ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
512
LUTFIYNING TAMSIL QOʻLLASH MAHORATI
Qoʻchqorova Gulnoza
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17458193
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Lutfiyning tamsil san’atini yaratish mahorati tahlil
qilingan. Fikrni dalillash uchun misol keltirish, keltirilgan misolning fikrni isbot etishdagi
vazifasi tahlil qilingan. Tamsil san’ati yaratishda shoirning badiiy tafakkuri katta rol o‘ynashi
misollar orqali ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
tamsil,
badiiy san’at, lirik janr, badiiy tafakkur.
LUTFIY'S SKILL IN USING METAPHORS
Abstract.
This article analyzes Lutfi's skill in creating figurative art. Giving an example
to prove an idea, the role of the given example in proving an idea is analyzed. It is revealed
through examples that the poet's artistic thinking plays a major role in the creation of figurative
art.
Key words:
representation, fine art, lyrical genre, artistic thinking.
ИСКУССТВО ЛУТФИ В ИСПОЛЬЗОВАНИИ МЕТАФОР
Аннотация.
В данной статье проанализировано мастерство Лутфия в создании
искусства тамсиля. Для обоснования мыслей приведены примеры, а также
проанализирована их роль в доказательстве выдвинутых идей. На примерах показано,
что в создании искусства тамсиля большую роль играет художественное мышление
поэта.
Ключевые слова:
тамсиль, художественное искусство, лирический жанр,
художественное мышление.
O‘z davrining "Malik ul-kalomi" deya ta'riflangan Lutfiy mumtoz adabiyotda o‘ziga xos
o‘ringa ega shoirlardan hisoblanadi. Uning she'rlari tilining sodda va ravonligi bilan ham alohida
ajralib turadi. G‘azal, ruboiy va to‘rtliklarida keltirilgan hayotiy misollar shoir aytmoqchi
bo‘lgan fikrni, g‘oyani o‘quvchiga yanada osonroq yetib borishini ta'minlaydi. Albatta bu
dalillash badiiy san'atlar orqali amalga oshiriladi. Mushtarak san'atlar guruhiga kiruvchi tamsil
va irsoli masal aynan fikrni dalillash uchun qo‘llanilib, bu ikki san'at bir-biridan o‘ziga xos
jihatlari bilan farqlanadi.
Irsoli masal baytda maqol, matal va hikmatli so‘zlarni keltirishga asoslangan she'riy
san'at boʻlib, quyidagi baytni misol qilib olish mumkin:
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,
Ki ayturlar: "Tilaganning-tilogu".
Baytda shoir go‘zalning vaslini ko‘rish uchun Yaratgandan ushbu tilagini ijobat qilishini
so‘rayapti. Ikkinchi misrada xalq ichida "tilaganning tilagi amalga oshadi" degan mazmundagi
maqol bilan o‘z fikrini dalillayapti. Bu misrada aynan maqola bilan fikr dalillangani uchun irsoli
masal san’ati yuzaga kelgan.
Tamsil esa she'r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi
misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan badiiy san'at hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
513
Gar tilarsen husn mulkin, qullaringni qovlama
Shah cheriksiz bo‘lsa, mulk anga musallam bo‘lmas,-
baytida shoh qo‘shinsiz bo‘lsa, mulk unga bo‘ysunmaydi, shunday ekan sen ham
yoningda yurgan qullaringni haydama, toki seni qo‘riqlab yursinlar, sen esa husn mulkiga egalik
qilgin, degan ma'no tamsil orqali amalga oshyapti.
Xayolin gar nihon tutsam, ko‘ngulda, ne ajab,
Muflis kishi topsa guhar yoshurmog‘i nochor erur,-
baytida keltirilgan hayotiy hodisa nochor, kambag‘al kishining qimmatbaho tosh topib
olganda uni yashirolmasligi, aniqroq qilib aytilsa, xursandchiligini yashirolmasligi birinchi
misradagi fikrni tasdig‘i uchun xizmat qilyapti. Baytdagi "Kambag‘al inson gavhar topganda,
xursandchiligini yashirolmaganidek, men ham sening labing yodini pinhon tutib, ko‘nglimda
yashirolmayman" degan ma'noning ifodalanishi tamsilni mohiyatan anglatib turibdi.
Tamsil ikki xil usulda qo‘llanilladi. Yoqubjon Is'hoqovning "So‘z san'ati so‘zligi"
kitobida "1.Tamsiliy munosabat mazkur bog‘lanishning sababiy ildiziga ishora qilivchi so‘zlar
vositasida yuzaga chiqadi: chunki, ne tong, ne ajab, negakim,(qisqargan shakli- kim, ki)
nedinkim va h.k.
Ne bo‘lg‘ay agar Lutfiyi bechorani ko‘rsang,
Kim xayr ishidur xastag‘a kim qilsa iyodat,-
baytida bog‘lanishga ishora qiluvchi “kim” so‘zi yordamida tamsiliy munosabat yuzaga
kelgan. "Zulfung ko‘rub qildi ko‘ngul mayli ziyorat..." deb boshlanuvchi g‘azalning maqta'sida
shoir xastaning ziyorati yaxshi ish ekanini, uni bir koʻrgani borish xasta uchun bir ehson
qilingandek boʻlishini birinchi misradagi "nima bo‘ladi, mendek xastani kelib ko‘rsang" degan
o‘z ahvoli bayoniga tasdiq sifatida keltiradi.
2. Intonatsiya yo‘li bilan bog‘lanish. Tamsiliy san'atning haqiqiy na'munasi hech qanday
vositasiz tamsiliy bog‘lanishga daxldor misra yoki baytlarni yonma-yon (Shayxzoda termini
bilan aytganda, yondash qo‘yish orqali yuzaga keladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu
psixologik paralellizm deyiladi", deb keltirilgan. Ushbu bogʻlanishni koʻp hollarda aniqlash
murakkabroq masala hisoblanadi. Chunki baytda tamsilni ifodalaydigan hech qanday shakl
ajralib turmaydi. Shaklan aniqlanmagan ifodani endi ma’nosidan kelib chiqqan holda aniqlash
mumkin boʻladi. Demak, tamsil oʻrganuvchidan ham zakiylikni talab etadigan badiiy san’at turi
hisoblanadi. Ushbu usuliga quyidagi baytni misol sifatida keltirsa boʻladi:
Zulfung chiniga koʻnglum bordi koʻzum yoʻlidin,
Daryo yoʻlidin oson borsa boʻlur Xitoygʻa.
Baytda keltirilgan “chin” soʻzining lugʻatda berilgan ma’nolaridan biri soch oʻrimi,
tuguni degan ma’noni ifodalaydi. Bundan kelib chiqib bayt sharhlansa, oshiqning koʻngli
yorning zulfiga bormoq uchun koʻzlari orqali oʻtdi, negaki, Xitoyga dengiz orqali borganda
osonroq yetib boriladi, deb keying misrada soʻziga dalil keltiradi.
Tamsil san'ati she'rga obrazlarni, timsollarni olib kiradi, voqealar ko‘lamini kengaytiradi.
Bu yana shoirning badiiy tafakkur olamining naqadar kengligini namoyon etadi. Hamma
shoirlar ham tamsildan ko‘p o‘rinlarda foydalana olmaydilar,chunki ushbu san'atni qo‘llash
uchun ijodkorda hayotiy tajriba ham anchayin katta bo‘lishi va shu bilan birgalikda hayotiy
voqealarni sichkovlik bilan kuzatish mahorati ham talab etiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
514
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Lutfiy. Devon. – T.: Gʻafur Gʻulom, 1987.
2.
Is’hoqov Y. Soʻz san’ati soʻzligi. – T:. Oʻzbekiston, 2014.
3.
Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – T.: Ta’lim media, 2019.
