513
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
GIPERTONIYA KASALLIGI
G`aybullayev Muslimbek
Osiyo Xalqaro Universiteti, tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17444273
Annotatsiya.
Arterial gipertenziya (yuqori qon bosimi) — bu keng tarqalgan surunkali
kasallik boʻlib, qon bosimining doimiy ravishda koʻtarilishi bilan xarakterlanadi. U koʻpincha
jiddiy alomatlarsiz kechadi, ammo insult va infarkt kabi hayot uchun xavfli asoratlarning asosiy
sababchisidir. Kasallikni muvaffaqiyatli davolash va asoratlarning oldini olish uchun qon
bosimini muntazam nazorat qilish va doimiy dori terapiyasi muhim ahamiyatga ega.
Kalit so`zlar:
yurak, qon bosimi, qon, qon tomir, arteria sistola, diastola, yurak ritmi.
ГИПЕРТОНИЯ
Аннотация.
Артериальная гипертензия (высокое кровяное давление) — это
широко распространенное хроническое заболевание, характеризующееся устойчивым
повышением артериального давления. Оно часто протекает без серьезных симптомов,
но является основной причиной таких опасных для жизни осложнений, как инсульт и
инфаркт. Для успешного лечения и предотвращения осложнений необходимы регулярный
контроль артериального давления и постоянная медикаментозная терапия.
Ключевые слова:
сердце, артериальное давление, кровь, кровеносные сосуды,
артериальный.
HYPERTENSION DISEASE
Annotation.
Arterial hypertension (high blood pressure) is a widespread chronic disease
characterized by a sustained elevation of blood pressure. It often proceeds without severe
symptoms but is the main cause of life-threatening complications such as stroke and heart attack.
Regular blood pressure monitoring and continuous drug therapy are crucial for successful
treatment and complication prevention.
Keywords:
heart, blood pressure, blood, blood vessel, arterial cystole, diastole, heart
rhythm.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1978-yilda qabul qilingan gipertoniya
kasalligining tasnifi quyidagi bosqichlardan iborat: I bosqich qon bosimi oshishining koʻrsatkichi
140/90 mm simob ustunidan yuqori boʻlib (masalan, 150—180/90-* 105) markaziy nerv
sistemasi, yurak-tomir va buyrak sistemasining zararlanishi belgilarisiz kechadi, uzoq muddat
davom etmaydi va bemor iztirobdan qutilgandan soʻng hamda qon bosimini tushiruvchi,
tinchlantiruvchi dorilar ichilgandan va organizmga maʼlum muddat dam berilgandan keyin uning
ahvoli yaxshilanadi va arterial bosim koʻrsatkichlari tez orada moʻʼtadillashadi.
II bosqichda arterial bosimning sistolik koʻrsatkichi 160–179 mm simob ustuniga,
diastolik koʻrsatkich esa 100–109 mm simob ustuniga teng boʻlishi va undan ham yuqoriga
koʻtarilishi mumkin. Bu bosqichda patologik oʻzgarish asosan yurakning chap qorinchasi
gipertrofiyasi bilan belgilanadi, shuningdek, toʻr parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal
torayishi, mikroalbuminuriya, yaʼni siydikda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin
konsentratsiyasining qisman oshishi (1,2—2,0 mg/dl) kuzatiladi. Ultratovush tekshiruvi yoki
angiografiya (son arteriyalarida, aortada, yonbosh va son arteriyalarida oʻtkazilgan) orqali
aterosklerotik oʻzgarishlar (pilakchalar)ni aniqlash mumkin. Klinik shikoyatlari tez-tez bosh
ogʻrishi, bosh aylanishi (gipertonik krizlar), yurak sohasida ogʻriq, noxushliklardan iborat.
514
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
III bosqichda bemorlarda qon bosimi koʻrsatkichlari yanada yuqori (sistolik-180—
209 mm, diastolik esa 110–119 mm simob ustuniga teng va undan ham yuqori) va doimiy
boʻladi. Bu bosqichning klinik manzarasi rang-barang boʻlib, nafaqat yurak-tomir sistemasida
(stenokardiya, miokard infarqti), balki bosh miya qon tomirlarida ham patologik oʻzgarishlar
(gemorragik insult, ensefalopatiya), buyrak yetishmovchiligi (nefroangioskleroz) hamda koʻz
toʻr pardasiga qon quyilishi kuzatiladi. Bunday ogʻir asoratlar sodir boʻlgan paytlarda qon bosimi
koʻrsatkichlari pasayishi, hatto normallashishi ham mumkin.
Gipertoniya kasalligiga toʻgʻri tashxis qoʻyish bemorda ikkilamchi arterial gipertenziya
sabablarini bartaraf etishga bogʻliq. Gipertoniya kasalligini davolash murakkab va uzoq, davom
etadigan jarayon boʻlib, bemordan vrach koʻrsatmalarini qatʼiy bajarishni talab etadi. Avvalo
bemor oʻzining hayot faoliyati, ovqatlanish, ishlash va dam olish rejimlarini oʻzgartirishi,
masalan, spirtli ichimlik ichish va chekishdan voz kechishi, shoʻr, yogʻliq ovqatlarni kam
isteʼmol qilishi, semirishga yoʻl qoʻymasligi, kam suyuqlik ichishi, yengil jismoniy mashqlar
qilishi: bir oz yurishi, sekin yugurishi (puls oʻlchab turiladi), changʻida yurishi, velotrenajordan
foydalanishi, dam olish kunlarini unumli oʻtkazishi (shahardan chetga chiqish, toza havodan
nafas olish, tiniqib uxlash), autotrening bilan shugʻullanish, turli asabiy-ruhiy his-hayajonlardan
uzoqroq boʻlishga harakat qilishi kerak. Shuningdek, psixoterapiya, giperbarik oksigenatsiya,
elektruyqu, akupunktura va massaj usullaridan foydalanish lozim.
Doridarmonlar bilan davolanish oilaviy vrach yoki kardiologning koʻrsatmasi asosida
olib boriladi. Hozirda qon bosimini tushiradigan preparatlarning turlari va son-sanogʻi juda koʻp.
Davolovchi vrach gipertoniya kasalligining bosqichini hisobga olib, bir yoki bir necha
gipotenziv preparatlarni bemor mizojini eʼtiborga olgan holda maʼlum muddatga tavsiya etadi va
davo natijasini muntazam nazorat qilib boraUmumiylashtirib olganda, gipertoniya rivojlanishiga
ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:
Ortiqcha vazn, metabolik kasalliklar, endokrin kasalliklar, kamharakat turmush tarzi;
Muntazam emotsional stresslar, ruhiy tushkunlik, fojeali voqealarni boshdan o’tkazish,
yaqin insonlarni yo’qotish;
Biznesdagi, ishdagi muammolar tufayli kuchli asabiy taranglik;
Bosh miya jarohatlari (avtohalokat, yiqilish, gipotermiya);
Yurak-tomir tizimiga salbiy ta’siri bor surunkali kasalliklari (qandli diabet revmatoid
artrit
Irsiy moyillik;
Virusli va yuqumli kasalliklar, sinusit, gaymorit
Qon tomirlarida yosh bilan bog’liq o’zgarishlar;
Qonda xolesterin miqdorining yuqori bo’lishi, natijada qon tomir devorlarida
to’planmalar hosil bo’ladi;
Menopauza davrida bo’lgan, 40 yoshdan o’tgan ayollar (organizmning muhim gormonal
o’zgarishlari paytida ko’pincha yashirin kasalliklar rivojlana boshlaydi va ular gipertoniya
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin);
Zararli odatlar (chekish, alkogolli ichimliklar ichish, me’yordan ortiq qahva iste’mol
qilish);
Kun davomida ko’p miqdorda tuz iste’mol qilish;
Qonda adrenalinning oshirish;
Kompyuter qarshisida uzoq vaqt o’tirish;
Ochiq havoda kam yurish va hokazo. di.
515
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Xulosa.
Kasallikning dastlabki bosqichlari yashirin kechganligi bois, ko’pchilik bemorlar
shifokor huzuriga kech tashrif buyurishadi. Kasallikni butunlay davolash juda mushkul
hisoblanadi, shuning uchun bemorlar sabr-toqatga ega bo’lishlari kerak, zero kasallik ularga
qolgan butun umrlari davomida hamrohlik qilishi mumkin. Shuning uchun kasallikni o’z vaqtida
oldini olish, shubhali belgilar paydo bo’lsa shifokor ko’rigidan o’tish zarur.
Uy sharoitida har bir inson o’z qon bosimini muntazam o’lchab turishi kerak, eng optimal
ko’rsatkich 120/80 mm sim.ust (quyida birlik deb keltiriladi) ga teng, yoshi kattalar uchun
130/90. Atrof-muhit ta’siri yoki jismoniy faollik natijasida bosim 5-10 birlikka ortishi
mumkin. Quyi va yuqori bosim o’rtasidagi juda katta farq ham havotir uchun belgi bo’ladi —
odatda bu ko’rsatkich 50 birlikdan oshmasligi kerak. Agar qon bosimining tez-tez o’zgarishi
kuzatilsa, shifokor bilan uchrashish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Karimov, A., & Jo‘rayev, S. (2020). Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent: “Tibbiyot”
nashriyoti.
2.
Xo‘jayev, R. (2018). Kardiologiya asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.
3.
World Health Organization (WHO). (2023). Hypertension: Key facts and management
guidelines. Geneva: WHO Press.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (2022). Arterial gipertoniya
profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent.
5.
Guyton, A.C., & Hall, J.E. (2021). Textbook of Medical Physiology (14th ed.).
Philadelphia: Elsevier.
6.
Kaplan, N.M., & Victor, R.G. (2019). Kaplan’s Clinical Hypertension. Lippincott
Williams & Wilkins.
7.
Omonova, M. (2021). Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish yo‘llari.
Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti.
8.
European Society of Hypertension (ESH) & European Society of Cardiology (ESC).
(2023). Guidelines for the Management of Arterial Hypertension.
9.
Harrison, T.R. (2022). Harrison’s Principles of Internal Medicine (21st ed.). New York:
McGraw-Hill Education.
10.
11.
12.
13.
www.medinfa.ru
