Authors

  • Dildora Irgashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138110

Keywords:

library innovation modernization interior world IFLA association modern.

Abstract

This article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with the times. It talks about what a modern library should be, meeting world standards, and what to pay attention to when creating the external and internal appearance of a library. In addition, the activities of the IFLA organization, which unites many libraries around the world, and its useful aspects for our field are relevant.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

YANGI O‘ZBEKISTON KUTUBXONALARINING MUVAFFAQIYATLARI VA

MUAMMOLARI

Irgashova Dildora Ma’murjon qizi

Navoiy nomidagi O‘zbekiston

Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya

xizmati bo‘limi mutaxasissi, TATU magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17457826

Annotatsiya.

Ushbu maqola zamon bilan hamnafas harakat qilayotgan O‘zbekistonning

kutubxonalari xususida. Zamonaviy, jahon standartlariga mos kutubxona qanday bo‘lishi,
kutubxonaning tashqi va ichki ko‘rinishlarini yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligi
haqida gap boradi. Qolaversa, jahondagi ko‘plab kutubxonalani birlashtirib turgan IFLA
tashkiloti faoliyati va uning bizning sohamiz uchun foydali jihatlari dolzarbdir.

Kalit so‘zlar

: kutubxona, innovatsiya, zamonaviylashtirish, interyer, jahon, IFLA,

asotsatsiya, modern.

УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ БИБЛИОТЕК НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

В статье рассказывается о библиотеках Узбекистана, которые

идут в ногу со временем. В ней рассказывается о том, какой должна быть современная
библиотека, соответствующая мировым стандартам, и на что обратить внимание при
формировании внешнего и внутреннего облика библиотеки. Кроме того, актуальна
деятельность организации ИФЛА, объединяющей множество библиотек по всему миру, и
её полезные аспекты для нашей отрасли.

Ключевые слова:

библиотека, инновации, модернизация, интерьер, мир, ИФЛА,

ассоциация, современный.

SUCCESSES AND CHALLENGES OF THE LIBRARIES OF NEW UZBEKISTAN

Abstract

: This article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with

the times. It talks about what a modern library should be, meeting world standards, and what to
pay attention to when creating the external and internal appearance of a library. In addition, the
activities of the IFLA organization, which unites many libraries around the world, and its useful
aspects for our field are relevant.

Keywords

: library, innovation, modernization, interior, world, IFLA, association,

modern.


Bugungi kunda zamonaviylashib borayotgan Yangi O‘zbekistonda har sohada o‘sish,

rivojlanish kuzatilayotgan bir paytda axborotning manbai hisoblanmish kutubxonalarimiz ham
yangicha rang, yangicha mazmunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xususan, O‘zbekistondagi
eng yirik kutubxona sifatida Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi misolida
qaraydigan bo’lsak, kutubxonada kundan kunga o‘sish, yangilanish kuzatilmoqda. Ish jarayoniga
zamonaviy texnika, texnologiyalarni joriy qilish, vaqtni tejagan holda ish sifatini oshirish kabi
maqsadlar oldinga qo‘yilgan. Ish jarayoni bilan birgalikda kutubxonada kitobxonlarga xizmat
ko’rsatish, ularga mutolaa uchun qulay sharoit yaratib berish ham muhim hisoblanadi.

Kitoblarning keng assortimenti, qidirilgan kitoblarni tez va oson topish uchun barcha

sharoitlar yaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

475

Kitobxonning qulayligi uchun zamonaviy, yorug’ va shinam o‘quv zallari, mustaqil

qidirish uchun barcha zallarda computer qurilmalari bilan ta’minlanganligi quvonarli, albatta.

Joriy yilning sentabr oyida kutubxona ma’muriyati hamda xodimlar IFLA xalqaro

forumida ishtirok etib qaytishdi. IFLA bu jahondagi barcha kutubxonalarni birlashtirgan, ularni
rivojlanishi, kengayishi uchun sharoit yaratib beruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Avvallari
Milliy kutubxona xalqaro forumda onlayn qatnashib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda delegatsiya
bilan yuzma-yuz uchrashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

“Kutubxonalar faol va global professional hamjamiyatlar orqali o'zaro bog'langan va

qo'llab-quvvatlaniladi. Kutubxonalar hamkor sifatida e'tirof etiladi, himoya qilinadi va
qadrlanadi.

Kutubxonalar barcha darajalarda muhim o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega.”
Ushbu jumlalalar IFLA federatsiyasining bosh g’oyasi hisoblanadi. IFLA o‘z oldiga

qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun aniq bir rejalarni tuzib chiqgan bo‘lib, bular 2024-
2029-yillarga mo‘ljallangan IFLA strategiyasida aks etgan. IFLA kutubxonalarni xalqaro
hamjamiyatga qo’shilishga, tajriba almashish va rivojlanishga undaydi. Zero, yakkama-yakka
harakat qilgandan ko‘ra birgalikda qilingan harakat samaraliroq bo‘ladi. Sohaga yangi
innovatsiyalarni kiritish, bundan boshqalarni ham xabardor qilish, yutuqlar bilan bir qatorda
sohadagi muammolarni o‘rtaga tashlash kabi masalalar bosh rolda hisoblanadi.

Yurtimiz kutubxonalaridagi dolzarb muammolardan biri bu kadrlarning yetishmasligi va

yoki kadrlar malakasining yetishmasligidir. Kutubxonalarda ishlayotgan hodimlarning juda kam
qismigina oliy ma’lumotli kadr, aksar qismi nomutaxasis hamdir. Zamonaviy axborot zamonida
yashayotgan ekanmiz, bugungi kun talablaridan biri bu axborotga ega bo‘lishni tezlashtirish va
sifatini oshirishdir. Axborot deganda tor doiradagi kunlik yangiliklarni tushunish kerak emas.

Kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar, gazeta, jurnallar haqida kitobxonalarga xabar

berish, ularga sharxlar berish kerak. Buning uchun albatta har bir kutubxonada malakali
xodimlar ishlashi zarur. Mutaxasislarning yetishmasligi o‘z o‘rnida ishga olinayotgan xodimga
qo‘yiladigan talablar darajasini pasaytiradi. Ushbu muammo yillar davomida o‘z yechimini
topadi, albatta.

Bugungi kunda yurtimizda 7 ta oliygohda kutubxonachi kadrlar tayyorlanmoqda.
Bular:

1.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

2.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti;

3.

O‘zDSMI Nukus filiali;

4.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali;

5.

Termiz davlat universiteti;

6.

Namangan davlat universiteti;

7.

Qarshi davlat universiteti;
Kutubxonachi rivojlanishi kerak, tezlik va sifat jihatdan o‘sishi lozim deymiz-u lekin,

unga mos sharoit qilib berilyaptimi? Kutubxonachilarning malaka oshirish muddati juda qisqa.

Unda ham o‘zimizning eski medotdlar yana qaytadan o‘qitiladi, xolos. Umuman bizda

chet el kutubxonalari bilan aloqa yo‘q, orqadamiz deb ham ayta olmaymiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

476

Yurtimizdagi katta-katta tashkilotlar tasarrufidagi yoki xususiy tashkilotlar kutuxonasi

xodimlari chetda malaka oshirishlari mumkin. Lekin chekka-chekka hududlardagi
kutubxonachilarda bu imkoniyatlar qachon paydo bo‘ladi? Bugungi kunda ko‘plab sohalar chet
el bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda, ularning ish yuritish sistemasi o‘rganilib bizga mos
tushadigan, qulay taraflari o‘zlashtirilmoqda. Kutubxonachilik sohasida ham ushbu tizimni joriy
qilib chet el kutubxonalari tizimini yosh xodimlar o‘rganib, malaka oshirib kelishlari uchun
sharoit yaratib berish lozim.

Har bir sohaning yetuk mutaxassisi bu jamiyatning muhim va kerakli a’zosidir.
Kutubxona – bilim beruvchi ezgu maskan. Kutubxonachilik sohasida yetuk kadrlar,

yangilik, innavatsiyalar qiluvchi xodimlar bu taraqqiyot uchun hissa qo‘shuvchilardir. Shunday
ekan malakali kutubxonachi kelajak poydevori, rivojlangan davlatning kichik bir hissadori desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sohamiz bo‘yicha yaxshi yangiliklardan biri bu Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston

Milliy kutubxonasi yangi binoga ega bo‘lmoqda. Zamonaviy, shinam va ko‘rkam bino
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod bo‘lmoqda. Kutubxona binosi
tashqi tomondan ham ichki interyeri tomonidan ham zamnaviy dizayn asosida yaratilmoqda.

Avvalo, kitobxonlarga qilinayotgan sharoit, keng va yorug‘ zallar, boy fond va shinam

muhitni ko‘rgan har bir inson, har bir mutaxassis quvonadi, albatta.

Bugungi kunda kitobga oshno bo‘lmagan inson o‘z-o‘zini rivojlantira olmaydi,

zamonaviy hayot bilan hamnafas bo‘la olmaydi. Hozir chop etilayotgan kitoblar ham ijtimoiy
hayot bilan teng ketmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ijtimoiy hayotimizdagi muammolar,
ularning kelib chiqish sabablari ham bugungi kunga mos. Eskicha ruh bahsh etuvchi kitoblarni
o‘qiganda inson o‘zgacha ma’naviy boylik olish rost, ammo bugungi jundan ham uzilib
qolmaslik ham muhim. Axborot olami keng rivojlangan bir paytda qaysi kitobni o‘qishni bilish
ham kitobxon uchun ham kutubxonachi uchun ham mas’uliyatli ish.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

477

Mamlakatimiz yetakchisining “Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi.
U befarq bo‘lmaydi”, degan so‘zlari ham bugungi kunda ma’rifiy sohalarda kechayotgan

islohotlarda ustuvorlik kasb etmoqda. Barcha sa’y-harakatlar kitob mutolaasini rivojlantirish
hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish uchun qilinmoqda. Bugungi virtuallashib borayotgan
davrda kitobxonlarni tarbiyalash kutubxona va kutubxonachilarning asosiy missiyalaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. –280–son.
2011yil 13 aprel // Xalq so‘zi. – 2011. – 14apr. B. 2.

2.

Berdiyeva Z. Kutubxonashunoslik: kasb–hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3–
nashr.–Toshkent: ILM ZIYO, 2014.– 399 b.

3.

Yuldashev I. J., Nosirov O‘. Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti : [o‘quv
qo‘llanma] / I. J. Yuldashev, O‘. Nosirov. Toshkent, 2021. – 352 b.

4.

https://repository.ifla

5.

https://uz.council.science

6.

https://www.facebook.com/photo

7.

https://uza.uz/oz/posts/yurtimizdagi-kitobxonlikni-rivojlantirishga-oid-amaliy-ishlar-
turkiya-nashrlarida

References

Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. –280–son. 2011yil 13 aprel // Xalq so‘zi. – 2011. – 14apr. B. 2.

Berdiyeva Z. Kutubxonashunoslik: kasb–hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3–nashr.–Toshkent: ILM ZIYO, 2014.– 399 b.

Yuldashev I. J., Nosirov O‘. Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti : [o‘quv qo‘llanma] / I. J. Yuldashev, O‘. Nosirov. Toshkent, 2021. – 352 b.