Oktabr, 2025-Yil
305
QASHQADARYO VILOYATI QIPCHOQ LAHJASIGA OID BA’ZI LEKSEMALAR
LISONIY TAHLILI
Ergashova Shahlo
https://doi.org/10.5281/zenodo.17447176
Annotatsiya.
Maqolada Qashqadaryo viloyatida yashovchi aholi shevasida faol
qo‘llanuvchi o‘zbek tilining qipchoq dialektiga oid ayrim so‘zlar adabiy tildagi va mavjud
shevalardagi so‘zlar bilan fonetik va leksik jihatdan qiyoslanib, tahlilga tortilgan hamda bu
to‘g‘rida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, dialektdagi leksik birliklar “Devonu lugotit
turk” va o‘zbek shevalariga qiyoslangan. Misollar tahlilida taqqoslash, qiyosiy-tarixiy kabi bir
qator lingvistik usullardan samarali foydalangan.
Kalit so‘zlar:
dialektologiya, qipchoq, qarluq, o‘g‘uz lahjasi, fonetik, leksik xususiyatlar,
so‘zlashuv nutqi.
LINGUISTIC ANALYSIS OF SOME LEXEMAS RELATED TO KIPCHOK DIALECT
OF KASHKADARYA REGION
Annotation.
In the article, some words of the Kipchak dialect of the Uzbek language,
actively used in the dialect of the population living in the Kashkadarya region, are phonetically
and lexically compared with the words of the literary language and existing dialects, analyzed,
and comments are made about it. Also, lexical units in the dialect are compared to "Devonu
Lugotit Turk" and Uzbek dialects. In the analysis of examples, a number of linguistic methods,
such as comparison, comparative-historical are effectively used.
Key words:
dialectology, Kipchak, Qarluq, Oghuz dialect, phonetics, lexical features,
colloquial speech.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НЕКОТОРЫХ ЛЕКСЕМ, ОТНОСЯЩИХСЯ К
КИПЧОКСКОМУ ДИАЛЕКТУ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ
Аннотация.
В статье фонетически и лексически сравниваются некоторые слова
кипчакского диалекта узбекского языка, активно употребляемые в говоре населения,
проживающего в Кашкадарьинской области, со словами литературного языка и
существующих диалектов, анализируются, даются комментарии. сделал по этому поводу.
Также лексические единицы диалекта сравниваются с «девону-луготит-тюркским»
и узбекским диалектами. При анализе примеров он эффективно использовал ряд
лингвистических методов, таких как сравнение, сравнительно-исторический.
Ключевые слова:
диалектология, кипчак, карлук, огузский диалект, фонетика,
лексические особенности, разговорная речь.
Millatimiz g‘ururi va iftixori bo‘lgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida
rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan
qarorlarning ahamiyati kattadir. Har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi milliy va
umuminsoniy qadriyatlari bo‘ladi. Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining
o‘ziga xos belgisidir. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda
borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning
ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotlaydi.
Oktabr, 2025-Yil
306
Darhaqiqat, millatning yuzi, yurtning istiqboli uning tilida, unga bo‘lgan hurmatda o‘z
aksini topadi. Tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning o‘ziga xos
xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi
lug‘atlar va darsliklar ko‘plab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini, kelajak
avlodning tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ma’lumki, mutaxassislar
tomonidan e’tirof etilgan jonli xalq tili - bu sheva. Shevada shu xalqning hayoti va madaniyati
to‘liq o‘z aksini topadi. Shevadagi jozibadorlik va ta’sirchanlikni ba’zan adabiy tilda yetkazib
berish qiyin.
Dunyoda mavjud barcha tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva yoki
shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi
ma’lum.
Biroq o‘zbek tili turkiy tillar ichida o‘zining ko‘p shevaliligi va dialektliligi bilan
farqlanadi. Dialektolog olimlardan biri professor E. D. Polivanov: “… turkiy tillarning birortasi
ham shevalararo o‘zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, birorta turkiy til ham
shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til
uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi”, – degan edi.
Albatta, adabiy til uchun qaysi dialektni (lahjani) asos qilib olish qiyin tuyulishi mumkin,
lekin o‘z navbatida, bir vaqtning o‘zida mamlakatimiz bo‘ylab uchta lahjaning qo‘llanilishi
tilimizning boy ekanligidan darakdir.
Bilamizki, sheva materiallari adabiy tilimizni fonetik, leksik va grammatik jihatlardan
boyituvchi asosiy boyish manbai sanaladi. Qashqadaryo hududidagi bir qator tumanlarda
aholining katta qismi qipchoq lahjasida so‘zlashadi. Biz o‘rgangan Qamashi va Yakkabog‘
tumani shevalari ham qipchoq dialektiga oiddir. Biz dialektal materiallarimizni shu tumanlarda
yashovchi sheva egalari tilidan yozib oldik.
Qipchoq lahjasi asosan fonetik va leksik o‘zgarishlarga juda boy lahjadir. Bu lahjaning
ba’zi fоnеtik хususiyatlari quyidagicha ko‘rinishga ega:
So‘z boshida:
y>j
: yеr – jеr, yo‘q - jo‘q, yo‘l - jo‘l, yur - jur, yuz-juz;
So‘z oxirida:
q>g‘
: qulоq – qulog‘, o‘rtoq - o‘rtog‘;
g‘> v
: sog‘- sov, tog‘-tov, bog‘-bov,
tug‘ – tuv;
q>v
: bo‘yoq-bo‘yov;
p>b,v
: gap-gab, top-tov.
So‘z oxirida ba’zi so‘zlarda undoshlari tushib qoladi: sariq - sori, kichik -kichchi, tag‘in -
tog‘i, atayin - atay.
X - Q
undoshiga o‘tadi:
xotin - qotin, tuxum - tuqum, xayol - qiyol, xat-qat, axir -oqir.
Qamashi tumani shevasini kuzatishlarimiz natijasida shunga guvoh bo‘ldikki, “Devonu
lug‘otit turk” asari leksikasi bilan bugungi o‘zbek shevalarida qo‘llanilgan ba’zi so‘zlar o‘rtasida
yaqinlik va ba’zi farqlar borligini, lekin bu ularni bir-biridan ayiruvchi emas, balki yaqinligini
ifodalovchi tafovutlar ekanini ko‘rsatdi. Buni quyidagi misollarning qiyosiy tahlilida ham kuzatish
mumkin. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qamashi shevasiga oid ba’zi so‘zlarda ham fonetik
va leksik o‘zgarishlarni kuztishimiz mumkin:
Qamashi tumanida istiqomat qilayotgan aholining shevalari j–lovchi shevalariga kiradi.
Ular asosan “Y” harfi qatnashgan yoki ushbu harflar gaplarning boshida kelgan so‘zlarda
tovush almashish fonetik hodisasi sodir bo‘ladi.
Oktabr, 2025-Yil
307
Masalan,
“yo‘q”
leksemasi o‘rniga
“Jo‘q”
tarzida talaffuz qilinadi. Qamashi tumani
aholisi shevalarida tovush tushishi, orttirilishi va tovush almashishi hodisalari ko‘p uchraydi.
Masalan:
“Olma”
so‘zida ham tovush almashish hodisasi sodir bo‘lib,
“alma”
tarzida talaffuz
qilinadi.
“Bodring”
leksemasi “
badring”
tarzida “o” unlisi “a” tarzida o‘zgaradi. Sheva egalari
“pamidor”
ni
“pamadir”,
“to‘g‘ramoq” so‘zini “to‘vramoq” tarzida talaffuz qilishadi.
Jir
- leksemasi ham o‘rganilayotgan shevada
yog‘
(shevada
moy
leksemasi ham ishlatiladi)
ma’nosida faol qo‘llanadigan shevaga xos so‘zlardan biri hisoblanadi. A. Rustamovning “So‘z
xususida so‘z” kitobida ta’kidlanishicha,
“jir”
so‘zi tilimizda “ yog‘”, “moy” ma’nosini anglatadi.
Ozg‘in kishiga nisbatan “Bunga hech jir bitmayapti” yoki “ Buning hech jiri yo‘q” degan
iboralar shu mazmundan kelib chiqqan ( O‘zbek tilidagi “jir” da “jurnal” so‘zidagi kabi “j”
talaffuz qilinadi) [Shukurov, 2018:312]. Shunisi qiziqki, rus tilidagi
“жир”
so‘zi asli bizning
tilimizdagi ayni shu
“jir”
so‘zining o‘zidir. Chunki
“jir”
so‘zining turkiy so‘z ekanligi Mahmud
Koshg‘ariyning lug‘atida qayd etilgan:
ashichta jir yo‘q
-qozonda yog‘ yo‘q [ DLT,I,313].
Kirpi
- shevada adabiy tildagi
tipratikon
so‘zi o‘rnida faol qo‘llanadi. Mazkur leksema
bugunda Xorazm shevasida
tipratikon
so‘zi o‘rnida
kirpi
so‘zi ishlatilib, bu so‘z turkiy tillarda
ham ayni ma’noda qo‘llaniladi. [N.Axmedova, 2021:187] “Devonu lug‘otit turk” asarida ham
ushbu uchraydi: kirpi- tipratikon, kirpi: oqlug‘ kirpi-tipratikonning juda katta xili
[M.Koshg‘ariy,2017:167]. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da
kirpi
so‘zi qadimgi turkiy tilda
mavjudligi hozirda sheva so‘zi ekani,
kirpi -
ko‘p tikan ma’nosini bildirishini aytib o‘tiladi
[Sh.Rahmatullayev, 2000:210].
Qöniq
(
qönäq
)- so‘zi ham shevada “mehmon, to‘yda keladigan mehmon, to‘ylarda
beriladigan kichik ziyofat” kabi ma’nolarda faol qo‘llanadi. Mazkur leksema DLT, QB asarlarida
ham ayni ma’noda qo‘llanganligini kuzatish mumkin. “Qutadg‘u bilig” doston matnida
qonuq
(qon+(u)q)
so‘zi “mehmon” ma’nosini bildirgan:
Nelük arsïqar sen aya öldäči
Özüŋ iki künlük qonuq boldačï .
Nimaga mag‘rurlanasan, ey o‘luvchi,
O‘zing ikki kunlik mehmon bo‘luvchi(san) (QBN, 1972: 3482).
Bu so‘z “Devonu lug‘otit turk”da
“mehmondorchilik, ziyofat”
ma’nosida qo‘llangan.
O‘g‘uzlardan boshqa qabilalar tilida bu so‘z “uy egasi yoqtirmagani holda, birov uyida turish”
ma’nosida qayd etilgan (DLT, III, 351). Hozirda Qashqadaryo, Surxondaryo shevalarida
“mehmondorchilik, to‘ylarda beriladigan kichik ziyofat” ma’nolarida qo‘llaniladi.
[M.Xolmurodova, 2021:194]
Kön -
leksemasi shevada
teri
ma’nosida ishlatiladi:
patinkaning köni jomon ekan.
M.Koshg‘ariyning “ishlov berilmagan teri”ning
kön,
aksincha, “ishlov berilgan teri”ning
esa
qoɣuš
istilohi bilan ifodalanishi xususidagi ta’kidi muhim ilmiy-ijtimoiy ahamiyat kasb
etishini ta’kidlash lozim (M.Koshg‘ariy, 1963: 154)[H.Dadaboyev, 2021: 160]
Jrçi (jarchi)
- odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda rasmiy e’lonlar eshittirib yuruvchi
kishi, qishloq joylarida to‘y va ma’rakalarga mahallalarda yurib qichqirib aytib chiqadigan kishi
[Begmatov E. 2006:42].
Oktabr, 2025-Yil
308
Çeça:
(checha)
- shevada qo‘llaniladigan so‘z, u yanga, kelinoyi [Abdullayev F.A,1961:97]
ma’nosini beradi, u kelinga nozik munosabatlarda maslahat berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Odatda
bo‘lg‘usi kelinlar o‘zi ishongan yaqin qarindoshlari ichidan bitta kelinni tanlab o‘ziga yanga
qiladi.
Çeça:
qipchoq lahjasida uzoq davrlardan buyon ishlatiladi, hozirda bu so‘z keksalar
nutqidagina saqlanib qolgan bo‘lib, yosh avlod
yeňňa
(yanga – nikohning ikkinchi kuni kechasi
kelin bilan kuyov xizmatida qoluvchi ikki xotindan biri [O‘TIL, 2013: 112-113] so‘zidan
foydalanishadi. Ayrim manbalarda ushbu so‘z
egӓ:t
deb berilgan.
Egӓ:t
– nikoh kechasi kelin
yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga [M.Koshg’ariy,1980:85] ma’nosini bildiradi.
Dastrxo:nçi
(dasturxonchi) – to‘y, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon
tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol[O‘TIL, 2013: 574].
Mölla
:
(mulla) - o‘qimishli, taqvodor odam. O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo
mamlakatlarida madrasa ta’limini olgan shaxs.
Yuqorida biz birgina M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi ba’zi
leksemalarnigina keltirib o‘tdik, bularning o‘zi ham tilimizning ya’ni shevalarimizning boyligini
hamda ular bugungi kunga qadar ayrim hudud shevalarida saqlanib qolganligining yaqqol
misolidir. Quyida esa Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari dialektiga xos so‘zlardan ba’zilarini misol
keltiramiz.
Qamashi va
Yakkabog‘
shevasida
Ma’nosi
Ummik
sovliq sutini emmagani bois o‘sishdan qolgan qo‘zi
Do‘rji
ko‘tarasiga, hammasini birdaniga savdo qilish, olish
Do‘kan
uy-ro‘zg‘or buyumlariga yasalgan sopning uchuni tutunga toblaydigan
tandir
Ko‘nargi
sutni uyutish uchun qo‘shiladigan qatiq. “Oqliq” ham deb aytiladi
Ko‘ktirnoq
ziqna, xasis kishi
Kuya
ichi qora odam (ko‘chma ma’noda)
Mukki
qo‘nji kalta etik
Naymit
pishiq-puxta kishi
To‘dakash
ko‘pkarida to‘da ichidan uloqni halol ayirib chiquvchi chavandoz
Chakkagir
(chetkir)
to‘dakash halol ayirib chiqqan uloqni ilib ketish uchun chetda poylab
turadigan chavandoz
Chibich
echki suti kamligi bois o‘sishdan qolgan uloq
En
chorva mollarining qulog‘ini kesib, teshib belgi qo‘yish
O‘la(ha)t
yer maydoni sug‘oriladigan, suvot tekislikdagi joy, qishloq
Shardoz
juvoldiz teshigidan o‘tadigan yo‘g‘on ip
Inak
Sigir
Övüshtä
oldi-berdi
Jävlük
hamma, barcha, yoppasiga
Gajir
gajir-jangari, qaysar, o‘jar
Jupqa
yupqa, xamirli taom
Oxmoy
paxta yog‘i
Oktabr, 2025-Yil
309
Arqayin
bamaylixotir, bemalol
Ottaba
oftoba, suv idish
Tutandiriq
quruq o‘tin
Taxtay
sabzi to‘g‘raydigan taxta
Siyir
Sigir
Siyirmoq
Shilmoq
Misollardan ko‘rinadiki, o‘rtada uzoq muddat bo‘lishiga qaramay qiyosiy tahlilga tortilgan
so‘zlarning aksariyati bugun o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmasa-da, mavjud shevalarimizda faol
ishlatilib kelinmoqda. Ushbu leksemalarning ba’zilari ma’no o‘zgarishiga uchragan bo‘lsa,
ayrimlari fonetik o‘zgarishlar bilan hozirgi adabiy tilda istifoda qilinmoqda. Bu esa, tilimiz,
shevalarimiz va xalqimizning tarixiga borib tutashadi. Bugun yoshlarimiz deyarli o‘zaro shevada
emas, balki, adabiy tilda muloqot qiladilar. Sheva so‘zlarining o‘ziga xos go‘zalliklarini shahar va
viloyatdan ancha uzoqda bo‘lgan chekka qishloqlarda uchratish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni
ta’kidlash joizki, Qamashi tumani shevasi viloyat va tumanlararo qiyoslanganda, leksik jihatdan
ham o‘ziga xos bo‘lib, shakliy tuzilishidan rang-barangdir. Shevadagi leksemalarning ayrimlari bir
xil ma’noda ishlatilsa, ayrimlari ma’no kengayishi yoki torayishiga uchragan holda hozirgi
kungacha yetib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Tilimiz boyligi sanalgan sheva va lahjalarimizdagi
so‘zlarni yozib olib, bu orqali adabiy tilimizni yanada to‘ldirib, boyitib borish dialektologiya fani
oldida turgan dolzarb masalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.Ashirboyev. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent. 2021. -B. 8.
2.
Jumashov Davlatyor. Yakkabog‘ shahri ayg‘irko‘l dialеkti xususida “O‘zbek shevalari
tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv” mavzusidagi Respublika
ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75
yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),- Toshkent, ToshDO‘TAU, 2021-yil, 22-may. 369-
bet.
3.
R.Suvonova. Qipchoq shevalariga xos so‘zlar lug‘ati. -Samarqand: 2019.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5-jildlik, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent,
2013.Ш.Раҳматуллаев.
5.
Ўзбек тилининг этимологик луғати(туркий сўзлар) Университет. -Тошкент, 2000.
6.
Маҳмуд Қошғарий, Девону луғотит-турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М.
Муталлибов. Т. I-III. – Тошкент: ФАН,1960-1963.
7.
Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971.
8.
Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 28.
9.
Жўраев Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари лексикаси // Ўзбек шевалари лексикаси.
-Тошкент: Фан,1966. -Б.160-249.
10.
Шерматов А. Қуйи Қашқадарё ўзбек шевалари. -Тошкент, 1972.
