlik Imom Xomeyniy tafakkurida islomiy tizimni saqlash bilan chambarchas

bog‘liq. Uning fikricha, Eronning milliy xavfsizligi tizimning saqlanib qolishiga va tashqi
tahdidlardan himoyalanishiga qaratilgan. Shu sabab, Eron tashqi siyosatida mudofaa va strategik
qarorlar milliy xavfsizlik konsepsiyasiga asoslangan.

Milliy manfaatlar esa tashqi siyosatning ijobiy maydonida, ya’ni diplomatik va iqtisodiy

aloqalarda namoyon bo‘ladi. Biroq bu manfaatlar ham sof moddiy mazmunga ega emas, balki
islomiy ideologiya bilan uyg‘unlashgan holda qayta talqin qilinadi. Imom Xomeyniy
qarashlarida milliy manfaat va milliy xavfsizlik bir-biridan ajralmagan tushunchalardir. Ikkalasi
ham islomiy ideologiyaga tayanadi va Eron tashqi siyosatini shakllantiruvchi asosiy ustunlardir.

Inqilobdan keyingi tashqi siyosatda “Na Sharqiy, na G‘arbiy” siyosati, Isroilga qarshi

kurash, mustaz’aflarni qo‘llab-quvvatlash, Eron-Iroq urushidagi qarashlar va inqilobni eksport
qilish siyosati — barchasi milliy manfaat va milliy xavfsizlikning ideologiya bilan
uyg‘unlashgan amaliy ko‘rinishlaridir. Natijada, Imom Xomeyniy tashqi siyosatida ideologiya,
realizm va oqilonalik uyg‘unlashib, Eron Islom Respublikasini xalqaro maydonda o‘ziga xos
o‘yinchiga aylantirdi. Imom Xomeyniy tashqi siyosati ideologiya, milliy xavfsizlik va milliy
manfaatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali shakllangan bo‘lib, bu yondashuv inqilobdan keyingi
Eronning xalqaro siyosiy mavqeini belgilab berdi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1.

ناضمر

ی

،

حورالله

(

۱۳۸۶

).

بوچراچ

ی

لحت

یل

ی

ارب

ی

سررب

ی

س

ی

تسا

جراخ

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

.

نارهت

:

رشن

ن

ی

.

2.

س

ی

ف هداز،

س

ی

د

سح

ی

ن

(

۱۳۸۲

).

نابم

ی

و

لدم اه

ی

مصت

ی

م

گ

ی

ر

ی

رد

س

ی

تسا

جراخ

ی

.

نارهت

:

زکرم

پاچ

و

تاراشتنا

ترازو

روما

هجراخ

.

3.

ش

ی

خ

ملاسلاا

ی

،

نسحدمحم

و

مطاف

ی

ردص،

ما

ی

ر

(

۱۳۹۲

). «

د

ی

ساملپ

ی

مومع

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

رد

نانبل

».

همانلصف

شهوژپ اه

ی

ناهج

ملاسا،

لاس

موس،

هرامش

۴،

صص

۴۹

۷۴

.


background image

432

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

4.

ارغ

ی

قا

دنز

ی ،

دوواد

(

۱۳۹۴

). «

ملاسا

و

طباور

بی

ن للملا

:

ور

ی

درک

تسه

ی

تخانش

ی

».

همانلصف

شهوژپ اه

ی

ناهج

ملاسا،

لاس

مجنپ،

هرامش

۴،

صص

۱۱۳

۱۳۶

.

5.

رهطم

ی

،

ضترم

ی

(

۱۳۷۷

).

ناسنا

و

ای

نام

.

نارهت

:

تاراشتنا

اردص

.

6.

رهطم

ی

،

ضترم

ی

(

۱۳۷۷

).

انشآ

یی

اب

نآرق

.

نارهت

:

تاراشتنا

اردص

.

7.

رظن

ی

،

لع

ی فرشا

و

ربنق

ی

،

نامقل

(

۱۳۹۳

). «

فاکش اه

ی

گنهرف

ی

و

تاعزانم

ای

ژولوئد

ی

ک

رد

اهروشک

ی

برع

مرواخ

ی

هنا

اب

کأت

ی

د

رب

تلاوحت

س

ی

سا

ی

۲۰۱۰

۲۰۱۴

».

8.

مظاک

ی

،

سح

ی

ن

(

۱۳۹۰

).

س

ی

تسا

جراخ

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

:

نابم

ی

و

لوصا

.

نارهت

:

هاگشهوژپ

مولع

ناسنا

ی

و

تاعلاطم

گنهرف

ی

.

9.

شب

ی

ر

ی

ه

،

سح

ی

ن

(

۱۳۸۰

).

تردق،

عورشم

ی

ت

و

ای

ژولوئد

ی

رد

روهمج

ی

ملاسا

ی

.

نارهت

:

رشن

ن

ی

.

10.

وسوم

ی

،

اضردمحم

(

۱۳۹۵

). «

شلاچ اه

ی

نما

یت

ی

ای

نار

رد

مرواخ

ی

هنا

سپ

زا

راهب

برع

ی

».

همانلصف

تاعلاطم

دربهار

ی

.

لاس

مهدزون،

هرامش

۲،

صص

۸۹

۱۲۰

.

11.

هرهچشوخ،

للاج دلا

ی

ن

(

۱۳۸۷

).

لپوئژ

یت

ی

ک

ش

ی

هع

و

س

ی

تسا

جراخ

ی

ای

نار

.

مق

:

ناتسوب

باتک

.

12.

راختفا

ی

،

رغصا

(

۱۳۹۲

).

س

ی

تسا

جراخ

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

رد

وترپ

رظن

ی

ه

اه

ی

طباور

بی

ن للملا

.

نارهت

:

هاگشناد

هملاع

ابطابط

یی

.

13.

قتم

ی ،

هاربا

ی

م

(

۱۳۸۹

). «

س

ی

تسا

جراخ

ی

ای

نار

و

موهفم

هنزاوم

دهت

ی

د

».

همانلصف

س

ی

تسا

جراخ

ی

.

لاس

بی

تس

و

مراهچ،

هرامش

۱،

صص

۲۵

۵۸

.

14.

روپداجس،

س

ی

د

لوسر

(

۱۳۷۸

).

لوصا

و

نابم

ی

س

ی

تسا

جراخ

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

.

نارهت

:

زکرم

قحت

ی

تاق

ژتارتسا

ی

ک

.

15.

رکاذ

ی

نا

،

اللهرصن

(

۱۳۹۱

).

نما

ی

ت

لم

ی

و

س

ی

تسا

جراخ

ی

روهمج

ی

ملاسا

ی

ای

نار

.

نارهت

:

رشن

سموق

.

16.

Berger, M. (2010), Realign and Islamic in Contemporary International Relations,
Clingendeal Diplomacy Papers, Netherlands Institute of International Relations, , No. 27,
pp. 1-38.

17.

Halliday, F. (2005), the Middle East in International Relations; Power, Politics and
Ideology, Cambridge: Cambridge University Press.

18.

Hunter, S.T. (2010), Iran's Foreign Policy in the post-Soviet era, Santa Barbara: Praeger.

19.

Mannheim, K. (1971), the Ideology and Sociological Interpretation of Intellectual
Phenomena, New York: Oxford University.

20.

Murray, W. (1999), the Making of Strategy: Rulers, States and War, Cambridge:
Cambridge University Press.

21.

Payne, R.J. (1995), The Clash with Distance Cultures, New York: State University Press.

22.

Rakel, E.P. (2007), ‘‘Iranian Foreign Policy since the Iranian Islamic Revolution: 1979-
2006’’, PGT6: pp.158-189.

References

، روحالله (۱۳۸۶). چارچوبی تحلیلی برای بررسی سیاست خارجی جمهوری اسلامی ایران. تهران: نشر نی.

سیفزاده، سید حسین (۱۳۸۲). مبانی و مدلهای تصمیمگیری در سیاست خارجی. تهران: مرکز چاپ و انتشارات وزارت امور خارجه.

شیخالاسلامی، محمدحسن و فاطمیصدر، امیر (۱۳۹۲). «دیپلماسی عمومی جمهوری اسلامی ایران در لبنان». فصلنامه پژوهشهای جهان اسلام، سال سوم، شماره ۴، صص ۴۹–۷۴.

غرایاقزندی، داوود (۱۳۹۴). «اسلام و روابط بینالملل: رویکرد هستیشناختی». فصلنامه پژوهشهای جهان اسلام، سال پنجم، شماره ۴، صص ۱۱۳–۱۳۶.

مطهری، مرتضی (۱۳۷۷). انسان و ایمان. تهران: انتشارات صدرا.

مطهری، مرتضی (۱۳۷۷). آشنایی با قرآن. تهران: انتشارات صدرا.

نظری، علیاشرف و قنبری، لقمان (۱۳۹۳). «شکافهای فرهنگی و منازعات ایدئولوژیک در کشورهای عرب خاورمیانه با تأکید بر تحولات سیاسی ۲۰۱۰–۲۰۱۴».

کاظمی، حسین (۱۳۹۰). سیاست خارجی جمهوری اسلامی ایران: مبانی و اصول. تهران: پژوهشگاه علوم انسانی و مطالعات فرهنگی.

بشیریه، حسین (۱۳۸۰). قدرت، مشروعیت و ایدئولوژی در جمهوری اسلامی. تهران: نشر نی.

موسوی، محمدرضا (۱۳۹۵). «چالشهای امنیتی ایران در خاورمیانه پس از بهار عربی». فصلنامه مطالعات راهبردی. سال نوزدهم، شماره ۲، صص ۸۹–۱۲۰.

خوشچهره، جلالالدین (۱۳۸۷). ژئوپلیتیک شیعه و سیاست خارجی ایران. قم: بوستان کتاب.

افتخاری، اصغر (۱۳۹۲). سیاست خارجی جمهوری اسلامی ایران در پرتو نظریههای روابط بینالملل. تهران: دانشگاه علامه طباطبایی.

متقی، ابراهیم (۱۳۸۹). «سیاست خارجی ایران و مفهوم موازنه تهدید». فصلنامه سیاست خارجی. سال بیست و چهارم، شماره ۱، صص ۲۵–۵۸.

سجادپور، سید رسول (۱۳۷۸). اصول و مبانی سیاست خارجی جمهوری اسلامی ایران. تهران: مرکز تحقیقات استراتژیک.

ذاکریان، نصرالله (۱۳۹۱). امنیت ملی و سیاست خارجی جمهوری اسلامی ایران. تهران: نشر قومس.

Berger, M. (2010), Realign and Islamic in Contemporary International Relations, Clingendeal Diplomacy Papers, Netherlands Institute of International Relations, , No. 27, pp. 1-38.

Halliday, F. (2005), the Middle East in International Relations; Power, Politics and Ideology, Cambridge: Cambridge University Press.

Hunter, S.T. (2010), Iran's Foreign Policy in the post-Soviet era, Santa Barbara: Praeger.

Mannheim, K. (1971), the Ideology and Sociological Interpretation of Intellectual Phenomena, New York: Oxford University.

Murray, W. (1999), the Making of Strategy: Rulers, States and War, Cambridge: Cambridge University Press.

Payne, R.J. (1995), The Clash with Distance Cultures, New York: State University Press.

Rakel, E.P. (2007), ‘‘Iranian Foreign Policy since the Iranian Islamic Revolution: 1979- 2006’’, PGT6: pp.158-189.