ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
360
AFG‘ONISTON - POKISTON MUNOSABATLARIDA XAVFSIZLIK DILEMMASI
Sultonboyev Asadbek Ulug‘jon o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17009371
Annotatsiya.
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar uzoq yillardan beri
murakkabdir. Bu holatning ildizi Afg‘onistonning Dyurand chizig‘ini ikki davlat o‘rtasidagi
rasmiy xalqaro chegara sifatida tan olmasligi va u orqali Pokiston hududlariga nisbatan
hududiy da’volarida yotadi. Ushbu xavfsizlik dilemmasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, ikki davlat
o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy omillar ta’sirida turli ko‘rinishlarga
ega bo‘ldi.
Siyosiy va xavfsizlik bilan bog‘liq voqealar har ikki davlatning bir-birining ichki
ishlariga aralashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. Afg‘onistonning ‘‘Pashtuniston’’
g‘oyasini ilgari surishi, Hindiston bilan aloqalarni rivojlantirishi va Pokistondagi ‘‘Tehrik-i-
Talibon Pokiston’’ (TTP) harakatini qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro munosabatlarni og‘irlashtirdi.
Pokiston esa Muhammad Dovudxonning ichki ishlariga aralashishga harakat qildi.
AQSHning Afg‘onistonga bostirib kirishi davrida AQSH bilan hamkorlik qildi.
Ushbu maqola Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi uzoq yillik xavfsizlik dilemmasining
rivojlanishi va u bilan bog‘liq omillarni batafsil yoritib, ularning ikki davlat o‘rtasidagi
barqaror hamkorlik imkoniyatlarini qanday to‘sib qo‘yganini tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
xavfsizlik dilemmasi, Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari, Dyurand
chizig‘i, Tolibon harkati, Pashtuniston harakati, Tehrik-i talibon Pokiston (TTP).
THE SECURITY DILEMMA IN AFGHANISTAN – PAKISTAN RELATIONS
Annotation.
Relations between Afghanistan and Pakistan have been complex for many
years. The main cause of this situation is that the Durand Line of Afghanistan is not recognized
as the official international border between the two countries, leading to territorial disputes on
Pakistan's borders. This security dilemma has evolved over time, affected by bilateral relations
and regional issues between the two countries. Events related to politics and security have
increasingly intertwined with each other's internal affairs. Afghanistan’s pursuit of the
‘‘Pashtunistan’’ idea, its development of relations with India, and support for the Tehrik-i-
Taliban Pakistan (TTP) have strained bilateral relations. On the other hand, Pakistan has
interfered in Afghanistan's internal affairs by engaging with Muhammad Daoud Khan. During
the period of the U.S. invasion of Afghanistan, Pakistan collaborated with the U.S. too.
This article elaborates on the development of the long-standing security dilemma between
Afghanistan and Pakistan and analyses the issues related to it, highlighting how they have
affected the stable partnership opportunities between the two countries.
Key words:
security dilemma, Afghanistan-Pakistan relations, Durand Line, Taliban
movement, Pashtunistan movement, Tehrik-i-Taliban Pakistan (TTP).
ДИЛЛЕМА БЕЗОПАСНОСТИ А АФГАНО – ПАКИСТАНСКИХ ОТНОШЕНИЯХ
Аннотация.
Отношения между Афганистаном и Пакистаном уже много лет
являются сложными. Корень этой ситуации заключается в непризнании Афганистаном
линии Дюранда в качестве официальной международной границы между двумя
государствами и, как следствие, в территориальных претензиях к пакистанским
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
361
территориям. Эта дилемма безопасности со временем менялась, принимая различные
формы под влиянием двусторонних отношений и региональных факторов. Политические
события и события в сфере безопасности были тесно связаны с вмешательством обеих
стран во внутренние дела друг друга. Продвижение Афганистаном идеи
‘‘Пуштунистана’’, развитие связей с Индией и поддержка пакистанского движения
‘‘Техрик-и-Талибан Пакистан’’ (ТТП) усугубили взаимоотношения. Пакистан, в свою
очередь, пытался вмешиваться во внутренние дела Мухаммеда Дауда Хана, а также
сотрудничал с США во время вторжения США в Афганистан.
В
данной статье подробно рассматривается эволюция многолетней дилеммы
безопасности между Афганистаном и Пакистаном и связанные с ней факторы,
анализируется, как они препятствуют возможностям стабильного сотрудничества
между двумя странами.
Ключевые слова:
дилемма безопасности, линия Дюранда, движение Талибан,
движение Пуштунистан, Техрик-и-Талибан Пакистан (ТТП)
KIRISH
Tarix davomida Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi murakkab munosabatlar doimo
ziddiyatlar va noaniqliklar bilan ajralib kelgan. Bu uzoq davom etayotgan qarama-qarshilikning
markazida ikki davlat o‘rtasida mavjud bo‘lgan xavfsizlik dilemmasi turadi. Ushbu dilemma ikki
tomonning umumiy chegarasiga nisbatan o‘zaro kelishmovchiliklarga asoslanadi. Bu nizo
markazida Afg‘onistonning 2,611 ming kilometr uzunlikdagi
Dyurand chizig‘ini
rasmiy
chegara sifatida tan olmaganligi yotadi. Pokistonning Afg‘oniston va Hindiston bilan hududiy
mojarolari 1947 yildagi mustaqillikka borib taqaladi. Ayniqsa, Afg‘onistonning Dyurand chizig‘i
va Pashtuniston bo‘yicha Pokiston bilan kelishmovchiligi natijasida Kobul Pokistonning BMTga
a’zo bo‘lishiga qarshi ovoz bergan. Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarni yaxshilash uchun Pokiston
Sovet Ittifoqiga qarshi Afg‘onistonda olib borilgan o‘n yillik urushda muhim rol o‘ynadi.
Chegara muammosi ayniqsa
2021-yilda
Tolibon jangarilari Pokiston armiyasi tomonidan
qurilayotgan chegara to‘siqlariga qarshi chiqqanida yanada kuchaydi.
Valker (2011)
o‘zining
muhim tadqiqotida ta’kidlaganidek, ‘‘Afg‘oniston-Pokiston chegarasi dunyodagi eng xavfli
chegara hududlaridan biridir. O‘zaro ishonchsizlikning hukmronligi va uning natijasi bo‘lgan
xavfsizlik dilemmasi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda hukmron mavqega ega bo‘lib, ularni
asosan xavfsizlik muammolari bilan cheklab kelmoqda va doimiy ziddiyatlarga sabab
bo‘lmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi — ushbu xavfsizlik muammosining vaqt o‘tishi
davomida qanday rivojlanganini va u ikki tomonlama aloqalarga qanday salbiy ta’sir
ko‘rsatganini tahlil qilishdir. Bu esa o‘z navbatida foydali hamkorlik istiqbollarini yo‘qqa
chiqarib, beqarorlikni kuchaytirgan’’.
1
Dyurand chizig‘ining kelib chiqishi
1893-yilga
borib taqaladi. O‘sha yili Afg‘oniston
amiri
Abdurahmonxon
(1880–1901 yillarda hukmronlik qilgan) va Britaniya Hindistonining
tashqi ishlar kotibi bo‘lgan
Mortimer Dyurand
(1884–1894) o‘rtasida shartnoma imzolangan.
1
hilip Walker, 'The World’s Most Dangerous Borders,'
Foreign Policy,
24 June 2011,
https://foreignpolicy.com/2011/06/24/the-worlds-most-dangerous-borders/
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
362
Bu kelishuv Afg‘oniston va keyinchalik Pokistonga aylangan hudud o‘rtasida chegara
chizig‘ini aniqlashni maqsad qilgan edi. Bu chiziq ikki tomonning vakillaridan iborat qo‘shma
komissiya tomonidan belgilangan. 1947-yilda Hindistonni tark etayotgan Britaniyadan
Afg‘oniston pashtun xalqiga o‘z mustaqil davlatini tuzish huquqini so‘ragan, biroq Britaniya
buni rad etdi. Bu voqeadan so‘ng Afg‘onistonda Pashtuniston mustaqilligi tarafdorlari paydo
bo‘ldi. Ular “Agar Britaniya Hindistoni Hindiston va Pokistonga bo‘linsa, unda pashtunlar uchun
ham alohida davlat tuzilishi kerak”, degan fikrni ilgari surishgan. Bu fikrlar Afg‘onistonning
Pokiston mustaqilligini tan olmasligiga va Dyurand chizig‘ini xalqaro chegara sifatida inkor
etishiga asos bo‘ldi.
Zeb (2013)ning fikricha, ‘‘Dyurand chizig‘i 1947-yilda, ya’ni Pokiston mustaqillikka
erishganida, xalqaro chegara sifatida e’tirof etilgan. Ammo Afg‘oniston bu da’voni qat’iyan rad
etdi va o‘z navbatida, Britaniya Hindistoni bilan oldingi chegaraviy muammolar hal bo‘lgan deb
hisoblaydi. Shunday qilib, Afg‘oniston hozirgi Balujiston va Hind daryosi atrofidagi pashtunlar
yashaydigan hududlarni o‘z chegarasiga qo‘shmoqchi. Ahmadshoh Durroniy davrida ushbu
hududlarni o‘z nazoratida ushlab turgan. Shu sababli, Afg‘oniston hali ham Dyurand chizig‘ini
rasmiy chegara sifatida tan olmaydi’’.
2
Pokiston mustaqil davlatga aylangach, bir qator chegara buzilishlari, Pokiston qishloqlari
va shaharlariga qilingan hujumlar, hamda Pokiston chegara postlariga qilingan hujumlar
kuzatildi.
Xususan,
1949-yil o‘rtalarida
Pokiston harbiy samolyoti
Afg‘onistonning Mughulgay
qishlog‘ini bombardimon qilgan.
3
Ushbu hodisani o‘rganish uchun qo‘shma komissiya tuzilib,
uni tasodif deb baholagan. Pokiston rasmiylari kompensatsiya taklif qilgan va muammo do‘stona
hal etilgan. Biroq, o‘sha yilning
iyun oyida
Afg‘oniston qiroli
Zohirshoh
(1933–1973 yillarda
hukmronlik qilgan) mamlakat parlamenti oldida chiqish qilib, Pokistonni keskin tanqid qilgan.
Bu chiqish ortidan Afg‘oniston parlamenti Britaniya Hindistoni bilan tuzilgan barcha oldingi
shartnomalarni bekor qilganini e’lon qilib,
Dyurand chizig‘ini rasmiy chegara sifatida qat’iy
rad etdi
.
NAZARIY ASOSLAR
Jon Herz
‘‘xavfsizlik dilemmasi’’ tushunchasini ilgari surgan va batafsil izohlagan.
4
Bu
tushuncha ko‘pincha
anarxik ijtimoiy tuzum
mavjud bo‘lgan muhitlarda, ya’ni tartibsiz,
markazlashmagan xalqaro tizimlarda paydo bo‘ladi. Bu holat insoniyat tarixida turli darajada
namoyon bo‘lgan.
Xavfsizlik dilemmasi
— bu muayyan shaxslar, guruhlar yoki ularning
rahbarlari o‘rtasida mavjud bo‘lib, ular doimo bir-birlaridan hujum, zabt etish, yo‘q qilish kabi
tahdidlar kutishadi.
2
Z
eb, R. (2013). Pakistan and Afghanistan, 2014 and beyond: Not friends, not yet enemies?
Journal of South Asian
Development
, 8(2), 165-183.
3
S
ultan M. Hali, 'Breaking the Myths of Pakistan Ruining Afghanistan,'
Pakistan Today
, 12 August 2016,
https://www.pakistantoday.com.pk/2016/08/12/breaking-the-myths-of-pakistan-ruining
afghanistan/#:~:text=In%20June%201949%2C%20while%20pursuing,Moghulga i%20on%20the%20Waziristan%20border.
4
John H. Herz, 'Idealist Internationalism and the Security Dilemma,'
World
Politics,
Vol
.
2, No. 2, 1950: pp. 157-180, accessed
19 February 2023,
h
ttps://www.cambridge.org/core/product/identifier/S0043887100000253/type/jou rnal_article; John H. Herz,
'The Security Dilemma in International Relations:
Background and Present Problems,'
International Relations,
Vol
.
17, No. 4,
2003, pp. 411-416, accessed 19 February 2023, http://journals.sagepub.com/doi/10.1177/0047117803174001
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
363
Bunday tahdidlarga qarshi o‘zini himoya qilish maqsadida har bir tomon kuch yig‘ishga,
o‘z qudratini oshirishga intiladi.
5
Bu esa, o‘z navbatida
qurollanish poygasini
yuzaga keltiradi.
Herz bu holatni xalqaro tizimdagi
suveren davlatlar
o‘rtasida muqarrar bo‘lgan vaziyat
sifatida ko‘radi. Bu dilemmada davlatlar kuch yig‘ish orqali o‘z xavfsizligini mustahkamlashga
urinadilar, ammo ayni harakat boshqa davlatlar tomonidan tahdid sifatida qabul qilinadi.
Robert Jervis
ushbu nazariyani yanada mukammalroq o‘rgangan.
6
Unga ko‘ra, ‘‘Bir
davlat o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida mudofaa tizimi kuchaytirishga urunishi, boshqa
davlatlar uchun xavf deb qaraladi. Hatto tinch niyatdagi davlatlar ham boshqalarning maqsadini
aniqlay olmasligi sababli, har ehtimolga qarshi harakat qiladilar.’’. Shu boisdan, har bir davlat
o‘z armiyasini himoya uchun kuchaytiradi. Ammo hech bir davlat boshqalar kuch
yig‘ayotganining faqat himoya uchun ekanligiga ishonchi komil emas. Natijada, ular uni hujum
tahdidi deb qabul qiladi. Bu esa har tomonlama
qurollanish musobaqasini
kuchaytiradi. Har
tomon kuch yig‘ib boraveradi, lekin umumiy xavfsizlik darajasi baribir oldingi holatdan farq
qilmaydi, faqat xavf, xarajat va ishonchsizlik ortadi.
7
Shuningdek, nazariyaga ko‘ra, davlatlar o‘z
xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashishi ham zarur
deb biladilar.
Bu holat, ayniqsa, davlatlar o‘rtasidagi tashqi va ichki siyosat chiziqlari noaniq bo‘lgan
hollarda yuz beradi.
8
AFG‘ONISTON–POKISTON O‘RTASIDAGI XAVFSIZLIK DILEMMASI
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik dilemmasi mavjud bo‘lib, bu ikki davlatning
bir-birining ichki ishlariga aralashuvi bilan murakkab tus olgan. Har ikki davlat bir-birining
siyosiy muammolariga bevosita yoki bilvosita aralashib kelgan. Bu esa o‘z navbatida
ishonchsizlik, tahdid hissi va xavfsizlikni ta’minlash uchun qurollanishga olib keladi. 1970-
yillarda Afg‘oniston
Balujiston millatchilarining isyoni
boshlanganida, taxminan 30 000 nafar
Marri Baluj qabilasi a’zolari
Pokistondan qochib Afg‘onistonda boshpana topgan. Shu bilan
birga, Pokiston Afg‘oniston ichidagi
islomiy kuchlar
ni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bu
harakatlar Afg‘oniston prezidenti
Muhammad Dovudxon
ning dunyoviy va etno-milliy
siyosatiga qarshi bo‘lgan.
9
Pokiston tomonidan qo‘llab-quvvatlangan
Ahmadshoh Mas’ud
va
Gulbiddin
Hikmatyor
1975-yilda isyon ko‘tarishga urinishgan. Bu isyon muvaffaqiyatsizlikka uchragan
bo‘lsa-da, Islomobod ularga harbiy boshpana bergan.
10
Glaser
nazariyasiga ko‘ra, xavfsizlik
dilemmasi vaqt va makonga qarab turlicha ko‘rinish oladi.
11
5
John H. Herz, 'Idealist Internationalism and the Security Dilemma,' p. 157.
6
Robert Jervis, 'Co-operation under the Security Dilemma,'
World Politics,
Vol
.
30,
No.
2,
January
1978,
pp.
167
214,
accessed
19
February
2023,
https://www.cambridge.org/core/product/identifier/S0043887100016191/type/journal_article
7
Glenn H. Snyder, 'The Security Dilemma in Alliance Politics,'
World Politics,
Vol. 36, No. 4, July 1984, pp.
461-495
9
B
arnett R. Rubin and Abubakar Siddique,
Resolving the Pakistan-Afghanistan
Stalemate
, Special Report 176
(United States Institute of Peace, October 2006), p. 8.
11
Charles L. Glaser, 'The Security Dilemma Revisited,'
World Politics,
Vol. 50,
No. 1, October 1997, pp. 171-
201, https://muse.jhu.edu/article/36388, accessed 19 February 2023.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
364
Bu holat Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarida ham kuzatiladi. Har ikki davlat harbiy
salohiyatining o‘zgarishiga qarab, ishonchsizlik darajasi ham ortib borgan.
Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, xavfsizlik dilemmasi quyidagi asosiy bosqichlarda
shakllangan:
1.
Durand chizig‘ining rad etilishi va hududiy da’volar
2.
Afg‘onistonning "Pashtuniston" loyihasini ilgari surishi
3.
Sovuq urush dinamikasi va blok siyosati
4.
Pokistonning afg‘on fuqarolar urushidagi ishtiroki
5.
Hindistonning Afg‘onistondagi doimiy ta’siri
6.
Afg‘on va Pokiston Tolibonining paydo bo‘lishi va harakatlari
Bu bosqichlarning har biri xavfsizlik dilemmasini chuqurlashtirib, Afg‘oniston va
Pokiston o‘rtasidagi ishonchsizlikni mustahkamlab bordi.
DYURAND CHIZIG‘INING RAD ETILISHI VA HUDUDIY DA’VOLAR
Xavfsizlik dilemmasi nazariyasiga ko‘ra, ishonchsizlik uning markazidir. Bu holat
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi aloqalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Afg‘onistonning
Dyurand chizig‘ini tan olmasligi ushbu ishonchsizlikning asosiy sabablaridan biridir.1947-yilda
Pokiston mustaqillikka erishgach, Afg‘oniston BMTda Pokistonni a’zolikka qabul qilishni rad
etgan yagona davlat bo‘ldi. Bu harakat ikki davlat o‘rtasidagi chuqur qarama-qarshilikka zamin
yaratdi.
Pokiston
Dovudxon
davrida
(1973–1978)
Afg‘onistonning harbiy qudratini
oshirayotganini xavf sifatida qabul qildi, chunki bu kengayish Pokiston hududiga tahdid sifatida
ko‘rilgan. Islomobod Afg‘onistonni harbiy hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgandek qabul qildi.
Xalqaro munosabatlarda shunday holatlar bo‘ladiki, bir davlat (masalan, A) boshqa
davlatga (masalan, B) harbiy da’vo qilishni rejalashtirsa, u holatda harbiy kuch ishlatish ehtimoli
paydo bo‘ladi. Ayniqsa, agar davlat A B davlatining hududlariga da’vo qilayotgan bo‘lsa, B bu
harakatni bevosita tahdid deb qabul qiladi va o‘zini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi.
Bu holat aynan Afg‘oniston va Pokiston misolida kuzatilgan. Agar bir davlat boshqa
davlat hududiga nisbatan da’vo bildirsa, bu holat o‘zaro ishonch va diplomatik muloqotni yo‘qqa
chiqaradi. Shunday sharoitda strategik hamkorlik deyarli mumkin emas va do‘stona
munosabatlar yo‘qoladi. Aksincha, bu ochiq dushmanlikka aylanishi mumkin. Pokiston uchun bu
ayniqsa og‘ir, chunki u allaqachon Hindiston bilan
Kashmir
muammosi tufayli uzoq yillik
tashqi siyosiy bosim ostida turibdi. Afg‘oniston esa Dyurand chizig‘ini tan olmay, unga nisbatan
hududiy da’volarni davom ettirgan.
Omroni (2009) ta’kidlashicha,
12
‘‘Afg‘oniston o‘zining Pastunistonni tashkil etish
urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Pokistonga qarshi qo‘zg‘olon uyushtirdi. Bu harakat
Hindiston va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Mirzalixon ismli pashtun qabilasi
yetakchisini mustaqil Pastuniston tarafdori sifatida Pokistonni zaiflashtirishga uringan. Pokiston
mustaqilligini tan olishdan bosh tortgan Afg‘oniston bilan 1947-yildan beri munosabatlar
nihoyatda murakkab tus oldi.’’ Pokiston mustaqillikka erishgach, Afg‘oniston bilan yaxshi
munosabatlar o‘rnatmoqchi bo‘ldi.
12
omrani, B. (2009). The Durand Line: History and problems of the Afghan–Pakistan border.
Asian Affairs
, 40(2),
177- 195.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
365
Hatto 1948-yil 1-may kuni Afg‘onistonga elchi etib I. I. Chundrigar tayinlandi va “Jashn-
e-Azodiy” bayramiga Pokistondan rasmiy delegatsiya jo‘natildi. Pokiston shuningdek, ishonchni
tiklash maqsadida qabilaviy hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqdi, lekin Afg‘oniston bunga
salbiy munosabat bildirdi. Afg‘oniston hukumati Pokistonga qarshi propagandani davom ettirdi.
Parlamentda qirolning nutqlari, pashtunlar uchun parlament tuzish, hatto Pokistonga
qarshi qurolli kuchlar tayyorlandi. 1949-yilda Mirzalixon faoliyati sababli ikki davlat o‘rtasida
keskinlik kuchaydi. Pokiston havo kuchlari Afg‘oniston tomonidan qo‘llab-quvvatlangan
qo‘zg‘olonchilar lagerlariga zarba berdi. Elchilar chaqirib olindi, va 1951-yilda afg‘on fuqarosi
Said Akbarxon tomonidan Pokiston Bosh vaziri Liaqat Alixon o‘ldirilganidan so‘ng, vaziyat
battar keskinlashdi.
1952-yilda Afg‘on hukumati Balujiston Afg‘onistonga tegishli deb e’lon qildi. Bu harakat
diplomatik aloqalarni uzdi. 1953-yilda Sardar Dad qirol Zohirshohni ag‘darib hokimiyatni
egalladi va Pashtuniston harakatini qo‘lladi. AQShning Pokistonga harbiy yordam ko‘rsatish
qaroriga Afg‘oniston va Hindiston qarshi chiqdi. 1954–1955 yillarda Pokiston SEATO va
CENTOga qo‘shildi, bu esa Afg‘onistonni xavotirga soldi.
13
1954-yil 22-noyabrda Pokiston Bosh vaziri Muhammad Ali Bog‘ra “One Unit Initiative”
loyihasini e’lon qildi. Bu rejaga ko‘ra, Pokistonning g‘arbiy hududlari yagona viloyatga
aylantiriladi. Afg‘oniston bu qarorni keskin tanqid qildi va hatto Pokiston elchixonasiga
hujumlar sodir etildi. Pokiston ham javoban Afg‘on elchixonasiga hujum qildi va Afg‘on
importlariga cheklov kiritdi. Shunday bo‘lsa-da, 1955-yilga kelib ikki tomonlama munosabatlar
yana biroz yaxshilandi.
14
1956-yilda Pokiston prezidenti Iskandar Mirzo Afg‘onistonga
tarixiy tashrif buyurdi. 1957-yilda esa Bosh vazir Husayn Shohid Suhrovardiy ham tashrif
buyurdi. Bu tashriflar Afg‘oniston-Pokiston munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1958-yilda
qirol Zohirshoh Pokistonga tashrif buyurdi. 1949–1961-yillarda ikki davlat o‘rtasidagi
munosabatlar nisbatan yaxshilangan edi.
15
Ammo 1961-yilda Afg‘oniston yana Dyurand chizig‘i bo‘yicha hujumlarini davom
ettirdi. Elchixonalar yopildi va Afg‘oniston tranzit savdoni to‘xtatib, Sovet Ittifoqi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo olib bora boshladi. 1960-yildagi U-2 hodisasi sabab Sovetlar
Afg‘oniston tomonida bo‘ldi.
16
Pokiston har safar Dyurand chizig‘ida xavf sezsa, Afg‘onistonning harbiy qudratini
pasaytirishga yoki o‘z xavfsizligini mustahkamlashga uringan. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi
ishonchsizlik va xavfsizlik dilemmasini yanada chuqurlashtirdi.
AFG‘ONISTONNING “PASHTUNISTON” HARAKATI
13
Qassem, A. S. (2007). Afghanistan-Pakistan relations: Border controversies as counter-terrorist impediments.
Australian Journal of International Affairs
, 61(1), 65-80.
14
Khurshid Mahmud Kasuri,
Neither a Hawk nor a Dove: An Insider’s Account of Pakistan’s Foreign Policy
(Penguin Books,
2015), p. 280.
15
R
ais, R. B. (2019). Geopolitics on the Pakistan-Afghanistan borderland: An overview of different historical
phases.
Geopolitics
, 24(2), 284-307
16
Ross, G. & Vassefi, T. (2015).
Violent Nonstate Actors in the Afghanistan-Pakistan Relationship: Historical
Context
and Future Prospects
, chapter 11 book Pakistan’s Enduring Challenges. University of
Pennsylvania Press.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
366
Afg‘oniston hukumati 1947-yilda Pokiston tashkil topganidan so‘ng “Pashtuniston”
masalasini ilgari surishni boshlab yubordi. Bu tashabbus avvaliga diplomatik savol shaklida
bildirildi. Afg‘oniston Pokistonda yashovchi etnik pashtunlar taqdiriga oid referendum o‘tkazish
kerakligini taklif qildi.
Afg‘onistonga ko‘ra, Hindistondan ajralish bo‘yicha 1947-yilda o‘tkazilgan
referendumda Pokiston tarkibiga qo‘shilish yoki Hindiston bilan qolish variantlari bo‘lgan,
ammo pashtunlar uchun
mustaqil davlat (Pashtuniston)
tuzish varianti taklif etilmagan.
Afg‘oniston nazarida bu – nohaqlik edi.
Bu g‘oya Afg‘oniston siyosatida o‘ziga xos
milliy mafkuraga
aylana boshladi.
“Pashtuniston” tushunchasi hukumat bayonotlarida va rasmiy chiqishlarda takroran tilga olinar
edi.
Pokiston hukumati “Pashtuniston” loyihasini o‘zining hududiy yaxlitligiga qarshi urinish
sifatida baholadi. U bu g‘oyani Afg‘oniston tomonidan “yumshoq hujum” va ichki ishlariga
aralashuv deb qabul qildi. Bundan tashqari, Pokiston, ayniqsa Balujiston hududida etnik
bo‘linishlarni oldini olish uchun o‘zining milliy yaxlitlik siyosatini kuchaytirdi. Shuni ta’kidlash
kerakki, Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasida etnik pashtunlar juda katta sonni tashkil qiladi va
ular ikki davlat o‘rtasida taqsimlangan. Tolibonning asosiy hukumati ham aynan pashtunlar
orasidan chiqqan. Tolibon harakati paydo bo‘lganida, u ‘
‘Pashtuniston’’ g‘oyasidan yiroq
turgan
, ammo Pokiston Tolibonni qo‘llab-quvvatlash orqali Afg‘oniston siyosatiga ta’sir
ko‘rsatishga harakat qilgan. “Pashtuniston” faqat tashqi siyosat elementi bo‘lib qolmadi.
U Afg‘oniston siyosiy elitasining mafkuraviy asosi sifatida ham shakllandi. Pokiston
hukumati esa buni o‘ziga qarshi xavf sifatida baholadi va Afg‘oniston ichki siyosatiga aralashuv
orqali javob qaytardi.
TEHRIK-I-TALIBON POKISTON (TTP) TAHDIDI
Tehrik-i-Talibon Pokiston (TTP)
— bu Pokiston ichkarisida faoliyat yurituvchi qurolli
ekstremistik harakat bo‘lib, u 2007-yilda tashkil etilgan. Harakat asosan Afg‘oniston bilan
chegaradosh ‘‘Federal Qabila Hududlari’’da (FATA) faol bo‘lgan. TTPning asosiy maqsadi —
Pokiston davlatiga qarshi “islomiy davlat” tuzish va mamlakatni shariat qonunlari asosida
boshqarishga majbur qilishdir. TTP va Afg‘oniston Toliboni bir-biridan farq qiladigan
tashkilotlar bo‘lsa-da, ularni umumiy ideologik qarashlari, mafkura va tarmoqlari birlashtirib
turadi. Har ikki guruh quyidagi g‘oyalarni umumlashtiradi.
1. Pashtun millatiga mansub jangarilarni o‘z safiga tortadi;
2. AQSh va G‘arb davlatlariga dushmanlik ruhida birlashadi;
3. Zamonaviy milliy davlatlar konsepsiyasini rad etadi.
TTP o‘z faoliyati davomida
harbiy va tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirdi, maktab,
kasalxona, harbiy baza va politsiya punktlariga qarshi teraktlar sodir etdi, 2014-yilning dekabr
oyida Pokistondagi
Peshovar harbiy maktabiga hujum
qilib, 132 nafar maktab o‘quvchisini
o‘ldirdi (bu TTPning eng shafqatsiz hujumi sifatida esda qolgan).
Pokiston hukumati TTP yetakchilarining ko‘pchiligi
Afg‘oniston hududida, xususan
Nangarhor va Kunar viloyatlarida yashirinayotganini
da’vo qiladi. Bu esa Pokiston -
Afg‘oniston aloqalarida yana bir ziddiyatli nuqtani keltirib chiqardi. Pokiston Afg‘oniston
hukumati, ayniqsa Tolibon rejimi TTPga boshpana berayotganini tanqid qilib keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
367
Afg‘oniston esa bu ayblovlarni rad etadi yoki sukut saqlaydi. Bu holat xavfsizlik
dilemmasi nazariyasini to‘liq tasdiqlaydi. Har ikki tomon bir-birining hududida mavjud bo‘lgan
tahdidni yo‘qotish o‘rniga, unga javoban himoya vositalarini oshiradi. Bu esa ishonchsizlikni
chuqurlashtiradi va muloqot imkoniyatlarini kamaytiradi. Harbiy choralar avj olib, tinchlik
diplomatiyasi yo‘qoladi.
Pokiston nazarida Afg‘onistondagi Tolibon hukumati agar chinakam hamkor bo‘lishni
istasa, TTPni yo‘q qilishda faol qatnashishi lozim. Ammo Tolibon buni qilishni istamayotgani,
ehtimol ideologik yaqinlik yoki qarindoshlik asosida, Pokistonda xavfsizlik tahdidining davom
etishiga olib kelmoqda.
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik dilemmasi asosan
Dyurand chizig‘i
atrofidagi kelishmovchiliklar,
hududiy da’volar
, va bir-birining ichki ishlariga aralashuvlar
natijasida yuzaga kelgan.
Ushbu dilemma faqat tarixiy ziddiyatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki
Pashtuniston
g‘oyasi,
Hindiston-Afg‘oniston yaqinligi, TTP tahdidi va Tolibonning siyosiy roli
orqali
zamonaviy ko‘rinishlar olgan.
Bu holatlar ikki tomonlama ishonchsizlikni yanada kuchaytirgan va diplomatik muloqot
imkoniyatlarini susaytirgan. Har ikki davlat o‘zini xavfsiz his qilmagani sababli harbiy
harakatlarni kuchaytirib, bu orqali xavfsizlik darajasini oshirmoqchi bo‘lgan. Ammo bu
harakatlar o‘zaro tahdid sifatida qabul qilingan va natijada
xavfsizlik darajasi emas, balki xavf
ortgan
.
Bu jarayon davomida Afg‘oniston Hindiston bilan yaqinlashgan, Pokiston esa Tolibon
harakati orqali Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazishga urinib kelgan.Ammo oxir-oqibat Tolibon ustidan
nazoratni ham boy bergan. Tehrik-i-Talibon Pokiston (TTP) esa Pokiston ichkarisida kuchli
xavfsizlik tahdidiga aylangan.
Shunday qilib, xavfsizlik dilemmasi vaqt o‘tishi bilan
ko‘p qirrali va murakkab
shakl
kasb etgan. Bu holat barqaror va ijobiy ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishiga
to‘sqinlik qilmoqda.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi
munosabatlar tarix davomida xavfsizlik dilemmasi ta'sirida shakllangan. Afg'onistonning
Dyurand chizig'ini tan olmasligi va "Pashtuniston" loyihasini ilgari surishi Pokiston tomonidan
bevosita tahdid sifatida qabul qilingan. Bu o'z navbatida ikki davlat o'rtasida doimiy
ishonchsizlikni keltirib chiqargan va ularning bir-birining ichki ishlariga aralashuviga sabab
bo'lgan. Sovuq urush davridagi blok siyosati, Pokistonning Afg'oniston fuqarolar urushidagi
ishtiroki, Hindistonning Afg'onistondagi ta'siri va Tolibon harakatining paydo bo'lishi kabi
omillar xavfsizlik dilemmasini yanada chuqurlashtirgan.
Natijada, Afg'oniston va Pokiston o'rtasida barqaror hamkorlik o'rnatish qiyinlashgan va
mintaqaviy beqarorlik kuchaygan. O'zaro ishonchni tiklash, chegara masalasini hal qilish va
terrorizmga qarshi birgalikda kurashish ushbu xavfsizlik dilemmasini bartaraf etish uchun
zaruriy shartlardir. Aks holda, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar kelajakda ham keskinligicha
qolishi va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
368
Ushbu muammoni hal qilish uchun Afg'oniston va Pokiston hukumatlari o'zaro hurmat va
manfaatdorlik asosida konstruktiv muloqotga kirishishlari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar esa
ushbu jarayonga ko'maklashishlari lozim. Faqat shunday yondashuv orqali ikki davlat o'rtasida
uzoq muddatli barqarorlik va hamkorlikni ta'minlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Herz, J. H. (1950).
Idealist Internationalism and the Security Dilemma
. World Politics.
2.
Glaser, C. L. (1997).
The Security Dilemma Revisited
. World Politics.
3.
Riedel, B. (2008).
Pakistan and Terror: The Eye of the Storm
.
4.
Rashid, A. (2000).
Taliban: Militant Islam, Oil and Fundamentalism in Central Asia
.
5.
Weinbaum, M. G. (2006).
Pakistan and Afghanistan: The Strategic Relationship
.
6.
Latif, A. (2018, 9 March). Key trade route between Pakistan, Afghanistan reopens.
Anadolu Agency
. Retrieved from
https://www.aa.com.tr/en/asia-pacific/key-trade-route-
between-pakistan-afghanistanreopens/1084253
7.
McNabb, E. D. (2005).
Research Methods for Political Science Quantitative and
Qualitative Methods.
Prentice Hall of India, New Delhi.
8.
Miankhel, A. K. (2015). Channelizing Afghanistan to Pakistan informal trade into
formal channels.
International Food Research Institute.
Retrieved from
http://ebrary.ifpri.org/utils/getfile/collection/p15738coll2/id/130321/filename/130532.pdf
9.
Neuman, W. (2012).
Basics of Social Research
. (3rd Ed.) Boston: Pearson/Allyn and
Bacon.
10.
Omrani, B. (2009). The Durand Line: History and problems of the Afghan–Pakistan
border.
Asian Affairs
, 40(2), 177- 195.
11.
Qassem, A. S. (2007). Afghanistan-Pakistan relations: Border controversies as counter-
terrorist impediments.
Australian Journal of International Affairs
, 61(1), 65-80.
12.
Rais, R. B. (2019). Geopolitics on the Pakistan-Afghanistan borderland: An overview of
different historical phases.
Geopolitics
, 24(2), 284-307.
13.
Ross, G. & Vassefi, T. (2015).
Violent Nonstate Actors in the Afghanistan-Pakistan
Relationship: Historical Context and Future Prospects
, chapter 11 book Pakistan’s
Enduring Challenges. University of Pennsylvania Press.
14.
Taye, S., & Ahmed, Z. S. (2021). Dynamics of trust and mistrust in the Afghanistan-
Pakistan Relationship.
Asian Studies Review
, 45(4), 557-575.
15.
Usman, T., & Khan, M. M. (2017). Pak-Afghan relations (2001-2017): A prisoner’s
dilemma analysis.
Strategic Studies
, 37(1), 1-17.
16.
Zeb, R. (2013). Pakistan and Afghanistan, 2014 and beyond: Not friends, not yet
enemies?
Journal of South Asian Development
, 8(2), 165-183.
17.
Zingel, W. P. (2014). The economics of Pakistan-Afghanistan relations: Implications for
the region.
India Quarterly
, 70(1), 1-14
