ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
430
TOLERANTLIKNING YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDAGI
AHAMIYATI
Salimova Sevara Asqar qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17443889
Annotatsiya.
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak bilim va salohiyatli
etib tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish muhim vazifalardan
hisoblanadi. Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish, mafkuraviy yot g’oyalardan asrash,
ularni bag’rikenglik asoslarida hayotga tayyorlashda tolerantlik muhim ahamiyat kasb etishi va
tolerantlik shakllanishining bir qancha omillari maqolada yoritiladi.
Tayanch so’zlar:
Tolerantlik, tafakkur, tarbiya, qadriyatlar, oila, ta’lim.
ЗНАЧЕНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ В ФОРМИРОВАНИИ МЫШЛЕНИЯ
МОЛОДЕЖИ
Аннотация.
Сегодня одна из важных задач -воспитать молодых людей во всех
отношениях зрелыми, высокообразованными и способными, развить их в духе
общечеловеческих ценностей. В статье подчеркивается важность толерантности в
формировании толерантного мышления у молодежи, защиты от идеологических
чужеродных идей, подготовки их к жизни на основе толерантности, а также ряда
факторов формирования толерантности.
Ключевые слова:
толерантность, мышления, оброзование, ценности, семья.
THE IMPORTANCE OF TOLERANCE IN FORMING THE THINKING OF YOUTH
Annotation.
Today, one of the important tasks is to bring up young people in all respects
mature, highly educated and capable, to develop them in the spirit of universal values. The
article highlights the importance of tolerance in the formation of tolerant thinking in young
people, protection from ideological alien ideas, preparing them for life on the basis of tolerance,
and a number of factors in the formation of tolerance.
Keys words:
tolerance, thoughts, education, values, family
O’zbeklar azal–azaldan o’zida tolerantlik tuyg’ulariga boy millat hisoblanadi. Tolerantlik
bizda umumiy ma’noda “bag’rikenglik” deb qabul qilingan. Tolerantlik o’zida bir necha milliy
va umumbashariy ahloqiy normalar va estetik qadriyatlarni, shuningdek ijtimoiy dolzarb
tushunchalarni mujassam etadi. Shu bois tolerantlikni ko’p qirrali ijtimoiy-psixologik kategoriya
sifatida talqin qilinadi. Bugungi kunda tolerantlik nafaqat bizda balki, butun dunyoda muhim
ahamiyat kasb etadigan fenomen desak mubolag’a bo’lmaydi. Murakkab globallashuv jarayoni,
komunikatsiyalarning tez va shiddat bilan rivojlanishi, migratsiya va aholining ko’chib yurishi
va boshqa bir qancha omillar tolerantlikning nechog’li ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib
turibdi.
Mustaqillik yillarida tolerantlik tushunchasi mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish,
yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga ham keng e’tibor berila
boshlandi. Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o’ringa egadir. Hozirgi davrda
millatlarning o’zligini anglashga o’z manfaatlarini himoya qilishga, urf – odat, an’ana va
qadriyatlarini saqlab qolish hamda ularni dunyo xalqlari o’rtasida ommalashtirishga qaratilgan
harakat kuchayib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
431
O’zbekiston Respublikasida yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish tizimi davlat
va shaxs, davlat va fuqarolik jamiyati, davlat va oila ustuvorligi, oila himoyasi, davlat va milliy
xavfsizlik, davlat va mafkura, davlat va ta’lim – tarbiya, davlat va aholi salomatligi, davlat va
xotin – qizlar, davlat va yoshlar kabi o’zaro aloqador va mutanosib ijtimoiy – siyosiy
yo’nalishlardan iborat qilib belgilanadi.
Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017 – 2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar
Strategiyasi” ning beshinchi yo’nalishi diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
sohasiga qaratilgan. [1]
Aytish joiz, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor xalqaro
me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosining amaliy ifodasi hisoblanadi. Ayniqsa,
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2017 – yil 19 – sentabr kuni BMT ning 72 – sessiyasi
minbarida turli dunyo hamjamiyatini islom ma’rifatini anglashga, diniy bag’rikenglik ruhida
yashashga chaqirib, “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan
chiqishi va buni dunyo hamjamiyati tomonidan qo’llab–quvvatlashini – o’zbek xalqi, umuman
insoniyat uchun bag’rikenglik namunasi hamda ma’rifatga chorlov va ezgulik da’vati bo’ladi.
Mazkur rezolyutsiyaga ellikdan ortiq davlatlar hammuallif bo’lish istagini bildirdi. [2]
Zero, “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” rezolyutsiyasi barchaning ta’lim olish huquqini
ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko’maklashish, eng muhumi, bag’rikenglik
va o’zaro hurmatni qaror toptirish, muhim xalqaro ahamiyatga ega. Shu jihatdan, yosh avlodni
tolerantlik, hamjihatlik, turli millat va din vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi
globallashuv davrida har qachongidan muhim va dolzarb hisoblanadi. Bunda, din va jamoat
tashkilotlari, o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish,
dinshunoslik, adabiyot, ma’naviyat asoslari, milliy g’oya kabi fanlarni o’qitishda ko’proq
tolerantlik tamoyillariga urg’u berish va bu asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyani amalga
oshirish, yoshlarni respublikadagi baynalmilal madaniyat markaziga tashriflarini uyushtirish va
bu orqali turli millat vakillari bilan do’stona muloqotni kengaytirish orqali yoshlar ongiga
tolerantlik tuyg’usini yanada chuqur singdirish mumkin.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi kunda kelib, mamlakatimizda millatlararo
munosabatlarni yo’lga qo’yish borasida o’ziga xos amaliy ishlar qilinib, namuna bo’ladigan
darajada tajriba orttirildi. Bunda milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va milliy iftixor tuyg’usini
tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylash, xurmat
qilish, mamlakatdagi boshqa millat vakillarini ham manfaatlarini har tomonlama o’ylab,
millatlarning umumiy birdamligini ta’minlashga erishilmoqda. Shu bois respublikamiz hududida
istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari “O’zbekiston – umimiy uyimiz”,
“O’zbekiston – yagona Vatan” shiori ostida yashamoqdalar va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy
hayotida faol ishtirok etyaptilar.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda oilaning roli va ijtimoiy mavqei juda
balanddir. Shu bois, tolerantlik ham dastlab, oilada shakllantiriladi. Ona suti bilan go’dak
tafakkuriga singdiriladi. O’zbek oilasida milliy qadriyatlar tarkibida tolerantlik o’zining ma’lum
bosqichini o’tagan bo’lib, inson va komil inson tushunchasi bag’rikenglik, muloyimlik,
ziddiyatlarsiz hayot kechirish, kechirimli bo’lish kabi hislatlarni ardoqlash va farzandlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
432
xarakterida tarbiyalashga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham O’zbekistonda tolerantlik
tafakkurini oilada shakllantirish jarayoni o’zining tarixiy – ijtimoiy hodisa ekanligini namoyon
qiladi.
Oiladagi tarbiyadan boshlab, bolani o’zgalar fikrini mutanosib qabul qilishga, o’z fikrini
ham mutanosib anglashga o’rgatish lozim. Bugungi kunda oilaviy pedagogikada bola manfaatlari
va uning zahiradagi fikrlash jarayonini anglab yetish muhimlik kasb etadi. Shunday ekan, oilada
tolerantlikni shakllantirishda, ota-ona, bola, pedagoglar, ijtimoiy muhit omillarini tizimli tarzda
tashkil etilishi lozim.
Yoshlar ongiga bag’rikenglik g’oyalarini singdirishda ta’lim tizimi ham alohida
ahamiyatga ega. Sababi, inson farzandlari aynan ta’lim muassasalarida to’plangan ijtimoiy
tajriba va qadriyatlarni ilmiy asosda va tizimli tarzda o’zlashtirilib boradi. Qolaversa, ta’lim
tizimi bosqichlari o’rtasidagi o’zaro bag’rikenglik tufayli tarbiya jarayonida tadrijiylik
ta’minlanadi. Ta’lim tizimi yosh avlodda milliy g’urur, Vatanga muhabbat, millatparvarlik
tuyg’ularini qaror toptirish barobarida ulardagi har qanday millatchilik tuyg’ularini, o’z millati,
dinining boshqalarnikidan ustunligi kabi tuyg’ular yuzaga kelishining oldini olish zarur. Zero, bu
tuyg’ularning yoshlar qalbida kurtak ortishi, pirovard natijada, milliy nizolarga, diniy
to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri
– yoshlarda tolerantlik tuyg’usini qaror toptirishdan iborat.
Bundan ko’rinib turibdiki, ta’lim tizimi millatlararo totuvlik, bag’rikenglik g’oyasini
singdirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm bo’lishi bilan bir qatorda, ta’bir joiz bo’lsa,
millatlararo munosabatlarning ahvolini ko’rsatuvchi o’ziga xos ko’zgudir.
Yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishda Sharq mutafakkirlari merosining ham
o’rni kattadir. O’zbek millatining etik–estetik, axloq va odob, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy
qadriyatlari tizimida tolerantlik g’oyalari eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlantirilgan va
o’ziga xos tarzda shakllantirilgan. Tolerantlik tushunchasida inson axloqiga oid sabr–bardoshli
bo’lish, hurmat, e’zoz, izzat ko’rsata olish, rahmdillilik, mehru – mruvvat kabi sifatlar an’anaviy
xususiyatga ega bo’lgan. Tolerantlikning tarixiy ildizlari eng qadimgi “Avesto”, “O’rxun-Enasoy
bitiklari”, “So’g’d yozuvlari” kabi adabiy yodgorliklarda shakllantirilgan va inson odobi, uning
ma’naviy-ruhiy aqidalarining zarur talabiga aylangan. “Kattalarni hurmat qilish, kichikka izzat
bilan qarash” o’zbeklarning milliy axloqiy talablaridan hisoblangan.[8]
Islomda diniy bag’rikenglik din arkonlarining asosiy mezonlari tizimiga singdirilgan.
Islom madaniyatida insoniy va diniy bag’rikenglik aqidalari keng targ’ib va tashviq etilgan.
Islomda inson kamoloti va uning zimmasiga yuklatiladigan an’anaviy vazifalar shaxsning
bag’rikenglik, sabr-bardoshli, hurmatli va o’zgalarni e’zozlash munosabati darajasida
qo’yilgan.[9]
Qur’oni Karim va Hadislarda diniy bag’rikenglik inson komilligi xususiyati sifatida
e’zozlanishi qayd etiladi. Islom dini va uning tarixiy rivojlanish jarayonlari o’z takomili davrida
har doim boshqa madaniyatlar va e’tiqodlarga hurmat bilan qaralgan, ularning ijobiy tomonlarini
o’ziga mujassam etish va singdirishga harakat qilingan, o’zi ham o’zga madaniyatlar axloqiy
qadriyatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir o’tkaza olgan.
Muhammad (s.a.v) ko’plab hadislarda nizolarning oldini olish, tajovuzkorlik va agressiv
harakatlarni qoralaganlar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
433
Masalan: “Yov bilan harbiy to’qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va
osudalik tilangiz”. Shu bilan birga, boshqa hadisda “Qiyomat kuni odamlardan birinchi navbatda
nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida so’roq qilinur”,- deb aytilgan. Yana bir rivoyatda shunday
deyiladi: Abu Saiddan so’rabdilarki, - “Bandaning egamga yetishi uchun qancha yo’llar bor?”-
deb. Abu Said javob beribdilarki, “Ba’zilar - minglab yo’llar bor, – deyishadi”, ba’zilar bandalar
qancha bo’lsa, shuncha yo’llar mavjud, - deb bilishadi. Ammo eng maqbul va qisqa yo’l, bu
insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, mehribonlik qilish hamda insonlar manfaati uchun harakat
qilishlikdir debdilar. Ya’ni insonga to’g’ri yo’l ko’rsatib, ularni yaxshi va ezgu amallarga
yo’naltirish sof e’tiqod darajasiga ko’taradigan amal sifatida baholanadi.
Shunday qilib, islom manbalarida tolerantlik va diniy bag’rikenglik inson komilligining
muhim talablaridan biri sifatida tan olingan bo’lib, islom ulamolari har doim tolerantlik
masalalariga alohida e’tibor bilan qarab, bag’rikenglikni tarannum etib kelganlar. Islom
madaniyatining buyuk vakillari bo’lgan mutafakkir olimlar va shoirlar har vaqt tolerantlik
tamoyillarini insoniy kamolotning qirralaridan biri ekanligini ta’kidlab kelishgan.
O’zbekiston zaminida tavallud topib, islom madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan ulamo va
mutafakkirlarning tolerantlik taraqqiyoti va amaliyotida qo’shgan xissasini bir necha davrlarga
bo’lib o’rganish mumkin.
Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo tan olgan olimlardan Imom
al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burxoniddin Marg’iloniy, Imom at-Termiziy, Abu Bakr
al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy sof diniy va fiqhiy yo’nalishda, Al- Farobiy, Ibn Sino, al-
Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabilar diniy bag’rikenglik
asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar, mazkur jarayon islom tarkibida tolerantlik tafakkurining
ilmiy-falsafiy va diniy ishlanishida birinchi bosqich hisoblanadi.[6]
Amir Temur va temuriylar davrida tolerantlikni joriy etish masalalari davlat va hokimiyat
taraqqiyotining muhim omillaridan biri deb baholangan. Amir Temur, Ulug’bek, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy,
Zahiridddin Muhammad Bobur kabilarning tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan
hissalari e’tiborga loyiqdir. Shu bois ushbu madaniy va ma’rifiy taraqqiyot davri tolerantlikni
rivojlantirishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi.
Najmiddin Kubro, Bahoviddin Naqshband, Xo’ja Ahrori Valiy, Jaloliddin Rumiy, Amir
Xusrav Dehlaviy, Ahmad Yassaviy, Nizomiddin Avliyo va boshqalarning badiiy ijod
namunalarida tolerantlik g’oyalari tarannum etilgan. Tasavvuf tariqatlari tizimida
shakllantirilgan bag’rikenglik g’oyalari islom madaniyati tarkibidagi uchinchi bosqich
hisoblanadi.
Buyuk xamsanavis shoir Amir Xusrav Dehlaviy o’z hikmatlarida bag’rikenglik
tamoyillariga ham to’xtaladi. U insonsevarlik va adolatparvarlik mezonlarini inson hayotining
bosh mazmuniga aylantira olganligi bilan qadrlidir. Shu bois shoir g’oyalari hozirgacha o’z asl
mohiyatini yo’qotmagan.
Bag’rikenglik masalasi hamisha tinchliksevar davlatimiz siyosatini tashkil etib kelgan,
bag’rikenglik ta’minlangan yurtda tinchlik, barqarorlik hukm suradi hamda o’zaro hamjihatlik,
ishonch, hurmat kabi munosabatlar to’liq qaror topadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
434
ADABIYOTLAR:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida” gi
farmoni. 2017- yil 7 fevral. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (
2.
O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017- yil 19-sentabrda BMT 72-sessiyasida
so’zlagan ma’ruzasi. (
3.
Fitrat. Oila.-T.: Ma’naviyat. 1998;
4.
Inomova M.O. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. -T.:TDPU,1999;
5.
Qurbonov M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi. -T.:
O’zbekiston, 2000;
6.
Al-Moturudiy ta’limoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi o’rni. Ma’ruzalar to’plami.
-T.: 2000;
7.
Boboyev X., Hasanov S., Avesto-ma’naviyatimiz sarchashmasi. -T.: Universitet, 1996:
8.
Yo’ldoshev J., Hasanov S. “Avesto” da axloqiy-ta’limiy qarashlar. -T.: O’qituvchi, 1996;
9.
Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik. Z.M.Husnutdinov tahriri ostida.-.: 1998.
