562
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
MARKERLARGA ASOSLANGAN SELEKSIYA USULIDA YARATILGAN
TIZMALARNING TOLA SIFAT KO`RSATGICHLARI
Umedova Mehriniso Ergash qizi
Qishloq xo`jaligi fanlari falsafa doktori (PhD)
Mehrinisoumidova9185@gmail.com
Shuxratjon Mamirov Shavkatjon o'g'li
Toshkent Davlat Agar Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17459939
Annotatsiya.
Ushbu maqolada G`o`za yetishtirishda Markerlarga asoslangan seleksiya
usulidan foydalanishning ahamiyati, afzalliklari, hamda seleksiya jarayonlarida qo`lllanilishi
yoritilgan. Ayniqsa, markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) usuli seleksiya jarayonining
aniqligi va samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon bermoqda. Paxta seleksiyasida
MAS usuli nav tozaligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Paxta
seleksiyasida muhim belgilardan biri tola sifati belgisi hisoblanadi. Paxta tolasi sifati tola
uzunligi, tola mustahkamligi, tola ingichkaligi, tola rangi va tozaligi kabi asosiy omillar bilan
belgilanadi.
Markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) usulidan foydalanib yaratilgan
boshlang`ich ashyolar asosida olingan tizmalarning tola sifati ko`rsatgichlari aniqlanib, ilmiy
tahlil qilingan.
Kalit so`zlar:
G`o`za, markerlarga asoslangan seleksiya, tola sifati, tola uzunligi, ip
yigiruvchanlik ko`rsatgichi.
Аннотация.
В данной статье освещается значение, преимущества и применение
метода селекции, основанного на маркерах, в селекционных процессах при выращивании
хлопчатника. В частности, метод маркерной селекции (МАС) позволяет значительно
повысить точность и эффективность селекционного процесса. В селекции хлопчатника
метод МАС играет важную роль в повышении сортовой чистоты и улучшении качества
продукции. Одним из важных признаков в селекции хлопка является качество волокна.
Качество хлопкового волокна определяется такими основными факторами, как
длина волокна, прочность волокна, тонкость волокна, цвет и чистота волокна.
Определены и научно проанализированы показатели качества волокна линий,
полученных на основе исходных материалов, созданных с использованием метода
маркерной селекции (МАС).
Ключевые слова:
Хлопчатник, маркерная селекция, качество волокна, длина
волокна, показатель прядильной способности.
Abstract.
This article highlights the importance and advantages of using Marker-Based
Selection (MBS) in cotton breeding, as well as its application in breeding processes. In
particular, the Marker-Assisted Selection (MAS) method allows for a significant increase in the
accuracy and effectiveness of the selection process. In cotton breeding, the MAS method plays an
important role in increasing varietal purity and improving product quality. One of the important
traits in cotton breeding is fiber quality. The quality of cotton fiber is determined by key factors
such as fiber length, fiber strength, fiber fineness, fiber color, and fiber cleanliness. The fiber
quality indicators of lines obtained from initial materials developed using the Marker-Assisted
Selection (MAS) method were determined and scientifically analyzed.
Keywords:
Cotton, marker-assisted selection, fiber quality, fiber length, yarn spinnability
index.
563
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Kirish.
Seleksiya jarayoni qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash
hamda turli kasalliklarga chidamlilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy seleksiya
usullari yillar davomida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, zamonaviy biotexnologiya va genetik
tadqiqotlar tufayli bu jarayon yanada takomillashmoqda (Modern Science&Research, 2025).
Ayniqsa, markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) usuli seleksiya jarayonining aniqligi va
samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon bermoqda.
MAS usuli genetik markerlar yordamida ekinlarning istalgan genetik xususiyatlarini
aniqlash va saralashga asoslangan bo‘lib, bu seleksiya jarayonini tezlashtirish va xarajatlarni
kamaytirish imkonini beradi.
Bug‘doy seleksiyasida MAS usulining qo‘llanilishi natijasida hosildorlik oshgani va
kasalliklarga chidamlilik yaxshilangani aniqlangan (Turayev O.S., va b., 2003). An’anaviy
usullarda o‘simliklarning fenotipik xususiyatlari kuzatilib, seleksiya jarayoni uzoq vaqt talab
qilsa, MAS usuli orqali genetik axborotdan foydalanish natijasida seleksiya jarayoni ancha tez va
aniq amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu maqolada markerlarga asoslangan seleksiya usulining asosiy tamoyillari, ilmiy
rivojlanish istiqbollari hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Paxta
seleksiyasida MAS usuli nav tozaligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim rol
o‘ynaydi (Abdullaev A, 2023).
Bundan tashqari, MAS usulining afzalliklari, cheklovlari va zamonaviy tadqiqotlar
natijalari muhokama qilinadi. Ushbu usulning joriy etilishi seleksiya jarayonini yangi bosqichga
olib chiqib, hosildorlik va mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
MAS metodining asosiy afzalliklari:
Tezkor seleksiya – an’anaviy usullarga qaraganda tezroq natija beradi.
Aniqlik – fenotipik belgilarga emas, balki genetik markerlarga asoslangan tanlov amalga
oshiriladi.
Resurslarni tejash – kamroq vaqt va mablag‘ sarflanadi.
Murakkab xususiyatlarni nazorat qilish – hosildorlik, kasalliklarga chidamlilik va tolalar
sifati kabi belgilarga ta’sir qiluvchi genlarni aniqlash imkonini beradi.
Paxta tolasi to‘qimachilik sanoatining asosiy xomashyosi bo‘lib, uning sifati tayyor
mahsulotning mustahkamligi, yumshoqligi va estetik ko‘rinishiga bevosita ta’sir qiladi. Paxta
tolasi sifati quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
Tola uzunligi – Uzun tolalar yuqori sifatli matolar ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi
(Abdullaev A.A., 2003).
Tola mustahkamligi – Cho‘ziluvchanlik va uzilish kuchi matoning chidamliligini
belgilaydi (Mirziyoev Sh., 2017).
Tola ingichkaligi – Ingichka tolalar yumshoq va nozik matolar tayyorlashda afzallik beradi
(Oripov R., Ostonov S., 2005).
Tola rangi va tozaligi – Oq va toza tolalar bo‘yoqni yaxshi qabul qiladi va sifatli mahsulot
yaratishga yordam beradi (Abdukarimov D.T., Lukov M.Q., 2015).
Paxta tolasining sifatini aniqlash.
Paxta tolasi sifatini aniqlash uchun zamonaviy
laboratoriya usullari qo‘llaniladi. HVI (High Volume Instrument) kabi texnologiyalar tolani
uzunligi, mustahkamligi va ingichkaligini aniqlashda keng qo‘llaniladi (Masharipov Q.M.,
2023)[8].
564
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Paxta tolasining iqtisodiy va ekologik ahamiyati.
Paxta tolasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, chunki u eksport mahsuloti
sifatida katta daromad keltiradi (O‘zbekiston Agrar Fani Xabarnomasi, 2005)[9].
Shuningdek, paxta tozalash sanoati rivojlanishi qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik
sanoatining o‘sishiga xizmat qiladi (To`raqulov X, 2024).
Paxta tolasi ekologik jihatdan ham muhim, chunki tabiiy tolalar sintetik tolalarga nisbatan
biologik parchalanish xususiyatiga ega. Bu esa atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish
imkonini beradi (Muradov R.M., 2023) [11].
Natijalar.
Markerlarga asoslangan seleksiya usulidan foydalanib yaratilgan boshlang`ich manbalar
2024 yilda Paxta seleksiyasi urug`chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot
institutini tajriba stansiyasiyada ekilib xo`jalik qimmatli belgilari o`rganilgan.
G`ozaning o`rgimchakkana bilan zararlanishga bardoshli 109 ta boshlang`ich
manbalarining tola sifati ko`rsatgichlari aniqlanganda ulardan 18 ta tizmalining tola sifat
ko`rsatgichlari ishlab chiqarish talablariga mos va standart namuna va ota ona namunalari
tolasining sifat ko`rsatgichlaridan ustun ekanligi aniqlangan (1- jadval).
Ip yigiruvchanlik koeffitsiyenti (SCI)
SCI paxta ipga aylanganda barqarorlik va silliqlik darajasini bildiradi. Yuqori ko‘rsatkich
ip ishlab chiqarishga qulaylik yaratadi. H-17 namunasi 175 qiymat bilan eng yuqori darajada
turadi, T-33 (157), H-13 (153) va T-1 (150) ham yuqori sifatli tola hisoblanadi. P1 (144) va ST
(142) o‘rtacha, ammo barqaror qiymatlarga ega. P2 esa 130 bilan eng past darajada joylashgan.
Tola uzunligi (UHML)
Tolaning o‘rtacha uzunligi ip mustahkamligi va tuzilishini belgilaydi. Tola qanchalik uzun
bo‘lsa, ip shunchalik bardoshli va birxil bo‘ladi. H-17 (1.29 dyum), H-13 (1.23), T-33 (1.22)
kabi namunalarda bu ko‘rsatkich eng yuqori. Aksariyat boshqa namunalarda uzunlik 1.13–1.16
oralig‘ida bo‘lib, P1 (1.14) va ST, P2 (1.13) – o‘rtacha darajadadir.
Birxillik indeksi (UI)
UI tolalarning bir xil uzunlikda ekanligini bildiradi. Yuqori birxillik ip sifatini oshiradi. P1
(85.5) bu borada etakchi, undan keyin T-50, T-1 va T-33 (84.5–84.9). Eng past ko‘rsatkich T-10
(81.3), bu ishlab chiqarishda nosimmetriklik xavfini oshiradi.
Kalta tolalar indeksi (SFI)
Kalta tolalar ipning silliqligi va mustahkamligini kamaytiradi. Yuqori SFI nosifatli ipga
olib keladi. P1 (6.4), T-50 (6.8) va T-1, T-33 (7.3) past ko‘rsatkichga ega. Aksincha, T-9 (11.0),
T-10 (10.8), T-22 (10.2) kabi namunalar bu borada salbiy natijalarni ko‘rsatdi.
Solishtirma uzilish kuchi (Str)
Str ipning chidamliligini bildiradi. Eng kuchli tolalar: H-17 (39.2), H-13 (35.6), T-9, T-42,
T-98 (32.0–32.2). P1, ST, P2 30 atrofida, bu o‘rtacha mustahkamlik darajasini anglatadi.
Uzilishdagi uzayish (Elg)
Tolalarning cho‘zilish darajasi elastiklikni bildiradi. H-17, T-34 va T-50 kabi namunalar
8.5–9.1 oralig‘ida — bu yuqori cho‘zilishni anglatadi.
565
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
1-Jadval.
Aksariyat boshqa namunalarda Elg 6.8–8.3 darajasida, va bu ishlab chiqarish uchun qulay
diapazon hisoblanadi.
Nur qaytarish darajasi (Rd)
Paxta yorqinligi bo‘yash sifatiga ta’sir qiladi. Eng yorqin: ST, T-98, H-13 (≥80.1%).
Boshqa namunalar 76.8–80.0 oralig‘ida, bu normal diapazon hisoblanadi.
Sarg‘ishlik darajasi (+b)
Paxtaning sarg‘ishligi estetik sifatlarga ta’sir qiladi. Ideal holatda +b past bo‘lishi kerak.
Barcha namunalarda +b 7.5–8.4 oralig‘ida, bunda T-33 (7.5) eng past, ST (8.3) esa eng
yuqori sarg‘ishlik darajasiga ega.
Rang navlari (CGrd)
Rang bo‘yicha 21-1, 21-2 navlari sifatli, 31-1 va 31-2 esa pastroq nav hisoblanadi. P1, ST,
T-1 kabi namunalar 21-2 navda. P2, T-33, T-42 esa 31 navda bo‘lib, bu pastroq rang sifatini
bildiradi.
Iflos aralashmalar (Tr Cnt, Tr Ar)
Paxta tozaligi juda muhim. P1, H-2, T-22, T-34, T-98 — iflosliklar soni 5 ta va maydoni
0.07–0.08%. P2, T-33, T-47 — ifloslik ko‘rsatkichi juda yuqori: 10–14 ta, maydon 0.21–0.23%.
Bu iflosliklar paxta qayta ishlovini qiyinlashtiradi.
Trash kod (Tr ID)
Trash kodi — umumiy sifat belgisi. 1 — eng sifatli nav, 2 — past nav. ST, P1, H-17, T-
22, T-98 kabi namunalar Trash ID = 1 ga ega. P2, T-33, T-50, T-31 kabi namunalar Trash ID = 2
— bu past sifat navlari hisoblanadi.
566
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Xulosalar
- Eng yuqori sifatli paxta: H-17 — ip yigiruvchanlik, uzunlik, kuch, tozalik va barqarorlik
jihatidan yetakchi.
- Eng muvozanatli va toza: P1 — tozalik, birxillik, kalta tolalar miqdori, SCI va trash kodi
bo‘yicha ideal.
- Barqaror iqtisodiy tanlov: ST — yorqinlik, kuch va tozalikda yaxshi, narx-sifat balansi
uchun mos.
- Fizik jihatdan kuchli, ammo iflosroq: H-13, T-33, T-9, T-42 — kuchli tolalar, lekin
ifloslik yuqori.
Paxta tolasining sifati nafaqat to‘qimachilik sanoati uchun, balki iqtisodiy va ekologik
jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Uning sifatini oshirish uchun zamonaviy seleksiya va
laboratoriya usullaridan foydalanish zarur.
`Marker-Assisted Selection (MAS) paxta seleksiyasida genetik yaxshilash jarayonini
tezlashtirish va aniqroq qilish uchun qo‘llaniladigan ilg‘or biotexnologik usuldir. MAS usuli
orqali molekulyar markerlar yordamida o‘simliklarning genetik xususiyatlari aniqlanadi va
seleksiya jarayonida eng yaxshi genotiplarga ega namunalar tanlanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
.http://modernscience.uz/uz/post/detail/4201/
2.
Turayev O.S., Baxadirov U.Sh., Norbekov J.K. va boshqalar. DNK markerlar
texnologiyasining O‘zbekistondagi yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.)
tadqiqotlarida
qo‘llanilishi
//
CyberLeninka
.
2023.
—
3.
Abdullaev A.A. G‘o‘za genofondining ahamiyati. // O‘zbekiston Agrar Fani
Xabarnomasi.-Toshkent. - 2003 .-№2(12).- 52-57 b.
4.
Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
“O‘zbekiston”, 2017. 486 bet.
5.
Oripov R., Ostonov S. Paxtachilik (G‘o‘za morfologiyasi, biologiyasi va o‘stirish
texnologiyasi). Samarqand 2005.
6.
Abdukarimov D.T., Lukov M.Q. “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” Toshkent «Times»
nashriyoti 2015 y. 333-bet.
7.
Masharipov Q.M. Paxta tolasining sifatini zamonaviy usullarda aniqlash. Manba 10.
O‘zbekiston Agrar Fani Xabarnomasi, 2005. Manba
8.
To‘raqulov X.S., Bozorov T.A., Chiniqulov B.X., Meliev S.K., Isoqulov S.M.,
Meliqo‘ziev F.A., Ochilov B.O., Shokirova D.Sh. Yumshoq bug‘doyning sariq zang
kasalligi mahalliy irqlariga chidamlilik genlari // CyberLeninka, 2024. —
https://cyberleninka.ru/article/n/yumshoq-bug-doyning-sariq-zang-kasalligi-mahalliy-
irqlariga-chidamlilik-genlari
9.
Muradov R.M. Paxta tolasini sifatli ajratib olish jarayoni bo‘yicha olingan natijalar tahlili.
