516
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
GRAMMATIKASIZ ONA TILI YAROQSIZMI?
Jumanazarova Zaynabxon
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat
Universiteti jurnalistika fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17444322
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ona tilining to‘g‘ri va ravon qo‘llanishida
grammatikaning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tilning go‘zalligi, ifoda imkoniyatlari hamda
ma’no aniqligi grammatik qoidalarga rioya etish bilan bevosita bog‘liqligi tahlil qilinadi.
Grammatikasiz nutqning notushunarliligi, fikrning buzilishi va til madaniyatining
pasayishiga olib keluvchi omillar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, grammatika — tilning
tuzilish asosini tashkil etuvchi va uni boshqalar uchun tushunarli qiluvchi muhim vosita ekanligi
asoslanadi.
Kalit so‘zlar:
ona tili, grammatika, til madaniyati, nutq, ma’no aniqligi, ifoda, til tizimi.
IS A NATIVE LANGUAGE USELESS WITHOUT GRAMMAR?
Abstract.
This article highlights the role and importance of grammar in the correct and
fluent use of the native language. It analyzes the direct relationship between the beauty of the
language, expressive possibilities, and clarity of meaning and adherence to grammatical rules.
It discusses the factors that lead to the incomprehensibility of speech without grammar,
distortion of thought, and decline in language culture. It also argues that grammar is an
important tool that forms the basis of the structure of the language and makes it understandable
to others.
Keywords:
native language, grammar, language culture, speech, clarity of meaning,
expression, language system.
БЕСПОЛЕЗЕН ЛИ РОДНОЙ ЯЗЫК БЕЗ ГРАММАТИКИ?
Аннотация.
В статье рассматриваются роль и значение грамматики для
правильного и свободного использования родного языка. Анализируется прямая связь
между красотой языка, выразительными возможностями, ясностью смысла и
соблюдением грамматических правил. Рассматриваются факторы, приводящие к
непонятности речи без грамматики, искажению мышления и снижению языковой
культуры. Также утверждается, что грамматика является важным инструментом,
составляющим основу структуры языка и делающим его понятным другим.
Ключевые слова:
родной язык, грамматика, языковая культура, речь, ясность
смысла, выразительность, языковая система.
Bugungi globallashuv davrida inson nutqining ahamiyati ortib borayotgani hech kimga
sir emas. Xususan, nutq balki til, tillararo so‘zlashuv, muloqot, muloqotning ahamiyat darajasi
yaqinlar bilan aloqani, balki chet davlatlardagi insonlarning axborot almashinuviga ham aytarli
darajada yordam berayotgani quvonarli holat. Shu o'rinda umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi
ona tili darsliklarining nutqni rivojlantirib, fikrlashga asoslangan holatda yangilanganiga
e'tiborimizni qaratsak. 2017-yilda nashr etilgan ona tili darsliklari, asosan, grammatikadan iborat
edi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi ona tili darsliklarida, asosan, mavzular, mavzu nomi va
albatta shu mavzuga doir qoidasi, keyingi mavzu, mavzu nomi va yana mavzu qoidasi kabi bir
xillikdan iborat edi. O‘quvchilar "Ot" so‘z turkumini o‘tayotgan paytda, "ot so‘z turkumi bu
predmetning nomini bildirib, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi" degan qoidani yod
olishi shart. Keyingi ona tili darsida qoida aytgan o‘quvchi "a'lochi"! Bu nima degani?
517
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Biror bir mavzuning o‘rgangan yoki o‘rganmaslik darajasi bitta qoidani yodlash bilan
o‘lchanyaptimi? Ming afsuski, xuddi shunday! Oxirgi 7 yilda maktab o‘quvchilari ona tili
darsini, "tilimiz-faxrimiz" deyish o‘rniga "kanspekt yozadigan dars" deya atay boshlashdi. Bu
esa achinarli holat. Axir, biz emasmi, yoshligimizdan ertak eshitib, ota-onamizga tinmay qayta-
qayta aytib bergan. Biz emasmi, tinmasdan savol-javob qilib, o‘qituvchilarimizni bezdirib
yuborgan. Biz emasmi, erkin fikrlashga, hech qo‘rqmasdan dadil fikr bildirib, erkin gapirishga
o‘rgangan. Qaysidir siquvlar, og‘ziga yopishlar tufayli, mana bugun bir xillik, faqat qoida
yodlashlar-u zo‘rma-zo‘raki kim o‘zarga, hatto o‘zimiz tushunmaydigan mashqlarni, oldingi 3
kishi tez yozib borib, ustozidan "5" olishiga quvonib, "faxrlanib" yurgan. Shu o'rinda 2022-yilda
yangi nashrdan chiqqan 6-7 va 10-sinf ona tili darsligining qay darajada o'zgargani va
ahamiyatini 7-sinf misolida ko'rib chiqamiz. 7-sinf darsligining mundarijasida zamonaviy
mavzular asosida tuzilgan "Ijtimoiy tarmoqlar", "C vitamini", "Kurash milliy sport turi",
"Tutilmay gapiramiz", "Zamonamiz qahramonlari" shular jumlasidandir. 7-sinf o'quvchisi, ot,
sifat, son, olmosh kabi mustaqil so'z turkumlari yoki ko'makchi, bog'lovchi, yuklama kabi
yordamchi so'z turkumlarining qoidasi bilan band bo'lib, faqat grammatikani o'qitguncha, 14
yoshli, 7-sinf o'quvchi ayni balog'atga yetayotgan pallada ijtimoiy tarmoqning nima ekanligi,
undan qaysi maqsadda foydalanish kerakligini; qaysi mevalarda organizm uchun kerakli
vitaminlarning borligi; darsda, balki ijtimoiy hayotda inson nutqining ravon va aniqligini
o'rganish uchun notiqlik san'ati; zamonamiz qahramonlari deganda o'zining mehnati, shijoati va
tinimsiz harakati bilan atrofdagi insonlarning qanday natijalarga erishayotgani, sog'lom, balki
mehnatga layoqadsiz insonlarning jasorati va irodasini ko'rib, o'zining sog'lom ekani va yanada
yuksalib, yuqori cho'qqilarga erishishini his qiladi va harakatini boshlaydi, nazarimizda. Shu
o'rinda, yangi nashrdagi 7-sinf darsligida ta'riflangan Akmaljon Usvaliyevning jasoratiga qoyil
qolmaslikning iloji yo'q. U fidoiy tadbirkor. Yura olmasada ijaraga joy oldi. Kompyuter
xizmatlarini kengaytirgan. 40 nafarga yaqin shogirdlarni yetishtirgan. Hozirda 15 nafar yigit-
qizni ish bilan ta'minlagan.
Tadbirkor ko'p yillik xizmatlari uchun "Jasorat" medali bilan taqdirlangan. Bu bilan
sog'lom va mehnatga layoqadsiz, jismonan kemtik insonlarni solishtirishdan yiroqmiz.
Aytmoqchimizki, harakat qilib, natijaga erishish uchun sog'lom bo'lish shart emas ekan.
Bu kabi o'quvchilarga o'rnak va namuna bo'la oladigan o'rinlarning yangi darslikdan joy
olgani tahsinga sazovordir.
Bundan tashqari, ko'pchilik qoralayotgan yangi darslikning, aynan grammatikalardan holi
ekani ko'p bora takrorlanmoqda. Shu o'rinda, 2017-yilda nashr etilgan ona tili darsligi
grammatikaning cheklanib qolganligi asosiga qurilgani, tilshunoslikning ayrim bo'limlarigina
o'rgatilgani va bu o'quvchiga faqat qoida yodlash vazifasini yuklab qo'yganiga guvoh bo'lamiz.
Leksikologiya- omonim, sinonim, antonim, morfologiya-olmosh va uning turlari, kelishik
shakllari, yordamchi so'z turkumlari. Biz 2017-yilda nashr etilgan darsliklarni qoralashdan
yiroqmiz. Aytmoqchimizki, bir o'quv yilida o'quvchi tilshunoslik bo'limlaridan ayrimlarini
o'rganib, boshqa bo'limlarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi yanagi o'quv yilini kutishi kerakligi
haqida fikr yuritmoqdamiz.
Yangi tahrirdagi darslikda esa aksincha. 2022-yilda nashr etilgan ona tili darsliklari
o'quvchiga berilajak bilimlarni har tomonlama qamrab oladi. O'quvchi xohlasa- xohlamasa
fikrlashga majbur bo'ladi. 2022-yilgi 7-sinf darsligida bir vaqtning o'zida har xil mavzular:
orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, leksikologiya, olmosh, fe'lning munosabat shakllari,
uyushiq bo'laklar, son so'z turkumi haqida ma'lumotga ega bo'ladi.
518
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Bu esa o'quvchining savodxonligini oshiribgina qolmay, tez va aniq fikrlashga ham
undaydi. Agar fikr qilsak, aslida faqat qoidalar "fanati" bo'lib qolganimiz va miyamizni
ishlatishga erinayotganimizni tan olsak, yangi, qoidalarsiz, grammatikasiz, balki fikrlashga
undovchi, mantlardan iborat bo'lgan yangi darslikni "yomon" deya bong urmagan bo'lar edik.
Ko'r-ko'rona yodlangan qoida yoki so'zning aniqlanayotgani uchun aniqlovchining
belgisi, ikkita to'lqin chiziq chiziladi deya hayotga tatbiq eta olmaydigan narsalarning o'rniga,
jamiyatda o'z o'rniga ega shaxs sifatida, erkin fikrlovchi va mustaqil so'zlash uchun kerakli va
zarur mavzularning ifodalanayotgani o'quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo'lishiga
zamin yaratib beradi. Biz nimani o‘rganishimizni, nimaga amal qilishimizning mohiyatini unutib
qo‘ydik. Yo‘q, unutdik desak, adashamiz. Unutmadik, balki faxmlay olmay qoldik. Ona tili darsi
degani o‘zi nima? Tilimiz-faxrimiz deyayotgan bir paytda, bir nazar tashlab qo‘yaylik, o‘zi
rosdan ham faxrimizni vijdonan o‘rgatyapmizmi yoki suiiste'mol qilish bilan "obro‘"
topyapmizmi. Faqatgina qoida va mashqlarni ko‘r-ko‘rona yodlash o‘rniga, til bu bizning nafaqat
g‘ururimiz, or-nomusimiz ekanligini, uni shunchaki o‘rganish emas, himoya qilishimiz,
sevishimiz kerakligini o‘rganganimizda edi, hozir o‘ylagan ne-ne fikrlarimiz, anchagina
mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarimiz og‘zimizda "qamalib" qolib ketmas edi. Shu o‘rinda
yangi darsliklarga e'tiroz bildirayotgan ba'zi qo‘shtirnoq ichidagi "kasbiga sodiq" o‘qituvchilarga
shuni anglatish kerakki, sizning o‘z joningizni qiynashga yo‘l qo‘ymayotgan bu darsliklar
keyingi avlodning ham xuddi o‘zingizday chalasavod, ona tili deganda ich-ichidan bezadigan
o‘quvchilarning "tug‘ilmasligiga" eng katta dasturilamal ekanini yana bir bor ta'kidlab o‘tish
joiz, bizningcha.
Yangi nashrdan chiqqan ona tili darsliklari nafaqat erkin fikrlashga, balki ham tinglab
tushunish ham nutqni yaxshi anglab, o‘z mustaqil fikrini qo‘rqmasdan bayon etishga
yo‘naltirilgan. Bu darsliklar, asosan, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq tarzda, sud, hokimyat, tibbiyot,
qishloq xo‘jaligi va shunga o‘xshash bir qancha yo‘nalishlarga doir mavzularni qamrab olgani
esa o‘quvchilarni ijtimoiy savodxonligini oshirish va o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur
anglashga yordam berishi ahamiyatlidir. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, darslik mazmuni
ijtimoiy, kasbiy, ilmiy, shaxsiy mavzularni qamrab olgan bo‘lib, o‘quvchilarni xalqaro baholash
testlariga tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari o‘qituvchilarga ham qulay tomoni, hozirgi
axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda cr kodli mavzularning tez va oson o‘quvchi ko‘z
oldida tiniq va bo‘yoqdorlik jihatlarining ustunligi ta'minlangan holda ko‘rsata olish ham
pedagogning mahorati, ham o‘quvchining shu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Jamiyatda o‘z haq-huquqlarimizni bilish, savodsiz bo‘lib qolmaslik uchun esa, faqatgina
qoida yodlash bilan cheklanmay, uni amalda qo‘llashni va asosiysi, o‘z shaxsiy fikrimizni
qo‘rqmasdan, dadil ayta olishni o‘rganishimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, yangi nashrdan chiqayotgan darsliklar, nafaqat keng fikrlashni,
balki kimlarningdir ustimizdan hukmron bo‘lmasligini ham ta'minlaydi. Inson ijtimoiy jamiyatda
o‘z huquq va erkinliklarini bilsa, u jamiyat qoloqlikdan va savodsizlikdan aziyat chekmaydi.
Nega maktab darsliklari yangi tahrirda aynan fikrlash qobilyatini oshirishga qaratildi?
Sababi, juda oddiy. Jamiyatda o‘z o‘rnini anglay oladigan har bir shaxs, faqatgina
qaysidir bir yo‘nalishda o‘qisagina soha bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lib qolmay, balki
dorixonaga borganda, tibbiyot institutni tamomlagan yoki shu dargoh talabasi, advokat
yollamoqchi bo‘lsa, yuridik institut talabasi, yoinki biror bir saylovda ishtirok etmoqchi bo‘lsa
qaysidir partiya a'zosi bo‘lishi shart emas. Demakki, biz sog‘lom avlodni har jihatdan yetuk va
barkamol qilib tarbiyalashimiz uchun aynan ularning o‘ziga yoshligidan, maktabdan bu
519
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
yo‘nalishlarni o‘rgatib, ong-u shuuriga singdirishimiz kerak. Mana nima uchun darsliklar,
asosan, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiya komponentlarini rivojlantirish maqsadida tuzilgan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ba'zi pedagoglar bu mantlar asosiga qurilgan darsliklarni
yoqlashmadi. Chunki, ular o‘qigan va o‘qitgan davrda faqat grammatika qoidalari va faqatgina
"to‘tiqushday" bir xil qoidani takrorlab baho oladigan o‘quvchi a'lochi edi. Biz nazariyani bilar
edik, lekin ularni amalda qo‘llay olmasak, olgan bilim yaroqsizligicha qolib ketaveradi. Shunday
ekan, jamiyatimizda tubdan burilish qilib, darsliklarni yangi tahrir ostida, isloh qilish bu har
jihatdan ham pedagog ham o‘quvchining ma'nan yetuk bo‘lishiga katta yordam beradi desak,
aslo mubolag‘a bo‘maydi. Yaqin 3 yilda aniq ayta olamizki, o‘tgan 7 yil ichidagi o‘quvchilarga
qaraganda yaqin 3 yil o‘quvchilari orasida ijobiy tarafdan katta o‘zgarish bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, grammatika qoidalarsiz ham o'quvchilarning savodxonligi va
ma'nan yetuk avlod bo'lishini ta'minlash mukin ekan. Shu o'rinda, o'z kasbining fidoiylaridan
shuni so'raymizki, 5-sinfdan to 11-sinfgacha hamma ona tili darsliklarini yangi tahrir ostida,
matnlar bilan uyg'un tarzda nashr etishlarini. Chunki bilim Olinganida emas, amal qilinganida
yaroqlidir!
