Authors

  • Muxtor Daminov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137991

Keywords:

Konstitutsiya huquq qonun sud mustaqillik hokimiyat davlat erkinlik sudya sud-huquq tizimi Sudyalar oliy kengashi kafolat Konstitutsiyaviy sud Oliy sud davlat hokmiyati

Abstract

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitusiyada mustahkamlab qо‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda alohida о‘rin tutadi.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

218

SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUSIYAVIY ASOSLARI

Daminov Muxtor Baxtiyor o’g’li

Surxondaryo yuridik texnikumi o’qituvchisi.

Telefon: +998999-707-98-16

https://doi.org/10.5281/zenodo.17449942

Annotatsiya.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti,

jamiyatimizning rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir.
Konstitusiyada mustahkamlab qо‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda
qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda alohida о‘rin tutadi.

Kalit so`zlar:

Konstitutsiya,huquq, qonun, sud, mustaqillik, hokimiyat, davlat, erkinlik,

sudya, sud-huquq tizimi, Sudyalar oliy kengashi, kafolat, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,davlat
hokmiyati


Darhaqiqat oxirgi o‘n yil ichida barcha sohalar singari sud-huquq sohasida ham juda ko‘p

islohotlar amalga oshirilmoqda. Barcha sohalarda jumladan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy
sohalarda rivojlangan xorijiy davlatlar bilan integratsiyalashuv huquq sohasida ham yangicha
fikrlashga, yangicha ish yuritishga undamoqda. Shu bois hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasida sud-huquq tizimi butun mamlakatdagi inson va fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish, ularni amalga oshirish, buzilgan huquq va erkinliklarni tiklashga
qaratilgan bo‘lib, jamiyat rivoji bilan bog‘liq holda harakatlanmoqda hamda jamiyat
taraqqiyotining huquqiy asosi sifatida maydonga chiqmoqda.

Albatta har bir huquq ustivorligiga asoslangan fuqarolik davlatining sud-huquq sohasidagi

faoliyati davlatning geografik jihatdan joylashuvi, tarixi, tili, dini, xalqning ijtimoiy tabiati,
mentaliteti, urf-odatlari, shuningdek, milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda shakllanib, shu
mamlakat fuqarolarining manfaatlarini aks ettiradi.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, odil sudlovning sifat va samaradorligini

oshirish, sudlarning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Zero, sud idorasiga ishi tushgan har bir inson ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga
ishonishi kerak.

So‘nggi yillarda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar ushbu tizim faoliyatini

sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, odamlarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada
mustahkamlashga xizmat qilyapti. Sohaga oid jadallashgan say-harakatlar Prezidentimizning
tashabbusi va alohida nazorati doirasida kechayotgani barchamizni quvontirmoqda.

Yurtimizda shiddatli tus olgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida juda ko‘plab ijobiy

o‘zgarishlar ro‘y berayotir. Keyingi yetti yilda sud-huquq sohasida erishilgan marralar haqida so‘z
yuritsak, ularni sanab oxiriga yeta olmaymiz. Xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan ishlar
odamlarning sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda.

Zero, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish, qonunlar ustuvorligi g‘oyasini hayotga

tatbiq etishni ta’minlovchi asosiy mexanizm bo‘lmish mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va
takomillashtirish O‘zbekistonda davlat tomonidan olib borilayotgan huquqiy siyosatning tamal
toshi hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 136-moddasida sudyalar mustaqil
ekanligi, faqat qonunga bо‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

219

faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yо‘l qо‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bо‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qо‘yilgan.

Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bо‘ysungan holda ish

yuritishlarining konstitusiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga
boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bо‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish
huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va
erkinliklarini tо‘liq ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov
jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda,
insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu о‘rinda odil
sudlov har qaysi davrlarda ham ulug‘langanligini, qadrlanganligini hamda insonlar unga intilib
yashaganliklarini ta’kidlash о‘rinli bо‘ladi.

Mustaqillikka erishganimizdan sо‘ng О‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasida nazarda

tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bо‘ysunishi prinsipini amalga oshirishga
qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat
protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeks hamda 1997 yilda qabul qilingan
Fuqarolik protsessual va Xо‘jalik protsessual kodekslarini, “Sudlar tо‘g‘risida”gi qonun,
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlari shular
jumlasidandir.

Shunday bо‘lishiga qaramasdan bugungi kunda mamlakatimiz ham iqtisodiy ham siyosiy

masalalar bо‘yicha halqaro maydonda tо‘la huquqli subyekt sifatida jahon bozoriga
integratsiyalashuvi jarayonidagi globallashuv sharoitida tobora kuchayib borayotgan raqobatga
bardosh berishi uchun davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun
mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va rо‘yobga chiqarishni davr
taqozo etmoqda. Bu о‘z о‘rnida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, aholining
odil sudlovga bо‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini
hayotiy zaruratga aylantirdi.

Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga bо‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar strategiyasida

belgilanganidek, sudya lavozimida bо‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin о‘n yillik muddatini
va sо‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida
bо‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namunali va vijdonan
bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki
tayinlanishi, о‘z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik о‘n yilga va hatto muddatsiz davrga
saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.

“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga

qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida
Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan
shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar
berilishi nazarda tutilganidir. “О‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tо‘g‘risida”gi
qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar tо‘liq о‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash
konstitusiyaviy maqomga ega bо‘ldi. Konstitusiyaning 135-moddasiga kо‘ra, О‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bо‘lib, u О‘zbekiston


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

220

Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitusiyaviy prinsipiga rioya etilishini
ta’minlashga kо‘maklashishi о‘z ifodasini topdi.

Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish,

sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash
mamlakatimiz Konstitu-syaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb
etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va
kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.

FODALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:

1.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023- yil.

2.

O`zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni. 28.07.2021-yil

3.

“O`zbekiston

Respublikasi

Sudyalar

oliy

kengashi

to’g’risida”

O`zbekiston

Respublikasining Qonuni.06.04. 2017-yil.

4.

Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi.
Harbiy-texnik instituti, 2019-yil

5.

Mamatov X.T Konstitutsiyaviy huquq: darslik.– Toshkent: Yurist-media markazi, 2018-yil.

6.

B.Qosimov Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari:o’quv qo’llanma-Toshkent-2023
yil.

7.

https\\lex.uz. https:\\www.ohchr.org. https\\dic.academic.ru.

References

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023- yil.

O`zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni. 28.07.2021-yil

“O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to’g’risida” O`zbekiston Respublikasining Qonuni.06.04. 2017-yil.

Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi. Harbiy-texnik instituti, 2019-yil

Mamatov X.T Konstitutsiyaviy huquq: darslik.– Toshkent: Yurist-media markazi, 2018-yil.

B.Qosimov Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari:o’quv qo’llanma-Toshkent-2023 yil.

httpslex.uz. https:www.ohchr.org. httpsdic.academic.ru.