Authors

  • Shahlo Ergashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137988

Keywords:

Dialect of Kamashi district dialectology Kipchak Karluk Oghuz dialect phonetics lexical features colloquial speech.

Abstract

In the article, some words that are actively used in the dialect of the Qamashi district, which is part of the Kipchak dialect of the Uzbek language, are phonetically and lexically compared with words in the literary language and existing dialects, and comments are made about it. Moreover, lexical units in the dialect are compared to “Devonu Lugotit Turk” and Uzbek dialects. Comparative, comparative-historical linguistic methods are used effectively in the analysis of examples.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

205

QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI SHEVASIDAGI BA’ZI

LEKSEMALAR TAHLILI

Ergashova Shahlo Shokir qizi

Toshkent.

sergashova015@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17449862

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek tilining Qipchoq dialektiga kiruvchi Qamashi tumani

shevasida faol qo‘llanuvchi ayrim so‘zlar adabiy tildagi va mavjud shevalardagi so‘zlar bilan
fonetik va leksik jihatdan qiyoslanib, tahlilga tortilgan hamda bu to‘g‘rida fikr-mulohazalar
yuritilgan. Shuningdek, dialektdagi leksik birliklar “Devonu lugotit turk” va o‘zbek shevalariga
qiyoslangan. Misolllar tahlilida taqqoslash, qiyosiy-tarixiy kabi bir qator lingvistik usullardan
samarali foydalangan.

Kalit so‘zlar:

Qamashi tumani shevasi, dialektologiya, qipchoq, qarluq, o‘g‘uz lahjasi,

fonetik, leksik xususiyatlar, so‘zlashuv nutqi.

ANALYSIS OF SOME LEXEMES IN THE DIALECT OF KAMASHI DISTRICT OF

KASHKADARYA REGION

Annotation.

In the article, some words that are actively used in the dialect of the Qamashi

district, which is part of the Kipchak dialect of the Uzbek language, are phonetically and lexically
compared with words in the literary language and existing dialects, and comments are made
about it. Moreover, lexical units in the dialect are compared to “Devonu Lugotit Turk” and Uzbek
dialects. Comparative, comparative-historical linguistic methods are used effectively in the
analysis of examples.

Keywords:

Dialect of Kamashi district, dialectology, Kipchak, Karluk, Oghuz dialect,

phonetics, lexical features, colloquial speech.


Millatimiz g‘ururi va iftixori bo‘lgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida

rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan
qarorlarning ahamiyati kattadir. Har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi milliy va
umuminsoniy qadriyatlari bo‘ladi. Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining
o‘ziga xos belgisidir. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda
borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning
ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotlaydi.

Darhaqiqat, millatning yuzi, yurtning istiqboli uning tilida, unga bo‘lgan hurmatda o‘z

aksini topadi. Tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning o‘ziga xos
xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi
lug‘atlar va darsliklar ko‘plab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini, kelajak
avlodning tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ma’lumki, mutaxassislar
tomonidan e’tirof etilgan jonli xalq tili - bu sheva. Shevada shu xalqning hayoti va madaniyati
to‘liq o‘z aksini topadi. Shevadagi jozibadorlik va ta’sirchanlikni ba’zan adabiy tilda yetkazib
berish qiyin. Tilning sofligini saqlash borasida yurtimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
boradagi ishlarga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 21-dekabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

206

tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash
maqsadida 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyada tilimizning bugungi holati tanqidiy tahlil etilib,
uni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yo‘nalishi aniq ko‘rsatib berilgan. Bu esa tilshunos,
shevashunos olimlar va tadqiqotchilardan bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarida til sofligini
ta’minlash borasidagi ishlarga alohida ahamiyat qaratishi zarurligini ko‘rsatadi.

Dunyoda mavjud barcha tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva yoki

shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi
ma’lum.

Biroq o‘zbek tili turkiy tillar ichida o‘zining ko‘p shevaliligi va dialektliligi bilan

farqlanadi. Dialektolog olimlardan biri professor E. D. Polivanov: “… turkiy tillarning birortasi
ham shevalararo o‘zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, birorta turkiy til ham
shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til
uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi”, – degan edi.

Albatta, adabiy til uchun qaysi dialektni (lahjani) asos qilib olish qiyin tuyulishi mumkin,

lekin o‘z navbatida, bir vaqtning o‘zida mamlakatimiz bo‘ylab uchta lahjaning qo‘llanilishi
tilimizning boy ekanligidan darakdir.

Bilamizki, sheva materiallari adabiy tilimizni fonetik, leksik va grammatik jihatlardan

boyituvchi asosiy boyish manbai sanaladi. Biz o‘rgangan Qamashi tumani shevasi ham qipchoq
dialektiga oiddir. Biz dialektal materiallarimizni shu tumanda yashovchi sheva egalari tilidan
yozib oldik.

Qipchoq lahjasi asosan fonetik va leksik o‘zgarishlarga juda boy lahjadir. Bu lahjaning

ba’zi fоnеtik хususiyatlari quyidagicha ko‘rinishga ega:

So‘z boshida:

y>j

: yеr – jеr, yo‘q - jo‘q, yo‘l - jo‘l, yur - jur, yuz-juz;

So‘z oxirida:

q>g‘

: qulоq – qulog‘, o‘rtoq - o‘rtog‘;

g‘> v

: sog‘- sov, tog‘-tov, bog‘-bov,

tug‘ – tuv;

q>v

: bo‘yoq-bo‘yov;

p>b,v

: gap-gab, top-tov.

So‘z oxirida ba’zi so‘zlarda undoshlari tushib qoladi: sariq - sori, kichik -kichchi, tag‘in -

tog‘i, atayin - atay.

X - Q

undoshiga o‘tadi:

xotin - qotin, tuxum - tuqum, xayol - qiyol, xat-qat, axir -oqir.

Qamashi tumani shevasini kuzatishlarimiz natijasida shunga guvoh bo‘ldikki, “Devonu

lug‘otit turk” asari leksikasi bilan bugungi o‘zbek shevalarida qo‘llanilgan ba’zi so‘zlar o‘rtasida
yaqinlik va ba’zi farqlar borligini, lekin bu ularni bir-biridan ayiruvchi emas, balki yaqinligini
ifodalovchi tafovutlar ekanini ko‘rsatdi. Buni quyidagi misollarning qiyosiy tahlilida ham kuzatish
mumkin. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qamashi shevasiga iod ba’zi so‘zlarda ham fonetik
va leksik o‘zgarishlarni kuztishimiz mumkin:

Qamashi tumanida istiqomat qilayotgan aholining shevalari j–lovchi shevalariga kiradi.

Ular asosan “Y” harfi qatnashgan yoki ushu harflar gaplarning boshida kelgan so‘zlarda

tovush almashish fonetik hodisasi sodir bo‘ladi. Masalan,

“yo‘q”

leksemasi o‘rniga

“Jo‘q”

tarzida talaffuz qilinadi. Qamashi tumani aholisi shevalarida tovush tushishi, orttirilishi va tovush
almashishi hodisalari ko‘p uichraydi. Masalan:

“Olma”

so‘zida ham tovush almashish hodisasi

sodir bo‘lib,

“alma”

tarzida talaffuz qilinadi.

“Bodring”

leksemasi “

badring”

tarzida “o” unlisi


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

207

“a” tarzida o‘zgaradi. Sheva egalari

“pamidor”

ni

“pamadir”,

“to‘g‘ramoq” so‘zini “to‘vramoq”

tarzida talaffuz qilishadi.

Jir

- leksemasi ham o‘rganilayotgan shevada

yog‘

(shevada

moy

leksemasi ham ishlatiladi)

ma’nosida faol qo‘llanadigan shevaga xos so‘zlardan biri hisoblanadi. A. Rustamovning “So‘z
xususida so‘z” kitobida ta’kidlanishicha,

“jir”

so‘zi tilimizda “ yog‘”, “moy” ma’nosini anglatadi.

Ozg‘in kishiga nisbatan “Bunga hech jir bitmayapti” yoki “ Buning hech jiri yo‘q” degan

iboralar shu mazmundan kelib chiqqan ( O‘zbek tilidagi “jir” da “jurnal” so‘zidagi kabi “j”
talaffuz qilinadi) [Shukurov, 2018:312]. Shunisi qiziqki, rus tilidagi

“жир”

so‘zi asli bizning

tilimizdagi ayni shu

“jir”

so‘zining o‘zidir. Chunki

“jir”

so‘zining turkiy so‘z ekanligi Mahmud

Koshg‘ariyning lug‘atida qayd etilgan:

ashichta jir yo‘q

-qozonda yog‘ yo‘q [ DLT,I,313].

Kirpi

- shevada adabiy tildagi

tipratikon

so‘zi o‘rnida faol qo‘llanadi. Mazkur leksema

bugunda Xorazm shevasida

tipratikon

so‘zi o‘rnida

kirpi

so‘zi ishlatilib, bu so‘z turkiy tillarda

ham ayni ma’noda qo‘llaniladi. [N.Axmedova, 2021:187] “Devonu lug‘otit turk” asarida ham
ushbu uchraydi: kirpi- tipratikon, kirpi: oqlug‘ kirpi-tipratikonning juda katta xili
[M.Koshg‘ariy,2017:167]. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da

kirpi

so‘zi qadimgi turkiy tilda

mavjudligi hozirda sheva so‘zi ekani,

kirpi -

ko‘p tikan ma’nosini bildirishini aytib o‘tiladi

[Sh.Rahmatullayev, 2000:210].

Qöniq

(

qönäq

)- so‘zi ham shevada “mehmon, to‘yda keladigan mehmon, to‘ylarda

beriladigan kichik ziyofat” kabi ma’nolarda faol qo‘llanadi. Mazkur leksema DLT, QB asarlarida
ham ayni ma’noda qo‘llanganligini kuzatish mumkin. “Qutadg‘u bilig” doston matnida

qonuq

(qon+(u)q)

so‘zi “mehmon” ma’nosini bildirgan:

Nelük arsïqar sen aya öldäči
Özüŋ iki künlük qonuq boldačï.

Nimaga mag‘rurlanasan, ey o‘luvchi,
O‘zing ikki kunlik mehmon bo‘luvchi(san) (QBN, 1972: 3482).
Bu so‘z “Devonu lug‘otit turk”da

“mehmondorchilik, ziyofat”

ma’nosida qo‘llangan.

O‘g‘uzlardan boshqa qabilalar tilida bu so‘z “uy egasi yoqtirmagani holda, birov uyida turish”
ma’nosida qayd etilgan (DLT, III, 351). Hozirda Qashqadaryo, Surxondaryo shevalarida
“mehmondorchilik,

to‘ylarda

beriladigan

kichik

ziyofat”

ma’nolarida

qo‘llaniladi.

[M.Xolmurodova, 2021:194]

Kön -

leksemasi shevada

teri

ma’nosida ishlatiladi:

patinkaning köni jomon ekan.

M.Koshg‘ariyning “ishlov berilmagan teri”ning

kön,

aksincha, “ishlov berilgan teri”ning esa

qoɣuš

istilohi bilan ifodalanishi xususidagi ta’kidi muhim ilmiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etishini

ta’kidlash lozim (M.Koshg‘ariy, 1963: 154)[H.Dadaboyev, 2021: 160]

Jrçi (jarchi)

- odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda rasmiy e’lonlar eshittirib yuruvchi

kishi, qishloq joylarida to‘y va ma’rakalarga mahallalarda yurib qichqirib aytib chiqadigan kishi
[Begmatov E. 2006:42].

Çeça:

(checha)

- shevada qo‘llaniladigan so‘z, u yanga, kelinoyi [Abdullayev

F.A,1961:97] ma’nosini beradi, u kelinga nozik munosabatlarda maslahat berib, yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi. Odatda bo‘lg‘usi kelinlar o‘zi ishongan yaqin qarindoshlari ichidan bitta kelinni tanlab
o‘ziga yanga qiladi.

Çeça:

qipchoq lahjasida uzoq davrlardan buyon ishlatiladi, hozirda bu so‘z

keksalar nutqidagina saqlanib qolgan bo‘lib, yosh avlod

yeňňa

(yanga – nikohning ikkinchi kuni


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

208

kechasi kelin bilan kuyov xizmatida qoluvchi ikki xotindan biri [O‘TIL, 2013: 112-113] so‘zidan
foydalanishadi. Ayrim manbalarda ushbu so‘z

egӓ:t

deb berilgan.

Egӓ:t

– nikoh kechasi kelin

yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga [M.Koshg’ariy,1980:85] ma’nosini bildiradi.

Dastrxo:nçi

(dasturxonchi) – to‘y, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon

tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol[O‘TIL, 2013: 574].

Mölla

:

(mulla) - o‘qimishli, taqvodor odam. O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo

mamlakatlarida madrasa ta’limini olgan shaxs.

Yuqorida biz birgina M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi ba’zi

leksemalarnigina keltirib o‘tdik, bularning o‘zi ham tilimizning ya’ni shevalarimizning boyligini
hamda ular bugungi kunga qadar ayrim hudud shevalarida saqlanib qolganligining yaqqol
misolidir. Quyida Qamashi tumani dialektiga xos so‘zlardan ba’zilarini misol keltiramiz.

Qamashi shevasida Ma’nosi

Ummik

sovliq sutini emmagani bois o‘sishdan qolgan qo‘zi

Do‘rji

ko‘tarasiga, hammasini birdaniga savdo qilish, olish

Do‘kan

uy-ro‘zg‘or buyumlariga yasalgan sopning uchuni tutunga toblaydigan

tandir

Ko‘nargi

sutni uyutish uchun qo‘shiladigan qatiq. “Oqliq” ham deb aytiladi

Ko‘ktirnoq

ziqna, xasis kishi

Kuya

ichi qora odam (ko‘chma ma’noda)

Mukki

qo‘nji kalta etik

Naymit

pishiq-puxta kishi

To‘dakash

ko‘pkarida to‘da ichidan uloqni halol ayirib chiquvchi chavandoz

Chakkagir

(chetkir)

To‘dakash halol ayirib chiqqan uloqni ilib ketish uchun chetda poylab

turadigan chavandoz

Chibich

echki suti kamligi bois o‘sishdan qolgan uloq

En

chorva mollarining qulog‘ini kesib, teshib belgi qo‘yish

O‘la(ha)t

yer maydoni sug‘oriladigan, suvot tekislikdagi joy, qishloq

Shardoz

juvoldiz teshigidan o‘tadigan yo‘g‘on ip

Inak

sigir

Övüshtä

Oldi-berdi

Jävlük

Hamma, barcha, yoppasiga

Gajir

Gajir-jangari, qaysar, o‘jar

Misollardan ko‘rinadiki, o‘rtada uzoq muddat bo‘lishiga qaramay qiyosiy tahlilga tortilgan

so‘zlarning aksariyati bugun o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmasa-da, mavjud shevalarimizda faol
ishlatilib kelinmoqda. Ushbu leksemalarning ba’zilari ma’no o‘zgarishiga uchragan bo‘lsa,
ayrimlari fonetik o‘zgarishlar bilan hozirgi adabiy tilda istifoda qilinmoqda. Bu esa, tilimiz,
shevalarimiz va xalqimizning tarixiga borib tutashadi. Bugun yoshlarimiz deyarli o‘zaro shevada
emas, balki, adabiy tilda muloqot qiladilar. Sheva so‘zlarining o‘ziga xos go‘zalliklarini shahar va
viloyatdan ancha uzoqda bo‘lgan chekka qishloqlarda uchratish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni
ta’kidlash joizki, Qamashi tumani shevasi viloyat va tumanlararo qiyoslanganda, leksik jihatdan
ham o‘ziga xos bo‘lib, shakliy tuzilishidan rang-barangdir.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

209

Shevadagi leksemalarning ayrimlari bir xil ma’noda ishlatilsa, ayrimlari ma’no kengayishi

yoki torayishiga uchragan holda hozirgi kungacha yetib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Tilimiz boyligi
sanalgan sheva va lahjalarimizdagi so‘zlarni yozib olib, bu orqali adabiy tilimizni yanada to‘ldirib,
boyitib borish dialektologiya fani oldida turgan dolzarb masalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

S.Ashirboyev. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent. 2021. -B. 8.

2.

Jumashov Davlatyor. Yakkabog‘ shahri ayg‘irko‘l dialеkti xususida “O‘zbek shevalari
tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv” mavzusidagi Respublika
ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75
yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),- Toshkent, ToshDO‘TAU, 2021-yil, 22-may. 369-
bet.

3.

R.Suvonova. Qipchoq shevalariga xos so‘zlar lug‘ati. -Samarqand: 2019.

4.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5-jildlik, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent,
2013. Ш.Раҳматуллаев.

5.

Ўзбек тилининг этимологик луғати(туркий сўзлар) Университет. -Тошкент, 2000.

6.

Маҳмуд Қошғарий, Девону луғотит-турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М.
Муталлибов. Т. I-III. – Тошкент: ФАН,1960-1963.

7.

Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971.

8.

Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 28.

9.

Жўраев Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари лексикаси // Ўзбек шевалари лексикаси.
-Тошкент: Фан,1966. -Б.160-249.

10.

Шерматов А. Қуйи Қашқадарё ўзбек шевалари. -Тошкент, 1972.

Familiyasi

Ergashova

Ismi

Shahlo

Otasining ismi

Shokir qizi

Davlati, shahri

O‘zbekiston, Toshkent

Ilmiy darajasi

-

Ilmiy unvoni

-

Ish joyi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti, Lingvistika
(o‘zbek tili) yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Lavozimi

magistr

Ishtirok etish shakli (oflayn, onlayn)

onlayn

Maqola nomi

Qashqadaryo viloyati Qamash tumani shevasidagi
ba’zi leksemalar tahlili

E-mail:

sergashova015@gmail.com

Telefon raqami

90-980-95-96

References

S.Ashirboyev. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent. 2021. -B. 8.

Jumashov Davlatyor. Yakkabog‘ shahri ayg‘irko‘l dialеkti xususida “O‘zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),- Toshkent, ToshDO‘TAU, 2021-yil, 22-may. 369-bet.

R.Suvonova. Qipchoq shevalariga xos so‘zlar lug‘ati. -Samarqand: 2019.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5-jildlik, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013. Ш.Раҳматуллаев.

Ўзбек тилининг этимологик луғати(туркий сўзлар) Университет. -Тошкент, 2000.

Маҳмуд Қошғарий, Девону луғотит-турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М. Муталлибов. Т. I-III. – Тошкент: ФАН,1960-1963.

Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971.

Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 28.

Жўраев Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари лексикаси // Ўзбек шевалари лексикаси. -Тошкент: Фан,1966. -Б.160-249.

Шерматов А. Қуйи Қашқадарё ўзбек шевалари. -Тошкент, 1972.